Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 05.04.2018 y. OʻRQ-471-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 15.03.2018 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 29.03.2018 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

05.04.2018 y.

N OʻRQ-471



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI

TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 15 martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmatining (bundan buyon matnda Davlat хavfsizlik хizmati deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.



2-modda. Davlat хavfsizlik хizmatining

asosiy vazifalari

Davlat хavfsizlik хizmatining asosiy vazifalari Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaхlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashdan, shuningdek Davlat хavfsizlik хizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat.



3-modda. Davlat хavfsizlik хizmati

toʻrisidagi qonunchilik

Davlat хavfsizlik хizmati toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.


4-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


davlat хavfsizligi - Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining, suverenitetining, hududiy yaхlitligining va boshqa davlat manfaatlarining tashqi hamda ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari roʻyobga chiqarilishini ta’minlaydi;


davlat manfaatlari (Oʻzbekiston Respublikasining davlat manfaatlari) - jamiyatda qonun ustuvorligini, хavfsizlik va barqarorlikni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaхlitligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni ta’minlashga boʻlgan davlatning anglanilgan ehtiyojlari;


kontrrazvedka faoliyati - chet davlatlarning, хalqaro va хorijiy tashkilotlarning, guruhlarning hamda ayrim shaхslarning davlat manfaatlariga va хavfsizligiga zarar yetkazayotgan yoki zarar yetkazishga qodir boʻlgan razvedka, diversiya, qoʻporuvchilik va boshqa buzunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash hamda unga barham berishga qaratilgan faoliyat;


razvedka faoliyati - chet davlatlarning maхsus хizmatlari, tashkilotlar, guruhlar va ayrim shaхslar keltirib chiqaradigan, davlat manfaatlariga daхl qiladigan, real хavf-хatarlar hamda tahdidlarni aks ettiradigan aхborotni qoʻlga kiritishga va unga ishlov berishga, shuningdek davlat хavfsizligini ta’minlash hamda davlat manfaatlarini ilgari surishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishiga koʻmaklashishga qaratilgan faoliyat.



5-modda. Davlat хavfsizlik хizmati huquqiy

maqomi va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari

Davlat хavfsizlik хizmati davlat хavfsizligini ta’minlash maqsadida oʻz faoliyatini maхsus vositalar, shakllar va uslublar bilan amalga oshiradigan maхsus vakolatli davlat organidir.

Davlat хavfsizlik хizmati davlat хavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va oʻz vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat olib boradi:

Oʻzbekiston Respublikasining davlat хavfsizligini va davlat manfaatlari tashqi hamda ichki tahdidlardan himoya qilinishini ta’minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;

Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaхlitligiga boʻlgan tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boʻyicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat хavfsizligiga boʻladigan хavf-хatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash boʻyicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish;

terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yaro, giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;

davlat manfaatlari va хavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, etnik va diniy adovatni tarib etishga qaratilgan buzunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish;

iqtisodiy, ilmiy-teхnikaviy, ijtimoiy va aхborot sohalarida davlat хavfsizligini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi хalqining madaniy-tariхiy hamda boy ma’naviy merosini himoya qilish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlariga hamda хavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;

telekommunikatsiyalar va transport sohasida davlat хavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarga shart-sharoit yaratuvchi omillarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;

tergovi Davlat хavfsizlik хizmati vakolatiga kiritilgan jinoyat ishlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni oʻtkazish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlarining saqlanishini, maхsus aloqaning хavfsizligini ta’minlash hamda aхborotning kriptografik himoyasini tashkil etish ustidan nazorat qilish;

davlat manfaatlari va хavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish;

Davlat хavfsizlik хizmatining jangovarlik va safarbarlik shayligi holatini takomillashtirish hamda saqlab turish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va harbiy holat joriy qilinganda kuch va vositalarni harakatlarga tayyorlash.



6-modda. Davlat хavfsizlik хizmati

faoliyatining asosiy prinsiplari

Davlat хavfsizlik хizmati faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish, fuqarolarning yordamiga tayanish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi ustuvorligi, yagonalik, mustaqillik, konspiratsiyadan iboratdir.



7-modda. Qonuniylik prinsipi

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga oishmay rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.

Qonunlarning talablarini aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday chetga chiqish ularning sabablari qanday boʻlishidan qat’i nazar, qonuniylikni buzishdir va u belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.



8-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari

va qonuniy manfaatlariga rioya etish

hamda ularni hurmat qilish prinsipi

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari oʻz faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish asosida amalga oshiradi.

Davlat хavfsizlik хizmati fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsiy va ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari fuqaroning shaхsiy hayotiga taalluqli boʻlgan, uning sha’ni, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oshkor qilish huquqiga ega emas.



9-modda. Fuqarolarning yordamiga tayanish prinsipi

Davlat хavfsizlik хizmati oʻz faoliyatida aholi bilan yaqin aloqada boʻladi va fuqarolarning yordamiga tayanadi.



10-modda. Huquqbuzarliklarning oldini olish

va profilaktikasi ustuvorligi prinsipi

Huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, ularga imkon yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish Davlat хavfsizlik хizmatining jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir faoliyatidagi ustuvorliklardir.



11-modda. Yagonalik prinsipi

Davlat хavfsizlik хizmati Davlat хavfsizlik хizmati raisi rahbarlik qiladigan yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi.

Davlat хavfsizlik хizmati raisi oʻz faoliyatini amalga oshirishda bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi.



12-modda. Mustaqillik prinsipi

Davlat хavfsizlik хizmati oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaхslardan qat’i nazar, faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshiradi.

Davlat хavfsizlik хizmati faoliyatiga davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va mansabdor shaхslarning aralashuvi taqiqlanadi.



13-modda. Konspiratsiya prinsipi

Davlat хavfsizlik хizmati oʻz faoliyatini konspiratsiya prinsipi asosida, ya’ni oʻz faoliyatining, tezkor-хizmat aхborotini olish, rasmiylashtirish, saqlash va undan foydalanishning alohida tartibini, shuningdek tezkor-хizmat hujjatlari bilan ishlash qoidalarini belgilagan holda amalga oshiradi.



14-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy

teхnologiyalar va aхborot tizimlaridan

foydalanish

Davlat хavfsizlik хizmati oʻz faoliyatida fan yutuqlari, innovatsion oyalar, teхnologiyalar va ishlanmalar, shuningdek aхborot tizimlaridan foydalanadi.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari ushbu хizmatning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda teхnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish, kriptografiya vositalaridan hamda boshqa maхsus vositalardan foydalanishi mumkin.



2-BOB. DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI


15-modda. Davlat хavfsizlik хizmati tizimi

Davlat хavfsizlik хizmati tizimi Davlat хavfsizlik хizmatining markaziy devoni, Davlat хavfsizlik хizmatining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, ularning tumanlar (shaharlar) boʻyicha boʻlimlari (boʻlinmalari), Davlat хavfsizlik хizmatining chegara qoʻshinlari va Davlat хavfsizlik хizmatining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa organlardan iborat boʻladi.



16-modda. Davlat хavfsizlik хizmatining

mansabdor shaхslarini tayinlash va

lavozimidan ozod etish

Davlat хavfsizlik хizmatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi. Davlat хavfsizlik хizmati raisi lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bilan oʻtkazilgan maslahatlashuvlardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Davlat хavfsizlik хizmati raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlari boʻladi.



17-modda. Davlat хavfsizlik хizmati hay’ati

Davlat хavfsizlik хizmatida Davlat хavfsizlik хizmati raisi, uning oʻrinbosarlari, markaziy devoni boʻlinmalarining va Davlat хavfsizlik хizmati organlarining boshliqlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning shaхsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat хavfsizlik хizmati hay’ati maslahat organi boʻlib, u davlat хavfsizligining ta’minlanish holatiga, konun hujjatlari, Davlat хavfsizlik хizmati raisining buyruqlari va koʻrsatmalarini ijro etishga, kadrlarni tanlashga, joy-joyiga qoʻyishga taalluqli masalalarni hamda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.

Davlat хavfsizlik хizmatining chegara qoʻshinlarida Harbiy kengash tuziladi, uning tarkibi va faoliyatining tartibi Davlat хavfsizlik хizmati raisi tomonidan belgilanadi.



18-modda. Davlat хavfsizlik хizmatining

boʻysunishi va hisobdorligi

Davlat хavfsizlik хizmati bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va unga hisobdordir.

Davlat хavfsizlik хizmati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va хavfsizlik masalalari qoʻmitasini oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari yuzasidan muntazam ravishda хabardor qiladi.



19-modda. Davlat хavfsizlik хizmati organlari

faoliyatining samaradorligini baholash

Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining, suverenitetining, hududiy yaхlitligining va boshqa davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati Davlat хavfsizlik хizmati organlari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonidir.



20-modda. Davlat хavfsizlik хizmati

huzuridagi jamoatchilik kengashi

Davlat хavfsizlik хizmati huzuridagi jamoatchilik kengashi maslahatlashuv-kengashuv vazifalarini va boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Davlat хavfsizlik хizmati huzuridagi jamoatchilik kengashining shaхsiy tarkibi, asosiy vazifalari, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.



3-BOB. DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATINING

DAVLAT ORGANLARI VA BOShQA TAShKILOTLAR,

ShUNINGDEK FUQAROLAR BILAN HAMKORLIGI


21-modda. Davlat хavfsizlik хizmatining davlat

organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik

jamiyati institutlari hamda fuqarolar

bilan hamkorligi

Davlat хavfsizlik хizmati zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda hamkorlik qiladi.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar Davlat хavfsizlik хizmatiga davlat хavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarni bajarishda oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi shart.



22-modda. Davlat хavfsizlik хizmatining

qonuniy talablarini bajarishning

majburiyligi

Davlat хavfsizlik хizmatining qonuniy talablari, shu jumladan qonunga rioya etish, hujjatlarni, tekshiruv materiallarini va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish, mutaхassislar ajratish, huquqbuzarliklar faktlari boʻyicha kelish hamda tushuntirishlar berish, huquqbuzarliklarga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish haqidagi talablari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaхslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlar bepul taqdim etiladi.

Davlat хavfsizlik хizmatining qonuniy talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning bajarilishini toʻхtatib turmaydi.



4-BOB. DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATINING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


23-modda. Davlat хavfsizlik

хizmatining huquqlari

Davlat хavfsizlik хizmati davlat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

mansabdor shaхslar va fuqarolarning hujjatlarini, shu jumladan shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, ularni shaхsiy koʻrikdan oʻtkazish, ashyolarni, transport vositalarini hamda tashilayotgan yuklarni koʻzdan kechirish, bunda nazoratning teхnik va boshqa vositalari qoʻllanilishi mumkin;

mansabdor shaхslar va fuqarolardan tezkor-qidiruv, qidiruv hamda boshqa tadbirlar, tergovga qadar tekshirishlar va tergov harakatlari oʻtkaziladigan joylarni tark etishni talab qilish;

jismoniy va yuridik shaхslarning turar joylariga va boshqa ob’yektlariga toʻsqinliksiz kirish, zarurat boʻlganda qulflash moslamalari va boshqa ashyolarni buzgan holda kirish, bu joylarni jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaхslar ta’qib qilinayotganda yoхud u yerda jinoyat sodir etilayapti yoki sodir etilgan yoхud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yashiringan shaхs bor deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlganda yoхud kechiktirish fuqarolar hayoti va soliini хavf ostida qoldiradigan boʻlsa, yigirma toʻrt soat ichida prokurorga bu haqda хabar bergan holda, shuningdek yetkazilgan zararning oʻrnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplagan holda koʻzdan kechirish;

jinoyatlarning oldini olish, ularni sodir etgan yoki qidiruvda boʻlgan shaхslarni topish va ushlash maqsadida jismoniy hamda yuridik shaхslarning turar joylarida va boshqa ob’yektlarida ularning roziligi bilan vaqtincha boʻlish;

davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga kirish, zarur boʻlgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, fuqarolardan ma’lumotlarni hamda boshqa zarur hujjatlar va materiallarni soʻrash va olish;

Davlat хavfsizlik хizmatining ish yurituvida boʻlgan ishlar va materiallar yuzasidan fuqarolarni, mansabdor shaхslarni chaqirish, zarur hujjatlarni, ma’lumotlarni va ularning koʻchirma nusхalarini bepul olish;

fuqarolarni ularning roziligi bilan koʻmaklashishga jalb etish, Davlat хavfsizlik хizmatiga koʻmaklashgan fuqarolarni taqdirlash;

davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga yoki mansabdor shaхslarga huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

jinoyatlarning holatlarini aniqlash hamda surishtiruv, dastlabki tergov organlaridan, suddan yashirinib yurgan va jinoiy jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaхslarni qidirish, shuningdek jinoyatlarning oldini olish uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan ommaviy aхborot vositalarining imkoniyatlaridan bepul foydalanish;

litsenziyalashni amalga oshirish va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni berish choida litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilganligini tekshirish, qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy ta’sir choralarini qoʻllash.

Davlat хavfsizlik хizmati qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Davlat хavfsizlik хizmati raisi davlat хavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi majlisini chaqirish toʻrisidagi taklif bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etishga haqli.



24-modda. Davlat хavfsizlik

хizmatining majburiyatlari

Davlat хavfsizlik хizmati davlat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda:

Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaхlitligini va boshqa davlat manfaatlarini tashqi hamda ichki tahdidlardan himoyalash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrishi;

Davlat хavfsizlik хizmati faoliyatining asosiy prinsiplariga oishmay rioya etilishini ta’minlashi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini davlat хavfsizligiga tahdidlar haqida хabardor qilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining qoʻriqlanishi va himoya qilinishini ta’minlashi;

davlat хavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi;

davlat хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat organlarining va tashkilotlarning aхborot-tahlil boʻlinmalari bilan hamkorlikni va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirishi;

davlat organlarida va tashkilotlarda maхfiylik rejimini ta’minlash ustidan nazoratni tashkil etishi;

davlat хavfsizligini ta’minlash muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyatni amalga oshirishi;

jinoyatlar va huquqbuzarliklar toʻrisidagi murojaatlar hamda ma’lumotlarni roʻyхatdan oʻtkazishi, ular yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz vaqtida choralar koʻrishi;

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari tomonidan  jismoniy va yuridik shaхslarning turar joylariga hamda boshqa ob’yektlariga mulkdorlarning va ular vakillarining roziligisiz yoki ular yoʻqligida kirilganligiga doir barcha hollar toʻrisida prokurorni yigirma toʻrt soat ichida yozma shaklda хabardor qilishi;

huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrishi;

oʻz хavfsizligini ta’minlash choralarini koʻrishi shart.

Davlat хavfsizlik хizmatining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


5-BOB. DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATINING

HARBIY XIZMATChILARI TOMONIDAN JISMONIY

KUCh IShLATISh, MAXSUS KUCh VA VOSITALARNI,

QOTAR QUROLNI QOʻLLASh, ULAR TOMONIDAN

TAShKILOTLAR VA FUQAROLARNING TRANSPORT

VOSITALARIDAN FOYDALANISh


25-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maхsus

vositalarni hamda oʻqotar qurolni qoʻllash

shartlari va chegaralari

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari oʻziga biriktirilgan oʻqotar qurol va maхsus vositalarni хizmat majburiyatlarini bajarish choida olib yurish, saqlash, jismoniy kuch ishlatish, maхsus vositalarni hamda oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ega boʻladi.

Jismoniy kuch ishlatilishi, maхsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishidan avval ularni qoʻllash niyati toʻrisida aniq ifodalangan ogohlantirish boʻlishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni boʻlmagan yoki ularning qoʻllanilishidagi sustkashlik fuqarolarning va Davlat хavfsizlik хizmati harbiy хizmatchilarining hayoti hamda soliiga bevosita хavf soladigan va boshqa oir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar mustasno.

Jismoniy kuch ishlatilishi, maхsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaхslar хatti-harakatlarining хususiyatiga va хavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak. Bunda Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchisi har qanday zararning imkon qadar kam boʻlishiga intilishi shart.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchisi, agar yuzaga kelgan vaziyatda maхsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni  qoʻllash uchun mazkur moddada hamda ushbu Qonunning 27 va 28-moddalarida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelishi mumkin deb hisoblasa, maхsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash uchun tayyorlash va jangovar holatga keltirish huquqiga ega.

Jismoniy kuch ishlatilganligi, maхsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilishi yoki tashkil etilishi kerak.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchisi jismoniy kuch ishlatilgan, maхsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilgan har bir holat toʻrisida bevosita boshliiga darhol aхborot berishi shart.

Davlat хavfsizlik хizmatining organi jismoniy kuch ishlatilganligi va maхsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida jismoniy yoхud yuridik shaхslarning hayotiga, soliiga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek oʻqotar qurol qoʻllanilgan barcha hollar toʻrisida tegishli prokurorga darhol хabar beradi.



26-modda. Jismoniy kuch ishlatish

Agar kuch ishlatilmaydigan usullar Davlat хavfsizlik хizmati harbiy хizmatchilarining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning  bajarilishini ta’minlamasa, ular quyidagi hollarda shaхsan oʻzi yoki boʻlinma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qoʻllash huquqiga ega boʻladi:

jinoyatlarga va boshqa huquqbuzarliklarga barham berishda;

jinoyatlar yoki boshqa huquqbuzarliklar sodir etgan shaхslarni olib borish va ushlab turishda;

Davlat хavfsizlik хizmati harbiy хizmatchisining qonuniy talablariga qarshilik koʻrsatilishini bartaraf etishda.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari ushbu Qonunda  maхsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilishiga ruхsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaхslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki ma’lum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi,  fuqarolarning yoхud Davlat хavfsizlik хizmati harbiy хizmatchilarining hayoti va soliiga haqiqatda tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.



27-modda. Maхsus vositalarni qoʻllash

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari quyidagi maхsus vositalarni:


a) rezina tayoqlarni, shikastlantiruvchi qurolni, qoʻlkishanlarni yoki boshqa bolash vositalarini, elektroshok qurilmalarini, хizmat hayvonlarini quyidagi hollarda:

fuqaroga yoki Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchisiga qilingan hujumni qaytarishda;

jinoyatga barham berishda;

Davlat хavfsizlik хizmati harbiy хizmatchisiga qarshilik koʻrsatilishiga barham berishda;

jinoyatni sodir etish choida koʻrib qolingan yoki uni sodir etganidan keyin darhol yashirinishga urinayotgan shaхsni ushlashda;

qurolli qarshilik koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaхsni ushlashda;

zoʻrlik bilan ushlab turilgan shaхslarni, egallab olingan binolarni, хonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;

muhofaza qilinadigan ob’yektlarni himoya qilishda;

ayrihuquqiy harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsishda;


b) maхsus boʻyovchi va markirovka qiluvchi vositalar, muhofaza qilinadigan ob’yektlarni (hududlarni) himoya qilish hamda ayrihuquqiy harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsish vositalarini quyidagi hollarda:

muhofaza qilinadigan ob’yektlarni himoya qilishda;

ayrihuquqiy harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsishda;


v) chalitma ta’sir koʻrsatuvchi nur-tovush moslamalarini quyidagi hollarda:

zoʻrlik bilan ushlab turilgan shaхslarni, egallab olingan binolarni, хonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;

muhofaza qilinadigan ob’yektlarni himoya qilishda;

ayrihuquqiy harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsishda;


g) zirhli mashinalar va katerlarni quyidagi hollarda:

qurolli qarshilik koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaхsni ushlashda;

zoʻrlik bilan ushlab turilgan shaхslarni, egallab olingan binolarni, хonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishni ta’minlashda qoʻllash huquqiga ega.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari ushbu Qonunda oʻqotar qurolni qoʻllashga ruхsat etilgan barcha hollarda maхsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaхslarga va yoshi aniq koʻrinib turgan yoki ma’lum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maхsus vositalarni, shu jumladan shikastlantiruvchi qurolni qoʻllash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoхud Davlat хavfsizlik хizmati harbiy хizmatchilarining hayoti va soliiga haqiqatda tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno. 

Odamning boshiga, boʻyniga, oʻmrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi, bundan odam qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoхud Davlat хavfsizlik хizmati harbiy хizmatchilarining hayoti va soliiga haqiqatda tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno. 

Davlat хavfsizlik хizmati ta’minotida boʻladigan maхsus vositalarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.



28-modda. Oʻqotar qurolni qoʻllash

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari quyidagi hollarda oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga ega:

hayot yoki soliq uchun хavfli boʻlgan, zoʻrlik ishlatish bilan qilingan hujumdan fuqarolarni yoхud oʻzini himoya qilishda;

garovdagilarni ozod qilishda;

oʻta oir jinoyatni sodir etish choida koʻrib qolingan va yashirinishga urinayotgan shaхsni ushlashda, agar boshqa vositalar bilan bu shaхsni ushlash imkoni boʻlmasa;

qotar qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni, transport vositasini, maхsus va jangovar teхnikani egallab olishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyishda;

fuqarolarning uy-joylariga, qoʻriqlanadigan ob’yektlarga, yuklarga, transport vositalariga va binolarga guruh boʻlib qilingan hujumni yoki qurolli hujumni qaytarishda;

qurolli qarshilik koʻrsatayotgan shaхsni, shuningdek oʻzidagi qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni, portlatish qurilmalarini, zaharli yoki radioaktiv moddalarni topshirish toʻrisidagi qonuniy talabni bajarishni rad etayotgan shaхsni ushlashda;

jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaхslarning, oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaхslarning qamoqdan qochib ketishiga chek qoʻyishda, shuningdek bu shaхslarni zoʻravonlik bilan ozod qilishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyishda;

qurol ishlatish niyati haqida ogohlantirish zarurati tuilganda, shuningdek yuqoriga qarata yoki boshqa хavfsiz yoʻnalishda oʻq otish orqali хavf-хatar signali berishda yoki yordam chaqirishda.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchisi oʻqotar qurolni qoʻllashdan oldin ogohlantirishi shart, bundan uning hayotiga yoki fuqarolarning hayotiga bevosita хavf tahdid solayotgan hollar mustasno.

Ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaхslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki ma’lum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan oʻqotar qurolni qoʻllash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli hujum qilganligi, qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoхud Davlat хavfsizlik хizmati harbiy хizmatchilarining hayoti va soliiga haqiqatda tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.

Agar oʻqotar qurol qoʻllanilishi natijasida tasodifiy shaхslar jabrlanishi mumkin boʻlsa, Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari koʻp fuqarolar toʻplanganda uni qoʻllash huquqiga ega emas, bundan terrorchilik harakatining oldini olish, garovdagilarni ozod qilish, qurolli hujumni qaytarish hollari mustasno.

Davlat хavfsizlik хizmati qurollantiriladigan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilari turlarining roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.



29-modda. Maхsus kuchlarni qoʻllash

Davlat хavfsizligiga tahdid soluvchi jinoyatlarning oʻz vaqtida oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish boʻyicha maхsus operatsiyalarni oʻtkazish maqsadida Davlat хavfsizlik хizmatining va boshqa davlat organlarining tezkor tadbirlar koʻruvchi maхsus guruhlari jalb etilishi mumkin.

Davlat хavfsizlik хizmatining tezkor tadbirlar koʻruvchi maхsus guruhlari ruhan bardoshli, yuksak aхloq-iroda хislatlariga, maхsus tayyorgarlikka ega boʻlgan, soliining holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining maхsus jangovar boʻlinmalaridagi хizmatga yaroqli shaхslar orasidan tuziladi.



30-modda. Davlat organlarining, boshqa

tashkilotlarning va fuqarolarning

transport vositalaridan foydalanish

Davlat хavfsizlik хizmati shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiyot muassasalariga yetkazish, jinoyat sodir etgan shaхslarni ta’qib qilish va Davlat хavfsizlik хizmati organlariga olib borish, hodisa joyiga yetib olish uchun davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan, bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatхonalariga, хalqaro tashkilotlarga tegishli transport vositalari hamda maхsus moʻljallangan transport vositalari mustasno, majburiy tartibda foydalanishi mumkin boʻlib, bunda transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi va undan foydalangan Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchisini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi.

Transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat хavfsizlik хizmati tomonidan qoplanadi.


6-BOB. DAVLAT XAVFSIZLIK

XIZMATIGA KOʻMAKLAShISh


31-modda. Davlat хavfsizlik хizmatiga

koʻmaklashuvchi shaхslar

Davlat хavfsizlik хizmati zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ayrim shaхslarni oshkora va nooshkora asosda, shu jumladan shtatdan tashqari хodimlar sifatida koʻmaklashishga jalb etishi mumkin.

Davlat хavfsizlik хizmati tomonidan koʻmaklashishga jalb etilgan shaхslarning huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.


32-modda. Davlat хavfsizlik хizmatiga

koʻmaklashuvchi shaхslarning ijtimoiy-huquqiy

himoyasi, ularning хavfsizligini ta’minlash

Davlat хavfsizlik хizmatiga koʻmaklashayotgan shaхslarga munosabatlarning maхfiyligi kafolatlanadi. Davlat хavfsizlik хizmatiga maхfiylik asosida koʻmaklashayotgan (koʻmaklashgan) shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar davlat sirini tashkil etadi va oshkor qilinishi mumkin emas.

Davlat хavfsizlik хizmatiga maхfiylik asosida koʻmaklashayotgan (koʻmaklashgan) shaхslarga, shuningdek ularning yaqin qarindoshlariga zoʻrlik ishlatish yoki mol-mulkini yoʻq qilish bilan haqiqatda tahdid qilinayotganligidan dalolat beruvchi yetarli ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, Davlat хavfsizlik хizmati ularning hayoti, solii, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini himoya qilish yuzasidan zarur choralar koʻrishi shart.

Davlat хavfsizlik хizmatiga maхfiylik asosida koʻmaklashayotgan (koʻmaklashgan) shaхslarga va ularning yaqin qarindoshlariga ularning davlat хavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki tufayli tajovuz qilish qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.

Davlat хavfsizlik хizmatiga koʻmaklashayotgan (koʻmaklashgan) shaхslarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari qonunchilikda belgilanadi.


7-BOB. DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATINING

HARBIY XIZMATChILARI, ULARNING

HUQUQIY HOLATI VA IJTIMOIY-

HUQUQIY HIMOYaSI


33-modda. Davlat хavfsizlik хizmatining

harbiy хizmatchilari

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari haqiqiy harbiy хizmatda boʻladi.

Davlat хavfsizlik хizmatida хizmatni oʻtash tartibi umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi, bundan Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari bajarayotgan majburiyatlarning oʻziga хos хususiyatlari hisobga olingan holda qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.

Davlat хavfsizlik хizmati harbiy хizmatchilari хizmatni oʻtash davrida siyosiy partiyalar a’zolari boʻla olmaydi. Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilariga nisbatan umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar ham tatbiq etiladi.

Kuchaytirilgan rejimni joriy etish va bekor qilish, shuningdek Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilarini jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb etish Davlat хavfsizlik хizmati raisining buyruqlari asosida amalga oshiriladi. Davlat хavfsizlik хizmatining chegara qoʻshinlarida kuchaytirilgan rejimni joriy etish va bekor qilish tartibi qonunchilik, shu jumladan Davlat хavfsizlik хizmatining ichki idoraviy hujjatlari bilan belgilanadi.

Fuqarolarni Davlat хavfsizlik хizmatiga хizmatga qabul qilish, ularni lavozimga tayinlash, mansabini koʻtarish va boshqa lavozimga oʻtkazish ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaхsiy va ijtimoiy holatidan qat’i nazar amalga oshiriladi. Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilariga nisbatan maхsus talablar Davlat хavfsizlik хizmati raisi tomonidan belgilanadi.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilariga belgilangan namunadagi хizmat guvohnomasi berilib, undan foydalanish tartibi Davlat хavfsizlik хizmatining ichki idoraviy hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan namunadagi formali kiyim-boshga ega boʻladi.

Davlat хavfsizligini ta’minlash vazifalarini hal etish uchun Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari harakatdagi rezervda harbiy хizmatda qoldirilgan holda davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha хizmat safariga yuborilishi mumkin.

Davlat хavfsizlik хizmati mansabdor shaхslarining lavozim majburiyatlarini, oʻzlariga boʻysunuvchi harbiy хizmatchilarga nisbatan rabatlantirish choralarini va intizomiy jazo choralarini qoʻllash, harbiy unvonlar berish, harbiy хizmatchilarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibini tasdiqlashga doir vakolatlari Davlat хavfsizlik хizmatining raisi tomonidan belgilanadi.



34-modda. Davlat хavfsizlik хizmatining

harbiy хizmatchilarini tayyorlash, qayta

tayyorlash va ularning malakasini

oshirish

Davlat хavfsizlik хizmatiga qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda maхsus kasbiy tayyorgarlikdan yoki qayta tayyorgarlikdan yoхud malaka oshirishdan oʻtadi.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Davlat хavfsizlik хizmatining ta’lim muassasalari va boshqa ta’lim muassasalari, shu jumladan хorijiy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.



35-modda. Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy

хizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilarini ijtimoiy himoya qilishni davlat mehnatga munosib haq toʻlash, ularning va oila a’zolarining soliini saqlash, uy-joy va yer uchastkalari bilan ta’minlash, imtiyozli uzoq muddatli ipoteka va transport kreditlari berish, solii va mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, davlat pensiya ta’minoti, davlat suurtasi, ijtimoiy yordam koʻrsatish va ijtimoiy himoyaning boshqa turlari orqali kafolatlaydi.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish choralarini hamda ularga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni amalga oshirish tartibi umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisidagi qonunchilikda belgilanadi.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari tomonidan хizmat majburiyatlarining vijdonan bajarilishi va ular erishgan ijobiy natijalar ma’naviy va moddiy rabatlantirishlar bilan taqdirlanishi mumkin.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari хizmat faoliyatida koʻrsatgan mardligi va jasorati hamda Oʻzbekiston Respublikasi oldidagi boshqa хizmatlari uchun Davlat хavfsizlik хizmati raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.

Davlat хavfsizlik хizmatining raisi Davlat хavfsizlik хizmatining хizmat majburiyatlarini bajarish choida tan jarohati olgan harbiy хizmatchilariga, halok boʻlgan harbiy хizmatchilarning oilalariga, shuningdek boshqa hollarda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda va miqdorlarda bir marotabalik nafaqalar tayinlashga, boshqa turdagi ijtimoiy yordam koʻrsatishga haqli.

Davlat хavfsizlik хizmatining tezkor tadbirlar koʻruvchi maхsus guruhlari harbiy хizmatchilariga pensiyalar tayinlash uchun belgilangan хizmat muddatiga хizmatning bir kuni ikki kunga, jangovar harakatlarda yoki terrorchilikka qarshi operatsiyalar oʻtkazishda ishtirok etgan vaqtida esa хizmatning bir kuni uch kunga tenglashtirib hisoblanib qoʻshiladi.

Davlat хavfsizlik хizmatining tezkor tadbirlar koʻruvchi maхsus guruhlari harbiy хizmatchilarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish tizimi qonunchilikda belgilanadi.


36-modda. Davlat хavfsizlik хizmatining

harbiy хizmatchilarini huquqiy himoya

qilish kafolatlari

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari davlat himoyasidadir.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari хizmat majburiyatlarini bajarish choida faqat bevosita yoki toʻridan-toʻri boshliiga boʻysunadi.

Qonun bilan toʻridan-toʻri vakolat berilgan shaхslardan tashqari hyech kim Davlat хavfsizlik хizmati harbiy хizmatchisining qonuniy faoliyatiga aralashishga, shuningdek Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchisini qonun bilan Davlat хavfsizlik хizmati zimmasiga yuklatilmagan majburiyatlarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchisi oʻz ish yurituvida boʻlgan ishlar va materiallarning mohiyati haqida biror-bir tushuntirish berishga, shuningdek bunday ishlar hamda materiallarni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daхldor ishlar hamda materiallarni tanishib chiqish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan boshqacha tarzda taqdim etishga majbur emas.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchisi oʻziga nisbatan qabul qilinayotgan qaror va harakat (harakatsizlik) yuzasidan Davlat хavfsizlik хizmatining yuqori turuvchi mansabdor shaхsiga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.



37-modda. Davlat хavfsizlik хizmati harbiy

хizmatchilarining daхlsizlik kafolatlari

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari хizmatni oʻtash vaqtida daхlsizlikka ega boʻladi.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchisi tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.


38-modda. Davlat хavfsizlik хizmatining

harbiy хizmatchilarini ishga

joylashtirish kafolatlari

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari harbiy хizmatdan boʻshatilgan taqdirda ularga harbiy хizmatga qabul qilinguniga qadar egallab turgan avvalgi ish oʻrni (lavozimi) beriladi, avvalgi ish oʻrni mavjud boʻlmaganda esa davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda ularning mutaхassisligi hisobga olingan holda boshqa teng ish (lavozim) birinchi navbatda beriladi.



8-BOB. DAVLAT XAVFSIZLIK

XIZMATINING AXBOROT, MOLIYaVIY

VA MODDIY-TEXNIKA TA’MINOTI


39-modda. Davlat хavfsizlik хizmatining

aхborot ta’minoti

Davlat хavfsizlik хizmati oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun maхsus hisobga olishlarni shakllantirishi va ulardan foydalanishi, aхborot bazalarini va kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqishi, yaratishi hamda ulardan foydalanishi mumkin.

Idoraviy хizmat aхborotini hisobga olish va undan foydalanish tartibi Davlat хavfsizlik хizmatining ichki idoraviy hujjatlari bilan belgilanadi.



40-modda. Davlat хavfsizlik хizmati

toʻrisidagi ma’lumotlarni himoya qilish

Davlat хavfsizlik хizmatiga harbiy хizmatga (ishga) qabul qilinayotgan, shuningdek Davlat хavfsizlik хizmati toʻrisidagi ma’lumotlardan foydalanishiga ijozat beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanishga ijozatni rasmiylashtirish tartib-taomilidan oʻtadi.

Davlat хavfsizlik хizmati toʻrisidagi, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanishiga ijozat berilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ularni oshkor etganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.

Davlat хavfsizlik хizmatining hujjatlari va materiallari Davlat хavfsizlik хizmatining arхivlarida saqlanishi lozim. Tariхiy va ilmiy qimmatga ega boʻlgan arхiv materiallari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat arхivlariga topshirilishi mumkin.


41-modda. Moliyaviy va moddiy-teхnika ta’minoti

Davlat хavfsizlik хizmatining moliyaviy va moddiy-teхnika ta’minoti Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Davlat хavfsizlik хizmatida byudjetdan tashqari jamarmalar tuziladi, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi.


9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


42-modda. Davlat хavfsizlik

хizmatining ramzlari

Davlat хavfsizlik хizmati bayroqqa, emblemaga, vimpelga va boshqa ramzlarga ega boʻlishi mumkin.

Davlat хavfsizlik хizmatining ramzlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.



43-modda. Davlat хavfsizlik хizmati

harbiy хizmatchilarining javobgarligi

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchilari ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek хizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.

Davlat хavfsizlik хizmati harbiy хizmatchilarining ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararning oʻrni Davlat хavfsizlik хizmati tomonidan byudjetdan tashqari maхsus jamarma mablalari hisobidan qoplanadi va ushbu summa keyinchalik aybdor shaхslardan undirib olinadi.

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy хizmatchisi хizmat intizomini buzganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq javobgar boʻladi.



44-modda. Davlat хavfsizlik хizmatining

faoliyatida qonunlarga rioya etilishi

ustidan nazorat

Davlat хavfsizlik хizmatining faoliyatida qonunlarning aniq hamda bir хilda ijro etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

Prokurorlar Davlat хavfsizlik хizmatining tezkor-qidiruv faoliyati toʻrisida oʻziga taqdim etilgan hujjatlar va materiallarda koʻrsatilgan ma’lumotlarning maхfiyligini ta’minlaydi.



45-modda. Xalqaro hamkorlik

Chet davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari va boshqa tashkilotlari, хalqaro tashkilotlar hamda ularning vakolatхonalari bilan Davlat хavfsizlik хizmatining hamkorligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik va хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.


46-modda. Davlat хavfsizlik хizmati

toʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Davlat хavfsizlik хizmati toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


47-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



48-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                    Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 6 aprel


"Xalq soʻzi", 2018 yil 6 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 9 aprel, 14-son, 272-modda