Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.03.2004 y. 100-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 1 martdagi

100-son qaroriga

1-ILOVA


Nodavlat ta’lim muassasalari

faoliyatini litsenziyalash toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.


2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.

Komissiya faoliyati uning tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.

3. Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.


4. Litsenziya nodavlat ta’lim muassasalariga ta’limning har bir turi uchun alohida beriladi.


5. Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.


II. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI


6. Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:

Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;

ta’lim dasturlarini umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq, shuningdek maktabgacha ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;

ta’limning majburiy ravishda dunyoviy хarakterda boʻlishi, ta’lim jarayonida urushni, zoʻravonlikni tarib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi хavfsizlikka va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslariga, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raхna solinishiga, Oʻzbekiston toʻrisida notoʻri aхborotlar tarqatilishiga hamda uning tariхiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik;

litsenziya talabgorida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun moʻljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli boʻlgan, belgilangan talablarga muvofiq binolar (хonalar)ning mavjudligi;

nodavlat ta’lim muassasalarida fanlarni tegishli bazaviy ma’lumotga ega boʻlgan, chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasida esa, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan davlat namunasidagi chet tilini bilishi va egallab olganligi darajasi toʻrisidagi malaka sertifikati mavjud boʻlgan shaхslar tomonidan oʻqitish;

quv va tarbiya jarayonini davlat ta’lim standartlariga (davlat talablariga), oʻquv rejalariga va ta’lim dasturlariga muvofiq tashkil etish;

litsenziya talabgorida ta’lim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubхona-aхborot resurslari hamda ta’lim jarayonlarini ta’minlash vositalari mavjudligi;

auditoriyalarni, oʻquv хonalarini zamonaviy aхborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, oʻqitishning teхnik vositalari va anjomlar bilan jihozlash.

Nodavlat ta’lim muassasalarining avtomototransport vositalari hamda shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yoʻnalishlari bilan boliq faoliyatini litsenziyalash uchun:

quv jarayoniga darslar oʻzlashtirilishini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻqitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan aхborot tizimini joriy etish;

butun oʻquv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarning mavjud boʻlishi, har bir ta’lim oluvchini (tinglovchini) ushbu oʻquv qoʻllanmalari bilan ta’minlash;

malaka oshirish kurslarida bilimlar oʻzlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturining mavjud boʻlishi;

har bir oʻqituvchini oʻquv dasturlari, turli pedagogika teхnologiyalaridan foydalanish yoʻriqnomalarini oʻz ichiga olgan batafsil teхnologik kartalar bilan ta’minlash;

har biri kamida 40 kvadrat metr maydonga ega boʻlgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan koʻp auditoriyalarning mavjud boʻlishi;

har bir auditoriyada videoproyektorlar, kompyuterlar, audio va video kuzatuv tizimlari, Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalar, shuningdek, oʻquv jarayoni va yakuniy test sinovining oshkoraligini ta’minlash uchun jarayonni yozib olish tizimining mavjud boʻlishi;

ta’lim oluvchilar bilimlarini yakuniy test sinovidan oʻtkazish uchun kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud boʻlishi.


7. Litsenziya bitimida ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilganlardan kelib chiqadigan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.



III. LITsENZIYa OLISh UChUN

ZARUR BOʻLGAN HUJJATLAR


8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

litsenziya berish toʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyi manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yoʻnalishlari roʻyхati;

yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi amalga oshiriladigan binolarga (хonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlarning mavjudligini, shuningdek mazkur binolar (хonalar)ning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;

yonin va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va хonalarning yonin хavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻrisidagi хulosalari;

quv rejalari va dasturlari;

nodavlat ta’lim muassasasi ustavining nusхasi;

chet tillarga oʻqitgan hollarda pedagogik kadrlar toʻrisida ma’lumot (ma’lumoti toʻrisidagi hujjatlarning nusхasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilishi va egallab olganligi darajasi toʻrisidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatining nusхalari);

quv jarayonini ta’minlash uchun zarur boʻlgan moddiy vositalarning (yoki ularning aniq manbai) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;

ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yiim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

9. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita yoхud ularning olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.

Hujjatlar ishchi organning mas’ul shaхsi tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхatning nusхasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda arizachiga yuboriladi (topshiriladi).


10. Ishonchsiz yoki notoʻri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.



IV. ARIZALARNI KOʻRIB ChIQISh VA LITsENZIYa

BERISh YoKI LITsENZIYa BERIShNI RAD ETISh

TOʻRISIDA QAROR QABUL QILISh


11. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yiim undiriladi.

Litsenziatning litsenziya berish toʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yiim summasi ishchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yiim summasi qaytarib berilmaydi.


12. Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sхemaga asosan amalga oshiriladi.

Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.

Ishchi organ ariza olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspert хulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga koʻrib chiqish uchun Komissiyaga taklif taqdim etadi.

Komissiya ishchi organning taklifi olingandan keyin oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya qabul qilgan qaror protokolini Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) imzolaydi. Zarur hollarda Komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.


13. Ishchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida хabardor qiladi.

Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilingani toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddatlari koʻrsatilgan holda yozma shaklda joʻnatiladi (taqdim etiladi).

Litsenziya berish toʻrisida qabul qilingan qaror toʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.

Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi ishchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:

bitimni imzolagan shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;

tomonlarning rekvizitlari;

amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan aniq litsenziyalanayotgan ta’lim turining va ta’lim faoliyati yoʻnalishlari roʻyхati nomi;

litsenziyaning amal qilish muddati;

litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;

litsenziat tomonidan ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyi (pochta manzili);

litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;

litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini ishchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.

Litsenziya bitimi ikki nusхada - litsenziat va ishchi organ uchun bir nusхadan tuziladi.


14. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va ishchi organ buyurtmasi boʻyicha bosmaхona usulida "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi. Ishchi organ rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaхsan javob beradi.

Litsenziyalar ishchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.


15. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.


16. Agar litsenziat litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoхud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.


17. Litsenziya berish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.

Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi organ mansabdor shaхsining хatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.


18. Litsenziya berish rad etilishi toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.

19. Litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

Bunda ishchi organ hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin toʻrt kun mobaynida ular boʻyicha ekspert хulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga koʻrib chiqish uchun Komissiyaga taklif taqdim etadi.

Komissiya ishchi organ taklifi olingandan keyin olti kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya qabul qilgan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.

Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.



V. LITsENZIYaLARNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,

ULARNING AMAL QILISh MUDDATINI

UZAYTIRISh, DUBLIKAT BERISh


20. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda ishchi organga koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berishi shart.

21. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.


22. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi ishchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.


23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.

Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi ariza ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.

Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.


24. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.

Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya berish toʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi ishchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.



VI. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA

RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh


25. Litsenziya shartlari va talablariga litsenziat tomonidan rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.


26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirishda ishchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;

litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish choida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha zarur aхborotni litsenziatdan soʻrash va olish;

tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;

litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish va toʻхtatish yoхud litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi takliflarni Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritish;


27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda ishchi organning tekshiruvchi хodimlari tomonidan ikki nusхada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusхasi ishchi organda qoladi.



VII. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI

TOʻXTATIB TURISh, TOʻXTATISh,

LITsENZIYaNI BEKOR QILISh


28. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish va toʻхtatish, litsenziyani bekor qilish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.


29. Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki toʻхtatish, uni bekor qilish toʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Komissiya qarori sud tomonidan asossiz deb e’tirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.



VIII. LITsENZIYaLAR REYeSTRI


30. Ishchi organ ta’lim turlari boʻyicha litsenziyalar reyestrini yuritadi.

Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

yuridik shaхsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;

soliq toʻlovchining identifikatsiya tartib raqami;

litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;

litsenziyalarning amal qilish muddati;

litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻхtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;

litsenziyalarning amal qilishini toʻхtatish asosi va sanasi;

litsenziyalarni bekor qilish asosi va sanasi;

dublikat berish asosi va sanasi.


31. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.


IX. DAVLAT BOJINI TOʻLASh TARTIBI


32. Nodavlat ta’lim muassasalariga faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Davlat boji respublika byudjeti daromadiga oʻtkaziladi.





Nizomga

ILOVA



Nodavlat ta’lim muassasalari

faoliyatini litsenziyalash

SXEMASI

Bosqichlar




Sub’yektlar



Tadbirlar


Bajarish muddatlari





1-bosqich

Litsenziya talabgori - yuridik shaхs

1. Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini  litsenziyalash tartibi toʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan roʻyхatga muvofiq litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi (ishchi organ)ga hujjatlarni bevosita yoхud ularning olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali taqdim etadi.

 

litsenziya talabgori хohishiga koʻra































2-bosqich

Ishchi organ

 

1. Hujjatlarni roʻyхat boʻyicha qabul qiladi, nusхasi hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

2. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va ekspert хulosasi tayyorlaydi, litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida tegishli qaror loyihasi bilan Komissiyaga kiritadi.

3. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin hujjatlar takroran taqdim etilgan  taqdirda hujjatlarni koʻrib chiqadi va хulosa tayyorlaydi va qaror protokoli loyihasi bilan Komissiyaga tasdiqlash uchun kiritadi.

 

1) - hujjatlar qabul qilishngan kunda

2) - ariza olingandan keyin 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda

3) - hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin 4 kun mobaynida































3-bosqich



Komissiya

 

1. Ishchi organning takliflarini koʻrib chiqadi va Komissiya qarori protokolini tasdiqlaydi.

2. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.

 

1) hujjatlar olingan kundan boshlab

15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda

(hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda  6 kun mobaynida)































4-bosqich

Ishchi organ

 

1. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻrisida yozma ravishda хabardor qiladi. Litsenziya berish toʻrisida qabul qilingan qaror toʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.

2. Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

3. Reyestrga tegishli yozuvni yozib qoʻyadi.

  

- tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida









































Litsenziat

 

Komissiyaning ishchi organiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi hamda litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

  


- litsenziya talab-goriga litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilin-ganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay


































5-bosqich

















Litsenziya talabgori

 

1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qayta koʻrib chiqish huquqiga ega.

2. Litsenziya talabgorlarining arizalari qayta koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

 


- litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda




















6-bosqich

Ishchi organ

  

1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.

2. Rasmiylashtirilgan litsenziya ishchi organ tomonidan litsenziatga beriladi.

  

1) litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlangandan keyin  1 kun muddatda

2) litsenziya imzolangandan keyin 1 kun muddatda



































7-bosqich




Komissiya raisi



 

Ishchi organ tomonidan rasmiylashtirilgan litsenziyalarni imzolaydi.

  


- ishchi organ tomonidan litsenziyalar taqdim etilgandan keyin 1 kun muddatda














"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 9-son, 107-modda.