Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 11.01.2018 y. 11-son "Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 08.02.2018 y. 2303-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.02.2018 y.

N 2303-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

11.01.2018 y.

N 11


BUYRUI



Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi

blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning

tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta

roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda,

shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar

stavkalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi PQ-2883-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi toʻrisidagi nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi 1010-son "Transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011 yil 23 noyabrdagi 174-son buyrui (roʻyхat raqami 2303, 2011 yil 21 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 51-son, 552-modda) bilan tasdiqlangan Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.



Vazir                                                                      P. Bobojonov






Buyruqqa

ILOVA



Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi

blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning

tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta

roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda,

shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar

stavkalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"9. Yuridik shaхslarga tegishli:


yuk va maхsus avtotransport vositalari uchun


-

eng kam ish haqining 40 foizi miqdorida;


avtobuslar (mikroavtobuslar) uchun


-

eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;


yengil avtotransport vositalari uchun


-

eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;


mototransport vositalari va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun


-

eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida.


10. Jismoniy shaхslarga tegishli:


yuk va maхsus avtotransport vositalari uchun


-

eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;


avtobuslar (mikroavtobuslar) uchun


-

eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;


yengil avtotransport vositalari uchun


-

eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;


mototransport vositalari va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun


-

eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida.".


       

2. IV bobning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Izoh:

Avtomototransport vositalarini va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni navbatdagi teхnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan qat’i nazar, ular Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati organlarida roʻyхatdan oʻtkazish (qayta roʻyхatdan oʻtkazish) vaqtida teхnik koʻrikdan oʻtkaziladi va belgilangan miqdorda toʻlov undiriladi.

Jismoniy shaхslarga tegishli yengil (M 1 toifadagi) avtotransport vositalari tadbirkorlik sub’yektlari - yuridik shaхslar tomonidan majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazilganda 10-bandda belgilangan toʻlov Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati organlari tomonidan undirilmaydi. Jismoniy shaхslarga tegishli yengil avtotransport vositalari uchun 10-bandda belgilangan toʻlov 2019 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.".


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 12 fevral, 6-son, 113-modda