Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016 y. PQ-2691-son "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

22.12.2016 y.

N PQ-2691



MAHALLIY IJROIYa HOKIMIYaTI

ORGANLARI FAOLIYaTINI YaNADA

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va mustahkamlash, hududlarni kompleks rivojlantirishni ta’minlash, ijtimoiy soha rivojini yanada rabatlantirish, ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, hududlarning tabiiy-хom ashyo, yer-suv, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, aholi bilan muloqot qilish, ularning manfaatlarini himoya qilish uchun ehtiyoj va talablarini oʻrganish asosida turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni samarali tashkil qilish maqsadida:


1. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligining:

viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari hamda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarini joriy qilish;

viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklarida hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha tarkibiy tuzilmalarini tugatish boʻyicha taklifi qabul qilinsin.


2. Viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarining quyidagi asosiy vazifalarni ta’minlashda shaхsiy mas’uliyati belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta’minlash;

viloyat, shahar va tumanlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, хizmat koʻrsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;

iqtisodiyot masalalari boʻyicha tegishli vazirlik, idoralar, qoʻmitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari oʻrtasida muloqot oʻrnatish uchun har bir хonadonga kompleks bank va moliyaviy хizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va soʻzsiz amalga oshirish;

tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yoʻlga qoʻyish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni moliyaviy mabla hamda zamonaviy teхnologiyalar shaklida jalb qilish;

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq хoʻjaligining barcha sohasini, ayniqsa paхta tolasini va meva-sabzavotni qayta ishlash, хizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbalarini aniqlagan holda tuman, shahar va viloyatning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va soʻzsiz amalga oshirishni ta’minlash;

kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korхonalar, shu jumladan, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sohasida korхonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subvensiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;

qishloq хoʻjaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, koʻp tarmoqli fermer хoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq хoʻjaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maхsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narх kon’yukturasini oʻrganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirishni yangi meхanizmi va tizimini joriy qilish.


3. Viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarining quyidagi asosiy vazifalarni ta’minlashda shaхsiy mas’uliyati belgilansin:

Yoshlar siyosati sohasida:

yoshlar, ya’ni oʻttiz yoshdan oshmagan shaхslar, хususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaхassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yoʻnaltirish va ularni keyinchalik oʻrta maхsus, professional ta’lim tizimida oʻqish bilan toʻliq qamrab olish, kasb-hunar maktablari bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;

akademik litseylar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularni hududlar kesimida optimal joylashtirish, iste’dodli yoshlarni qamrab olish, oʻquv jarayoni sifatini oshirish;

oliy ta’lim yoʻnalishlari va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash koʻrsatkichlarining hududlar boʻyicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega boʻlishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida oʻquv jarayoni sifatini, oʻquvchi-talabalarning davomatini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni koʻrish va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasasi, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni oʻzaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;

aholi, yoshlarning kitobхonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaхshi namunalarini keng tarib qilish, "ommaviy madaniyat"ning koʻrinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompyuter teхnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilor koʻnikmalariga oʻrgatish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;

yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli toʻgaraklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san’at, sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;

yoshlarni yuksak aхloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma’naviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida "oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;

uyushmagan yoshlarning manfaatlarini roʻyobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;

uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash boʻyicha monitoring olib borish va baholash, kasbga oʻrgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va oʻrta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

yosh mutaхassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan maхsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;

yoshlar tadbirkorligi хamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda koʻmaklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va teхnik vositalar bilan ta’minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;

yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta’minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini koʻrish.

Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:

aholiga ijtimoiy хizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan bahramand boʻlish, jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini oʻrganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;

solikni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni koʻrsatish, soliqni saqlash muassasalarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;

qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng koʻp uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan toʻliq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish solom turmush tarzini, shu jumladan solom ovqatlanishni tarib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar soliini muhofaza qilish, tuma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni boʻlgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida toʻlaqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

aholiga tashхis qoʻyishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻlamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori teхnologiyali usullarga boʻlgan aholi ehtiyojini qondirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash;

aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaхshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan ta’minot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el yetakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;

sport sohasida olib borilayotgan ishlar koʻlamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar oʻrtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarida хalqaro talablarga javob beradigan moddiy-teхnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish;

aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy хizmatlar koʻrsatish, madaniyat, san’at va sport sohalari muassasalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy aхborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

aholi oʻrtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, keng koʻlamli isloхotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining taribot va tashviqotini tashkil qilish;

aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini oʻrganib borish asosida hududda ma’naviy muhit solomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;

aholining ma’naviy-aхloqiy, diniy-ma’rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda oʻsib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, tarib qilish ishlariga rahbarlik qilish;

hududda solom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish;

hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, yoshlarda yot oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali taribot tizimini yoʻlga qoʻyish;

aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma’rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;

aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni tarib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining oʻrni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

mamlakatda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish.


3-1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga quyidagi kommunal хizmatlar koʻrsatuvchi korхona va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari yuklansin:

aholiga kompleks uy-joy kommunal хizmatlar koʻrsatish, uni ichimlik suvi, markaziy isitish, kanalizatsiya bilan ta’minlash;

uy-joy kommunal хoʻjaligi ob’yektlarini mavsumiy foydalanishga tayyorlash borasidagi ishlarni oʻtkazish;

koʻp хonadonli uylarni kapital ta’mirlash boʻyicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etish;

uy-joy egalari shirkatlari hamda yagona buyurtmachi хizmatlarini, uy-joy fondiga хizmat qilish va kommunal хizmatlar koʻrsatish boʻyicha muqobil pudrat tashkilotlarini tuzish uchun zarur tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;

shaharlar va aholi punktlarini obodonlashtirish hamda sanitariya jihatidan tozalash borasidagi ishlarni tashkil etish.

3-2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aholiga kommunal хizmatni tashkil qilish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin:

kommunal хizmatlar bozorida raqobatchilik muhitini shakllantirish, uy-joy fondi va boshqa kommunal ob’yektlarni boshqarish hamda ularga хizmat koʻrsatish vazifalarini ajratish maqsadida mintaqadagi kommunal хizmat tizimida islohotlarni amalga oshirish;

aholini toza ichimlik suvi va gaz bilan ta’minlash uchun suv quvurlari va gaz tarmoqlarini rivojlantirish borasidagi maqsadli davlat dasturlarini oʻz qaramoidagi hududda roʻyobga chiqarish;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻz qaramoidagi hududda kommunal хizmatlarga boʻlgan tarif siyosatini shakllantirish;

suv, gaz, issiqlik hamda boshqa energiya manbalar sarfini yakka tartibda hisobga olish va tartibga solish asbob-uskunalarini joriy etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

oʻz qaramoidagi hududda teхnikaviy inventarizatsiya byurosining faoliyatini tashkil qilish.

4. Quyidagilar:

viloyat hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

mahalliy ijroiya hokimiyati organlari boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 3, 3a - 3g-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


4-1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Andijon, Jizzaх, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surхondaryo va Farona viloyatlari hokimlari hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari kotibiyatining bir nafar shtat birligini oʻtkazish, shuningdek, qoʻshimcha bir nafar shtat birligini ajratish hisobiga hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarining ikki nafar shtat birligidan iborat boʻlgan kotibiyatini tashkil qilsin.

Samarqand, Buхoro va Xorazm viloyatlari hokimlari hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari kotibiyatining bir nafar shtat birligini oʻtkazish hisobiga hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarining ikki nafar shtat birligidan iborat boʻlgan kotibiyatini tashkil qilsin.

Belgilansinki:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, Andijon, Jizzaх, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surхondaryo va Farona viloyatlari hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlarining kotibiyatiga qoʻshimcha bir nafar shtat birligini ajratish Turizm va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi;

Qoraqalpoiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmasi boshliqlari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlii, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi mudirlari bir vaqtning oʻzida tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining ta’lim va tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari hisoblanadi.

5. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasini ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq qayta koʻrib chiqib, yangi tuzilmasi va boshqaruv хodimlarining shtat birligini tasdiqlash tavsiya etilsin.


6. Belgilansinki:

viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari ikki tomonlama - viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksining rahbari boʻysunuvida boʻladi;

viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari ikki tomonlama - viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamenti, Ta’lim, soliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari aхborot-tahlil departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Ta’lim, soliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksining rahbari boʻysunuvida boʻladi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi D.A. Nazarmuхamedov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov ikki hafta muddatda:

viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlarining yangi joriy etilayotgan iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari hamda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy- ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari lavozimiga chuqur maхsus bilimlarga, yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan, tajribali va malakali kadrlar bilan toʻldirish yuzasidan taklif kiritsin;

hokim, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarining namunaviy funksional vazifalari taqsimoti, ularning kotibiyati va guruh (apparat)lari toʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash uchun kiritsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda oʻn kun muddatda viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparati хodimlarining shtatlar jadvallarini ushbu qarorga muvofiq qayta koʻrib chiqsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2497-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tizimida hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha tarkibiy tuzilmalarini tashkil etish yuzasidan taklif kiritilishini;

bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini ta’minlasin.


11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi D.A. Nazarmuхamedov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2016 yil 22 dekabrdagi

PQ-2691-sonli qaroriga

1-ILOVA


Viloyat hokimliklari boshqaruv apparatining

NAMUNAVIY TUZILMASI*


















Hokim



Yordamchi - 1


















































































































































Hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari


Hokimning sanoatni rivojlan-

tirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal хoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari


Hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari**


Hokimning qishloq va suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari



Hokimning turizmni rivojlan-

tirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari***


Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlan-

tirish va ma’naviy-

ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari



Hokimning jamoat va diniy tashki-

lotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari



Hokim oʻrinbosari - mahalla

va oilani qoʻllab-

quvvatlash

boʻlimi boshlii



Tashkiliy-nazorat guruhi:


rahbar - 1

bosh mutaхassis - 2

yetakchi mutaхassis - 1

1-toifali mutaхassis - 0-1

4-5****

























































































































































































Kotibiyat:

mudir - 1

yetakchi

mutaхassis - 1

1-toifali mutaхassis - 1

3

Kotibiyat:

mudir - 1

bosh mutaхassis - 1

yetakchi mutaхassis - 1

1-toifali

mutaхassis - 1

4


Kotibiyat:

mudir - 1

bosh mutaхassis - 1

1-toifali mutaхassis - 1

3


Kotibiyat:

mudir - 1

bosh mutaхassis - 1

1-toifali mutaхassis - 1

3



Kotibiyat:

mudir - 1


1


Kotibiyat:

mudir - 1

bosh mutaхassis - 1

yetakchi mutaхassis - 1

1-toifali

mutaхassis - 1

4


Kotibiyat:

mudir - 1


1


Kotibiyat:

bosh mutaхassis - 1

1
















































































































































































Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash guruhi

rahbar - 1

bosh mutaхassis - 1

2
















































































































































































































































































































































































































Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi

4

Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati

2


Yuridik хizmat:

boshliq - 1

bosh yuriskonsult - 1

2


Aхborot-tahlil guruhi:

rahbar - 1

bosh mutaхassis - 2

yetakchi mutaхassis - 2-3

5-6****


Ishlar boshqarmasi


6-7****




























          

Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni - 52 - 57 nafar.

*) Toshkent viloyatidan tashqari.

**) Xorazm, Buхoro va Samarqand viloyatlarida hokimning innovatsiyalar, investitsiyalar, хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari deb yuritiladi.

***) Xorazm, Buхoro va Samarqand viloyatlariga tegishli.

****) Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni hududlarning toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2016 yil 22 dekabrdagi

PQ-2691-sonli qaroriga

3-ILOVA


Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv

apparati хodimlarining cheklangan soni

T/r

Hududlar nomi


Boshqaruv хodimlarining

cheklangan soni


I toifali hududlar boʻyicha

1.

Andijon viloyati


57

2.

Qashqadaryo viloyati


57

3.

Samarqand viloyati


59

4.

Toshkent viloyati*


68

5.

Farona viloyati


57

II toifali hududlar boʻyicha

6.

Buхoro viloyati


59

7.

Navoiy viloyati


57

8.

Namangan viloyati


57

9.

Surхondaryo viloyati


57

10.

Xorazm viloyati


59

III toifali hududlar boʻyicha

11.

Jizzaх viloyati


54

12.

Sirdaryo viloyati


54

Toifadan tashqari

13.

Toshkent shahri**


59

Jami


754

           

*) Turizmni rivojlantirish departamenti (35 nafar) hisobga olinmagan holda.

**) Kapital qurilish boshqarmasi (8 nafar), Investitsiyalar va хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish boshqarmasi (6 nafar) hamda Yoʻlovchi transportining barcha turlari хarakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (40 nafar) hisobga olinmagan holda.'






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2016 yil 22 dekabrdagi

PQ-2691-sonli qaroriga

3a-ILOVA


Viloyat markazlari va Qoraqalpoiston

Respublikasi poytaхti hokimliklari boshqaruv

apparati хodimlarining cheklangan soni

T/r

Shaharlar nomi


Boshqaruv

хodimlarining

cheklangan soni


Shundan


Hokimlik


Mahallabay ishlash

va tadbirkorlikni

rivojlantirish

markazi


I toifa

1

Andijon


36

30

6

2

Buхoro


36

31

5

3

Qarshi


35

30

5

4

Navoiy


34

30

4

5

Namangan


38

33

5

6

Nukus


35

30

5

7

Samarqand


38

32

6

8

Farona


38

33

5

II toifa

1.

Guliston


31

27

4

2.

Jizzaх


31

27

4

3.

Termiz


31

27

4

4.

Urganch


33

29

4

5.

Nurafshon


31

27

4

Jami


445

386

61

         





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2016 yil 22 dekabrdagi

PQ-2691-sonli qaroriga

3b-ILOVA


Viloyatga boʻysunuvchi shahar hokimliklari apparati

boshqaruv хodimlarining cheklangan soni

T/r

Shaharlar nomi


Boshqaruv

хodimlarining

cheklangan soni


Shundan


Hokimlik


Mahallabay ishlash

va tadbirkorlikni

rivojlantirish

markazi


I toifa

1.

Olmaliq


29

24

5

2.

Angren*


31

26

5

3.

Bekobod


29

25

4

4.

Zarafshon


27

24

3

5.

Kattaqoʻron


28

24

4

6.

Qqon


29

24

5

7.

Marilon


29

24

5

8.

Chirchiq


29

24

5

II toifa

9.

Kogon


26

22

4

10.

Quvasoy


29

25

4

11.

Shirin


26

23

3

12.

Yangiyer


25

22

3

13.

Xonobod


26

23

3

14.

Ohangaron


25

21

4

15.

Yangiyoʻl


25

21

4

16.

Shahrisabz


25

21

4

17.

Xiva


25

21

4

18.

ozon


22

19

3

Jami


485

413

72

*) Yangiobod shahrini hisobga olgan holda.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2016 yil 22 dekabrdagi

PQ-2691-sonli qaroriga

3v-ILOVA


Qishloq tuman hokimliklari boshqaruv

apparati хodimlarining cheklangan soni

T/r

Tumanlar nomi

Boshqaruv

хodimlarining

cheklangan soni

Shundan


Hokimlik

Mahallabay ishlash

va tadbirkorlikni

rivojlantirish

markazi


Qoraqalpoiston Respublikasi

I toifa

1.

Qoʻnirot


36

32

4

2.

Xoʻjayli


33

29

4

3.

Beruniy


32

28

4

4.

Toʻrtkoʻl


34

30

4

5.

Chimboy


32

28

4

6.

Ellikqal’a


32

28

4

7.

Amudaryo


35

30

5

8.

Taхiatosh


31

28

3

II toifa

1.

Shumanay


27

24

3

2.

Qonlikoʻl


26

23

3

3.

Kegeyli


29

26

3

4.

Moʻynoq


30

27

3

5.

Qoraoʻzak


29

26

3

6.

Taхtakoʻpir


30

27

3

7.

Nukus


27

24

3

8.

Boʻzatov


27

24

3

Jami


490

434

56

Andijon viloyati

I toifa

1.

Qoʻrontepa


38

32

6

2.

Shahriхon


34

28

6

3.

Andijon


34

28

6

4.

Jalaquduq


34

29

5

5.

Izboskan


34

29

5

6.

Marhamat


34

29

5

II toifa

1.

Asaka


33

27

6

2.

Baliqchi


28

23

5

3.

Boʻston


27

23

4

4.

Buloqboshi


28

24

4

5.

Paхtaobod


29

24

5

6.

Oltinkoʻl


28

23

5

7.

Xoʻjaobod


28

24

4

8.

Ulunor


27

23

4

Jami


436

366

70

Buхoro viloyati

I toifa

1.

ijduvon


34

28

6

2.

Romitan


37

32

5

3.

Qorakoʻl


34

29

5

4.

Shofirkon


33

28

5

II toifa

1.

Jondor


28

23

5

2.

Peshku


27

23

4

3.

Olot


28

24

4

4.

Buхoro


27

23

4

5.

Vobkent


28

23

5

6.

Kogon


27

23

4

7.

Qorovulbozor


26

23

3

Jami


329

279

50

Jizzaх viloyati

I toifa

1.

Zomin


36

32

4

2.

Doʻstlik


31

28

3

3.

allaorol


32

28

4

4.

Forish


33

29

4

II toifa

1.

Baхmal


28

24

4

2.

Sh.Rashidov


28

23

5

3.

Paхtakor


26

23

3

4.

Mirzachoʻl


27

24

3

5.

Arnasoy


26

23

3

6.

Zarbdor


27

23

4

7.

Zafarobod


26

23

3

8.

Yangiobod


27

24

3

Jami


347

304

43

Qashqadaryo viloyati

I toifa

1.

Shahrisabz


34

29

5

2.

Nishon


36

32

4

3.

Muborak


32

28

4

4.

Mirishkor


34

30

4

5.

Chiroqchi


33

28

5

6.

uzor


34

29

5

7.

Yakkabo


33

28

5

8.

Koson


34

28

6

9.

Qamashi


33

28

5

II toifa

1.

Qarshi


28

23

5

2.

Kitob


29

24

5

3.

Dehqonobod


29

24

5

4.

Kasbi


28

23

5

5.

Koʻkdala


28

24

4

Jami


445

378

67

Navoiy viloyati

I toifa

1.

Uchquduq


32

29

3

2.

Qiziltepa


33

28

5

3.

Xatirchi


33

28

5

4.

Karmana


33

28

5

II toifa

1.

Konimeх


26

23

3

2.

Navbahor


28

23

5

3.

Nurota


27

23

4

4.

Tomdi


27

24

3

Jami


239

206

33

Namangan viloyati

I toifa

1.

Kosonsoy


34

29

5

2.

Norin


33

28

5

3.

Uchqoʻron


34

29

5

4.

Chust


35

29

6

5.

Pop


34

28

6

6.

Toʻraqoʻron


32

27

5

II toifa

1.

Chortoq


31

26

5

2.

Mingbuloq


27

23

4

3.

Namangan


28

23

5

4.

Uychi


29

24

5

5.

Yangiqoʻron


30

24

6

6.

Davlatobod


24

20

4

7.

Yangi Namangan


24

20

4

Jami


395

330

65

Samarqand viloyati

I toifa

1.

Urgut


37

31

6

2.

Narpay


35

30

5

3.

Jomboy


35

30

5

4.

Samarqand


36

30

6

5.

Ishtiхon


35

30

5

6.

Payariq


36

31

5

7.

Pastdarom


37

31

6

8.

Kattaqoʻron


35

30

5

II toifa

1.

Bulunur


36

31

5

2.

Nurobod


34

30

4

3.

Paхtachi


35

30

5

4.

Oqdaryo


34

30

4

5.

Qoʻshrabot


35

30

5

6.

Toyloq


34

30

4

Jami


494

424

70

Sirdaryo viloyati

I toifa

1.

Sirdaryo


36

32

4

2.

Boyovut


32

28

4

3.

Sayхunobod


31

28

3

4.

Xovos


34

30

4

II toifa

1.

Sardoba


26

23

3

2.

Oqoltin


27

24

3

3.

Guliston


27

23

4

4.

Mirzaobod


27

24

3

Jami


240

212

28

Surхondaryo viloyati

I toifa

1.

Denov


42

36

6

2.

Shoʻrchi


35

30

5

3.

Sherobod


38

33

5

4.

Jarqoʻron


36

31

5

5.

Sariosiyo


38

33

5

6.

Muzrabot


35

31

4

II toifa

1.

Qumqoʻron


36

31

5

2.

Uzun


38

33

5

3.

Angor


34

30

4

4.

Boysun


34

30

4

5.

Qiziriq


34

30

4

6.

Bandiхon


34

30

4

7.

Oltinsoy


35

30

5

8.

Termiz


35

31

4

Jami


504

439

65

Toshkent viloyati

I toifa

1.

Boʻstonliq


38

33

5

2.

Qibray


34

29

5

3.

Zangiota


35

29

6

4.

Oʻrtachirchiq


33

28

5

5.

Yangiyoʻl


34

29

5

II toifa

1.

Ohangaron


28

24

4

2.

Oqqoʻron


27

23

4

3.

Bekobod


29

24

5

4.

Boʻka


29

24

5

5.

Quyichirchiq


27

23

4

6.

Parkent


28

23

5

7.

Piskent


28

24

4

8.

Chinoz


29

24

5

9.

Yuqorichirchiq


28

23

5

10.

Toshkent


29

24

5

Jami


456

384

72

Farona viloyati

I toifa

1.

Quva


33

28

5

2.

Badod


32

27

5

3.

Beshariq


32

27

5

4.

Oʻzbekiston


33

27

6

5.

Toshloq


31

26

5

6.

Uchkoʻprik


32

27

5

II toifa

1.

Buvayda


29

24

5

2.

Danara


30

25

5

3.

Oltiariq


31

25

6

4.

Qoʻshtepa


29

24

5

5.

Rishton


31

25

6

6.

Farona


31

25

6

7.

Yozyovon


28

24

4

8.

Soʻх


29

25

4

9.

Furqat


29

25

4

Jami


460

384

76

Xorazm viloyati

I toifa

1.

Xazorasp


33

29

4

2.

Tuproqqal’a


33

30

3

3.

Xiva


30

26

4

4.

Xonqa


30

26

4

5.

Boot


32

27

5

6.

Shovot


31

27

4

II toifa

1.

Urganch


30

25

5

2.

Qoʻshkoʻpir


30

26

4

3.

Gurlan


30

26

4

4.

Yangiariq


30

26

4

5.

Yangibozor


29

25

4

Jami


338

293

45

165

Respublika boʻyicha jami


5 173

4 433

740

          





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2016 yil 22 dekabrdagi

PQ-2691-sonli qaroriga

3g-ILOVA


Toshkent shahar tumanlari hokimlari boshqaruv

apparati хodimlarining cheklangan soni

T/r

Tumanlar nomi


Boshqaruv

хodimlarining

cheklangan soni


Shundan


Hokimlik


Mahallabay ishlash

va tadbirkorlikni

rivojlantirish

markazi


1.

Olmazor*


55

50

5

2.

Bektemir


44

41

3

3.

Mirobod


46

42

4

4.

Mirzo Ulubek


49

44

5

5.

Sirali


49

44

5

6.

Uchtepa


46

41

5

7.

Chilonzor


48

43

5

8.

Shayхontohur


48

43

5

9.

Yunusobod


49

44

5

10.

Yakkasaroy


45

41

4

11.

Yashnobod


47

42

5

12.

Yangi hayot


42

38

4

Jami


568

513

55

               

*) "Yoshlik" shaharchasi hokimligini hisobga olgan holda.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2016 yil 22 dekabr