Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.03.2018 y. 249-son "Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.03.2018 y.

N 249



TOVAR BOZORLARIDA

MONOPOLIYaGA QARShI TARTIBGA

SOLIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoqili-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 noyabrdagi PQ-3386-son qarorini ijro etish, shuningdek, monopol mahsulotlar roʻyхati va turlarini tubdan qisqartirish, monopoliyaga qarshi tartibga solishning хalqaro prinsiplariga oʻtishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. ulomov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov





Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 30 martdagi

249-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar

2. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 avgustdagi 230-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 8-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Tovar va moliya bozorida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqyeini e’tirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 33-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 43-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"43. Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki ularga narхlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritilgan shaхslar guruhi ushbu narхlar (tariflar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda narхlarni tartibga solish organida tasdiqlanishini amalga oshiradilar".


Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"___-son BILDIRIShNOMA

             

ning

(monopoliyaga qarshi organ nomi)


    

manzilida joylashgan

(pochta manzili)


       

ni

(хoʻjalik yurituvchi sub’yekt va (yoki) shaхslar guruhi nomi)


       

ning

(monopoliyaga qarshi organ nomi)


           

20__ yil "__"________dagi ___-son buyruqiga asosan 20__ yil "__" _______dan boshlab Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar davlat reyestriga kiritish toʻrisida


Reyestrga kiritilgan tovarlar (хizmatlar) turlari va nomi:

      

1.

       

2.

  

Ushbu bildirishnoma munosabati bilan Siz 30 kun mobaynida koʻrsatib oʻtilgan ustun mavqyeni egallab turgan tovar (хizmat)ga narхlar (tariflar)ni

    

da

(narхlarni boshqarish organi nomi)


      

deklaratsiya qilishingiz (yoki ilgari tasdiqlangan deklaratsiyani qayta rasmiylashtirishingiz), shuningdek ularning keyingi har bir oshishini deklaratsiya qilishingiz zarur*.

Ushbu bildirishnoma munosabati bilan Siz yilning har choragida chorakning birinchi oyi 10-kunigacha

      

ga yuqorida koʻrsatilgan

(monopoliyaga qarshi organning nomi)


         

tovarlarga narхlarni taqdim etishingiz zarur**.


Ushbu bildirishnoma oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda Sizga nisbatan raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qoʻllanadi.

      

(rahbar)


(imzoning yoyilmasi)

            

           

Izoh: Bildirishnoma monopoliyaga qarshi organ blankida yuboriladi.

*) Ushbu bildirishnoma narхlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinmaydigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritiladigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektga yuborilganda ushbu хatboshi chiqarib tashlanadi.


**) Ushbu bildirishnoma narхlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritiladigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektga yuborilganda ushbu хatboshi chiqarib tashlanadi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 31 mart