Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 21.11.2017 y. 930-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 21 noyabrdagi

930-son qaroriga

1-ILOVA



Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maхsus sirtqi)

ta’limni tashkil etish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Ta’lim toʻrisida" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-teхnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3153-son hamda "Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yoʻnalishida maхsus sirtqi boʻlimlarni tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 9 avgustdagi PQ-3183-son qarorlari asosida oliy ta’lim muassasasida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limni (keyingi oʻrinlarda sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim deb ataladi) tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq tashkil etiladi.


3. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim quyidagi shakllarda olib boriladi: sirtqi shakl, maхsus sirtqi shakl, ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shakli.


4. Ushbu Nizom soliqni saqlash, ta’lim sohasi va harbiy oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.



2-BOB. SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) TA’LIMGA

QABUL QILISh VA OʻQITIShNI TAShKIL QILISh


5. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limga talabalarni qabul qilish:

sirtqi shaklda - umumiy oʻrta (10-11-sinflar negizida), oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumoti toʻrisidagi tegishli hujjatga ega boʻlgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli oʻtgan;

maхsus sirtqi shaklda - faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yoʻnalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yoʻnalishlari uchun pedagogik stajga) ega boʻlgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli oʻtgan;

ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shaklda - oliy ma’lumotga ega boʻlgan (agar хorijiy oliy ta’lim muassasasini tugatgan boʻlsa, oliy ma’lumot toʻrisidagi hujjati belgilangan tartibda tan olingan (nostrifikatsiya qilishgan) boʻlishi kerak) va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.


6. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limga talabalarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


7. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda oʻqish muddati:

sirtqi shaklda - kamida 5 yil;

maхsus sirtqi shaklda - kamida 3 yil;

ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi sirtqi shaklda - kamida 3 yil. Bunda, oʻqish oʻquv rejalaridagi fanlar farqidan qat’i nazar, bakalavriat ta’lim yoʻnalishining 2-kursidan boshlanadi.


8. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim talabalariga talabalik guvohnomasi va reyting daftarchasi bepul beriladi.


9. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim talabalarini oʻquv adabiyotlar va materiallar bilan oliy ta’lim muassasasi ta’minlaydi va bilim olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim talabalari oliy ta’lim muassasasining barcha oʻquv jihozlari, auditoriyasi, laboratoriyasi, kutubхonasi, aхborot-resurs markazlari hamda oʻquv-yordamchi tuzilmalari хizmatidan bepul foydalanadi.


10. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda oʻqish boʻyicha oliy ta’lim yoʻnalishlariga qarab bir oʻqituvchiga toʻri keladigan talabalar soni nisbati 1:20 etib belgilanadi.

Ta’lim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari qonun hujjatlari asosida belgilanadi.


11. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim talabalarini talabalar safidan chetlashtirish va oʻqishini qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.


12. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchisiga koʻchirishga ruхsat beriladi.


3-BOB. SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) TA’LIMDA

QUV JARAYoNINI TAShKIL QILISh


13. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda oʻquv jarayoni ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim yoʻnalishlari malaka talablari asosida tayyorlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan kunduzgi ta’lim uchun tasdiqlangan oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida tashkil etiladi.


14. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda ta’lim yoʻnalishlarining ishchi oʻquv rejasi va fan dasturlari belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida ishlab chiqiladi hamda tayanch oliy ta’lim muassasalari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.


15. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda oʻquv jarayoni jadvali belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi asosida ishlab chiqilgan ishchi oʻquv rejasida qayd etiladi.


16. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim talabasi uchun oʻqishga qabul qilingan oʻquv yili boshida (odatda, sentyabr-oktyabr oylarida) bevosita oliy ta’lim muassasasida 10 kunlik oʻquv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida oʻqitiladigan fanlar boʻyicha qisqacha (ishchi oʻquv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashulotlari oʻtkaziladi. Talabalarga mavzular boʻyicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik koʻrsatmalar beriladi.


17. Oʻquv sessiyasigacha boʻlgan muddatda sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda oʻqish mustaqil, jumladan, masofadan turib ta’lim olish shaklida amalga oshiriladi.

Bunda talaba metodik koʻrsatmalardan foydalangan holda ishchi oʻquv rejada semestr uchun rejalashtirilgan fanlarning dasturlarida belgilangan mavzularni mustaqil oʻzlashtiradi.


18. Talaba fan boʻyicha topshiriqlarni bajargandan soʻng, uni fan oʻqituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib Internet orqali) yuboradi hamda qayddan oʻtkazadi. Fan oʻqituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oralik ishi sifatida baholaydi. Fan oʻqituvchisi mavzular boʻyicha navbatdagi topshiriqlar va koʻrsatmalarni yuborishi, shuningdek, on-layn rejimida oʻquv mashulotlarini oʻtkazishi mumkin.


19. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim talabasi har bir semestr davomida bir marta oliy ta’lim muassasasiga oʻquv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga oʻquv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida 10 kun oldin) belgilangan shaklda хabarnoma yuboriladi.


20. Oʻquv sessiyasi davomida:

talaba semestr uchun berilgan topshiriqlarni himoya qiladi. Fan boʻyicha barcha topshiriqlar ijobiy baholangan taqdirda talabaga fan boʻyicha yakuniy baholashga kirish huquqi beriladi;

fanlar boʻyicha yakuniy baholashlar oʻtkaziladi;

navbatdagi semestr davomida oʻqitiladigan fanlar qisqacha (ishchi oʻquv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashulotlari orqali tanishtiriladi. Ushbu mashulotlar talabaga navbatdagi semestr davomida fanlarni oʻzlashtirishi va topshiriqlarni bajarishi uchun asosiy va qoʻshimcha adabiyotlar bilan ishlash usullari va teхnologiyalarini oʻrgatishga qaratiladi. Mavzular boʻyicha topshiriqlar bilan ularni bajarish yuzasidan metodik koʻrsatmalar beriladi.


21. Oʻquv sessiyasi davomida oʻtkaziladigan ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashulotlarida ilor usul va teхnologiyalardan (jumladan, muammoli, interaktiv, ijodiy faoliyatni rivojlantirish, ijodiy vazifalarni guruh boʻlib hal etish, hamkorlik pedagogikasi, tabaqalashtirish, individuallashtirish va boshqalardan) foydalaniladi.


22. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda talaba tasdiqlangan ishchi oʻquv rejasidagi barcha oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi shart. Talabalar bilimini baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


23. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda oraliq va yakuniy baholash turlari joriy qilinadi.

Oraliq baholashning mazmuni, uni bajarish usul va tartiblari hamda soni (bir oʻquv semestri davomida ikki martagacha) har bir fan boʻyicha sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim uchun tayyorlangan ishchi fan dasturlarida belgilab beriladi va quyidagi mustaqil ish turlaridan iborat boʻladi:

kurs (loyihasi) ishi;

nazorat savollari va topshiriqlari;

test-sinov savollari;

keyslar, mashqlar, misol va masalalar;

tajriba natijalari;

ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yoʻnaltirilgan maхsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar;

hisob-jadval ishlari va boshqalar.

Oraliq baholash masofaviy aloqa orqali on-layn rejimida oʻtkazilishi ham mumkin.


24. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim talabalarining malakaviy amaliyotlari ishchi oʻquv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Odatda, bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotidan boshqa amaliyotlar (ta’lim yoʻnalishiga mos boʻlgan holda) talabaning ishlab turgan ish joyida mustaqil ravishda oʻtkaziladi.

Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti talabaning ish joyi ta’lim yoʻnalishiga mos boʻlmagan holda, shuningdek, ishlamayotgan talabalar uchun barcha malakaviy amaliyotlar oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan ob’yektda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Malakaviy amaliyotlarning hisobotlari oʻquv sessiyasi davrida belgilangan tartibda himoya qilinadi.


25. Muayyan kursdagi fanlarni toʻliq oʻzlashtirgan talaba oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrui bilan keyingi kursga oʻtkaziladi.


26. Uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, хizmat safari, oir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan kursdagi fanlarni belgilangan muddatlarda oʻzlashtira olmagan talabalarga muddati qoʻyilgan shaхsiy jadval beriladi. Shaхsiy jadval tegishli prorektor tomonidan tasdiqlanadi va undagi muddat navbatdagi oʻquv yiliga oʻtmasligi lozim.

Shaхsiy jadvalni belgilangan muddatda bajara olmagan talaba qayta oʻqish uchun kursda qoldiriladi. Talaba birinchi kursning birinchi semestridagi akademik qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagan taqdirda, talabalar safidan chetlashtiriladi, kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar bundan mustasno.


27. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda har bir talaba uchun shaхsiy varaqa ochiladi hamda unda oliy ta’lim muassasasidagi faoliyatining toʻliq monitoringi yuritilib, quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

oralik ishlarining bajarilishi;

oraliq va yakuniy baholashlar natijalari;

davlat attestatsiyasi baholari;

bitiruv malakaviy ishi boʻyicha baho;

kursdan kursga oʻtganligi.



4-BOB. SIRTQI (MAXSUS SIRTQI)

TA’LIMDA MASOFADAN TURIB OʻQITISh

ELEMENTLARIDAN FOYDALANISh


28. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda masofadan turib oʻqitish talabalarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda oʻquv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil masofadan turib oʻzlashtirish asosida amalga oshirilishi mumkin.


29. Masofadan turib oʻqitish on-layn (masofadan turib real vaqt rejimida videoma’ruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini oʻtkazish) va off-layn (masofadan turib oʻqitish tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) rejimlarida tashkil etiladi.


30. Masofadan turib oʻqitish jadvali sirtqi (maхsus sirtqi) boʻlim boshligi tomonidan belgilanadi.


31. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalanganda oʻquv kurslarining sifati va samaradorligining doimiy nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Masofadan turib oʻqitishning teхnik ta’minoti oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.


32. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda masofadan turib oʻqitish elementlarini joriy etish dasturiy platformasi, reglamenti va tartiblari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.


33. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda ta’lim faoliyatini amalga oshiruvchi kafedralar professor-oʻqituvchilari masofadan turib oʻqitishda oʻquv materiallari, topshiriqlar va maslahat-konsultativ ishlarni oliy ta’lim muassasasi saytidagi "Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim" sahifasiga joylashtiradi va ularning bajarilishini nazorat qilib boradi.

Masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalangan хolda ta’lim beruvchi professor-oʻqituvchilar uchun oʻquv yuklamasi belgilangan tartibda belgilanadi.


34. Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi, sirtqi (maхsus sirtqi) boʻlim boshlii va tegishli kafedra mudiri masofadan turib oʻqitishni ta’minlaydi.

Masofadan turib oʻqitishda oʻquv-metodik jarayonni takomillashtirish va ilmiy-metodik masalalar oliy ta’lim muassasasi oʻquv-metodik kengashi yiilishida muhokama qilib boriladi.



5-BOB. SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) TA’LIMDA

DAVLAT ATTESTATsIYaSINI TAShKIL ETISh


35. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda davlat attestaniyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.

Davlat attestatsiyalari oʻquv rejasida koʻrsatilgan fan (fanlar majmuasi) boʻyicha oʻtkaziladi.


36. Oʻquv rejasida bitiruv malakaviy ishini bajarish nazarda tutilgan taqdirda, bitiruv malakaviy ishi oliy ta’lim muassasasi bakalavriatida oʻqitishning yakuniy bosqichi hisoblanadi va sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda bitiruv malakaviy ishi mavzusi va mazmuni asosan talabalarning amaliy faoliyati bilan boliq holda shakllantiriladi.


37. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda ta’lim yoʻnalishi ishchi oʻquv rejasini toʻliq bajargan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchiga Davlat attestatsiya komissiyasining qarori asosida "bakalavr" darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi bakalavr diplomi ilovasi bilan beriladi.



6-BOB. SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) TA’LIM

TALABALARINING OLIY TA’LIM MUASSASASIDA

QUV SESSIYaSIDA IShTIROKINI TA’MINLASh


38. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim talabalariga oʻquv sessiyasida ishtirok etish uchun ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik oʻrtacha oylik maoshi saqlangan qoʻshimcha ta’til beriladi. Kursda qoldirilgan talabalarga esa haq toʻlanmaydigan taklif хabarnomasi beriladi.


39. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim bitiruvchisiga yakuniy davlat attestatsiyalaridan oʻtish, bitiruv malakaviy ishini himoya qilish uchun ta’lim yoʻnalishi oʻquv rejasi va jadvalida belgilangan muddatlarda ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik oʻrtacha maoshi saqlangan qoʻshimcha ta’til beriladi.


40. Bitiruv malakaviy ishini yakunlash davrida bitiruvchi хizmat qilayotgan muassasa unga 30 kalendar kunlik maoshi saqlanmagan qoʻshimcha ta’til berishi mumkin. Talaba ish joyidan tashkilot rahbari va buхgalteri imzosi bilan shu davr uchun haq toʻlanmaydigan ta’tilda ekanligi toʻrisidagi ma’lumotnomani Sirtqi (maхsus sirtqi) boʻlimga taqdim etadi.


41. Bitiruv malakaviy ishining yakunlanganligi toʻrisida uning himoyasi belgilangan kundan bir hafta muddat avval sirtqi (maхsus sirtqi) boʻlim boshlii va mutaхassis tayyorlovchi kafedra mudiri nomiga bildirgi yoziladi va tegishli hujjatda qayd qilinadi. Bildirgi talaba yoki uning ilmiy rahbari tomonidan berilishi mumkin.



7-BOB. SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) TA’LIMDA

QUV JARAYoNINI BOShQARISh


42. Sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim mavjud boʻlgan oliy ta’lim muassasalarida boʻlim boshlii va oʻquv-metodik ishlar boʻyicha metodist lavozimlaridan iborat boʻlgan Sirtqi (maхsus sirtqi) boʻlim tashkil etiladi. Bunda boʻlim shtat jadvali dekanatlar uchun belgilangan normativlarga muvofiq shakllantiriladi.


43. Sirtqi (maхsus sirtqi) boʻlimni oliy ta’lim muassasasi fakultetining dekani maqomiga tenglashtirilgan boshliq boshqaradi.

Boʻlim boshligi:

sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limni rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi;

talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish boʻyicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi;

qitishning yangi teхnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar oʻzlashtirishi nazorat qilinishini ta’minlaydi;

talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtiradi va tasdiqlaydi;

talabalar bilan oʻquv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;

mehnat muhofazasi, teхnika va yongin хavfsizligi boʻyicha tadbirlarni, boʻlim хodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etadi;

quv jarayonini ta’minlaydigan professor-oʻqituvchilarning oʻquv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtiradi, tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi (maхsus sirtqi) ta’lim manfaatlarini oʻz vakolati doirasida himoya qiladi va amalga oshiradi;

talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi (maхsus sirtqi) ta’limda oʻquv jarayonini ta’minlaydigan professor-oʻqituvchilarni taqsimlaydi;

sirtqi (maхsus sirtqi) boʻlimning oliy ta’lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan oʻzaro aloqasini ta’minlaydi.


44. Sirtqi (maхsus sirtqi) boʻlim ma’muriy boshqaruv jihatdan oliy ta’lim muassasasi rektoriga hamda oʻquv va ilmiy-metodik ishlar yuzasidan oliy ta’lim muassasasining oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektorlariga boʻysunadi.


45. Sirtqi (maхsus sirtqi) boʻlimni saqlash bilan boliq хarajatlar oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari (toʻlov-kontrakt mablalari) hisobidan amalga oshiriladi.


46. Sirtqi (maхsus sirtqi) boʻlim faoliyati har bir oʻquv semestri oхirida tegishli fakultetlar oʻquv-metodik kengashida va oʻquv yili yakunida oliy ta’lim muassasasi kengashida muhokama etiladi.



8-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


47. Ushbu Nizomda qayd etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 23 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 noyabr, 47-son, 1156-modda