Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 22.12.2017 y. 104-N-son "Fuqaro havo kemalariga roʻyхat belgisi va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-44) oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 29.12.2017 y. 2811-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.12.2017 y.

N 2811-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT

QILISh DAVLAT INSPEKSIYaSI

BOShLIINING

22.12.2017 y.

N 104-N


BUYRUI



Fuqaro havo kemalariga roʻyхat belgisi va davlat

tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd

etish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-44)

oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentyabrdagi 692-son "Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshliining 2016 yil 27 iyundagi 81-N-sonli buyrui (roʻyхat raqami 2811, 2016 yil 14 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2016 y., 28-son, 344-modda) bilan tasdiqlangan Fuqaro havo kemalariga roʻyхat belgisi va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-44) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Boshliq                                                                   T. Oʻljayev






Buyruqqa

ILOVA



Fuqaro havo kemalariga roʻyхat belgisi va davlat

tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd

etish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-44)

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Roʻyхat belgisi va davlat tanish belgisi:

havo kemasi fyuzelyajining qanotlari va dum qanotlari orasidagi qismining yon tomonlari yuzasiga gorizontal yoʻnalish boʻyicha qat’iy perpendikulyar;

havo kemasi fyuzelyajining qanotlari va dum qanotlari orasidagi qismining yon tomonlari yuzasida belgilarni qayd etish uchun boʻsh joy boʻlmaganda, havo kemasi vertikal dum qanoti yuzasining pastki qismiga har ikki tomonidan;

havo kemasi chap qanoti konstruksiyasi pastki yuzasining chap tomoniga (bunda belgilar qanotning old qismiga parallel holda joylashtirilishi kerak);

shar shaklidagi aerostatning maksimal gorizontal aylanasiga yaqin ikki diametral qarama-qarshi tomoniga;

shar shakliga ega boʻlmagan aerostat chiziining maksimal koʻndalang kesimiga yaqin bevosita osma belboi ustida yoki savatning osma arqonlarini qotirish nuqtalari ustida ikki tomoniga;

dirijablning korpusi boʻylab ikki tomoniga hamda simmetriya chizii boʻylab ustki yuzasiga;

vertolyotda uning dum balkasining har ikki tomoniga qayd etiladi.".


2. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9. Havo kemasining fyuzelyajidagi hamda vertikal dum qanoti yuzasidagi (shu jumladan, vertolyot dum balkasidagi) qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 30 sm dan, aerostat va havo kemasining qanotida qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi esa, 50 sm dan kam boʻlmasligi lozim.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 30 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 30 dekabr, 52-son, 1273-modda