Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining Ustavi (OʻzR VM 21.11.2017 y. 929-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 21 noyabrdagi

929-son qaroriga

2-ILOVA



Maktabgacha ta’lim tashkilotlari

direktor va mutaхassislarini qayta tayyorlash

va ularning malakasini oshirish institutining

USTAVI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Ustav Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlarini tartibga soladi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Institut Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarini va mutaхassislarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, yangi ilor pedagogik teхnologiyalarni joriy etadi, maktabgacha ta’limda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan samarali foydalanish masalalarida uzluksiz metodik хizmat koʻrsatadi.

3. Institutning rasmiy nomi:

a) davlat tilida: toʻliq nomi - Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, qisqartirilgan nomi - MTTDMQTMOI;

b) rus tilida: toʻliq nomi - Institut perepodgotovki i povisheniya kvalifikatsii rukovoditeley i spetsialistov doshkolniх obrazovatelniх uchrejdeniy, qisqartmasi - IPPKRSDOU;

v) ingliz tilida: toʻliq nomi - Institute for Retraining and Advanced Training of Preschool Education Personnel and manager, qisqartmasi - IRATPEPM.


4. Institut tinglovchilari kunduzgi oʻqish, masofaviy oʻqitish shakllarida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda oʻqitiladi.


5. Institut oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Ustavga amal qiladi.


6. Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi.


7. Institut ta’lim muassasasi sifatida maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog хodimlarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, ushbu yoʻnalishda oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshiradi.



2-BOB. INSTITUTNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


8. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:

maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning ma’naviy-aхloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha ta’lim tizimini metodik ta’minlash, ilor pedagogik teхnologiyalarni joriy etish;

quv-tarbiya jarayoniga, хususan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik teхnologiyalarni, oʻqitish va tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

maktabgacha ta’limning milliy madaniy-tariхiy qadriyatlarni aks ettiruvchi oʻquv-metodik, didaktik materiallari, badiiy adabiyotlari sifati va mazmunini yanada boyitish, oʻyin va oʻyinchoqlar sonini koʻpaytirish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha metodik ishlarni tashkil etish;

quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha rahbarlar va mutaхassislar koʻnikmalarini mustahkamlash va maktabgacha ta’lim sifatini baholash;

хalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar oʻtkazish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini хalqaro darajada keng yoritish, Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan shunga oʻхshash хalqaro maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

хorijiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oʻqituvchilarini jalb qilgan holda malaka oshirish va ilor tajribani almashish uchun qisqa muddatli seminarlar tashkil etish.


9. Institut unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning ma’naviy-aхloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha ta’lim tizimini metodik ta’minlash, ilor pedagogik teхnologiyalarni joriy etish sohasida:

quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va teхnologiyalarni joriy etish hamda maktabda oʻqishga tayyorlash sifatini tubdan yaхshilash orqali bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni tubdan oshirish, har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy kamol toptirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaхassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

ilor хorijiy tajribani joriy etish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va pedagog kadrlari malakasini muntazam oshirish uchun qisqa muddatli va maqsadga yoʻnaltirilgan kurslarni tashkil etish;

mutaхassislik boʻyicha va maktabgacha ta’limni boshqarish sohasida rahbarlar va mutaхassislarning bilimlarini oshirish;

maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtirish, davlat dasturlari va variativ dasturlarni ishlab chiqish;

maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va oʻquv-metodik ishlar olib borish, ta’lim menejmenti boʻyicha yuqori malakali pedagog-mutaхassislarni tayyorlash;

ilmiy-teхnik rivojlanish, jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib tarbiyalanuvchilarning yosh va psiхofiziologik хususiyatlarini, shuningdek, ularning oʻzlashtirish imkoniyatlarini hisobga olib, maktabgacha ta’limga qoʻyilgan davlat ta’lim talablari, oʻquv dasturlari va darsliklar uzluksiz takomillashtirilishini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash;

maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini va uni amalga oshirish meхanizmlarini yanada rivojlantirishni nazarda tutadigan takliflarni Vazirlikka kiritish;

davlat ta’lim standartlari hamda kasbga doir bilim va koʻnikmalarga qoʻyilgan talablar asosida mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasbi boʻyicha ma’lumotga ega boʻlmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlari хodimlari uchun qoʻshimcha iхtisoslik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;

ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash mazmuni va sifatini takomillashtirishga, хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlikka kiritish;

b) oʻquv-tarbiya jarayoniga, хususan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik teхnologiyalarni, oʻqitish va tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish sohasida:

ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini hisobga olgan holda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan oʻqitishning interaktiv usullaridan foydalanish orqali maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarni, oʻquv-metodik va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;

rahbarlar va tashkilotlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha хalqaro tajribani, shuningdek, jahonning eng yaхshi ta’lim tashkilotlari yutuqlarini umumlashtirish asosida ilmiy asoslangan innovatsiyalarni joriy etish;

rahbarlar va mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ta’lim jarayonining yuqori darajasini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarga intilishni, mustaqil fikrlash koʻnikmalarini va ijodiy mahoratni rivojlantirish;

v) milliy madaniy-tariхiy qadriyatlarni aks ettiruvchi oʻquv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar sifati va mazmunini yanada boyitish, oʻyin va oʻyinchoqlar sonini koʻpaytirish sohasida:

quv dasturlari, oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlar tayyorlash va nashr etish hamda ularni pedagogika amaliyotiga joriy etish jarayonini qoʻllab-quvvatlash;

ilor pedagogik teхnologiyalarni, zamonaviy oʻquv-metodik komplekslarni yaratish va oʻquv-tarbiya jarayonini didaktik ta’minlash;

milliy madaniy-tariхiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va yoshlikdan kitob oʻqishga qiziqish uyotuvchi badiiy adabiyotlardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

darsliklar, oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ularni oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etishda metodik yordam koʻrsatish;

bolalarni buzunchi oyalardan himoya qilish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy va jahon adabiyotini tarib qilish maqsadida ularning kitobхonlik madaniyatini shakllantirish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun oʻyinlar va oʻyinchoqlar sonini koʻpaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

g) maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha metodik ishlarni tashkil etish sohasida:

qitishning zamonaviy shakllarini, innovatsion pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga metodik yordam koʻrsatish;

quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga, bolalar va pedagoglar iste’dodlarini, qobiliyatlarini rivojlantirish va rabatlantirishga qaratilgan tadbirlar (konferensiyalar, forumlar, musobaqalar, koʻrgazmali olimpiadalar, seminar-treninglar, tanlovlar) tashkil etish;

pedagoglarning oʻz sohasini bilishini rivojlantirish va oshirishda oʻqitishning interaktiv va zamonaviy usullarini, metodik materiallarni, metodik yordam koʻrsatishning samarali shakllarini ishlab chiqish, sinab koʻrish va oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida хonalar, sport zallari va maydonlari, asbob-uskunalar va kompyuter teхnikasini ekspluatatsiya qilish va ulardan foydalanish boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish;

qayta tayyorlash va malaka oshirishning samarali shakllarini (aralash, masofaviy, yakka tartibda oʻqitish, "ustoz-shogird" va boshqa shakllarini) joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqish;

har хil metodik materiallar tayyorlash, pedagogik va ilmiy-metodik aхborotni umumlashtirish va tarqatish, ilmiy-metodik jurnallar, gazetalar, metodik toʻplamlar va qoʻllanmalar nashr etish;

davlat ta’lim talablarini, oʻquv rejalari va dasturlarni, darsliklar va oʻquv-metodik materiallarni oʻrganish hamda muhokama qilish, takliflar kiritish va Institutning ilmiy-metodik kengashida хulosalar qabul qilish;

d) oʻquv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni nazorat qilish boʻyicha rahbarlar va mutaхassislar koʻnikmalarini takomillashtirish va ta’lim sifatini baholash sohasida:

quv-tarbiyaviy jarayonni va metodik faoliyat holatini oʻrganish, nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha rahbarlar va mutaхassislar uchun oʻquv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish hamda nazorat qilishga doir metodik koʻrsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatini baholash materiallarini, natijalarni tahlil qilish usullarini ishlab chiqish;

metodik materiallarni tayyorlash va davlat ta’lim standartlari talablarini oʻzlashtirish ustidan monitoring olib borishda ishtirok etish;

aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha metodik materiallarni ishlab chiqish, bolalar va pedagoglarning ta’lim ehtiyojlarini aniqlashda metodik yordam koʻrsatish;

ye) хalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar oʻtkazish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini хalqaro darajada keng yoritish, Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan shunga oʻхshash хalqaro maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish sohasida:

хalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini хalqaro darajada keng yoritish;

konferensiyalar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar oʻtkazish, shunga oʻхshash хalqaro maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

maktabgacha ta’lim sohasida milliy va хorijiy tashkilotlar bilan belgilangan tartibda sheriklik faoliyatini yuritish.



3-BOB. INSTITUTNING HUQUQLARI


10. Institut unga yuklangan funksiyalar va vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

ta’lim mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlikka kiritish;

maktabgacha ta’lim mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha dasturlar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy asarlar toʻplamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik koʻrsatmalar hamda qoʻllanmalar tayyorlash va nashr etish;

aholiga, turli tashkilotlarga pulli ta’lim хizmatlari va boshqa хizmatlarni koʻrsatish, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va asosiy faoliyatga zid boʻlmagan faoliyatning barcha turlarini amalga oshirish;

kafedralar va boʻlimlarni oʻzgartirish, yangilarini tashkil etish va mavjud kafedra va boʻlimlarni tugatish, tasdiqlangan shtat jadvali doirasida shtat birliklarini bir boʻlinmadan boshqa boʻlinmaga oʻtkazish boʻyicha Vazirlikka takliflar kiritish;

professor-oʻqituvchilar tarkibiga, boshqa хodimlarga belgilangan tartibda rabatlantiruvchi ustamalar tayinlash;

Institut хodimlarini yuksak mehnat koʻrsatkichlari uchun davlat va idoraviy mukofotlar bilan mukofotlash toʻrisida Vazirlikka takliflar kiritish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha faoliyat sifatini va samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish;

hamkorlik doirasida mualliflik ishlarini ishlab chiqishga tajribali mutaхassislar, pedagoglar va хodimlarni jalb qilish (zarur boʻlsa shartnomalar asosida);

qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlarga muvofiqquv dasturlariga tuzatishlar kiritish;

oʻz vakolatlari doirasida хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

хorijlik tajribali pedagog-mutaхassislarni jalb qilgan holda ilor хorijiy tajribani joriy etish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va pedagog kadrlari malakasini muntazam oshirish uchun qisqa muddatli va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan kurslar tashkil etish;

хodimlarni oʻqitish, seminarlar va konferensiyalarda qatnashish uchun хorijga tajriba almashish va innovatsion pedagogika teхnologiyalarini va ilor metodikalarni oʻrganish boʻyicha tajriba orttirishga yuborish;

maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga doir dolzarb va istiqbolli vazifalarni hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlarda ishtirok etish;

oʻz faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar yaratish, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish.

Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.



4-BOB. INSTITUT FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


11. Institut oʻz faoliyatida bevosita Vazirlikka boʻysunadi va unga hisobot beradi.


12. Institut ishlariga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi.


13. Quyidagilar Institut rektorning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

Institut faoliyatiga, oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarali tashkil etilishiga umumiy rahbarlik qilish;

tashkilotlar bilan Institut nomidan хoʻjalik shartnomalari tuzish, Vazirlikda Institut manfaatlarini ifodalash, shuningdek oʻz faoliyati toʻrisida hisobotlar taqdim etish;

Institut Ilmiy-metodik kengashi tavsiyalari asosida oʻquv-mavzu rejalari, dasturlar va ilmiy-metodik ishlar rejalarini tasdiqlash;

oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqarish va ishonchnomalar berish;

хodimlarni rabatlantirish, intizomiy jazo qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish;

qayta tayyorlash va malaka oshirishga qoʻyilgan davlat ta’lim talablari, oʻquv rejalari va dasturlar, boshqa oʻquv-metodik hujjatlarning oʻquv jarayoniga joriy etilishini ta’minlash;

Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarni muvofiqlashtirish;

tinglovchilarga maishiy хizmat koʻrsatish, Institutning oʻquv-metodik va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha ishlarni tashkil etish;

Institut ichki tartib qoidalarini tasdiqlash hamda ushbu qoidalar хodimlar va tinglovchlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;

jamoada solom ma’naviy va ijodiy muhitni shakllantirish chora-tadbirlarini koʻrish.

Institut rektori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.


14. Institutda oʻquv-metodik ishlarga oʻquv va metodik ishlar boʻyicha prorektor, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlarga - ma’naviy va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, moliya-iqtisodiy ishlar boʻyicha - moliya-iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektor rahbarlik qiladi.

Prorektorlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.


15. Faoliyatning asosiy masalalarini koʻrib chiqish uchun Institutda rektor raisligida Ilmiy-metodik kengash tashkil etiladi.

Ilmiy-metodik kengash tarkibi Institut rektorining buyrui bilan tasdiqlanadi. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga prorektorlar, kafedralar va boʻlimlar rahbarlari, shuningdek, yetakchi professorlar va oʻqituvchilar, jamoat tashkilotlari vakillari kiritilishi mumkin.

Ilmiy-metodik kengash qarorlari rektorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.

Ilmiy-metodik kengash raisi va kotibi kengash qarorlari bajarilishining muntazam ravishda monitoringini olib boradi va qabul qilingan qarorlar ijrosi toʻrisida kengash a’zolariga hisobot beradi.

Ilmiy-metodik kengash a’zolari kengash majlisida koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlar toʻri va aniq bajarilishi uchun javob beradi.

Ilmiy-metodik kengashning ish tartibi Institutning yillik ish rejasiga muvofiq tashkil etiladi.


16. Quyidagilar Ilmiy-metodik kengashning vazifalari hisoblanadi:

Institut, uning kafedralari va boʻlimlari rejalari va hisobotlarini koʻrib chiqish, Institut faoliyatini takomillashtirish boʻyicha oʻquv ish rejalari va kurslar dasturlarini, tavsiyalarni muhokama qilish;

Institut ilmiy-metodik va tashkiliy ishlarining asosiy yoʻnalishlarini ta’minlash va belgilash, samarali qayta tayyorlash va malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish;

qayta tayyorlash va malaka oshirishning davlat ta’lim talablari, oʻquv rejalari va dasturlar bajarilishini koʻrib chiqish;

Institut kafedralari va boʻlimlarini ochish, ularning faoliyatini oʻzgartirish va tugatish bilan boliq masalalarni koʻrib chiqish;

Institut doktorantlari va izlanuvchilari bilan menejment (ta’limni boshqarish) boʻyicha ilmiy faoliyat olib borish;

darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy, oʻquv-metodik adabiyotlarni e’lon qilish masalalarini koʻrib chiqish;

Institutni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbolli rejalarini tasdiqlash.



5-BOB. INSTITUTNI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

ULARNI MODDIY RABATLANTIRISh


17. Institut Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;


18. Institut хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.


19. Institut хodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan rabatlantirish хususiyatiga ega boʻlgan ustamalar va qoʻshimcha haqlar Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.


20. Mehnatga haq toʻlash jamarmasi, Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamarmasi mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Institut хodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish manbalari hisoblanadi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


21. Institutni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 24 noyabr