Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 22-2017-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 22-QQ-son "Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim dasturlari fanlari boʻyicha oʻqitish sifatining har yilgi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi 03.11.2017 y. Qarori (AV tomonidan 23.11.2017 y. 2470-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

23.11.2017 y.

N 2470-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGINING

03.11.2017 y.

N 22-2017


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

DAVLAT TEST MARKAZINING

03.11.2017 y.

N 22-QQ


QARORI



"Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim

dasturlari fanlari boʻyicha oʻqitish sifatining

har yilgi monitoringini olib borish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi

qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb

topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2013 yil 3 iyundagi 27, 18-son "Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim dasturlari fanlari boʻyicha oʻqitish sifatining har yilgi monitoringini olib borish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2470, 2013 yil 25 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 26-son, 341-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

I. Madjidov

Davlat test markazi direktori

M. Karimov

       


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 24 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 noyabr, 47-son, 1170-modda