Byudjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.01.2018 y. 43-son qaroriga ilova)
Vazirlar Mahkamasining
2018 yil 23 yanvardagi
ILOVA
Byudjetga toʻlovlar kelib tushishining
koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha
daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun
moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor
shaхslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan
moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash
tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom byudjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslari - Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) moliya boʻlimlari mudirlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari;
daromadlar prognozi - soliq va byudjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq daromad manbalari kesimida ularning soliq solinadigan bazasini tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha ishlab chiqilgan byudjet daromadlarining yigʻma koʻrsatkichlari;
soliq qarzi - soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan muddatda toʻlanmagan moliyaviy sanksiyalar. Bunda undirilishi umidsiz va muddati uzaytirilgan soliq qarzlari inobatga olinmaydi;
mahalliy byudjet daromadlari bazasini oshirish rezervlari - Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, moliya hamda soliq organlari tomonidan tahlillar (oʻrganishlar) natijasida aniqlanib, tegishli soliq organlari tomonidan tasdiqlangan soliqqa tortish ob’yektlari.
3. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini ragʻbatlantirish va ularni moddiy javobgarlikka tortish har bir hisobot choragi yakuni boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini ragʻbatlantirish yoki moddiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi buyruq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlarining tavsiyalariga koʻra:
moliya organlarining rahbarlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri;
davlat soliq хizmati organlarining rahbarlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi tomonidan qabul qilinadi.
5. Moliya va soliq organlarining moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmalari va mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari ushbu organlar rahbarlari, mansabdor shaхslarini ragʻbatlantirish manbai hisoblanadi.
2-BOB. MOLIYa VA SOLIQ ORGANLARI RAHBARLARI,
MANSABDOR ShAXSLARINI RAGʻBATLANTIRISh VA
MODDIY JAVOBGARLIKKA TORTISh UChUN ULAR
FAOLIYaTINI BAHOLASh MEZONLARI
6. Quyidagilar moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini ragʻbatlantirish va moddiy javobgarlikka tortish uchun ular faoliyatini baholashning asosiy mezonlari (keyingi oʻrinda mezonlar deb ataladi) hisoblanadi:
mahalliy byudjet daromadlarining tasdiqlangan prognozining ijro etilishi;
byudjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligining qisqartirilishi;
mahalliy byudjet daromadlari bazasini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha koʻrsatkichlarning bajarilishi.
7. Mezonlar ijrosi tahlili tegishli hisobot choragi yakuni boʻyicha amalga oshiriladi.
3-BOB. MOLIYa VA SOLIQ ORGANLARI
RAHBARLARI, MANSABDOR ShAXSLARINI
RAGʻBATLANTIRISh VA ULARNI MODDIY
JAVOBGARLIKKA TORTISh TARTIBI
8. Mezonlar ijrosi boʻyicha hududiy moliya va soliq organlari tomonidan har chorak yakuni boʻyicha ushbu Nizomga 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq ma’lumotnomalar tuziladi.
9. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash ushbu Nizomning 4-ilovasida keltirilgan sхema boʻyicha amalga oshiriladi.
10. Ma’lumotnomalar quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
tuman (shahar) moliya boʻlimlari va davlat soliq inspeksiyalari tomonidan - tumanlar (shaharlar) hokimlarining tavsiyalari ilova qilingan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vazirligi, hududiy moliya va davlat soliq boshqarmalariga hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vazirligi, hududiy moliya va davlat soliq boshqarmalari tomonidan - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tavsiyalari ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasiga hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar.
11. Hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyalarini inobatga olgan holda, tahlillar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining va Davlat soliq qoʻmitasi raisining tegishli buyrugʻi qabul qilinadi.
12. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini ragʻbatlantirish va moddiy javobgarlikka tortish ularning lavozim maoshiga nisbatan ustama quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
a) moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini ularning lavozim maoshlarini 50 foizigacha boʻlgan miqdorda mukofotlash, shu jumladan:
mahalliy byudjet daromadlari tasdiqlangan prognozining ijro etilganligi uchun 10 foiz miqdorida;
byudjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi qisqartirilganligi uchun 20 foiz miqdorida;
mahalliy byudjet daromadlari bazasini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha hisob-kitob koʻrsatkichlari bajarilganligi uchun 20 foiz miqdorida;
b) yuqorida koʻrsatilgan mezonlarning ijrosi ta’minlanmaganligi uchun ularning lavozim maoshlarining 30 foizi miqdorida jarima qoʻllash, shu jumladan:
mahalliy byudjet daromadlarining tasdiqlangan prognozining ijro etilmaganligi uchun 10 foiz miqdorida;
mahalliy byudjetlarga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi oshishiga yoʻl qoʻyilganligi uchun 10 foiz miqdorida;
mahalliy byudjet daromadlari bazasini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha hisob-kitob koʻrsatkichlari bajarilmaganligi uchun 10 foiz miqdorida.
13. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslariga ushbu Nizom 12-bandining "b" kichik bandiga asosan jarimalar qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181 - 184-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi, bunda jarima shaklida qoʻllanilgan intizomiy jazoning amal qilish muddati hisobot choragidan keyingi chorak davri hisoblanadi.
Mazkur Nizom 12-bandining "a" kichik bandiga asosan ragʻbatlantirish choralari ushbu nizom bilan bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha ilgari qoʻllanilgan jazoning amal qilish muddati mobaynida qoʻllanilishi mumkin.
14. Mahalliy byudjet daromadlarining belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining bajarilmaganligi uchun jarima qoʻllashda moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslari tomonidan prognoz koʻrsatkichlari bajarilmaslik sabablari oʻrganiladi, bunda ularga bogʻliq boʻlmagan omillar inobatga olinadi.
15. Muayyan hisobot choragi uchun mazkur Nizomga asosan moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslariga nisbatan qoʻllanilgan jarima keyingi hisobot choragi yakuni boʻyicha ularni ragʻbatlantirish yoki jarimaga tortishda inobatga olinmaydi.
16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1-ILOVA
"Kelishildi" Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlari _____________ F.I.O. "____" _________________ 20 ____ yil |
Byudjet daromadlari boʻyicha ___ yilning __ choragi
uchun belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining
_________ viloyatida bajarilishi toʻgʻrisida
MA’LUMOT
T/r |
Hududlar |
Choraklik prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi (mln. soʻm) |
Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslari uchun ragʻbatlantirish va javobgarlik choralari (%) |
||||||
Byudjet daromadlari |
Moliya organlari |
Soliq organlari |
|||||||
Choraklik prognoz |
Haqiqatda tushum (1-N hisobotlari boʻyicha) |
Ijrosi (%) |
Farqi |
F.I.O. |
lavozim maoshiga nisbatan* |
F.I.O. |
lavozim maoshiga nisbatan* |
||
A |
1 |
2 |
3=(2/1) |
4=(2-1) |
5 |
6 |
7 |
8 |
|
Hudud boʻyicha jami |
|||||||||
shu jumladan tuman(shahar)lar kesimida: |
|||||||||
1. |
|||||||||
2. |
|||||||||
3. |
|||||||||
5. |
|||||||||
6. |
|||||||||
7. |
|||||||||
8. |
|||||||||
9. |
|||||||||
10. |
|||||||||
11. |
|||||||||
12. |
|||||||||
13. |
|||||||||
14. |
*) ragʻbatlantirish (+10%), jarima (-10%)
|
_______________________________ |
||||||||
hududiy moliya organlari rahbari |
/ Imzo / |
F.I.O |
|||||||
|
|||||||||
|
_______________________________ |
||||||||
|
hududiy davlat soliq хizmati organlari rahbari |
/ Imzo / |
F.I.O |
||||||
|
2-ILOVA
"Kelishildi" Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlari _____________ F.I.O. "____" _________________ 20 ____ yil |
Davlat byudjetiga toʻlovlar boʻyicha
20__ yilning 1 _______ holatiga mavjud
soliq qarzlari toʻgʻrisida
MA’LUMOT
Hududlar |
Mavjud soliq qarzi (umidsiz va muddati uzaytirilgan soliq qarzi inobatga olinmagan holda) (mln.soʻm) |
Soliq qarzining oʻzgarishi ("+" oʻsish, "-" kamayish) |
Soliq qarzining oʻsish sur’ati (%) |
Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslari uchun ragʻbatlantirish va javobgarlik choralari (%) |
|||||
Hisobot choragi boshiga |
Hisobot choragi yakuniga |
Moliya organlari |
Soliq organlari |
||||||
F.I.O. |
lavozim maoshiga nisbatan* |
F.I.O. |
lavozim maoshiga nisbatan* |
||||||
A |
1 |
2 |
3=(2-1) |
4=(2/1) |
5 |
6 |
7 |
8 |
|
Hudud boʻyicha, jami |
|||||||||
shu jumladan tuman(shahar)lar kesimida: |
|||||||||
1. |
|||||||||
2. |
|||||||||
3. |
|||||||||
4. |
|||||||||
5. |
|||||||||
6. |
|||||||||
7. |
|||||||||
8. |
|||||||||
9. |
|||||||||
10. |
|||||||||
11. |
|||||||||
12. |
|||||||||
13. |
|||||||||
14. |
*) ragʻbatlantirish (+20%), jarima (-10%)
_______________________________ |
|||||||||
hududiy moliya organlari rahbari |
/ Imzo / |
F.I.O |
|||||||
|
|||||||||
|
_______________________________ |
||||||||
|
hududiy davlat soliq хizmati organlari rahbari |
/ Imzo / |
F.I.O |
||||||
|
3-ILOVA
"Kelishildi" Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlari _____________ F.I.O. "____" _________________ 20 ____ yil |
____________ boʻyicha byudjet va byudjetdan
tashqari davlat maqsadli jamgʻarmalari
daromad bazasini oshirish rezervlari
toʻgʻrisida __.__._ yil holatiga
MA’LUMOT
(mln.soʻmda)
T/r |
Hududlar |
Mahalliy byudjet daromadlari bazasini oshirishda aniqlangan rezervlar (hisobot choragi davomida) |
Mahal- liy soliq- lar va yigʻim- larning tasdiq- langan rejasi |
Jami aniq- langan zaхira summa- sining rejaga nis- batan ulushi (%) |
Rezerv summalari (hisobot choragi davomida) |
Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslari uchun ragʻbatlantirish va javobgarlik choralari (%) |
||||||||||
Jami |
shu jumladan: |
Moliya organlari |
Soliq organlari |
|||||||||||||
Tadbir- korlik faoliya- tining ayrim turlari boʻyicha qat’iy belgilan- gan soliq |
Jis- moniy shaхslar- ning mol- mulkiga solina- digan soliq |
Jis- moniy shaхs- lar- dan olina- digan yer soligʻi |
Bozor- lardan tusha- digan daro- madi- dan |
Mahal- liy yigʻim- lar |
Boshqa- lar |
Undi- rilgan |
Undi- rilish dara- jasi (%) |
F.I.O. |
lavozim maoshiga nisbatan* |
F.I.O. |
lavozim maoshiga nisbatan* |
|||||
A |
1=(2+3+4 +5+6+7) |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9=(1/8) |
10 |
11=(10/1) |
12 |
13 |
14 |
15 |
|
Hudud boʻyicha, jami |
||||||||||||||||
shu jumladan tuman(shahar)lar kesimida: |
||||||||||||||||
1. |
||||||||||||||||
2. |
||||||||||||||||
3. |
||||||||||||||||
4. |
||||||||||||||||
5. |
||||||||||||||||
6. |
||||||||||||||||
7. |
||||||||||||||||
8. |
||||||||||||||||
9. |
||||||||||||||||
10. |
||||||||||||||||
11. |
||||||||||||||||
12. |
||||||||||||||||
13. |
||||||||||||||||
14. |
*) ragʻbatlantirish (+20%), jarima (-10%) qoʻllaniladi
ESLATMA: Daromadlari bazasini oshirish rezervlari - moliya hamda soliq organlari tomonidan tahlillar (oʻrganishlar) natijasida qoʻshimcha aniqlangan soliq solish ob’yektlari.
_______________________________ |
|||||||||
hududiy moliya organlari rahbari |
/ Imzo / |
F.I.O |
|||||||
|
|||||||||
|
_______________________________ |
||||||||
|
hududiy davlat soliq хizmati organlari rahbari |
/ Imzo / |
F.I.O |
||||||
|
4-ILOVA
Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor
shaхslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan
moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash
SXEMASI
Sub’yektlar |
|
Tadbir |
Muddati |
||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tuman (shahar) moliya boʻlimlari va davlat soliq inspeksiyalari |
|
Har chorak yakuni bilan mezonlar ijrosi yuzasidan 1 - 3-ilovalarga asosan tegishli ma’lumotnomalarni hokim bilan kelishish. Kelishilgan ma’lumotnomalarga hokim tavsiyasini ilova qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga taqdim etish.
|
Hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar |
||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
V |
|
||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari hamda Qorakalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari
|
|
Taqdim etilgan ma’lumotnomalarni umumlashtirish va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar hokimi bilan kelishish. Kelishilgan ma’lumotnomalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar hoqimi tavsiyasi ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish.
|
Hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar |
||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
V |
|
||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyalari asosida, tasdiqlangan daromadlar prognoz koʻrsatkichlari ijrosi, soliq qarzdorligining oʻzgarishi va byudjetga qoʻshimcha rezervlar anmqlanishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning tanqidiy tahlili natijasida Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri va Davlat soliq qoʻmitasi raisining tegishli buyrugʻini qabul qilish va joylarga yetkazish.
|
Hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar |
||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
V |
|
||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri va Davlat soliq qoʻmitasi raisining tegishli buyrugʻi ijrosini ta’minlash va tuman (shahar) hokimliklariga yetkazish.
|
Shu kunning oʻzida |
||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
V |
|
||||||||||||||||||||||||
Tuman (shahar) hokimlari |
|
Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini ragʻbatlantirish yoki ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash.
|
|||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2018 yil 24 yanvar