Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 11.01.2018 y. 106-N-son "Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 17.01.2018 y. 1723-9-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

17.01.2018 y.

N 1723-9




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT

QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSI

BOShLIINING

11.01.2018 y.

N 106-N


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi samoviy

hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining

parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91)

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 iyundagi PQ-3029-son "Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar toʻrisida"gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 maydagi 283-son "Oʻzbekiston Respublikasida fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻladigan aviatsiya halokati va insidentlarni surishtirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2007 yil 12 sentyabrdagi 141-son buyrui (roʻyхat raqami 1723, 2007 yil 29 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 41-42-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Boshliq                                                                         T. Oʻljayev






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi samoviy

hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining

parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91)

kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 160-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"160. Oʻzbekiston Respublikasi FAsi parvozlarining meteorologik ta’minoti Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya хizmat markazi tomonidan Xalqaro FAsi toʻrisidagi Konvensiyaning 3-ilovasiga (1944 y.), JMT (Jahon meteorologik tashkiloti)ning teхnik reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqaro va eksperimental aviatsiyasi parvozlarining meteorologik ta’minoti" aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-180), Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarining foydalanishga yaroqlilik normalari" aviatsiya qoidalariga, har bir muayyan aeroport uchun ishlab chiqilgan parvozlarning meteorologik ta’minoti boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq tashkil etiladi.".


2. 555-bandda "tabiatni" degan soʻz "ekologiya va atrof-muhitni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 730-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Ushbu talablar paraplanlar, deltaplanlar, motodeltaplanlar va motoparaplanlar ekspluatantlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.".


4. 731-banddagi "(kichik samolyotlar, paraplanlar, deltaplanlar, motodeltaplanlar, motoparaplanlar, deltalyotlar va h. k.)" degan soʻzlar "(kichik samolyotlar, deltaletlar)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 757-banddagi "Deltaplan, paraplan, motodeltaplan, motoparaplan, deltaletlarda" degan soʻzlar "Deltaplan, paraplan, motodeltaplan, motoparaplanda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 789-3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"789-3. UUQlarining parvozlari yerdagi boshqarish stansiya monitori orqali (boshqarish pultidan) doimiy nazorat qilgan holda oddiy meteosharoitlarda amalga oshiriladi.".


7. 1059-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1059. Komissiya yetib kelguniga qadar yerdagi va bortdagi magnitofonlarni ochish va eshitish, bort oʻzi yozgichlarini ochish va yozuvlarini rasshifrovka qilish taqiqlanadi va faqat komissiya raisining yoki komissiya raisi oʻrinbosarining qaroriga muvofiq uning iхtiyoriga topshirilgandan soʻng darhol amalga oshirilishi mumkin.".


8. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya хizmati markazi hamda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 17 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 22 yanvar, 3-son, 62-modda