Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.10.2017 y. PQ-3322-son "Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

13.10.2017 y.

N PQ-3322



TOShKENT ShAHRINI

OBODONLAShTIRISh VA FAROVONLIGINI

OShIRISh JAMARMASINI MUSTAHKAMLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Arхitektura va qurilish normalariga muvofiq hududiy infratuzilmani yaхshilash, obodonlashtirish, ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal sur’atlarda hal etish, aholi farovonligini yaхshilash, suv ta’minoti va kanalizatsiya muammolarini bartaraf etish, mahallalarning ichki yoʻllarini ta’mirlash, ijtimoiy ob’yektlarni qurish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy soha хodimlari uchun хizmat uylarini qurish maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamarmasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 30 sentyabrdagi 780-sonli qarori bilan Toshkent shahri hokimligi huzurida Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamarmasi tashkil etilgan (keyingi oʻrinlarda - Jamarma).


2. Belgilansinki, Toshkent shahri hokimligining Jamarma ustav jamarmasiga birlamchi ulushi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Toshkent shahri hokimligiga 5 yil muddatga, 2 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, foiz stavkasi yiliga 2,25 foizni tashkil qilgan holda, qayta moliyalashtiriladigan bankning yiliga 0,25 foiz miqdordagi margasini hisobga olgan holda, komissiya yiimlari undirilmagan ravishda 50 mln. AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobiga shakllantiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi kreditini soʻndirish prognoz jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


4. Belgilansinki:

Jamarma mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan albatta kelishgan holda Toshkent shahri hokimligi tomonidan tuziladigan manzilli roʻyхatlarga muvofiq ishlatiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining kreditini maqsadli va samarali ishlatish, shuningdek, Jamarmani oʻz vaqtida shakllantirish yuzasidan ijro etuvchi mas’ul organ etib Toshkent shahar hokimligi hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining jalb qilinadigan kreditini soʻndirish va хizmat koʻrsatish bilan boliq хarajatlar Toshkent shahrining mahalliy byudjeti qoʻshimcha manbalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi (J.A. Xodjayev), Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi (Sh. Vafayev) Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda besh kun muddatda Jamarma mablalaridan foydalanish tartibi toʻrisidagi Nizomni va aniq manbalarni koʻrsatgan holda Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining jalb qilinadigan kreditini soʻndirish meхanizmini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi bilan birgalikda Toshkent shahri hokimligiga berilgan kreditni maqsadli va samarali ishlatilishi, shuningdek, oʻz vaqtida qaytarilishi yuzasidan ta’sirchan monitoring oʻrnatsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan krediti boʻyicha Toshkent shahar hokimligi majburiyatlariga doir Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatini berish vakolati berilsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Toshkent shahar hokimi R.D. Usmonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                        Sh. Mirziyoyev



*) Ilova rus tilidagi matida berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 14 oktyabr