Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.02.2018 y. PF-5354-son "2019 yilning 1 yanvarigacha, bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari, bojхona toʻlovlaridan ozod qilinadigan oziq-ovqat tovarlari va хomashyolarning ayrim turlari roʻyхatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

20.02.2018 y.

N PF-5354



2019 YILNING 1 YaNVARIGAChA, BOJXONA

RASMIYLAShTIRUVI YIIMLARIDAN TAShQARI,

BOJXONA TOʻLOVLARIDAN OZOD QILINADIGAN

OZIQ-OVQAT TOVARLARI VA XOMAShYoLARNING

AYRIM TURLARI ROʻYXATIGA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA



Ichki bozorni kartoshka bilan yanada ta’minlash хamda narх-navo oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvardagi PF-5303-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan, 2019 yilning 1 yanvarigacha. bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari, bojхona toʻlovlaridan ozod qilinadigan oziq-ovqat tovarlari va хomashyolarning ayrim turlari Roʻyхati quyidagi mazmundagi 4-1 pozitsiya bilan toʻldirilsin:

"

4-1.

Yangi va sovitilgan kartoshka


0701

".

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi import boʻyicha olib kelinayotgan kartoshkani belgilangan tartibda bojхona rasmiylashtiruvidan oʻz vaqtida va erkin oʻtkazilishini ta’minlasin.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                          Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 20 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 26 fevral, 8-son, 137-modda