Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.01.2018 y. 43-son "Byudjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
23.01.2018 y.
N 43
BYuDJETGA TOʻLOVLAR KELIB
TUShIShINING KOʻRSATKICh PROGNOZLARI
BAJARILGANI HAMDA QOʻShIMChA DAROMADLAR
ANIQLANGANI VA UNDIRIB OLINGANI UChUN MOLIYa
VA SOLIQ ORGANLARI RAHBARLARI, MANSABDOR
ShAXSLARINI RAGʻBATLANTIRISh VA ULARGA
NISBATAN MODDIY JAVOBGARLIK ChORALARINI
QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI
TASDIQLASh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning toʻliqligini ta’minlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2017 yil 13 dekabrdagi PF-5283-son Farmoniga asosan hamda davlat soliq хizmati organlari va moliya organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini moddiy ragʻbatlantirish va ularga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Byudjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2018 yil 24 yanvar