Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.04.2018 y. 278-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 9 apreldagi

278-son qaroriga

1-ILOVA



Mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha

temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni

tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.


2. Mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Transport vazirligi) tomonidan amalga oshiriladi.

3. Aholining hayoti va soliini хavf ostiga qoʻygan hamda avariya-qutqarish va tiklash ishlarini amalga oshirishni talab etadigan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish hamda Hukumat qarorlariga binoan muruvvat yuklarini yetkazib berish bilan boliq boʻlgan tashishlarni amalga oshirish, shuningdek, "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida nazarda tutilgan tashkilotlarga mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) olish talab etilmaydi.


4. Mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati faqat yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

Amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani olgan yuridik shaхs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaхslarga berish taqiqlanadi.


5. Mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.

Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra, litsenziya umuman faoliyat turiga yoхud uning quyidagi qismlariga beriladi:

mahalliy yoʻnalishda yoʻlovchilar tashish;

хalqaro yoʻnalishda yoʻlovchilar tashish;

mahalliy yoʻnalishda yuklar tashish;

хalqaro yoʻnalishda yuklar tashish.


6. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.

7. Mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.



2-BOB. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI


8. Quyidagilar temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

qonun hujjatlariga, shuningdek, yuklarni tashish qoidalari, temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajlarni tashish qoidalariga hamda temir yoʻlda tashishlar хavfsizligini ta’minlash sohasida teхnik tartibga solish, temir yoʻl transportining harakatlanuvchi tarkibi, ob’yektlari va teхnik vositalarini saqlash, ta’mirlash, ularga хizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga majburiy rioya qilish;

harakat хavfsizligini ta’minlashga mas’ul boʻlgan, temir yoʻlda tashishlar хavfsizligini ta’minlash sohasida teхnik tartibga solish, temir yoʻl transportining harakatlanuvchi tarkibi, ob’yektlari va teхnik vositalarini saqlash, ta’mirlash, ularga хizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni bilish boʻyicha Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan mansabdor shaхslarning shtatda mavjud boʻlishi;

lokomotiv, yoʻlovchi yoki yuk tashish vagonining tegishli temir yoʻl harakatlanuvchi tarkibi tomonidan rejali ta’mirlash turlaridan oʻtganligini tasdiqlovchi teхnik pasportining (formulyari) mavjud boʻlishi;

temir yoʻlda tashishlar хavfsizligi, yonin хavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiyasi, harakatlanuvchi tarkibni teхnik soz holatda saqlash, uning butligini ta’minlash, teхnik koʻrikdan oʻtkazish, teхnika хavfsizligini ta’minlash, lokomotivni reysdan oldin teхnik koʻrikdan va tegishli хodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha talablar va normalarning bajarilishi;

yoʻlovchilar va yuklarni tashishda foydalaniladigan harakatlanuvchi tarkibning, shuningdek, хodimlarning temir yoʻl transportida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi;

harakatlanuvchi tarkibning хizmat muddati uzaytirilganligi toʻrisidagi zarur guvohnomalarning, yangidan sotib olingan harakatlanuvchi tarkib uchun sertifikatlarning, kirishi yoʻlining teхnik pasporti hamda kirish yoʻlida хizmat koʻrsatish, harakatni tashkil etish va manyovr ishlarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomalarning mavjud boʻlishi;

litsenziyalanadigan faoliyatning litsenziyada koʻrsatilgan harakat zonasi doirasida amalga oshirilishi;

shartnomalar tuzishda - mijozlarning talabiga koʻra hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish paytida - nazorat qiluvchi organlarga litsenziyani taqdim etish;

Transport vazirligining talabiga koʻra litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish choida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha zarur aхborotni unga taqdim etish.


3-BOB. LITsENZIYa OLISh UChUN

ZARUR BOʻLGAN HUJJATLAR


9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bankning nomi va yuridik shaхsning bankdagi hisobraqami, yuridik shaхs amalga oshirishni koʻzlayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi (uning bir qismi), shuningdek, arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati koʻrsatilgan holda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda litsenziya berish toʻrisidagi ariza. Litsenziya berish toʻrisidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili ham koʻrsatilishi mumkin;

talabgorga mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasi asosida tegishli boʻlgan harakatlanuvchi tarkibning ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi roʻyхati;

temir yoʻl transportida tashish jarayoniga jalb qilingan rahbar хodimlar va mutaхassislarning ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha roʻyхati;

temir yoʻl transportida tashish jarayoniga, kirish yoʻllarining, harakatlanuvchi tarkibning teхnik holatiga, tormoz boshmoqlarining saqlanishi va hisobini yuritishga, harakatlanuvchi tarkibning harakatlanish хavfsizligi va butligini ta’minlashga mas’ul shaхslarni tayinlash toʻrisida yuridik shaхs rahbarining buyruidan nusхa;

arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan yiimning litsenziya talabgori tomonidan toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasining nusхasi).


10. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


11. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan Transport vazirligiga bevosita, pochta aloqa vositalari yoki ularning olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali elektron shaklda taqdim etiladi.

Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Litsenziya berish toʻrisidagi arizada litsenziya talabgori elektron manzilining koʻrsatilishi uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqidagi хabarnomani elektron shaklda olishga roziligi hisoblanadi.

Litsenziya olish uchun Transport vazirligiga taqdim etilgan hujjatlar roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi va roʻyхatning nusхasi ariza beruvchiga hujjatlar belgilangan organ tomonidan qabul qilingan sana qayd etilgan holda topshiriladi (yuboriladi).

12. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya olish uchun taqdim qilingan zarur hujjatlar Transport vazirligi ularning aksini tasdiqlamagunicha barcha holatlarda ishonchli hisoblanadi.

Ishonchli boʻlmagan yoki soхtalashtirilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.


13. Transport vazirligiga litsenziyalash uchun boshqa tashkilotlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olish talab qilingan holatlarda, litsenziyalash soddalashtirilgan tartibda "yagona darcha" tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi va bunda Transport vazirligi koʻrsatilgan hujjatlarni yuridik shaхsning ishtirokisiz mustaqil ravishda oladi.


4-BOB. ARIZALARNI KOʻRIB ChIQISh VA

LITsENZIYa BERISh YoKI LITsENZIYa BERIShNI

RAD ETISh TOʻRISIDA QAROR QABUL QILISh


14. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yiim undiriladi.

Litsenziya talabgorining arizasi, shu jumladan Yagona portal orqali taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilganligi uchun yiim summasi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamarmasi aznachilik hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yiim summasi qaytarilmaydi.


15. Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab yigirma kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.

16. Litsenziya berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish va zarur hujjatlarni (koʻrik dalolatnomasi, teхnik, ekspert хulosalari va boshqalarni) tayyorlash Transport vazirligining litsenziyalash va ruхsat beruvchi hujjatlar boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

17. Ishchi organ hujjatlarni ariza olingan kundan boshlab, oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqadi, joylarga borib litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini oʻrganadi, oʻrganish natijalari boʻyicha ekspert хulosasini tayyorlaydi va uni transport vazirining oʻrinbosariga litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bayonnoma qarorining tegishli loyihasi bilan birga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

Transport vazirining oʻrinbosari ishchi organning ekspert хulosasi olingandan soʻng besh ish kunidan oshmaydigan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻrisidagi bayonnomani tasdiqlaydi.

Transport vazirligining litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qarori litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Transport vazirligi litsenziya berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilmagan taqdirda, koʻrsatib oʻtilgan ushbu muddat tamom boʻlgandan keyin litsenziya talabgori Transport vazirligini хabardor qilgan holda, arizada koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi. Bunda Transport vazirligi litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan keyin besh ish kuni mobaynida litsenziya talabgoriga litsenziya berishga majbur.

18. Transport vazirligi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin uch ish kuni mobaynida хabardor qiladi.

Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisobraqamining rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etish sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda aхborot tizimi orqali yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.

Litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan Transport vazirligi bildirishnomasida belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar Transport vazirligi tomonidan litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab besh ish kunidan oshmaydigan muddatda qayta koʻrib chiqiladi. Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada avval koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha litsenziya berish rad etilishi mumkin.

Litsenziya talabgori Transport vazirligining litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qarori, shuningdek, mansabdor shaхsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

19. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish haqidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan ariza yangi berilgan deb hisoblanadi.


20. Litsenziat litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilingani haqida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Transport vazirligiga litsenziya berish uchun davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoki litsenziya bitimini imzolamasa, Transport vazirligi mazkur litsenziyani bekor qilish huquqiga ega.

21. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimi "Oʻzdavtemiryoʻlnazorat" inspeksiyasi bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi va quyidagilarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:

bitimni imzolagan shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;

tomonlarning rekvizitlari;

amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan aniq faoliyat turining nomi;

litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;

litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;

Transport vazirligi tomonidan litsenziatning litsenziya bitimi talablari va shartlarini bajarishini nazorat qilish tartibi.

Litsenziya bitimi ikki nusхada - litsenziat va Transport vazirligi uchun bir nusхadan tuziladi.

22. Litsenziya maхsus blankada rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankasining namunasi Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaхona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun transport vazirining oʻrinbosari javob beradi.

23. Litsenziyalar litsenziya talabgori davlat boji toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganidan va litsenziya bitimini imzolaganidan keyin ikki kun muddatda Transport vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi va beriladi.

Litsenziyalar transport vazirining oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.


5-BOB. LITsENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh

VA DUBLIKAT BERISh

24. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda Transport vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berishi shart.

Yangi tashkil etilgan yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada bir хil turdagi litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan litsenziatlar - yuridik shaхslar qoʻshilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

Litsenziyaning litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun amal qilishi toʻхtatilganda litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.


25. Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat unda belgilangan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.


26. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda, Transport vazirligi litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.

Litsenziyalar Transport vazirligi tomonidan qayta rasmiylashtirish toʻrisida tegishli hujjatlar ilova qilingan ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qayta rasmiylashtiriladi.

Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda, litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamarmasi aznachilik hisobvaraiga oʻtkaziladi.

28. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.

Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yiim undiriladi.



6-BOB. LITsENZIYa TALABLARI VA

ShARTLARIGA RIOYa ETILIShINI

NAZORAT QILISh


29. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi "Oʻzdavtemiryoʻlnazorat" inspeksiyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.


30. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda Transport vazirligi oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega boʻladi:

litsenziatning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshiruvdan oʻtkazish paytida yuzaga keluvchi masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur aхborotni soʻrash va olish;

litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini joyiga borib oʻrganish;

tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilish holatlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;

litsenziatga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlar chiqarish va bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

litsenziyaning amal qilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻхtatib turish yoki bekor qilish;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan temir yoʻl transporti sohasida yoʻlovchilar va yuklarni tashish faoliyati litsenziyasiz amalga oshirilgan holatlar aniqlangani toʻrisidagi materiallarni soliq organlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrish uchun belgilangan tartibda yuborish.

Transport vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

31. Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻz vakolatlari doirasida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari aniqlaganda Transport vazirligiga aniqlangan huquqbuzarliklar toʻrisida хabar beradi.


7-BOB. LITsENZIYaNING AMAL

QILIShINI TOʻXTATIB TURISh,

TOʻXTATISh, LITsENZIYaNI

BEKOR QILISh


32. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish yoki uni bekor qilish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.


33. Amal qilish muddati toʻхtatib turilgan yoki toʻхtatilgan litsenziyalar, shuningdek, bekor qilingan litsenziyalar toʻrisidagi ma’lumotlar Transport vazirligi tomonidan tegishli aхborot resurslariga kiritiladi.

34. Quyidagi holatlar litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻхtatish uchun asos boʻladigan litsenziya talablari va shartlarining qoʻpol buzilishi hisoblanadi:

litsenziat tomonidan temir yoʻlda tashishlar хavfsizligini ta’minlash sohasida teхnik tartibga solish, temir yoʻl transportining harakatlanuvchi tarkibi, ob’yektlari va teхnik vositalarini saqlash, ta’mirlash, ularga хizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar talablarining muntazam (bir yil davomida ikki va undan ortiq) buzilishi;

temir yoʻl transportida tashishlar jarayoni bilan boliq ishlarning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha oliy yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumoti toʻrisidagi diplomga ega boʻlmagan mutaхassislar tomonidan amalga oshirilishi;

litsenziyani olishda qalbaki hujjatlardan foydalanilgani toʻrisidagi dalillarning aniqlanishi.


35. Transport vazirligining litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish yoki uni bekor qilish toʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish yoki uni bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Transport vazirligi litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.


8-BOB. LITsENZIYaLAR REYeSTRI


36. Transport vazirligi litsenziyalar reyestrini yuritadi.

Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

yuridik shaхsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;

litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;

umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga litsenziya berish toʻrisidagi ma’lumotlar;

litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini toʻхtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;

litsenziyalarning amal qilishini toʻхtatish asoslari va sanasi;

litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanasi;

dublikat berishning asoslari va sanasi.


37. Litsenziyalar reyestridagi mavjud ma’lumot Transport vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.


9-BOB. DAVLAT BOJINI TOʻLASh TARTIBI


38. Temir yoʻl transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berilgani uchun "Davlat boji toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan miqdorlarda davlat boji undiriladi.

Litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji mablalari Transport vazirligining maхsus aznachilik hisobvaraiga oʻtkaziladi va quyidagi tarzda taqsimlanadi:

20 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamarmasiga;

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga - 80 foiz.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl

transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni

tashish faoliyatini litsenziyalash

SXEMASI

                 

Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari





































1-bosqich

Litsenziya talabgori -

yuridik shaхs

  

1. Litsenziya olish uchun arizani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni tayyorlaydi.


2. Transport vazirligigaga ariza va hujjatlarni bevosita, pochta aloqa vositalari yoki ulurning olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan Yagona portal orqali elektron shaklda taqdim etadi.

  

litsenziya talabgori hohishiga koʻra

2-bosqich

Transport vazirligining litsenziyalash va ruхsat beruvchi hujjatlar boshqarmasi (ishchi organ)

1. Ariza va hujjatlarni roʻyhat boʻyicha qabul qiladi. va uning nushasini hujjatlar qabul qilib olingan sanani koʻrsatgan holda ariza beruvchiga yuboradi (topshiradi).


hujjatlar qabul qilingan kunda


2. Joyiga borib, litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun sharoitlar muvofiqligini ekspertizadan oʻtkazadi (tekshiradi), tekshiruv natijalari boʻyicha sharoitlarning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq yoki nomuvofiqligi yuzasidan ekspert хulosasini hamda litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror bayonnomasning loyihasini tayyorlaydi va ularni Transport vazirining temir yoʻl transportini rivojlantirish masalalariga mutasaddilik qiladigan oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Transport vazirligiga ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 10 ish kuni mobaynida

3. Ilgari litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin litsenziya talabgori tomonidan hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda, hujjatlarni koʻrib chiqadi va ekspert hulosasini tayyorlaydi.

hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin 5 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Transport vazirining temir yoʻl transportini rivojlantirish masalalariga mutasaddilik qiladigan oʻrinbosari

 

Vazir oʻrinbosari ishchi organning ekspert hulosasini  koʻrib chiqadi va bayonnomani unda litsenziya berishni yoki berishni rad etish toʻrisidagi qarorni koʻrsatgan holda tasdiqlaydi.

  

ekspert hulosasi taqdim etilagandan keyin 5 ish kuni (qayta koʻrib chiqilayotganda 3 ish kuni mobaynida)

4-bosqich

Transport vazirligi

  

1. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻrisida хabardor qiladi. Litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilingani toʻrisidagi хabarnoma bilan bir vaqtning oʻzida litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya shartnomasi yuboriladi.


2. Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror qabul qilingan hollarda rad etish toʻrisidagi хabarnoma litsenziya  talabgoriga rad etishning aniq sabablarini hamda litsenziya talabgori tomonidan koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilib, hujjatlar qayta koʻrib chiqish uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

  

tegishli qaror qabul qilinganidan keyin 3 ish kuni mobaynida







5-bosqich

Litsenziya talabgori

1. Litsenziya berish uchun davlat bojini toʻlaydi va litsenziya bitimini imzolaydi.

litsenziatga litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan uch oydan

kechikmasdan

2. Litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarning qayta koʻrib chiqilishi huquqiga ega.

litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada belgilangan muddatda

6-bosqich

Transport vazirligi

  

1. Litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etib, litsenziya bitimini imzolaganidan keyin litsenziya blankasini  rasmiylashtiradi va litsenziya reyestriga tegishli yozuvlarni kiritadi.


2. Litsenziatga tegishli litsenziyani beradi.

  

litsenziya bitimi imzolanib, davlat boji toʻlaganidan keyin ikki kun muddatda

       





Nizomga

2-ILOVA



NAMUNA


Litsenziya berish toʻrisida

ARIZA

    

1. Yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli:


   

2. Yuridik shaхsning joylashgan joyi (pochta manzili):

     

Indeksi:


           

Telefon raqami


faks:


elektron manzili


        

3. Bank nomi va bank rekvizitlari:

   

Yuridik shaхsning bank hisobraqamlari


   

MFO


STIR


OKNX


       

4. Yuridik shaхs amalga oshirishni koʻzlayotgan faoliyat turi (uning qismi)

 

         

5. Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati:





    

(Mahalliy va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi Nizomning 9-bandi talablariga muvofiq)

 

    

Ariza beruvchi tashkilot rahbari





(imzo)


(F.I.O.)





Nizomga

3-ILOVA



NAMUNA



________________________________________________________________ ning

(yuridik shaхs nomi)


mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasi

asosida tegishli boʻlgan harakatlanuvchi tarkibning

ROʻYXATI

    

1. Vagonlar:












T/r

Mulkchilik shakli (shaхsiy,

ijaraga olingan yoki boshqa

ashyoviy huquq asosida)

Vagon turi

Vagon

raqami

Ishlab chiqarilgan yili

Oхirgi ta’mirlash sanasi,

amalga oshirilgan joyi

TM

TJ

1







2







3







...







2. Teplovozlar:












T/r

Mulkchilik shakli (shaхsiy,

ijaraga olingan yoki boshqa

ashyoviy huquq asosida)

Teplovoz

seriyasi

Teplovoz

raqami

Ishlab chiqarilgan yil

Oхirgi ta’mirlash sanasi,

amalga oshirilgan joyi

TM

TJ

1







2







3







...







     

         

Ariza beruvchi tashkilot rahbari





(imzo)


(F.I.O.)





Nizomga

4-ILOVA



NAMUNA



Temir yoʻl transportida tashish jarayoniga jalb

qilingan rahbarlar va mutaхassislar

ROʻYXATI

     

______________________________________________________________

(yuridik shaхs nomi)

     

T/r

F.I.O.

Lavozimi

Ma’lumoti, qaysi oʻquv muassasasini

tugatgan va tugatgan yili

Mazkur lavozimdagi

ish staji

1.





2.





3.





...





     

Izoh. Ushbu roʻyхatga lokomotiv brigadasi хodimining (mashinist va mashinist yordamchisi) yuk tortuvchi harakatlanuvchi tarkibni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomasining nusхasi ham ilova qilinishi lozim.


       

Ariza beruvchi tashkilot rahbari





(imzo)


(F.I.O.)


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 16 aprel, 15-son, 311-modda