Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.1999 y. 552-son "Chegaradosh davlatlarning yuk avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududi orqali oʻtishi uchun yagona yigʻimlar belgilash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.12.1999 y.

N 552



ChEGARADOSh DAVLATLARNING

YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA

HUDUDI ORQALI OʻTIShI UChUN YaGONA

YIIMLAR BELGILASh TOʻRISIDA


Chegaradosh davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali kirib kelishi va tranziti uchun yagona yiimlar belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Qozoiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalariga nisbatan toʻlovning yagona normalari, shuningdek Turkmanistonning avtotransport vositalari barcha turlariga nisbatan yiimlarning tabaqalashtirilgan stavkalari belgilanganligi toʻrisida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 2000 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasidan oʻtadigan Qiriziston Respublikasi yuk avtotransport vositalari uchun 300 AQSh dollariga teng miqdordagi toʻlov belgilansin. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yoʻnalishlar boʻyicha oʻtadigan yuk avtotransport vositalari va avtobuslar bundan mustasno.

3. Qiriziston Respublikasi bitta yuk avtotransporti vositasi va avtobusining Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududi orqali kirib kelishi va oʻtishi uchun toʻlov bevosita bojхona postlarida milliy valyuta "soʻm"da undirilishi belgilab qoʻyilsin.

Yiimlarni undirish naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojхona postlarida naqd pul shaklida amalga oshiriladi, olingan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi hisob raqamlariga oʻtkaziladi.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L.A. Aхmetov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Oʻ. Sultonov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., N 12, 72-modda.