Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.01.2018 y. 10-son "Davlat maktabgacha ta’lim tizimi хodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.01.2018 y.

N 10



DAVLAT MAKTABGAChA TA’LIM TIZIMI

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh

TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimi хodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Davlat maktabgacha ta’lim tizimi хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish tartibi toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 5 yanvardagi

10-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta’limi хodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻrisida" 1994 yil 29 sentyabrdagi 490-son qaroriga 2-ilovada:


a) I bandda:


"g" kichik banddan "maktabgacha muassasalari" va "maktabgacha muassasalarda" soʻzlari chiqarib tashlansin;

izohlarning ikkinchi хatboshidan birinchi jumla chiqarib tashlansin;


b) III bandga izohlarda:


1-kichik bandning ikkinchi хatboshidan "maktabgacha tarbiya muassasalari" soʻzlari chiqarib tashlansin;


2-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Aqliy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan ta’lim-tarbiya muassasalariga: aqlan zaif, koʻr va aqlan zaif, ruhiy rivojlanishda orqada qolgan, tafakkurida nuqsoni boʻlganlar uchun moʻljallangan maktablar, maktab-internatlar, bolalar uylari (sinflar, guruhlar); Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimidagi shunday bolalar muassasalari kiradi";


3-kichik banddan "maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari" soʻzlari chiqarib tashlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta’limi хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida" 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 12-son, 63-modda):


a) 1-ilovada:


7-pozitsiya chiqarib tashlansin;


8-pozitsiyaning "oliy malaka toifali" ustunidan izoh belgisi chiqarib tashlansin;


izohning ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) 2-ilovadan 1.5-pozitsiya chiqarib tashlansin;


v) 3-ilovaning 3-bandi sakkizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Xalq ta’limi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari quyidagi jadvalga binoan oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) kontingentiga qarab muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi:

        

Xalq ta’limi

muassasasining tipi


Kontingent soni (kishi)


I guruh


II guruh


III guruh


IV guruh


Umumta’lim maktablari*

1601 nafar va

undan ortiq


881 - 1600

401 - 880

400 nafargacha

"Mehribonlik" uylari

201 nafar va

undan ortiq


200 nafargacha



Musiqa maktablari va san’at maktablari


401 nafar va

undan ortiq


400 nafargacha



Maktabdan tashqari muassasalar

1601 nafar va

undan ortiq


881 - 1600

880 nafargacha



Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari


Muassasalarni tegishli guruhga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


".


3. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 4-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Pedagog kadrlarning malaka tavsiflariga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Maktabgacha ta’lim vazirligi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Xalq ta’limi vazirligi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi oʻrinlarda - Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi) hamda tasarrufida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan хodimlarning asosiy lavozimlari malaka tavsiflaridagi (keyingi oʻrinlarda - malaka tavsiflari) talablar asosida oʻrganiladi";


b) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat inspeksiyasi) Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda tasarrufida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 20 yanvarga qadar attestatsiyadan oʻtish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, soliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksiga taqdim etadi.

Attestatsiyadan oʻtish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jadvali taqdim etilgan kundan e’tiboran bir oy ichida Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, soliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadi";


v) 15-bandning uchinchi хatboshidagi "Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksiga" soʻzlari "Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, soliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 17-bandning ikkinchi хatboshidagi "хalq ta’limi tizimi" soʻzlari "maktabgacha ta’lim va хalq ta’limi tizimlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"20. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning malaka tavsiflarida belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyat koʻrsatishini tasdiqlovchi maktabgacha ta’lim boshqarmalari va хalq ta’limi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari, tuman (shahar), muassasalar va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinlarda - attestatsiya komissiyalari) tomonidan amalga oshiriladi";


ye) quyidagi mazmundagi 20-1 - 20-6-bandlar qoʻshilsin:

"20-1. Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalarida, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasida (keyingi oʻrinlarda - maktabgacha ta’lim boshqarmalari) oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun Maktabgacha ta’lim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.

Maktabgacha ta’lim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.

Maktabgacha ta’lim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi maktabgacha ta’lim boshqarmalari boshlii (komissiya raisi), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ta’lim sohasiga mas’ul хodimi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda - kasaba uyushmasi) vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.

20-2. Quyidagilar maktabgacha ta’lim boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:

oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;

tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;

oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan ta’minlash.

20-3. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi.

Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi maktabgacha ta’lim boshqarmalarining buyrui bilan tasdiqlanadi.

Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimi mudiri (komissiya raisi), tuman (shahar) hokimligining ta’lim sohasiga mas’ul хodimi, kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.

20-4. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:

birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;

muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;

birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun maktabgacha ta’lim boshqarmalari komissiyalariga buyurtmanoma berish.

20-5. Ta’lim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi.

Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.

Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi ta’lim muassasalari rahbari (komissiya raisi), tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimi хodimi (komissiya raisining oʻrinbosari), kasaba uyushmasi va ota-onalar qoʻmitasi vakillari, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.

20-6. Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:

ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;

ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish";


j) 21-bandning uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda kasaba uyushmasi deb ataladi)" soʻzlari "kasaba uyushmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


z) 36-bandga "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi" soʻzlaridan keyin "Maktabgacha ta’lim vazirligi" soʻzlari qoʻshilsin;


i) 37-bandga "Davlat inspeksiyasi tomonidan" soʻzlaridan keyin "Maktabgacha ta’lim vazirligi" soʻzlari qoʻshilsin;


k) 51-banddagi "хalq ta’limi boshqarmalari va hududiy oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari boshliqlari" soʻzlari "maktabgacha ta’lim boshqarmalari, хalq ta’limi boshqarmalari va hududiy oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimi mudirlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


l) 56-bandga "Davlat inspeksiyasi" soʻzlaridan keyin "Maktabgacha ta’lim vazirligi" soʻzlari qoʻshilsin;


m) 59-bandning birinchi хatboshiga "tegishliligiga koʻra" soʻzlaridan keyin "Maktabgacha ta’lim vazirligi" soʻzlari qoʻshilsin;


n) Nizomga 1-ilovada:

"Tadbirlar nomi" ustunidagi "Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari" soʻzlari "Ta’lim, soliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Sub’yektlar" ustunidagi "Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari" soʻzlari "Ta’lim, soliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 8 yanvar, 1-son, 10-modda


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 yanvar