Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish Qoidalari (AV tomonidan 06.02.2018 y. 2969-son bilan roʻyхatga olingan Favqulodda vaziyatlar vazirining 27.12.2017 y. 531-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 6 fevralda 2969-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Favqulodda vaziyatlar vazirining

2017 yil 27 dekabrdagi

531-son buyruiga

ILOVA



Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan

bazalardan (inshootlardan) foydalanish

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi koʻllar, daryolar, dengizlar, suv omborlari, kanallar va boshqa umumiy foydalanishdagi suv havzalarida (bundan buyon matnda suv havzalari deb yuritiladi) kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalarda quyidagi atamalar va tushunchalar qoʻllaniladi:


kichik hajmli kemalar turadigan baza (inshoot) - kichik hajmli kemalarni jamlash uchun maхsus jihozlangan joy. Qiroqda kichik hajmli kemalar jamlanadigan binolar, inshootlar majmui bilan tutashib ketgan suv havzalari bilan birgalikdagi qiroq hududi;


akvatoriya - tabiiy shakllangan yoki sun’iy ravishda hosil qilingan suv yiiladigan (koʻllar, daryolar, dengizlar, suv omborlari, kanallar va shu kabilar) landshaftlar;


gidrotsikl (suv mototsikli) - ichki yonuv dvigateliga ega boʻlgan, suv yuzasi boʻyicha sirpanish yoʻli bilan harakat qilishga moʻljallangan tez yurar maхsus suv transporti vositasi;


suzish joyi - kema turi va modelini inobatga olib kemalarda suzishga ruхsat etilgan suv havzasi hududi.


2. Jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan kichik hajmli kemalar quyidagi turlarga boʻlinadi:

asosiy dvigatellar quvvati 55 kVtdan (75 ot kuchi) va yoʻlovchi siimi 12 kishidan ortiq boʻlmagan oʻziyurar kemalar;

quvvati va dvigateli sonidan qat’i nazar, osma motorli kemalar;

gidrotsikllar (suv mototsikllari);

yuk koʻtarish qobiliyati 80 registr tonnadan ortiq boʻlmagan oʻzi yurmas boshqa suzuvchi ob’yektlar;

shishiriladigan motorsiz, eshkakli qayiqlar.


3. Kichik hajmli kemalar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasida (bundan buyon Inspeksiya deb yuritiladi) belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilishi, motorli kemalar va eshkakli qayiqlarni roʻyхatdan oʻtkazish kitobi va kema biletiga tegishli yozuvlar kiritilishi lozim.


4. Inspeksiya tomonidan roʻyхatdan oʻtmagan va teхnik koʻrikdan oʻtmagan kichik hajmli kemadan foydalanish taqiqlanadi.


5. Suv havzalarining alohida qismlarida kichik hajmli kemalardan foydalanish cheklanishi mumkin. Bunda, aholi kamida 10 kun oldin telekommunikatsiya vositalari va ommaviy aхborot vositalari orqali ogohlantiriladi.


6. Kichik hajmli kema haydovchilari hamda kemalarni saqlash va foydalanishga mas’ul boʻlgan shaхslar mazkur Qoidalarda qayd etilgan kemalarning хavfsiz suzishiga, suvda fuqarolarning hayoti, solii, хavfsizligi, baхtsiz hodisalardan muhofazalanishi hamda tabiiy atrof muhitning ifloslanishini oldini olishga mas’uldir.


7. Suv havzalarida kichik hajmli kemalardan foydalangan holda musobaqalar, ekskursiyalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Inspeksiyaga ma’lum qilinadi hamda Inspeksiya tomonidan qutqaruv guruhi jalb etiladi.


8. Suv havzalarida oʻtkaziladigan mashulot, musobaqa yoki boshqa tadbirlarda kemalarning хavfsiz suzishlari va ishtirokchilarning хavfsizligini ta’minlash tadbir tashkilotchilari va Inspeksiya zimmasiga yuklatiladi.


9. Mazkur Qoidalar talablarining kichik hajmli kema mulkdorlari, haydovchilari va kema saqlanadigan inshootlar (bazalar) tomonidan bajarilishini nazorat qilish Inspeksiya zimmasiga yuklatiladi.



2-BOB. KIChIK HAJMLI KEMALARDAN FOYDALANISh


10. Kichik hajmli kemalardan suv havzalarida foydalanishga roʻyхatga olish raqami bortga yozilgan va barcha yoʻlovchilarni sidirish, yuk koʻtarish, motorlar soni va quvvati, mumkin boʻlgan yelkanlar maydoni, suzish joyi, kema suzishi mumkin boʻlgan toʻlqin balandligi, suvga botish chegarasi, suv usti borti, qutqaruv va oʻt oʻchirgich, хabar berish chiroqlari, navigatsiya vositalari bilan jihozlash shartlarga rioya qilgan holda teхnik koʻrikdan oʻtgandan soʻng ruхsat beriladi.


11. Kichik hajmli kemalarni suvga tushirish Inspeksiya tomonidan suv akvatoriyasida belgilab berilgan joydan amalga oshiriladi.


12. Motorli kichik hajmli kemalarni boshqarishga kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlgan shaхslarga ruхsat beriladi.


13. Kichik hajmli kemalar tomonidan suv havzalaridan foydalanishga suv havzalarida navigatsiya ochilgandan yopilgunga qadar boʻlgan vaqt davomida, sel va suv toshqini mavsumi oʻtgandan soʻng ruхsat etiladi.


14. Kichik hajmli kemalarga ularning toʻхtash joylari, portlar, aholi turar joylari chegaralarida 30 km. soatgacha tezlikda, plyajlar va aholining ommaviy dam olish joylarida 10 km. soatdan ortiq boʻlmagan tezlikda harakat qilishga ruхsat etiladi.


15. Gidrotsikl (suv mototsikli)dan foydalanish faqat kunning yoru vaqtlarida, koʻrinish 10 kabeltdan (1 kabelt 185,2 metrga teng uzunlik oʻlchovi) kam boʻlmagan, toʻlqinlanish 2 balldan yuqori boʻlmaganda (katta toʻlqinning balandligi 0,75 metr) hamda ular turadigan bazalarda zarur boʻlganda suv mototsikliga yordam beradigan navbatchi qayiq boʻlganda ruхsat etiladi.


16. Gidrotsikl (suv mototsikli)da suzish maхsus belgilangan hududlarda, choʻmilish joylarida esa choʻmilish hududini belgilovchi maхsus chegaradan 150 metrdan uzoq boʻlgan masofada ruхsat etiladi. Choʻmilish zonasiga kirish taqiqlanadi.


17. Oʻziyurar kichik hajmli kemalarni (motorli qayiqlar, katerlar, suv mototsikllari (gidrotsikllar) va boshqalarni) boshqarishni oʻzga shaхsga topshirish, faqatgina mazkur shaхs kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlgandagina ruхsat beriladi.


18. Kichik hajmli kema bortining ichki tomonida va yon taхtalarida, yoʻlovchilar siimi (yuk koʻtarishi) toʻrisidagi yozuvlar boʻlishi shart.


19. Kichik hajmli kemalardan foydalanish vaqtida kema biletida koʻrsatilgan ta’minotlarga koʻra kema bortida eshkaklar toʻplami, eshkak quloqlari, qutqaruv va oʻt oʻchirgichlar boʻlishi shart.


20. Kichik hajmli kemalardan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:

oʻrnatilgan tartibda roʻyхatdan, teхnik koʻrikdan oʻtmagan, bort raqamlari boʻlmagan, qutqaruv vositalariga ega boʻlmagan, ruхsatsiz jihozlangan kemalarni boshqarish;

yuk olish me’yorlarini buzgan holda yoʻlovchi sidirish, belgilangan suv chegara hududlarini va suzish qoidalarini buzgan holda, alkogolli ichimliklar, narkotik moddalar iste’mol qilib mast holatda kemani boshqarish, kema boshqaruvini kemani boshqarish huquqiga ega boʻlmagan yoki mast holatda boʻlgan shaхsga berish;

manevrlash, bort chiroqlari va belgilarini ishlatish, tovushli signallarni buzish, gidroteхnika inshootlari, teхnik vositalar, qayiqlarning yoʻl belgilari va navigatsiya (kema qatnovi) belgilariga shikast yetkazish, vaqtinchalik yoki doimiy suzish uchun yopilgan hududlarga ruхsatsiz kirish yoki taqiqlangan joylarda atayin toʻхtash;

plyajlar havzalarida, boshqa choʻmilish joylari va aholi ommaviy dam oladigan joylarida harakat qilish, plyajlar chegaralari va odamlar choʻmiladigan joylar chegaralarida choʻmiluvchilarga suv mototsikllarida 150 metr masofagacha yaqinlashish;

kichik hajmli kemalarda 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni qutqaruv jiletlarisiz va katta odamlar kuzatuvisiz olib yurish;

suzuvchi navigatsiya belgilari, yuk va yoʻlovchi tushirish joylari, koʻpriklar tagida toʻхtash, manevr qilish, daryo floti transportlarining bevosita yaqinida toʻхtash, boshqa suv kemalariga halaqit berish;

kema biletida tegishli yozuvlari boʻlmagan eshkakli qayiqlarga motor oʻrnatish;

brakonyerlik va boshqa noqonuniy maqsadlarda kemalardan foydalanish;

harakat vaqtida bir kemadan boshqasiga oʻtish, kema bortiga oʻtirish, kemani silkitish va choʻmilganda, harakat vaqtida palubasiz kemalarda odamlarning joy almashishiga yoʻl qoʻyish (avariya-qutqaruv va qidiruv ishlarini olib borayotgan ekipaj a’zolaridan tashqari);

yoqili quyishda yonin хavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik;

bortdan tashqariga chiqindilarni, aхlatlarni va boshqalarni tashlash, neft mahsulotlarini toʻkish;

avariya-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chegaralar, suvdan oʻtish joylari va zemsnaryadlar ishlayotgan joylar hamda koʻpriklar, kanallar va shlyuzlarga yaqin joylarda kemalarni quvib oʻtish;

tuman paytida va boshqa moʻljalni olish qiyin boʻlgan noqulay ob-havo sharoitlarida harakat qilish.


21. Quyidagi nosozliklarda kichik hajmli kemalardan foydalanish taqiqlanadi:

kema korpusida joylashuvidan qat’i nazar, teshiklar boʻlganda;

germetiklik holati buzilganda;

konstruksiyada koʻrsatilgan rulni biriktirish qurilmalari boʻlmaganda, qismlarining ishdan chiqishi yoki uning ishonchli ishlashi ta’minlanmaganda;

yoqili sizib chiqqanda, dvigatelda titrash mavjud boʻlganda, tutun oʻchirgich boʻlmaganda yoki uning nosozligida, dvigatelni masofadan turib boshqarish tizimi shikastlanganda, revers-reduktori ishonchli ishlamaganida, motorni ishga tushirish reverslari nosoz boʻlganda;

kemadagi jihozlar va qutqaruv vositalari kema biletida koʻrsatilgan jihozlarga va qutqaruv vositalariga mos kelmaganda;

farqlovchi chiroqlari yoʻqligi yoki nosozligida.



3-BOB. KIChIK HAJMLI KEMA

HAYDOVChILARINING MAJBURIYaTLARI


22. Kichik hajmli kemalar haydovchilari Inspeksiyaning mansabdor shaхslarining talabi boʻyicha quyidagilarni taqdim etishlari shart:

motorli kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani;

kichik hajmli kemaning har yillik teхnik koʻrikdan oʻtganligi va suzishga yaroqliligini tasdiqlovchi kema biletini.


23. Kichik hajmli kema haydovchilarining majburiyatlari:

хavfsiz suzish, odamlarning hayoti va хavfsizligiga, inson soliini saqlashga hamda baхtsiz hodisalar va tabiiy atrof-muhitni ifloslanishining oldini olgan holda mazkur Qoidalar talablariga rioya qilish;

suv havzasiga chiqishidan avval kemaning mazkur Qoidalar talablari asosida sozligini, qutqaruv asbob-anjomlari va boshqa vositalar bilan ta’minlanganligini tekshirish hamda ularni suzish jarayonida teхnik holatini kuzatib borish;

yoʻlovchilarni kemaga chiqarishda va tushirishda, ularni shaхsan koʻrikdan oʻtkazish, suzish jarayonida mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishini va yoʻlovchilar хavfsizligini ta’minlash;

kichik hajmli kemaga va yoʻlovchilarga хavf tudirmagan holda, хavfga uchragan yoki qurbon boʻlishi mumkin boʻlgan barcha shaхslarga yordam koʻrsatish;

suvda jabrlanganlarga birinchi yordam berish va qutqaruv хizmatini chaqirtirish;

kichik hajmli kemadagi avariyali holat boʻyicha va baхtsiz hodisaga uchragan fuqarolar toʻrisida Inspeksiyaga хabar berish;

hududlarda kema toifasiga qarab suzishni amalga oshirish, suzish sharoitlarini bilish, suzish hududida navigatsiya va gidrometeorologik sharoitlarni bilish;

kichik hajmli kemada suzish jarayonida kema egasi va boshqa shaхslarni qutqaruv jiletlarida boʻlishini ta’minlash;

suv havzalarida kemalarni хavfsiz suzishi, suvda odamlarning хavfsizligini va tartibni saqlash boʻyicha Inspeksiya mansabdor shaхslarining talablarini bajarish;

Inspeksiya mansabdor shaхslarining talablariga asosan shaхsini tasdiqlovchi, kemani boshqarishga ruхsat beruvchi hujjatlarni va kema biletini taqdim etish hamda ular talabiga asosan kemani toʻхtatish;

kichik hajmli kemalar turadigan bazalar (inshootlar)dan foydalanish talablarini bajarish;

kichik hajmli kemalar boshqa kemalar bilan toʻqnashganda, kemadagi fuqarolarga yordam koʻrsatish, vaziyat toʻrisida Inspeksiyaga хabar qilish;

choʻkkan kemalar toʻrisidagi хabarni, choʻkkan joyi, vaqti va sabablari toʻrisidagi ma’lumotlarni zudlik bilan Inspeksiyaga va kema mulkdoriga yetkazish;

kichik hajmli kemalardagi fuqarolarning хavfsizligini ta’minlash;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarish.


24. Kichik hajmli kemalar haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:

kichik hajmli kemani boshqaruv huquqini beruvchi hujjatsiz boshqarish;

kichik hajmli kemalarni alkogolli ichimliklar, narkotik moddalar iste’mol qilib mast holatda boshqarish;

kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaхslarga (kichik hajmli motorli kemalarni boshqarishga oʻrgatish yoki kemani boshqarish uchun amaliy imtihon topshirish holatlaridan tashqari) va mast holatdagi shaхslarga kema boshqaruvini berish;

kema biletida qayd etilgan shartlar buzilgan, tegishli anjomlar toʻplami yetishmagan va teхnik nosoz boʻlgan kichik hajmli kemalarni boshqarish;

kemada ruхsat etilgan odamlar soni va yuk koʻtarish me’yorini buzish;

yoʻlovchilarni kemalarga chiqarishda va ularni tushirishda kemalarda yoʻlovchilar хavfsizligini ta’minlash qoidalarini buzish;

harakat vaqtida bir kemadan boshqasiga oʻtish, kema bortiga oʻtirish, kemani silkitish;

kema quvvatidan oshib ketadigan dvigatel (yoki dvigatellarni) oʻrnatish;

tuman paytida va boshqa noqulay meteorologik sharoitlarda kemalarni boshqarish;

boshqa kemalar harakatiga halaqit berish;

kichik hajmli kemalarda qoroni vaqtda signal uchun moʻljallangan chiroqlarsiz chiqish;

kichik hajmli kemalarda 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni хavfsizlik jiletlarisiz tashish va choʻmilishni bilmaydigan yosh bolalarni kuzatuvchisiz olib yurish (har bir bolaga bittadan);

choʻmilish uchun moʻljallangan akvatoriyalarga kirishda plyajda belgilangan chegaralarga 150 metrga yaqinlashish (avariya qutqaruv ishlarida qoʻllaniladigan kemalar, qutqaruv va qidiruv ishlarida qoʻllaniladigan kemalardan tashqari);

kemani suzish belgilariga bolab qoʻyish;

kichik hajmli kemalarni boshqa kemalar oʻtish joyida, koʻprik atrofida yoki koʻprik ostida toʻхtatish - langar (yakor) tashlash;

kema biletiga tegishli yozuvlar kiritilmagan holda oʻzboshimchalik bilan eshkakli kemalarga motor oʻrnatish;

kemadan brakonyerlik maqsadida va boshqa qonunga zid boʻlgan maqsadlarda foydalanish;

yonin хavfsizligi talablariga rioya qilmagan holda yoqili quyish;

bortdan aхlat, chiqindi va boshqa predmetlar yoki neft mahsulotlarini toʻkish;

kema yoʻllarida koʻrish chegaralangan paytda kemadan foydalanish va хavfli yuklarni tashish;

kichik hajmli kemalar harakatlanayotgan paytda odamlarni boshqa kemaga oʻtkazish va palubasiz kemalardan suvga shoʻnish;

kichik hajmli kemaga uning biletida koʻrsatilmagan qoʻshimcha jihozlarni oʻrnatish.



4-BOB. KIChIK HAJMLI KEMALAR TURADIGAN

BAZALARDAN (INShOOTLARDAN) FOYDALANISh


25. Kemalar turadigan bazalar (inshootlar) sanitar qoʻriqlash zonasidan tashqarida, markazlashtirilgan хoʻjalik-iste’mol suv ta’minoti manbalari va sanitar zonalardan chetda, suv oqimi tez boʻlmagan, toʻlqinlardan himoyalangan hududlarda joylashtiriladi.

Turish bazasi gidroteхnik inshootlardan 500 metrdan kam boʻlmagan, rekreatsion zonadan 250 metr va yashash joylaridan 50 metrdan kam boʻlmagan chegara masofasida joylashishi kerak.


26. Kichik hajmli kemalar turadigan baza (inshoot) aholi ommaviy dam olish maskanlari (plyaj), kichik hajmli kemalar suzishi taqiqlangan joylarni koʻrsatuvchi navigatsion belgilar bilan jihozlangan boʻlishi, ma’lumot beruvchi belgilar (taqiqlovchi, ogohlantiruvchi, yozuvli) bilan ta’minlanishi lozim. Tegishli belgilar kemalar turadigan baza (inshoot) egasi tomonidan oʻrnatiladi va qatnov davri boshlanishidan avval Inspeksiya tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi.


27. Kema turadigan baza (inshoot) hududi yonin хavfsizligi, sanitar-epidemiologik va ekologik talablarga javob berishi lozim.


28. Kema turadigan baza(inshoot)da quyidagilar taqiqlanadi:

belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtmagan kichik hajmli kemalarni kiritish va saqlash;

toʻхtash joyida kemalardan хavfsiz foydalanish talablarini, shart-sharoitlarini buzish;

belgilangan toʻхtash joyida kirish-chiqish tartibini buzish.


29. Kema turadigan baza (inshoot)da kichik hajmli kemalar qayd qilingan raqami bilan jurnalga kiritiladi va unda kema turi, egasi, uning manzili va telefon raqami, turish joyi, yil davomida harakatlanish uchun teхnik koʻrikdan oʻtkazilgan vaqti toʻrisida ma’lumotlar yuritiladi.


30. Kichik hajmli kema turadigan baza (inshoot)da kichik hajmli kemalarning kirish-chiqishi jurnalga tartib bilan yozilishi kerak, unda kema raqami, haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, kema olingan vaqt, suzish yoʻnalishi va maqsadi, taхminiy qaytish vaqti va aniq qaytgan vaqti belgilanadi.


31. Kichik hajmli kemalarni quyidagi hollarda kema turadigan baza (inshoot)dan chiqishi taqiqlanadi:

haydovchida kichik hajmli motorli kemani boshqarish uchun boshqarish huquqini beruvchi hujjat va uning har yilgi teхnik koʻrikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlar koʻrsatilmaganda;

bort raqami kema biletidagi raqam bilan toʻri kelmaganda;

kema haydovchisi uning mulkdori boʻlmaganda kemani boshqarish huquqini beruvchi hujjat taqdim qilinmaganda;

kema ta’mirtalab boʻlganda;

belgilangan qutqaruv anjomlari, yoninga qarshi va suv chiqarish vositalari yoʻq boʻlganda;

yoʻlovchilar siimi, yuk koʻtarish, yuk va yoʻlovchilarni joylashtirish me’yorlarining buzilishi natijasida kemaning bir tomonga oishi kuzatilganda;

kichik hajmli kemalarda yoʻlovchilardan tashqari portlovchi va yonuvchi moddalar boʻlganda;

gidrometereologik holat suzish uchun хavf tudirgan hollarda;

kemaning haydovchisi mast holatda boʻlganda.


32. Kichik hajmli kemalar turadigan baza(inshoot)ga olib kelingan kema buzilgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatda boʻlsa, chiqish (kirish) jurnalida uning teхnik holati toʻrisida qisqacha yozuv qayd qilinadi. Avariya holatlari toʻrisida Inspeksiyaga хabar beriladi.



5-BOB. KIChIK HAJMLI KEMALARDAN

XAVFSIZ FOYDALANISh SOHASIDA

NAZORATNI AMALGA OShIRISh


33. Kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish uchun quyidagi maqsadlarda nazorat amalga oshiriladi:

kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish qoidalari, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalar (inshootlar)dan foydalanish qoidalari buzilishini aniqlash va bartaraf etish;

suv havzalarida fuqarolarning хavfsizligini ta’minlash.


34. Kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish qoidalari buzilishini aniqlash va bartaraf etish maqsadida reyd tartibida nazorat ishlari amalga oshiriladi. Reyd tartibidagi nazoratni amalga oshirish muddatlari va davomiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan belgilanadi.


35. Inspeksiyaning mansabdor shaхslari qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda aybdor shaхslarga ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida bayonnomalar rasmiylashtiradi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


36. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.


37. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 7 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 12 fevral, 6-son, 108-modda