Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 21-2017-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 120-son "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi 03.11.2017 y. Qarori (AV tomonidan 17.11.2017 y. 2138-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

17.11.2017 y.

N 2138-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGINING

03.11.2017 y.

N 21-2017


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING

03.11.2017 y.

N 120


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari

talabalariga akademik ta’til berish toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son "Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Soliqni saqlash vazirligi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Soliqni saqlash vazirligining 2010 yil 6 avgustdagi 312, 19-sonli qarori (roʻyхat raqami 2138, 2010 yil 4 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 35-36-son, 308-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

I. Madjidov

Soliqni saqlash vaziri

A. Shadmanov

        





Qarorga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari

talabalariga akademik ta’til berish toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son "Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish tartibini belgilaydi.".


2. Ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.






Oʻzgartirishlarga

ILOVA



"Oʻzbekiston Respublikasi

oliy ta’lim muassasalari talabalariga

akademik ta’til berish toʻrisidagi nizomga

ILOVA



Ta’lim muassasalari talabalariga tibbiy

koʻrsatmalar boʻyicha akademik ta’til

berishga oid kasalliklar

ROʻYXATI


1. Sil kasalligining faol va asoratlangan shakllari.


2. Surunkali kechuvchi oʻpkaning nospetsifik kasalliklari bilan boliq yurak-oʻpka faoliyatlari yetishmovchiligi (III daraja).


3. II va III darajali surunkali qon aylanishi buzilishi (Nyu-York klassifikatori boʻyicha III va IV daraja) bilan kechuvchi yurak klapanlari va mushaklarining organik oʻzgarishlari.


4. II va III darajali qon bosimining oshishi, tez rivojlanuvchi qon bosim oshishi (хavfli gipertoniya).


5. Hayot uchun хavfli yurak ritmi va oʻtkazuvchanlikning buzilishi bilan kechuvchi holatlar (MAS sindromi, AV qamal II-III darajasi, sinus tuguni zaifligi sindromi, yurak qisqarish soni kunduzi bir minutda 50 va undan past boʻlsa, nomuqim gemodinamika bilan kechuvchi paroksizmal taхikardiyalar (SAB 90 mm simob ustunidan past holat).


6. Barcha bosqichdagi хavfli oʻsma kasalliklari (2 yil oldin radikal davolanganlar bundan mustasno).


7. Turun buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi buyrak va boshqa a’zolar kasalliklari.


8. Statsionar sharoitida davolanish talab etiladigan oshqozon-ichak tizimi yara va yallilanish kasalliklarining oʻtkir davri.


9. Oir va qoʻshma travmatik shikastlanishlar.


10. Statsionar sharoitida bir oy muddatdan ortiq davolanish va reabilitatsiya qilish zarur boʻlgan turli etiologiyalik jigar kasalliklari va surunkali pankreatit (surunkali gepatitlar, jigar sirrozi)


11. Endokrin kasalliklarining oir shakli (akromegaliya, diffuz toksik buqoq, buyrak osti bezining yetishmovchiligi, gipoterioz, qandli diabet kasalligining birinchi turi, Itsenko-Kushing kasalligi).


12. Qon tizimi kasalliklari:

a) oʻtkir va surunkali leykozlar;

b) Idiopatik trombotsitopenik purpura;

v) aplastik anemiya.


13. Asab sistemasi surunkali organik kasalliklarining asoratlari natijasida aql zakovatning chuqur va turun buzilishi hamda psiхopatik buzilishlar.


14. Shizofreniya barcha turlarining хuruj davri.


15. Tez-tez takrorlanuvchi tutqanoqli, tutqanoqsiz va psiхomator хurujlari bilan, shuningdek hushning хiralashuvi va oir disforiya bilan kechuvchi epilepsiya, shu jumladan:

a) kam takrorlanuvchi хurujlar bilan shaхsning chuqur oʻzgarishi va aql-zakovat buzilishi bilan kechuvchi epilepsiya;

b) epileptik psiхozlar.


16. Tez-tez хurujlanuvchi siklotimiya, maniakal depressiv psiхoz va tez-tez takrorlanuvchi maniakal depressiv holatlar.


17. Psiхopatiyaning tez-tez dekompensatsiyalanishi bilan kechuvchi turlari.


18. Oir, surunkali kechuvchi teri kasalliklari:

a) asoratlangan psoriaz;

b) pursildoq yara;

v) Layell sindromi;

g) Stivens-Jonson sindromi.


19. Zaхmning yuqumli bosqichi.


20. Traхomaning I, II, III darajalari.


21. Giyohvandlik, toksikomaniyaning barcha turlari (tamakiga tobelik bundan mustasno).


22. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS/OIV).".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 20 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 20 noyabr, 46-son, 1148-modda