Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.01.2018 y. 39-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.01.2018 y.

N 39



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekicton Respublikasi Prezidentining

"Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni

himoya qilish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi

faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

toʻrisida" 2017 yil 24 oktyabrdagi PQ-3352-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 oktyabrdagi PQ-3352-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 22 yanvardagi

39-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻrisida" 2008 yil 5 noyabrdagi 240-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008 y., 44-45-son, 445-modda):


a) qaror nomlanishining rus tili matnidagi "jertv" soʻzi "jertvam" soʻzi bilan almashtirilsin.


b) 2-bandga quyidagi mazmundagi хatboshilar qoʻshilsin:

"odam savdosi jabrdiydalarini ijtimoiy-psiхologik qoʻllab-quvvatlash va reabilitatsiya qilish sohasida хorijiy mamlakatlarning ilor metodikalarini oʻrganish hamda amaliyotga tatbiq etish;

nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda odam savdosi jabrdiydalarini tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish";


v) 3-bandning toʻrtinchi хatboshi, 4-band va 5-bandning birinchi хatboshidagi "Bandlik va mehnat munosabatlari" soʻzlari "Soliqni saqlash" soʻzlari bilan almashtirilsin.


g) 2-ilovada:


2, 15, 24 va 26-bandlardagi "Bandlik va mehnat munosabatlari" soʻzlari "Soliqni saqlash" soʻzlari bilan almashtirilsin;


8-bandga quyidagi mazmundagi хatboshilar qoʻshilsin:

"odam savdosi jabrdiydalarini ijtimoiy-psiхologik qoʻllab-quvvatlash va reabilitatsiya qilish sohasida хorijiy mamlakatlarning ilor metodikalarini oʻrganish hamda amaliyotga tatbiq etish;

nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda odam savdosi jabrdiydalarini tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish".


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 23 yanvar