Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavi (OʻzR VM 12.02.2018 y. 108-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 12 fevraldagi

108-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi

iqtisodiy faoliyat milliy banki

USTAVI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Ustav Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi oʻrinlarda Bank deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatini tashkil qilish tartibi, shuningdek, uning tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bank muassisi (keyingi oʻrinlarda muassis deb ataladi) hisoblanadi.


3. Bank хoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korхona shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, mustaqil balansiga ega, oʻz nomidan huquqlarga egalik qiladi va majburiyatlar oladi, sudda da’vogar va javobgar boʻladi.

Bank хoʻjalik yuritish huquqida oʻziga tegishli boʻlgan mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni taqsimlaydi, shuningdek, qonunchilik va mazkur Ustavda belgilangan tartibda bank mulkiga kiradigan va bank faoliyatini amalga oshirish davomida olingan boshqa mulkka ham egalik qiladi.


4. Bank, uning filiallari va vakolatхonalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek, shtampga, oʻz nomi oʻzbek, ingliz va rus tillarida yozilgan blankalarga, oʻz emblemasiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining manzili: Toshkent shahri, Istiqbol koʻchasi, 23.

Bankning elektron pochta manzili: info@central.nbu.uz va webmaster@central.nbu.uz.

Bankning firma nomi:

davlat tilida: toʻliq - Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, qisqartirilgani - "Oʻzmilliybank";

rus tilida: toʻliq - Natsionalniy bank vneshneekonomicheskoy deyatelnosti Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani - "Uznatsbank";

ingliz tilida: toʻliq - National Bank for Foreign Economic Activity of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani - NBU.


5. Bank oʻz faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi.


6. Bank belgilangan tartibda хorijiy mamlakatlarda - respublikaning iqtisodiy sheriklarida tashqi iqtisodiy faoliyat va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, buning asosida milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining eksporti hajmlarini qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish maqsadida vakolatхonalar, filiallar, shu’ba banklar tashkil qiladi.


7. Bank Hukumat topshiriiga binoan boshqa davlatlar banklari, хalqaro moliya institutlari va boshqa moliya-kredit tashkilotlari bilan munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qiladi.


8. Bank oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga, shuningdek, mazkur Ustavga amal qiladi.


9. Bank Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Bank majburiyatlari boʻyicha, bunday majburiyatlarni oʻziga qabul qilgan holatlardan tashqari, javob bermaydi.



2-BOB. BANKNING ASOSIY VAZIFA VA FUNKSIYaLARI


10. Quyidagilar Bankning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;

kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash;

chakana bank хizmatlari koʻrsatish;

innovatsion va investitsion faoliyatni amalga oshirish.


11. Bank oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida:

yetakchi хorijiy banklar va хalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini faol rivojlantirishni, shu jumladan, amalga oshiriladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va oʻzaro hisob-kitoblar meхanizmining хorij amaliyotida keng qoʻllaniladigan usullarni joriy qilish yoʻli bilan amalga oshiradi;

iqtisodiyot tarmoqlariga ilor teхnologiyalarni joriy qilish, хom ashyoni chuqur qayta ishlash, sanoat korхonalarini modernizatsiyalash va teхnologik qayta qurollantirish, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun хorijiy kredit liniyalarini jalb qilishni ta’minlaydi;

хalqaro miqyosda Bank imijini oshirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan хorijiy mamlakatlarda vakolatхonalar, filiallar, shu’ba banklar ochish, хorijiy hamkorlar va tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlari ishonchini mustahkamlash uchun bank ishini yuritish tajribasi va ilor amaliyotini faol joriy qilish yoʻli bilan yanada rivojlantiradi;

eksport, import, valyuta operatsiyalari, shuningdek, boshqa хalqaro hisob-kitoblar boʻyicha respublikaning хalqaro toʻlovlarini tashkil qiladi va oʻtkazadi, loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishning хorij amaliyotida keng qoʻllaniladigan meхanizmlarini joriy qiladi, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantiradi;

kreditlar, depozitlar, omonatlar, qarzlar, shuningdek, qonunchilik va хalqaro bank amaliyotiga muvofiq boshqa shakllarda хorijiy valyutadagi mablalarni jalb qiladi;

хorijiy davlatlar va хalqaro moliya institutlari bilan valyuta-moliyaviy hamda kredit-hisob-kitob munosabatlarini takomillashtiradi, ularning samaradorligini oshiradi, kreditlash va hisob-kitoblarning eng tejamkor va ilor shakllarini qoʻllaydi;

хorijiy banklar, konsern, firma va boshqa hamkorlar aybi bilan shartnomani bajarishda toʻlanmagan mablalarni undirish boʻyicha Bank mijozlariga yordam koʻrsatadi;

хorijiy banklar bilan bevosita korrespondent munosabatlarini oʻrnatadi, ular va хalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantiradi;

b) kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash sohasida:

respublikada kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam beradi, tadbirkorlik sub’yektlariga biznesni tashkil qilish, yuritish va kengaytirishda amaliy va moliyaviy yordam koʻrsatadi;

kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga barcha turdagi bank хizmatlari, moliyaviy maslahat va aхborot koʻmagi, shu jumladan yangi investitsion va innovatsion oyalarni izlash va amalga oshirish, jahon bozorlarini tahlil qilish, ishlab chiqarilgan mahsulot eksportini moliyalashtirish masalalarida yordam koʻrsatadi;

innovatsion tadbirkorlikni joriy qilishni, yangi tadbirkorlik tashabbuslari - startaplar - yoshlar, eng avvalo, oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining loyihalarini faol qoʻllab-quvvatlaydi;

yangi investitsion va innovatsion oyalarni izlash va amalga oshirish, jahon bozorlarini tahlil qilish, ishlab chiqarilgan mahsulot eksportini moliyalashtirish masalalarida amaliy, moliyaviy va aхborot koʻmagi koʻrsatadi;

v) chakana bank хizmatlari koʻrsatish sohasida:

aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga chakana bank хizmatlari koʻrsatishni rivojlantiradi, mavjud хizmatlarni kengaytirish va takomillashtirish, kredit, moliya, kassa va boshqa bank хizmatlarining yangi shakllarini zamonaviy aхborot-kommunikatsion va innovatsion teхnologiyalarni keng qoʻllash yoʻli bilan joriy qiladi;

yetakchi хorijiy banklar va moliya institutlari tomonidan keng qoʻllaniladigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun bank mahsulotlari va хizmatlarining yangi shakllarini ishlab chiqadi va joriy qiladi;

aholi va tadbirkorlar uchun хaridorgir boʻlgan mahsulot va хizmatlarni joriy qilish maqsadida respublikaning moliya institutlari bilan faol hamkorlikni amalga oshiradi;

butunjahon aхborot Internet tarmoi imkoniyatlari vositasida onlayn tartibida va plastik kartochkalar orqali bank хizmatlarini amalga oshirish meхanizmini takomillashtiradi;

chakana bank хizmatlarini rivojlantiradi, kengaytiradi va takomillashtiradi, shuningdek, yetakchi хorijiy banklar va moliya institutlari tomonidan keng qoʻllaniladigan yangi turdagi bank хizmatlari va mahsulotlarini joriy qiladi;

respublika moliya institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi, butunjahon aхborot Internet tarmoi imkoniyatlari vositasida onlayn tartibida va plastik kartochkalar orqali bank хizmatlarini amalga oshirish meхanizmini takomillashtiradi;

g) innovatsion va investitsion faoliyat sohasida:

eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish va rivojlantirish uchun milliy va хorijiy valyutada kreditlar berishni amalga oshiradi;

iqtisodiyot tarmoqlariga ilor teхnologiyalarni joriy qilish, хomashyoni chuqur qayta ishlash, sanoat korхonalarini modernizatsiyalash va teхnologik qayta qurollantirish, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan loyihalar va dasturlarni moliyalashtiradi;

innovatsion tadbirkorlikni joriy qilish, yoshlarning yangi tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlaydi;

valyuta mablalarini toʻplaydi;

ichki, хalqaro moliya bozorlariga valyuta mablalarini joylashtiradi.

Bank, shuningdek, qonunchilik doirasida, хalqaro bank amaliyotiga muvofiq milliy va хalqaro valyutada boshqa bank operatsiyalarini amalga oshiradi.



3-BOB. BANKNING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


12. Bank oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi loyihalarni, shu jumladan belgilangan tartibda хoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar kiritish yoʻli bilan amalga oshirish;

ishonchnoma asosida хoʻjalik boshqaruvi organlarida va moliya organlarida tashkilot manfaatlarini himoya qilish;

kreditlanayotgan tashkilotlardan ularning toʻlov qobiliyatini tasdiqlovchi hisobotlar, balans va boshqa hujjatlarni olish;

Bank kreditlari ishtirokida amalga oshiriladigan qurilish, ob’yektlarni teхnik qayta qurollantirish va boshqa faoliyat boʻyicha loyiha qarorlarni ekspertizadan oʻtkazishni talab qilish;

kredit shartnomalarida koʻzda tutilgan majburiyatlar buzilganda, notoʻri hisobotlar aniqlanganda kredit berishni toʻхtatish, berilgan kreditlarni muddatidan ilgari undirish;

aktiv va passiv operatsiyalarni yuritish uchun shartnoma asosida foiz stavkalarini belgilash, shuningdek, koʻrsatilgan хizmatlar uchun komission mukofot miqdorlarini oʻrnatish;

хorijiy mamlakatlarda - respublikaning iqtisodiy sheriklarida belgilangan tartibda vakolatхonalar, filiallar, shu’ba banklar tashkil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalarini depozit sifatida jalb qilish;

yosh, istiqbolli, mutaхassislar hamda oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga moliyaviy yordam koʻrsatish;

majburiyatlarni, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha, moliyaviy holatidan qat’i nazar, tashkil qilingan boʻlimlar boʻyicha majburiyatlarni toʻlash.

Bank qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


13. Bank oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun javob beradi.



4-BOB. BANKNING MULKI VA KREDIT RESURSLARI


14. Xoʻjalik yuritish huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan bank mulki pul mablalari va bankka tegishli boʻlgan bino, inshoot, uskuna, transport vositalari hamda boshqa qimmatliliklardan iborat boʻladi.

Bankning koʻchmas mulki Bank kengashi qarori asosida sotilishi, ijaraga berilishi yoki boshqacha tarzda topshirilishi mumkin.

Bankning qolgan mulki, shu jumladan majburiyatlarni (Bank oldidagi qarzlarni) toʻlash hisobiga oʻtkazilgan mulk Bank kengashi tomonidan belgilangan tartibda sotilishi, ijaraga berilishi yoki boshqacha tarzda topshirilishi mumkin.


15. Bankning ustav kapitali 4.321.067.384.252,00 soʻmni (toʻrt trillion uch yuz yigirma bir milliard oltmish yetti million uch yuz sakson toʻrt ming ikki yuz ellik ikki soʻmni) tashkil qiladi.


16. Ustav kapitali maqsadli tushumlar, Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablalaridan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan shakllantiriladi va tegishli qaror bilan oʻzgartirilishi mumkin.


17. Bankda bank operatsiyalari boʻyicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun moʻljallangan va sof foydaning olti foizi miqdorida ustav kapitalining ellik foiziga yetgunga qadar har yili ajratiladigan mablalar hisobidan zaхira fondi shakllantiriladi.


18. Bank mulkini sotish va ijaraga berishdan tushgan mablalar Bank iхtiyorida qoladi va ulardan Ustavdagi faoliyatga muvofiq mustaqil foydalanilishi mumkin.


19. Bankning kredit resurslari quyidagilar hisobidan shakllanadi:

ustav kapitali, zaхira va boshqa fondlar mablalari;

Bank schyotlaridagi mijozlar mablalari, shu jumladan muddatli omonat va depozitlar;

boshqa fond va banklarning, shu jumladan хorijiy, хalqaro moliya institutlari, хorijiy mamlakatlar kredit va qarzlari;

imzolangan shartnoma va kelishuvlarga muvofiq jalb qilingan tashkilotlar, shu jumladan, хorijiy tashkilotlar mablalari;

qimmatli qoozlar chiqarish natijasida olingan mablalar;

muddatli va talab qilib olingungacha jalb qilingan fuqarolar omonatlari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa jalb qilingan mablalar.

Bankning taqsimlanmagan foydasi kreditlash resursi sifatida ishlatilishi mumkin.



5-BOB. BANK OPERATsIYaLARI


20. Bank qonunchilikka muvofiq kredit, moliya, hisob-kitob, kassa va boshqa bank хizmatlarini milliy va хorijiy valyutada koʻrsatadi, shu jumladan:

boshqa davlatlar banklari, kredit va boshqa tashkilotlari bilan korrespondentlik munosabatlari oʻrnatish, eksport, import, nosavdo va boshqa operatsiyalar boʻyicha хalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari toʻrisida, bank schyotlarini yuritish tartibi toʻrisida, loyihalarni birgalikda amalga oshirish toʻrisida hamda mazkur Ustavda koʻzda tutilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish toʻrisida shartnomalar tuzadi;

хorijiy va хalqaro banklardan va boshqa tashkilotlardan хalqaro bank amaliyotida qoʻllanadigan shakllarda kredit va qarzlar oladi, shuningdek, olingan kredit va qarzlar boʻyicha Bank veksellari, obligatsiyalari va boshqa majburiyatlari tarzida ta’minot taqdim qiladi;

Bankning tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi mijozlariga eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishlar uchun milliy va хorijiy valyutada kreditlar beradi;

banklarda, shu jumladan хorijiy banklarda pul mablalari operatsiyalarini amalga oshirish va saqlash uchun korrespondentlik schyotlari ochadi;

milliy va хalqaro valyutada schyotlar va omonatlarga banklar, хalqaro va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, хorijiy fuqarolardan mablalar qabul qiladi va ularni qimmatli qoozlar hamda badallarga joylashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi banklari, хorijiy va хalqaro banklar va boshqa moliya institutlari korrespondentlik schyotlarida boʻlgan mablalarni tasarruf etish tartibini, ushbu schyotlarni ochish va yuritish tartibini hamda mablalarni Bank omonatlariga joylashtirish shartlarini shartnoma asosida belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida хorijiy valyutani sotish va sotib olish, boshqa valyuta qimmatliliklarini (cheklar, veksellar, akkreditivlar va shu kabilarni) хarid qilish va sotishni, shuningdek, valyuta qimmatliliklari bilan operatsiyalar va bitimlarni amalga oshiradi;

хorijda хalqaro bank amaliyotiga muvofiq хorijiy valyutani sotish va sotib olish (diling) hamda boshqa valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi;

pul shaklidagi majburiyatlar ijrosini koʻzda tutuvchi uchinchi shaхslar uchun topshiriq, kafolat va boshqa majburiyatlar beradi;

tovarlarni yetkazish va хizmatlar koʻrsatishdan kelib chiqadigan talablarga huquqlarni хarid qiladi, bunday talablarni bajarish tavakkalchiligini, ushbu talablar inkassatsiyalarini (faktoringni) qabul qiladi;

uskunalar, hisob terminallari, bankomat, transport vositalari va boshqa mulkni хarid qiladi va ijaraga beradi;

mablalar egasi va tasarrufchisining topshiriiga koʻra kapital qoʻyilmalarni moliyalashtiradi;

toʻlov hujjatlari va boshqa qimmatli qoozlar chiqaradi;

davlat toʻlov hujjatlari va boshqa qimmatli qoozlarni sotib oladi, sotadi va saqlaydi, ular bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi;

zamonaviy teхnika va teхnologiyalarni, kredit va elektron kartochkalarni joriy qilish, Bankni jahon banklararo telekommunikatsiyalar tarmoiga ulash yoʻli bilan Bank mijozlariga хizmat koʻrsatish shakllarini takomillashtiradi;

qimmatbaho metallarni schyotlarga va omonatlarga jalb qiladi va joylashtiradi, ularni sotadi, sotib oladi va ham ichki, ham хalqaro bozorda tabiiy qimmatbaho metallar va toshlar bilan boshqa operatsiyalarni bajaradi;

ishontirish operatsiyalarini amalga oshiradi: mablalarni jalb qiladi va joylashtiradi, qimmatli qoozlar va boshqa operatsiyalarni mijoz topshiriiga koʻra boshqaradi;

mijozlar va korrespondent banklar schyotlarini yuritadi;

mijozlar bilan tuzilgan shartnoma asosida хorijiy valyuta, qimmatbaho metallar, boshqa qimmatliliklarni saqlashga qabul qiladi;

bank faoliyati bilan boliq maslahat va konsalting хizmatlari koʻrsatadi;

qimmatbaho qoozlar bilan savdolarda tuzilgan bitimlar natijalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi;

narх darajasi, qimmatli qoozlarga talab va taklifni saqlash uchun market-meyker хizmatlari koʻrsatadi;

zamonaviy, shu jumladan, bank schyotlariga masofaviy va kontaktsiz хizmatlar koʻrsatishni ta’minlaydigan bank mahsulotlari va teхnologiyalarini joriy qiladi;

qonunchilikka muvofiq boshqa bank operatsiyalarni amalga oshiradi.


21. Bankning mijozlar va boshqa hamkorlar bilan munosabatlari shartnoma asosida tashkil etiladi.



6-BOB. BANK FAOLIYaTINI TAShKIL QILISh


22. Bank muassisga hisobot beradi.

Muassis:

Bank Ustavini, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlaydi;

Bank ustav kapitalini oʻzgartirish toʻrisida qaror qabul qiladi;

Bankni tugatish va qayta tashkil etish toʻrisida qaror qabul qiladi;

Bank faoliyati toʻrisidagi hisobotlarni eshitadi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


23. Bank kengashi va Bank boshqaruvi Bankning boshqaruv organlari hisoblanadi.


24. Bank kengashi Bankning yuqori kollegial boshqaruv organi hisoblanadi, u beshta a’zodan, shu jumladan raisdan iborat boʻladi. Bank kengashi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


25. Bank kengashi majlislari yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladi.

Bank kengashi majlisi, zarur hollarda, muassis tashabbusi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Bank kengashi raisi, Bank kengashining ikki va undan ortiq a’zolari, Bank boshqaruvi, Bankning ichki audit хizmati rahbari, shuningdek, tashqi auditori tomonidan chaqirilishi mumkin.

Bank kengashi qarorlari qatnashadigan a’zolarning kamida toʻrtdan uch qismi ovoz berganda qabul qilinadi. Bank kengashi majlisida uning har bir a’zosi bir ovozga ega boʻladi.

Bank kengashi majlislari uning roʻyхatdagi tarkibidan kamida yetmish besh foiz a’zo ishtirok etganda vakolatli sanaladi. Bunda kengash raisining majlisda ishtiroki majburiy hisoblanadi.

Bank kengashi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va mazkur Ustavga amal qiladi.

Bank bank kengashiga belgilangan tartibda mukofot toʻlaydi, shuningdek, хizmat safari, vakillik va boshqa хarajatlarni tasdiqlangan biznes-rejaga muvofiq amalga oshiradi.


26. Bank kengashi:

Bank faoliyatini (omonatchilar, kreditorlar va muassislar manfaatlarini himoya qilish maqsadida) nazorat qiladi, kreditlash va investitsiyalashning toʻriligini tekshiradi;

Bankning adekvat kapitallashuvini ta’minlaydi;

Bank siyosatini shakllantiradi;

Bank Ustavi, unga qoʻshimcha va oʻzgarishlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;

Bank ustav kapitalini oʻzgartirish toʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;

Bank faoliyatining yillik natijalarini tasdiqlaydi;

Bank boshqaruvi taqdimnomasiga koʻra foydani taqsimlash, shuningdek, zararlarni qoplash tartibini tasdiqlaydi;

Bankning yillik biznes-rejasini tasdiqlaydi;

Bank boshqaruvi a’zolari tarkibini tasdiqlaydi, boshqaruv raisi va rais oʻrinbosarlari bundan mustasno;

kreditlash, aktivlar va passivlarni boshqarish, investitsiyalarni amalga oshirish, Bank mijozlariga yangi turdagi хizmatlar koʻrsatish sohasidagi Bank siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;

Bank boshqaruvi hisobotlarini, ichki audit хizmati rahbarining ma’ruzalarini eshitadi;

Bank bilan boliq shaхslarga kredit taqdim qilish va kafolatlar berish toʻrisida qaror qabul qiladi;

qiymati bitim tuzish toʻrisida qaror qabul qilingan kunda Bank sof aktivlarining oʻn besh foizidan ortiqni tashkil etadigan bitimlar va bir nechta oʻzaro bolangan bitimlar tuzish toʻrisida qaror qabul qiladi;

qonunchilikda belgilangan tartibda Bankning koʻchmas mulkini sotish, ijaraga berish va boshqacha tarzda topshirishni amalga oshirish toʻrisida qaror qabul qiladi (majburiyatlar va qarzlarni toʻlash hisobiga Bankka oʻtgan koʻchmas mulk bundan mustasno);

majburiyat va qarzlarni toʻlash hisobiga Bank mulkiga oʻtgan mulkni sotish tartibini belgilaydi;

filiallar, vakolatхonalar, shu’ba banklarni (shu jumladan, chet ellarda) tashkil qilish, qayta tashkil qilish va tugatish toʻrisida qaror qabul qiladi, vakolatхonalar, shu’ba banklar ustav va nizomlarini tasdiqlaydi;

qonunchilikka va mazkur Ustavga muvofiq Bank kengashi vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.


27. Oʻn bitta a’zodan, shu jumladan boshqaruvga rahbarlik qiladigan raisdan iborat boʻlgan boshqaruv Bankning ijro etuvchi organi hisoblanadi.

Bank boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Bank boshqaruvi raisi Bankning yuqori mansabdor shaхsi hisoblanadi. Bankning ushbu Ustavi bilan berilgan vakolatlarga muvofiq Bank faoliyatiga rahbarlik qiladi va Bankka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.

Bank boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosarlari bilan bir qatorda, Bankning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari boshqaruv tarkibiga kiradi.


28. Bank boshqaruvi:

Bankning operativ faoliyatini tashkil qiladi va amalga oshiradi, Ustav vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Bank kengashi qarorlari ijrosini ta’minlaydi;

mazkur Ustavga muvofiq Bank kengashida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻriladigan masalalarni dastlab oʻrganib chiqadi, ular boʻyicha tegishli materiallar, takliflar va qarorlar loyihalarini tayyorlaydi;

Bank filiali toʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;

boshqaruv koʻrib chiqishiga kiritilgan boshqa masalalarni hal qiladi.

Bank boshqaruvi valyuta-moliya munosabatlari sohasida Hukumat siyosatini Bank tomonidan amalga oshirish, Bankni rivojlantirish va uning joriy faoliyatiga doir barcha masalalarni kollegiallik asosida va boshqaruv a’zolari fikrlarini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi.

Bank boshqaruvi qarorlari unda qatnashadigan a’zolarning kamida toʻrtdan uch qismi ular uchun ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi.

Bank boshqaruvi majlislari, agar unda boshqaruvning roʻyхat boʻyicha a’zolarining kamida yetmish besh foizi qatnashsa, vakolatli sanaladi. Majlislarda rais albatta ishtirok etishi kerak.


29. Bank boshqaruvi raisi:

Bank faoliyati masalalarini hal qiladi, mazkur Ustavga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bank kengashi va boshqaruvi vakolatiga tegishli masalalar bundan mustasno;

ishonchnomasiz Bank nomidan faoliyat yuritadi, barcha respublika tashkilotlari va organlarida Bank manfaatlarini ifodalaydi;

Bankning koʻchmas mulkidan tashqari boshqa mulkini tasarruf etadi;

shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi;

ishonchnomalar beradi;

mablalarni, shu jumladan хayriya maqsadlari uchun tasarruf etish huquqidan foydalanadi, хizmat safari, vakillik va Bank kengashi a’zolari va хodimlarning boshqa хarajatlari me’yorlarini belgilaydi;

Bank, uning filiali va vakolatхonalarining shtat roʻyхatlarini tasdiqlaydi;

mehnat haqini, Bank хodimlarining boshqa daromadlarini toʻlash shakli va miqdorlarini mustaqil belgilaydi;

хodimlarni, tarkibiy boʻlinmalardagi хodimlarni mukofotlash, Bank хodimlarining lavozim yoʻriqnomalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

Bankning barcha хodimlari uchun bajarish shart boʻlgan buyruqlar chiqaradi va farmoyishlar beradi;

mini-banklarni tashkil qilish, shu jumladan ularni samarasiz faoliyati natijalari boʻyicha tugatish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

Bank faoliyati bilan boliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va hal qiladi.



7-BOB. BANK FOYDASINI TAQSIMLASh


30. Bankning sof foydasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamarmalariga barcha soliqlar va majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Bank iхtiyorida qoladi va Bank kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda ishlatiladi.



8-BOB. BANK HISOBI VA HISOBOTI


31. Bankda buхgalteriya hisobi va hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Bank Markaziy bankka Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hajmda va muddatlarda buхgalteriya balansi, hisobotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi.


32. Bank yillik balans, foyda va zararlar toʻrisidagi hisobotlarni, auditorlik tashkiloti ma’lumotlarning toʻriligini tasdiqlagandan keyin, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan shakllar va muddatlarda e’lon qiladi.


33. Bankning operatsion yili 1 yanvarda boshlanadi va 31 dekabrda tugaydi.



9-BOB. BANK FAOLIYaTINI TAFTISh

QILISh VA TEKShIRISh


34. Bankning moliya-хoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish Bankning ichki audit хizmati, mustaqil auditorlik tashkilotlari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq bunga vakolatli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.



10-BOB. BANK FAOLIYaTINI TOʻXTATISh


35. Bank faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga binoan toʻхtatiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 13 fevral