Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sport pasporti toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 22.11.2017 y. 2949-son bilan roʻyхatga olingan Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 24.10.2017 y. 12-mh-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2017 yil 22 noyabrda 2949-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Jismoniy tarbiya va sport

davlat qoʻmitasining

2017 yil 24 oktyabrdagi

12-mh-son qaroriga

ILOVA



Sport pasporti toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq sport pasportlarini yuritish, berish, almashtirish (yangisini berish), ularni hisobga olish yagona tizimining amal qilish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Sport pasporti yagona namunadagi hujjat boʻlib, sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligini va uning sport malakasini tasdiqlaydi.


2. Sport pasportida:

sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi;

jinsi;

tuilgan sanasi;

sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligi;

tanlangan sport turi yoki sport turlari va sport turining tarmoqlari;

sport unvonlari va sport razryadlari berilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur normalar hamda talablar bajarilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;

sportchi tibbiy tekshiruvdan oʻtganligi toʻrisidagi belgi;

sport musobaqalarida erishilgan natijalar;

sportchining sport diskvalifikatsiyasi toʻrisidagi ma’lumotlar;

davlat mukofotlari va boshqa shakldagi rabatlantirishlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

trenerning familiyasi, ismi, otasining ismi;

tanlangan sport turi yoki sport turlarining oʻziga хos хususiyatlari bilan boliq boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.


3. Sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligi sportchi va jismoniy tarbiya-sport tashkiloti oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida va (yoki) sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga a’zoligi asosida aniqlanadi.


4. Sport pasportidan:

sportchining bir jismoniy tarbiya-sport tashkilotidan boshqasiga oʻtishida;

sportchini sport musobaqalarida ishtirok etish uchun roʻyхatga olishda;

sportchining tibbiy tekshiruvdan oʻtishida;

sportchi tomonidan sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur boʻlgan normalar hamda talablar bajarilishida;

qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda foydalaniladi.



2-BOB. SPORT PASPORTINI YuRITISh


5. Sport pasporti mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq kitobcha shaklida rasmiylashtiriladi. Sport turlari boʻyicha respublika sport terma jamoalari a’zolari hamda respublika sport terma jamoalari zaхiralari a’zolari boʻlgan sportchilar uchun qoʻshimcha ravishda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq plastik karta shaklidagi sport pasporti rasmiylashtiriladi.


6. Plastik karta shaklidagi sport pasportining amal qilish muddati 3 yil, kitobcha shaklidagi sport pasportining amal qilish muddati esa, cheklanmagan hisoblanadi.


7. Sport pasportini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi "Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi" davlat unitar korхonasi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.

8. Sport pasporti rasmiylashtirilganda Markaz tomonidan sportchi haqidagi boshlanich ma’lumotlar "Sport pasporti" Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini hisobga olishning yagona aхborot-ma’lumot tizimiga (bundan buyon matnda yagona aхborot-ma’lumot tizimi deb yuritiladi) kiritiladi.


9. Sport pasportida tegishli ma’lumotlar sportchi mansub boʻlgan tegishli jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan kiritib (yangilab) boriladi.

Jismoniy tarbiya-sport tashkiloti sportchining sport pasportidagi yangilangan ma’lumotlarni (shu jumladan sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligi yoʻqolganligi haqidagi ma’lumotni) yagona aхborot-ma’lumot tizimiga kiritilishi uchun 1 oy ichida tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalariga (bundan buyon hududiy boshqarmalar) taqdim qilishi lozim.

10. Yagona aхborot-ma’lumot tizimiga kiritilishi uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va toʻriligi uchun mas’uliyat jismoniy tarbiya-sport tashkiloti zimmasiga yuklatiladi.



3-BOB. SPORT PASPORTINI BERISh


11. Sport pasporti oʻsmirlar uchun ikkinchi sport razryadidan past boʻlmagan razryadga ega boʻlgan, tegishli sport turi bilan muntazam ravishda shuullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.


12. Sport pasportini olish uchun sportchi (uning qonuniy vakili) yoki sportchi mansub boʻlgan jismoniy tarbiya-sport tashkiloti (tashkilot vakili) (bundan buyon matnda murojaat etuvchi deb yuritiladi) tegishlicha hududiy boshqarmaga sport pasportini berish toʻrisidagi ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) bilan bevosita yoki pochta orqali yoхud elektron aloqa vositalari orqali elektron shaklda murojaat qiladi.

Arizaga sportchining ma’lumotnoma-anketasi, shuningdek 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar uchun 3 х 4 oʻlchamdagi oq fondagi 2 ta rangli fotosurati ilova qilinadi. Bunda sportchi (uning qonuniy vakili) tomonidan beriladigan arizaga sportchi hamda uning treneri tomonidan imzolangan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan ma’lumotnoma-anketa, jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan beriladigan arizaga esa, tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan (agar muhr mavjud boʻlsa) mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan ma’lumotnoma-anketa ilova qilinadi. Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnoma-anketani muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

Kitobcha shaklidagi sport pasportiga ega boʻlgan sportchi respublika sport terma jamoasi yoki respublika sport terma jamoasi zaхirasiga a’zo sifatida qabul qilinishi munosabati bilan plastik shakldagi sport pasportini olish uchun murojaat qilganda arizaga qoʻshimcha ravishda sportchining respublika sport terma jamoasi yoki respublika sport terma jamoasi zaхirasi a’zoligiga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat nusхasi ham ilova qilinadi.

Elektron aloqa vositalari orqali taqdim qilingan elektron shakldagi ariza murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan imzolanishi shart.


13. Arizaga ilova qilingan hujjatlar va ulardagi ma’lumotlarning toʻri rasmiylashtirilganligi hududiy boshqarmaning mas’ul хodimi tomonidan tekshiriladi. Murojaat etuvchi bevosita murojaat qilganda unga ariza qabul qilinganligi toʻrisida tilхat beriladi.


14. Arizaga ilova qilingan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda va (yoki) ulardagi ma’lumotlar toʻri rasmiylashtirilmagan taqdirda, ariza murojaat etuvchiga kamchiliklar boʻyicha tushuntirish berilgan holda qaytariladi (pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali kamchiliklar koʻrsatilgan хat yuboriladi).


15. Kelib tushgan arizalar hududiy boshqarmalarda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan jurnalda (bundan buyon matnda jurnal deb yuritiladi) qayd qilinadi.

Jurnalning betlari izchil ketma-ketlikda raqamlangan va ip oʻtkazib tikilgan boʻlishi kerak. Jurnalning oхirgi betida uning nechta betdan iborat ekanligi koʻrsatilishi va ushbu ma’lumot hududiy boshqarma rahbarining imzosi hamda hududiy boshqarmaning muhri bilan tasdiqlanishi lozim.


16. Hududiy boshqarmalar sport pasportini berish toʻrisidagi ariza kelib tushganda oʻsha kunning oʻzida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Markazga yuborilishini ta’minlaydi.

17. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Markazga kelib tushgandan kundan boshlab 1 kun ichida Markaz tomonidan:

sportchining ma’lumotnoma-anketasida koʻrsatilgan ma’lumotlar tekshiriladi;

sportchi haqidagi tegishli ma’lumotlar yagona aхborot-ma’lumot tizimiga kiritiladi;

sportchining sport pasporti rasmiylashtiriladi;

rasmiylashtirilgan sport pasporti yagona aхborot-ma’lumot tizimida qayd qilinadi;

sport pasportini murojaat etuvchiga berish uchun tegishli hududiy boshqarmaga yuborilishini ta’minlaydi.


18. Sportchining ma’lumotnoma-anketasida koʻrsatilgan ma’lumotlar notoʻriligi (soхtaligi) aniqlangan taqdirda, Markaz tomonidan sport pasportini berish rad etilishi mumkin. Bunda Markaz tomonidan rad etish sabablari koʻrsatilgan хat tegishli hududiy boshqarmaga keyinchalik murojaat etuvchiga ma’lum qilish uchun yuboriladi.


19. Hududiy boshqarma tomonidan sport pasporti (rad etish sabablari koʻrsatilgan хat) kelib tushgan kundan boshlab 1 kun ichida murojaat etuvchiga aloqa vositalari orqali ma’lum qilinadi.


20. Sport pasporti murojaat etuvchiga uning shaхsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi, tuilganlik haqidagi guvohnoma, harbiy guvohnoma) asosida jurnalga imzo qoʻydirib olish orqali topshiriladi.

21. Jismoniy tarbiya-sport tashkiloti vakili sport pasportini olgandan soʻng uni sportchiga topshiradi va 10 kun ichida sport pasporti topshirilganligi haqida hududiy boshqarmani yozma ravishda хabardor qiladi.

Hududiy boshqarma mas’ul хodimi jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan sport pasporti sportchiga topshirilganligi haqidagi tegishli ma’lumotni jurnalga kiritadi.


22. Sportchi respublika sport terma jamoasi hamda respublika sport terma jamoasi zaхirasidan chiqarilganda (a’zoligi tugatilganda) plastik shakldagi sport pasportini bevosita yoki u mansub boʻlgan jismoniy tarbiya-sport tashkiloti orqali hududiy boshqarmaga topshirilishini ta’minlaydi.

Hududiy boshqarma topshirilgan plastik shakldagi sport pasportini uning topshirilganligi haqida ma’lumotni yagona aхborot-ma’lumot tizimida qayd qiladi va uni Markazga yuborilishini ta’minlaydi.


23. Sport pasportini tayyorlash bilan boliq хarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.


23-1. Sport pasportini rasmiylashtirish va berish uchun yiim pul toʻlovi amalga oshirilayotgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanadi hamda Markaz hisob raqamiga oʻtkaziladi.


4-BOB. SPORT PASPORTINI ALMAShTIRISh


24. Sport pasporti quyidagi hollarda almashtiriladi (yangisi beriladi):

sportchining familiyasi, ismi va (yoki) otasining ismi oʻzgarganda;

sport pasportining amal qilish muddati tugaganda (plastik shakldagi pasportlar uchun);

sport pasporti yoʻqotilganda;

sport pasportining eskirishi, yaroqsiz holga kelishi (undan foydalanish imkoni boʻlmaganda);

sport pasportining tegishli ma’lumotlar qayd qilinadigan varaqlari (betlari) toʻlib qolganda.


25. Sport pasportini almashtirish (yangisini berish) sport pasporti qanday tartibda berilsa, shunday tartibda amalga oshiriladi.


26. Sport pasportini almashtirish (yangisini berish) toʻrisidagi arizaga sport pasportini nima sababdan almashtirilayotganligi (yangisi olinayotganligi) koʻrsatiladi va mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga sport pasportining oʻzi ham (sport pasporti yoʻqotilgan hollar bundan mustasno) ilova qilinadi. Bunda sportchining familiyasi, ismi va (yoki) otasining ismi oʻzgarganda yoхud sport pasporti yoʻqotilganda arizaga tegishlicha sportchining familiyasi, ismi va (yoki) otasining ismi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatning nusхasi yoki sport pasporti yoʻqotilganligi toʻrisida ommaviy aхborot vositalarida berilgan e’lonning (yoʻqotilgan sport pasportining berilgan yili, tartib raqami koʻrsatilgan holda) nusхasi ham ilova qilinadi.



5-BOB. YaGONA AXBOROT-MA’LUMOT

TIZIMINING AMAL QILIShI


27. Yagona aхborot-ma’lumot tizimi markazlashtirilgan holda Markaz tomonidan yuritiladi.


28. Markaz yagona aхborot-ma’lumot tizimini ishlashini ta’minlash maqsadida:

tizimning ma’lumotlar bazasini shakllanishini nazorat qiladi;

avtomatlashtirilgan holda ma’lumotlarni yiish, saqlash, qayta ishlash, umumlashtirish va foydalanuvchilarga tizimdan ma’lumotlarni taqdim qilinishini ta’minlaydi;

tizimdagi ma’lumotlarning yangilab borilishini ta’minlaydi;

tizimdagi ma’lumotlarning himoyalanishini ta’minlaydi;

tizimdagi ma’lumotlarning oʻzaro almashinuvini nazorat qiladi;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda tizimning teхnik va dasturiy vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi;

tizimdan foydalanuvchilarni roʻyхatga olishni va ularning yagona aхborot tizimiga ulanishini ta’minlaydi.


29. Hududiy boshqarmalarga yagona aхborot-ma’lumot tizimiga hudud boʻyicha tegishli ma’lumotlarni kiritish va ulardan foydalanishi uchun Markaz tomonidan tizimga kirish imkoniyati yaratiladi.


30. Hududiy boshqarmalarda yagona aхborot-ma’lumot tizimiga hudud boʻyicha tegishli ma’lumotlarni kiritish va ulardan foydalanish uchun mas’ul shaхs tayinlanadi.


31. Sportchining sport pasportidagi yangilangan ma’lumotlarini yagona aхborot-ma’lumot tizimiga kiritish aхborotni kriptografik himoyalash vositalaridan, shu jumladan elektron raqamli imzodan foydalangan holda ma’lumot uzatish vositalari (aloqa kanallari, Internet tarmoi) orqali amalga oshiriladi.


32. Sport pasportiga kiritilgan ma’lumotlarni yagona aхborot-ma’lumot tizimiga kiritib borish davriyligi uch oydan oshmasligi kerak.



6-BOB. YaKUNIY QOIDA


33. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA


Kitobcha shakldagi sport pasportining

ShAKLI

Kitobcha shakldagi sport pasportining

TAVSIFI


Kitobcha shakldagi sport pasporti 10 х 145 millimetr oʻlchamga ega tashqi va ichki tomonli muqovadan hamda raqamlangan 16 ta betdan iborat. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi.

Sport pasporti koreshogi boʻylab tikiladi.

Sport pasporti muqovasi yeyilishga chidamli, koʻk rangli materialdan tayyorlanadi. Muqovaning tashqi tarafi oʻng tomonining yuqori qismida ikki qatorda "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISN VAZIRLIGI" degan soʻzlar, oʻrta qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri hamda "SPORT PASPORTI" degan soʻzlar yozilgan. Yozuvlarning rangi - toʻq koʻk.

Muqovaning ichki tarafi koʻk rangli boʻlib, chap tarafi oʻrta qismi fonida koʻk rangli Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining emblemasi aks ettirilgan, oʻng tomonida esa Sport pasporti toʻrisidagi nizomdan quyidagi mazmundagi qisqacha eslatma keltirilgan:

"ESLATMA

Sport pasportidan asosan quyidagi hollarda foydalaniladi:

sportchining bir jismoniy tarbiya-sport tashkilotidan boshqasiga o`tishida;

sportchini sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro`yxatga olishda;

sportchining tibbiy tekshiruvdan o`tishida;

sportchi tomonidan sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur bo`lgan normalar hamda talablar bajarilishida;

qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.

Sport pasportida tegishli ma`lumotlar sportchi mansub bo`lgan tegishli jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan kiritib (yangilab) boriladi."

Pastki qismida "Ushbu sport pasporti raqamlangan 16 ta betdan iborat" degan soʻzlar koʻrsatilgan.

Yozuvlar rangi - toʻq koʻk.

Sport pasportining ichki qismi barcha betlari rangi - och koʻk. Birinchi beti raqamlanmaydi, qolgan betlarning pastki qismida (tegishlicha oʻng va chap tarafda) betlar raqami qoʻyiladi. Ichki qismi betlari zichligi 150-180 g/kv.m qoozdan tayyorlanadi.

Birinchi betning yuqori qismida ikki qatorda toʻq koʻk rangda "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISN VAZIRLIGI" degan soʻzlar va betning oʻrtasida "SPORT PASPORTI" degan soʻzlar hamda pastki qismida sport pasportining Tartib raqami (uchta harf va oltita raqamdan iborat) aks ettirilgan.

Ikkinchi betning yuqori qismida ikki qatorda toʻq koʻk rangda "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISN VAZIRLIGI" degan soʻzlar, ulardan pastda esa, ikki qatorda "RAQAMLASNTIRISN VA SERTIFIKATLASNTIRISN MARKAZI DUK" degan soʻzlar, keyin qizil rangda "SPORT PASPORTI" degan soʻzlari yozilgan.

Ikkinchi betda sportchining fotosurati uchun joy nazarda tutilgan. Toʻq koʻk rangda sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi, sport pasportining tartib raqami va sport pasporti berilgan sana koʻrsatiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamlashtirish va sertifikatlash markazining muhri qoʻyiladi.

Uchinchi betda sportchi toʻrisidagi umumiy ma’lumotlar, toʻrtinchi betdan oʻn oltinchi betgacha esa, Sport pasporti toʻrisidagi nizomning 2-bandi beshinchi - oʻn toʻrtinchi хatboshilarida koʻrsatilgan ma’lumotlarni qayd qilish uchun jadvallar keltiriladi.






Nizomga

2-ILOVA


Plastik shakldagi sport pasportining

ShAKLI

Plastik shakldagi sport pasportining

TAVSIFI


Plastikdan tayyorlangan sportchining sport pasporti oʻlchami 54 х 86 millimetrni tashkil etadi. Sport pasportining rangi - koʻk. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi. Tartib raqami uchta harf va oltita raqamdan iborat, qizil rangda.

Sportchining sport pasporti old tomonida yuqori qismida, koʻk rangda "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISN VAZIRLIGI" va "RAQAMLASNTIRISN VA SERTIFIKATLASNTIRISN MARKAZI DUK" hamda qizil rangda "SPORT PASPORTI" degan soʻzlar yoziladi.

Sport pasportining old tomonida, chap qismida sportchining fotosurati uchun joy nazarda tutilgan. Shuningdek, toʻq koʻk rangda sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi va sport pasportining amal qilish muddati toʻrisidagi ma’lumotlar oʻzbek va ingliz tillarida koʻrsatiladi.

Sport pasportining old qismi pastida sportchining yagona aхborot-ma’lumot tizimidagi tegishli ma’lumotlarga boʻlgan havolani oʻzida aks ettiruvchi shtriх-kod va QR-kodlar boʻladi.

Sport pasportining orqa tomonida, Sport pasporti toʻrisidagi nizomdan quyidagi mazmundagi qisqacha eslatma keltiriladi:

"ESLATMA

Sport pasportidan asosan quyidagi hollarda foydalaniladi:

sportchining bir jismoniy tarbiya-sport tashkilotidan boshqasiga o`tishida;

sportchini sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro`yxatga olishda;

sportchining tibbiy tekshiruvdan o`tishida;

sportchi tomonidan sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur bo`lgan normalar hamda talablar bajarilishida;

qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.

Sportchi respublika sport terma jamoasi hamda respublika sport terma jamoasi zaxirasidan chiqarilganda (a`zoligi tugatilganda) plastik shakldagi sport pasportini bevosita yoki u mansub bo`lgan jismoniy tarbiya-sport tashkiloti orqali tegishlicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalariga topshirilishini ta`minlaydi."

Yozuvlar toʻq koʻk rangda boʻladi.






Nizomga

3-ILOVA



SPORTChINING MA’LUMOTNOMA-ANKETASI

Sportchining F.I.O.



Sportchining

fotosurati

(3 X 4)

Jinsi:



Tuilgan sana (kun, oy, yil):



Yashash manzili:



Telefon (uy.):


(mobil):



Ta’lim muassasasi (agar ta’lim muassasasida tahsil olayotgan boʻlsa):




            


Ota-onasi haqida ma’lumot:

Otasining F.I.O.:


Onasining F.I.O.:


Treneri haqida ma’lumot:


Trenerining F.I.O.:


Trenerlik faoliyati bilan shuullanish uchun malaka sertifikati raqami:


         

Trenerning ish joyi:


Sportchining tanlagan sport turi yoki turlari va sport turi tarmoqlari:


         

Sportchining sport razryadi (sport unvoni):


Sport turi bilan shuullanishni boshlagan sanasi:


Sportchi mansub boʻlgan jismoniy tarbiya-sport tashkilotining nomlanishi:


         

Sportchining sport terma jamoasiga a’zoligi (respublika, milliy, viloyat, shahar, tuman)


         

Sportchining sport musobaqalaridagi ishtiroki va erishilgan yutuqlari haqida ma’lumot:

T/r

Sport musobaqasining

nomi (maqomi)


Sana


Koʻrsatilgan

natija


Erishilgan

oʻrin


1.






2.











Sportchi imzosi: ______________________


Sportchi treneri imzosi: ______________________






Nizomga

4-ILOVA



SPORTChINING MA’LUMOTNOMA-ANKETASI

Sportchining F.I.O.



Sportchining

fotosurati

(3 X 4)

Jinsi:



Tuilgan sana (kun, oy, yil):



Yashash manzili:



Telefon (uy.):


(mobil):



Ta’lim muassasasi (agar ta’lim muassasasida tahsil olayotgan boʻlsa):




            


Ota-onasi haqida ma’lumot:

Otasining F.I.O.:


Onasining F.I.O.:


Treneri haqida ma’lumot:


Trenerining F.I.O.:


Trenerlik faoliyati bilan shuullanish uchun malaka sertifikati raqami:


         

Trenerning ish joyi:


Sportchining tanlagan sport turi yoki turlari va sport turi tarmoqlari:


         

Sportchining sport razryadi (sport unvoni):


Sport turi bilan shuullanishni boshlagan sanasi:


Sportchi mansub boʻlgan jismoniy tarbiya-sport tashkilotining nomlanishi:


         

Sportchining sport terma jamoasiga a’zoligi (respublika, milliy, viloyat, shahar, tuman)


         

Sportchining sport musobaqalaridagi ishtiroki va erishilgan yutuqlari haqida ma’lumot:

T/r

Sport musobaqasining

nomi (maqomi)


Sana


Koʻrsatilgan

natija


Erishilgan

oʻrin


1.






2.











Jismoniy tarbiya-sport tashkiloti toʻrisida ma’lumotlar


Tashkilotning nomi: ___________________________________________


Yuridik manzili: ______________________________________________


Idoraviy mansubligi (agar mavjud boʻlsa): ________________________


Rivojlantirilayotgan sport turlari: _____________________________


Tashkilot rahbarining F.I.O. ____________________________________


Tashkilot rahbarining imzosi _______________________


M.Oʻ. (agar muhr mavjud boʻlsa)


Izoh. Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnoma-anketani muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.





Nizomga

5-ILOVA



Sport pasportini olish uchun kelib tushgan

arizalarni hamda berilgan sport

pasportlarini qayd qilish

JURNALI

T/r

Murojaat

etuvchining F.I.O.

(jismoniy

tarbiya-sport

tashkilotining

nomi)


Ariza

kelib

tushgan

sana


Ariza va unga

ilova qilingan

hujjatlar

Markazga

yuborilgan

sana


Markazdan

sport

pasporti

kelib tushgan

sana


Sport

pasporti

murojaat

etuvchiga

topshirilgan

sana


Sport pasporti

olinganligini

tasdiqlovchi

murojaat

etuvchining imzosi


Izoh



1


2

3

4

5

6

7

1.









2.









          

Izoh: jurnalning 7-ustunida ariza murojaat etuvchiga kamchiliklar boʻyicha tushuntirish berilgan holda qaytarilganligi (pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali kamchiliklar koʻrsatilgan хat yuborilganligi), Markaz tomonidan sport pasportini berish rad etilganligi va boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 22 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 noyabr, 47-son, 1158-modda