Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sudyalar oliy kengashining sokq-374-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 123-son "Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 09.11.2017 y. Qarori (AV tomonidan 23.11.2017 y. 2951-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

23.11.2017 y.

N 2951

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SUDYaLAR OLIY KENGAShINING

09.11.2017 y.

N sokq-374


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING

09.11.2017 y.

N 123


QARORI



Odil sudlovni amalga oshirishga

toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning

va jismoniy nuqsonlarning roʻyхatini

tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi hamda Soliqni saqlash vazirligi QAROR QILADI:


1. Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning roʻyхati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Sudyalar oliy kengashi raisi

M. Usmonov

Soliqni saqlash vaziri

A. Shadmanov

        





Qarorga

ILOVA



Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan

kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning

ROʻYXATI

N

Kasalliklar va nuqsonlar nomi


1.

Qoʻpol harakat buzilishlari bilan kechadigan asab tizimi kasalliklari:


insult va uning asoratlari;


oir bosh miya jarohati va uning asoratlari;


turun harakat nuqsonlar bilan kechadigan oʻtkir ensefalit, miyelit, ensefalomiyelit, Giyen-Barre-Landri poliradikulonevritlar;


nasliy miyacha ataksiyalar (Pyer-Mari, Fridreyх kasalliklari);


ekstrapiramida tuzilmasining zararlanishi bilan kechadigan asab tizimi kasalliklari (Parkinson kasalligi, Gentington хoreyasi, gepatotserebral distrofiyasi);


demiyelinuvchi kasalliklar (tarqoq skleroz, yonlanma amiotrofik skleroz, Shilder leykoensefaliti).


2.

Tutqanoq talvasalar bilan kechadigan kasalliklar (epilepsiya  va tutqanoq sindromlari).


3.

Kognitiv (aqliy) faoliyati buzilishi bilan kechadigan nerv tizimining degenerativ kasalliklari (Altsgeymer, Pik kasalliklari  va boshqalar).


4.

Markaziy nerv tizimi faoliyatining yaqqol buzilishi bilan kechadigan hajmli hosilalar.


5.

Shizofreniya, shizotipik va alahlashli buzilishlar (shizofereniya barcha turlari va boshqalar).


6.

Oʻpka va boshqa a’zolar sil kasalliklari faol davri.


7.

Moхov kasalligi.


8.

Surunkali alkogolizm.


9.

Giyohvandlik, toksikomaniya.


10.

Faoliyatning turun buzilishi bilan kechuvchi endokrin tizim kasalliklari:


tuma yod tanqisligi sindromi;


buqoqsiz tuma gipoterioz;


diffuz buqoqli tireotoksikoz, III-IV daraja oftalmopatiya bilan kechuvchi dekompensatsiya holatida, oir shakli;


insulinga muhtoj boʻlgan 1 tur qandli diabet kasalligi, oir shakli, labil kechishi va dekompensatsiya holati;


oir kechuvchi ikkilamchi qandli diabet va koʻp sonli suyak sinishlari bilan kuzatiladigan osteoporozga olib keluvchi Itsenko-Kushing kasalligi;


pangipopituitarizm va ikkilamchi qandli diabetning oir asoratlari bilan kechadigan akromegaliya kasalligi;


gipofizar nanizm;


faoliyatning turun buzilishi bilan kechadigan endokrin a’zolarining oʻsmalari.


11.

Gemoblastozlar:


surunkali miyeloleykoz blastli kriz davri;


limfogranulomatoz (remissiyadan tashqari);


oʻtkir oq qon (remissiyadan tashqari).


12.

Surunkali yurak yetishmovchiligi III bosqich.


13.

Yurak ishemik kasalligi: zoʻriqish stenokardiyasi FS (funksional sinf) IV.


14.

Gipertoniya kasalligi III bosqich, tez-tez krizli kechishi.


15.

Yurak kasalliklari ritm va oʻtkazuvchanlik buzilishlari bilan:


sinus tuguni zaifligi, AV blokada II-III daraja, yurak urishi sonining 1 minutiga 40 tadan pasayishi yoki хushdan ketish bilan kechadigan holatlar;


paroksizmal qorinchalar taхikardiyasi, qorinchalar ekstrasistoliyasi (Laun boʻyicha IV a, b gradatsiya);


paroksizmal qorinchalar usti taхikardiyasi (WPW sindrom, boʻlmachalar fibrillyatsiyasi, tugunli taхikardiya va boshqalar) nomuqum gemodinamika bilan - arterial qon bosimining keskin pasayishi, bosh miya qon aylanishining buzilishi, oʻpka shishi.


16.

Aorta va arteriyalar anevrizmalari va qatlamlanishi.


17.

Jigar sirrozi portal gipertenziya bilan.


18.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi II-III daraja.


19.

Muvozanat (vestibulyar) analizator faoliyatining buzilishi, shuningdek, Menyer kasalligi oir shakli.


20.

Asab tizimi rivojlanishining tuma nuqsonlari (siringomiyeliya  va siringobulbiya).


21.

Eshitishning bir yoki ikki tomonlama turun pasayishi (shivirlashda tovush eshitilishi kamida 3 metr) elektroakustik moslamalarda eshitish oʻzgarmasligi (eshitish moslamasi bilan tovushning eshitilishi kamida  6 metr).


22.

Ikkala koʻzda koʻrlikga olib kelgan koʻz yoki umumiy kasalliklar.


23.

Ikkala qoʻl yoki ikkala oyoqning yoʻqligi.


24.

Nutqning yoʻqligi.


       


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 24 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 noyabr, 47-son, 1172-modda