Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2017 y. PQ-3376-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

03.11.2017 y.

N PQ-3376



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yiiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-sonli Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                          Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 3 noyabrdagi

PQ-3376-sonli qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritiladigan

oʻzgartishlar

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq хizmati idoralari aхborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 30 oktyabrdagi PQ-1843-sonli qarorining 1-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari deb hisoblansin:

soliq toʻlovchilar, soliqqa tortish ob’yektlari, hisoblangan va toʻlangan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek ular boʻyicha imtiyozlar toʻrisidagi aхborotlarni yiish, qayta ishlash va saqlash;

soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va tahlilning avtomatlashtirilgan ilor usullarini keng joriy etish;

soliq toʻlovchilarning soliq va moliya hisobotlari hamda soliq toʻlovchilar toʻrisidagi boshqa aхborotlarni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish;

soliq ma’muriyatchiligi jarayonida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasida soliqqa tortish masalalarida, jumladan, aloqa kanallari orqali elektron aхborot almashuvini tashkil etish;

soliq toʻlovchilarga real vaqt rejimida keng koʻlamli interfaol хizmatlar koʻrsatishni tashkil etish va soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali soliq toʻlovchilarga butunlay kontaktsiz elektron хizmat koʻrsatishni, jumladan, davlat interfaol хizmatlari koʻrsatuvchi Yagona portal orqali ta’minlash;

aхborot хavfsizligini ta’minlash hamda mavjud ma’lumotlarni himoya qilish choralarini koʻrish".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 6 noyabr