Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.11.2017 y. 914-son "Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.11.2017 y.

N 914




OʻZBEKISTON YoShLAR ITTIFOQINING FAOL

A’ZOLARIGA OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA

KIRIShDA IMTIYoZLAR BERISh TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida koʻp yillik mehnat stajiga ega boʻlgan fidoyi, tabiiy yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan, vatanparvar, yurt kelajagiga daхldorlikni his qiladigan, mehnatsevar va boshqa insoniy fazilatlar egasi boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish boʻyicha tavsiyanomalar (keyingi oʻrinlarda tavsiyanomalar deb ataladi) berish tartibi toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini koʻrib chiquvchi respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda respublika komissiyasi deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

tavsiyanomalar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi sardorlarga, boshlanich tashkilotlardagi yoʻnalish yetakchilariga, ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan fidoyi yoshlarga beriladi;

tavsiyanomalarga ega boʻlgan yoshlar Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga asosan doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi;

tavsiyanomalar Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bir nafardan (jami 14 nafar) yoshlariga taqdim etiladi;

tanlovlarni toʻri va adolatli oʻtkazishga tegishli tuman (shahar), hududiy hamda respublika komissiyalari mas’uldir.


4. Respublika komissiyasi bir oy muddatda:

Respublika komissiya va uning hududiy hamda tuman (shahar) komissiyalarining reglamentini;

nomzodlarni baholash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 25-son, 545-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisida nizomga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Q. Quranbayev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 14 noyabrdagi

914-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini

oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish

uchun tavsiyanomalar berish masalalarini koʻrib

chiquvchi respublika komissiyasi

TARKIBI


1. Q.Q.Quranbayev

-

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, Respublika komissiyasi raisi


2. D.H.Nabiyev

-

oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari


3. A.Z.Sa’dullayev

-

хalq ta’limi vazirining oʻrinbosari


4. O.A.Nazarbekov

-

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari


5. F.X.Rizayev

-

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktorining birinchi oʻrinbosari


6. M.Quronov

-

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari


7. R.E. Turdiboyeva

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

8. A.X.Mirzajonov

-

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari


9. M.M.Zufarov

-

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining oʻrinbosari, Respublika "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi


Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaхslar yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 14 noyabrdagi

914-son qaroriga

3-ILOVA



Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga

talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


23-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish maqsadida tavsiyanomalar berish boʻyicha respublika komissiyasi taqdimnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining qarori bilan doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar";

toʻrtinchi - beshinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 15 noyabr