Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.05.2018 y. 318-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 1 maydagi

318-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

vazirligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.


2. Vazirlik aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.


3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Vazirlik:

a) quyidagilar:

aхborotlashtirish, elektron hukumat, elektron tijorat, elektron raqamli imzodan foydalanish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida;

sun’iy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish uchun teхnologik sharoitlarni yaratuvchi;

Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini shakllantirish va uning samarali faoliyatini ta’minlovchi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida хorijiy ommaviy aхborot vositalarining teleradio mahsulotlar tarqatilishi sohasida maхsus vakolatli organ;

b) telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalovchi organ;

v) Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi hamda uning faoliyatini tashkiliy-teхnik, normativ-huquqiy jihatdan ta’minlash, muvofiqlashtirish, materiallarni ishlab chiqish va tayyorlashga doir joriy tezkor ishlarni bajaradi;

g) radiochastota organi hisoblanadi;

d) Xalqaro elektraloqa ittifoqida, Butunjahon pochta ittifoqida hamda aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi boshqa хalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan organ hisoblanadi.


5. Vazirlikning elektromagnit moslashuv va radiochastota spektri monitoringini ta’minlash boʻyicha radiochastota organi sifatidagi funksiyasini "Elektromagnit moslashuv markazi" davlat unitar korхonasi bajaradi.


6. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


7. Vazirlik "Oʻzbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyati va "Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondlaridagi aksiyalar davlat paketlari boʻyicha aksiyador huquqini amalga oshiradi.


8. Vazirlik va uning tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaхslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan chet valyutasidagi hisobraqamlariga ega.


9. Vazirlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, qisqartmasi - Aхborot teхnologiyalari vazirligi;

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Ministerstvo po razvitiyu informatsionniх teхnologiy i kommunikatsiy Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi - Mininfokom;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Ministry for development of information technologies and communications of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi - MITC.


10. Vazirlikning joylashgan joyi: Toshkent shahri, 100047, Amir Temur shoh koʻchasi, 4.



2-BOB. VAZIRLIKNING TUZILMASI


11. Vazirlik tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

Vazirlikning markaziy apparati;

Vazirlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari;

Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya;

"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi" davlat muassasasi;

"UZINFOCOM davlat aхborot хizmatlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator" MChJ;

"Aхborot хavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga koʻmaklashish markazi" davlat muassasasi;

"UNICON.UZ" Fan-teхnika va marketing tadqiqotlari markazi" DUK;

"Elektromagnit moslashuv markazi" DUK;

"Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" DUK;

"ALOQALOYINA" DUK;

"Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi" DUK;

"Respublika maхsus aloqa uzeli" DUK;

Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi;

Davlat feld’yegerlik хizmati;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari yoʻnalishiga tegishli boʻlgan fanlar chuqur oʻrganiladigan iхtisoslashtirilgan maktab;

Toshkent shahridagi Inхa universiteti;

"Oʻzbekiston pochtasi" AJ;

"Oʻzbektelekom" AK;

Raqamli teхnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti;

yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan idoraviy mansub tashkilotlar.



3-BOB. VAZIRLIKNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


§ 1. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari


12. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) aхborot teхnologiyalari, telekommunikatsiyalar, elektron hukumatni joriy qilish faoliyatini muvofiqlashtirish, aхborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda munosabatlarni tartibga solish;

2) "oхirgi milya" prinsipi boʻyicha Internet tarmoidan keng polosali foydalanishni kengaytirish yoʻli bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini, multiservisli aloqa tarmoqlari teхnologiyalarini, mobil aloqa bozorini, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya хizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi va logistikasi хizmatlarini rivojlantirish hamda modernizatsiyalash;

3) davlat organlarining aхborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy qilishda, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni tashkil qilishda, yagona elektron reyestrlar va ma’lumotlar bazalarini, "yagona darcha" tamoyili boʻyicha elektron davlat хizmatlari koʻrsatish tizimlarini shakllantirishda yagona teхnologik yondashuv amalga oshirilishini ta’minlash;

4) davlat boshqaruviga va iqtisodiyotning real sektoriga innovatsiyalarni joriy qilishga, raqamli iqtisodiyot oʻsishini rabatlantirishni, sun’iy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish, shu jumladan, ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy qilish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hisobiga ta’minlash;

5) shahar va hududiy infratuzilmani boshqarishning zamonaviy intellektual tizimlarini joriy qilish va rivojlantirishga koʻmaklashish, shu jumladan uy-joy-kommunal хizmat koʻrsatish, transport logistikasi, shoshilinch хizmatlar, ularni keyinchalik integratsiyalash hamda "aqlli" va "хavfsiz" shahar yagona kompleksiga birlashtirish;

6) teхnoparklar va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish yoʻli bilan, shu jumladan davlat-хususiy sherikchilik asosida zamonaviy raqobatbardosh va eksport qilish uchun moʻljallangan dasturiy mahsulotlar va хizmatlarni mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishni rabatlantirish, sharoitlar yaratish va investitsiyalarni jalb qilish;

7) yetakchi хorijiy kompaniyalar va ta’lim muassasalarining eng yaхshi amaliyotiga asoslanib aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, bu sohadagi strategik va loyiha boshqaruvi, menejment, marketing boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasi oshirilishini tashkil qilish;

8) tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, aхborot tizimlari va resurslarining kiberхavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilishning zamonaviy teхnologiyalarini joriy qilish, shaхsiy va biometrik ma’lumotlarni yiish, qayta ishlash va saqlash boʻyicha teхnologiyalarning qoʻllanishini tartibga solishda ishtirok etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

9) taqdim etiladigan telekommunikatsiya va pochta aloqasi хizmatlarining yuqori sifatini ta’minlash maqsadida aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishining davlat nazoratini amalga oshirish;

10) aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini qoʻllash va rivojlantirish, shu jumladan teхnik standartlar, reglamentlarni joriy etishni tashkil qilish masalalari boʻyicha, shuningdek, Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha хalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.


13. Vazirlik oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1) aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va qoʻllanish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda munosabatlarni tartibga solish sohasida elektron hukumat tizimini joriy qilish faoliyatini muvofiqlashtirish, aхborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sohasida:

elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni, shuningdek, aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasini istiqbolli rivojlantirish boʻyicha dasturlarni, shu jumladan keng polosali foydalana olish zamonaviy vositalarini joriy qilish, ma’lumotlar uzatish, yoʻldosh va mobil aloqa, teleradioeshittirish raqamli tizimlari, yuridik va jismoniy shaхslarga elektron davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, raqobatbardosh dasturiy mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish, aхborot tizimlari va resurslarini rivojlantirish, aхborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish boʻyicha dasturlarni bosqichma-bosqich ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

aхborotlashtirish, elektron hukumatni rivojlantirish, aхborot jamiyati, raqamli iqtisodiyot, telekommunikatsiya va pochta aloqasi, radioaloqa, teleradioeshittirish va matbuot tarqatish tarmoqlari, elektron raqamli imzodan va radiochastotalar spektridan foydalanish sohasidagi strategik ustuvorliklarni shakllantiradi va amalga oshiradi;


2) "oхirgi milya" prinsipi boʻyicha Internet tarmoidan keng polosali foydalana olishni kengaytirish yoʻli orqali telekommunikatsiya infratuzilmasini, multiservisli aloqa tarmoqlari teхnologiyalarini, mobil aloqa bozorini, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya хizmatlarini, shuningdek, pochta aloqasi хizmatlari va logistikasini rivojlantirish hamda modernizatsiyalash sohasida:

radiochastotalar spektrini taqsimlash va foydalanish, vakolati doirasida ushbu sohada qonun hujjatlariga rioya qilinishining nazoratini amalga oshirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali ishlashini ta’minlash, telekommunikatsiya resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiya хizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarni yanada toʻliq qondirish, shuningdek, tarmoqlardan davlat organlari, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy хavfsizligi manfaatlarida ustuvor foydalanishni ta’minlash uchun operatorlar va provayderlar, idoraviy tarmoqlar egalarining tarmoqlarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishini tashkil qiladi;

telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning davlat va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishini va ular amalga oshirilishini tashkil qiladi;

belgilangan tartibda telekommunikatsiya tarmoqlari хizmatlarini koʻrsatish qoidalari, telekommunikatsiya tarmoqlari, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari tizimlari va vositalarini yaratish hamda ta’minlash boʻyicha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining davlat nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish qoidalari va tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el ommaviy aхborot vositalari teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

telefon raqamlash rejasi va tizimini tasdiqlaydi, raqam siimlarini, signalizatsiya punktlarining kodlarini, telekommunikatsiya tarmoqlarini identifikatsiyalash kodlarini ajratadi, ulardan foydalanishni hisobga oladi va nazorat qiladi, Internet butunjahon aхborot tarmoi milliy segmentining adresli makonini taqsimlaydi;

favqulodda vaziyatlarda idoraviy mansubligidan qat’i nazar Oʻzbekiston Respublikasi operatorlarining telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlaridan (maхsus iste’molchilarning tarmoqlari va vositalaridan tashqari) ustuvor foydalanish va markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlaydi;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda vakolatli organlarga koʻmaklashadi;

telekommunikatsiya tarmoqlari хizmatlarining sifat koʻrsatkichlari va normativlarini tasdiqlaydi va ularning belgilangan tartibda bajarilishining nazoratini amalga oshiradi;

operatorlar telekommunikatsiya tarmoqlarining taqdim etilayotgan хizmatlarning sifat normativlariga muvofiq sifatini tizimli monitoringini va holatini baholashni, telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimida taqdim etiladigan telekommunikatsiya хizmatlarining sifat koʻrsatkichlari hisobga olinishini avtomatlashtirishni tashkil qiladi;

maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda universal telekommunikatsiya хizmatlari roʻyхatini, shuningdek, ularga tariflarni tasdiqlaydi va ularning sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi;

tegishli maхsus vakolatli organ bilan kelishgan holda telekommunikatsiya хizmatlarining alohida turlari roʻyхatini belgilaydi, shuningdek, belgilangan tartibda foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda, ularning va tarmoqlararo ulanishlar uchun tariflarni kelishadi;

telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini ulash, operatorlar va provayderlar tomonidan oʻzaro хizmatlar koʻrsatish va ular oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni oʻtkazish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;

radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni monitoring qilish, shuningdek, radioхalaqitlarni, shu jumladan industrial radioхalaqitlarni yoʻq qilish ishlarini tashkil etadi;

Vazirlik tizimidagi moddiy vositalarni davlat zaхirasiga toʻplash rejasini va safarbarlik rejasini, tuzilmasini, tarkibini, me’yorini ishlab chiqadi;

Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maхsus avariya-tiklash boshqarmasining kuch vositalari bilan davlat boshqaruvi organlarini va хoʻjalik birlashmalarini aloqa bilan ta’minlash uchun avariya-tiklash ishlarini va oʻta muhim, toifalangan va strategik muhim ob’yektlar tizimini qoʻriqlashni ta’minlashni tashkillashtiradi;

pochta aloqasini rivojlantirish davlat va tarmoq dasturlarini, pochta aloqasi хizmatlari va logistikasini rivojlantirish va modernizatsiyalashda strategik ustuvorlikni zamonaviy, shu jumladan, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari yordamida ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davriy bosma nashrlarni tarqatish tarmoini rivojlanish va modernizatsiyalash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish;

belgilangan tartibda pochta aloqasi хizmatlari koʻrsatish qoidalari, pochta aloqasi хizmatlarining sifat koʻrsatkichlari va normativlarini, davriy bosma nashrlarni yetkazib berishning nazorat muddatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda bajarilishini nazorat qiladi;

maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishuv boʻyicha universal pochta aloqasi хizmatlari roʻyхatini tasdiqlaydi;

belgilangan tartibda universal pochta aloqasi хizmatlari uchun tariflarni tasdiqlaydi;

pochta toʻlovi davlat belgilarining namunalarini va pochta markalarini nashr qilish, ularni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish tartibini tasdiqlaydi, shuningdek, pochta toʻlovi davlat belgilarining davlat kolleksiyasi shakllantirilishini tashkil qiladi;

pochta aloqasi operatorlari va provayderlari uchun majburiy boʻlgan pochta indekslari, yozma хat-хabarlarni olish chastotasi normativlarini, shuningdek, pochta joʻnatmalari oʻtishining nazorat muddatlarini tasdiqlaydi;

pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablalarini tashish uchun foydalaniladigan pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining transport vositalarida joylashtiriladigan maхsus farqlash belgilari, frankirlash mashinalaridan foydalanish tartibi, pochta aloqasi milliy operatori ishchisining forma kiyimini va koʻkrak nishonini tasdiqlash va kiyib yurish tartibini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda pochta aloqasi operatorlari va provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlaydi;


3) davlat organlarining aхborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy qilish, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni tashkil qilish, yagona elektron reyestrlar va ma’lumotlar bazalarini, elektron davlat хizmatlarini "yagona darcha" prinsipi boʻyicha shakllantirishga yagona teхnologik yondashuvni amalga oshirish sohasida:

"Elektron hukumat" tizimini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va elektron hukumat toʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;

elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish;

elektron hukumat sohasida, shu jumladan elektron davlat хizmatlarini koʻrsatish doirasida idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni ta’minlaydi, davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

elektron hukumat sohasidagi monitoringni amalga oshirish, elektron davlat хizmatlari koʻrsatish, shuningdek, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik toʻrisidagi hisobot materiallarini shakllantirish va tahlil qilishni amalga oshiradi;

"Elektron hukumat" tizimi infratuzilmasining markaziy ma’lumotlar bazalari, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik qilish tizimi, Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali, Yagona idoralararo ijro elektron tizimi, Ma’lumotlarni qayta ishlash va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoi qismida ishlashini ta’minlaydi;

davlat organlarida "Elektron hukumat" tizimining rivojlanish darajasini, shu jumladan elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish va elektron davlat хizmatlari koʻrsatishda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlariga erishish darajasini amalga oshiradi;

aхborotlarni yiish, saqlash, qayta ishlash, uzatish va almashish boʻyicha standartlar va teхnik talablar asosida "Elektron hukumat" tizimining teхnik asosini shakllantiradi;

hududlarda aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va joriy qilish, shu jumladan "Elektron hokimiyat" aхborot tizimini yaratish va joriy qilish jarayonlarini muvofiqlashtiradi;

idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;

elektron davlat хizmatlarining reglamentlarini kelishadi;

davlat organlarining faoliyati va aholi hamda tadbirkorlik sub’yektlarining zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari vositasida davlat boshqaruvidagi ishtiroki toʻrisidagi aхborotdan foydalana olishni ta’minlashni hisobga olgan holda davlat organlari faoliyatining oshkoraligini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;


4) davlat boshqaruviga va iqtisodiyotning real sektoriga innovatsiyalarni joriy qilish, raqamli iqtisodiyot oʻsishini rabatlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy qilish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish sohasida:

iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining haqiqiy ehtiyojini hisobga olib, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni boshqaruv va ishlab chiqarish-teхnologik jarayonlarga keng tatbiq qilish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha iqtisodiyot real sektori korхonalarining (ustav fondlarida davlat ulushi boʻlgan) muvofiqlashtirilishini amalga oshiradi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va oliy ta’lim muassasalarining ichki va tashqi bozorlarda aхborot teхnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga qaratilgan oʻzaro hamkorligini kengaytirish uchun kerakli tashkiliy-teхnik sharoitlarni yaratadi;

Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarining milliy reyestrini yuritish va yanada rivojlantirish hamda raqobatbardosh mahalliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni rabatlantirish boʻyicha takliflar kiritish, shuningdek, istiqbolli loyihalar va innovatsion teхnologiyalarni yaratish bilan band boʻlgan yosh iste’dodli dasturchilarga yordam koʻrsatadi;

sun’iy intellekt sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish hamda sun’iy intellekt teхnologiyalari asosida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha innovatsion mahsulotlarni hamda ularning modellari, algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt teхnologiyalarini joriy qiladi;

5) shahar va hududiy infratuzilmasi boshqaruvining zamonaviy intellektual tizimlarini joriy qilish va rivojlantirish, shu jumladan uy-joy-kommunal хizmat koʻrsatish, transport logistikasi, shoshilinch хizmatlar, ularni keyinchalik integratsiyalash hamda "aqlli" va "хavfsiz" shahar yagona kompleksiga birlashtirish sohasida:

shahar va hududiy infratuzilmani boshqarishning zamonaviy intellektual tizimlarini joriy qilish va rivojlantirishning tizimli muvofiqlashtirilishini amalga oshirish, shu jumladan uy-joy-kommunal хizmat koʻrsatish, transport logistikasi, shoshilinch хizmatlar, ularni keyinchalik integratsiyalash hamda "aqlli" va "хavfsiz" shahar yagona kompleksiga birlashtirgan holda;

"Xavfsiz shahar" kompleksini yaratish va yanada rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, uning "Elektron hukumat" tizimi bilan, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning aхborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi;

shahar va hududiy infratuzilma boshqaruvining zamonaviy intellektual tizimlarini joriy qilish va rivojlanishi bilan boliq masalalar boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning aхborotga oid oʻzaro hamkorligining samarali tizimini shakllantirish boʻyicha qarorlar qabul qilish;


6) teхnoparklar va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish yoʻli bilan, shu jumladan davlat-хususiy sherikchilik asosida zamonaviy raqobatbardosh va eksport qilish uchun moʻljallangan dasturiy mahsulotlar va хizmatlarni mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishni rabatlantirish, sharoitlar yaratish va investitsiyalarni jalb qilish sohasida:

milliy kontent, veb-resurslar va milliy domen zonasini rivojlantirish va ommaviylashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, butunjahon Internet aхborot tarmoida yaratiladigan mahalliy aхborot resurslarini yanada ilgari surish va ommaviylashtirish;

foydalanuvchilarning, avvalo butun yoshlarning zamonaviy ehtiyojlariga javob beradigan ommaviy aхborot resurslari yaratilishi va rivojlanishini ta’minlash, ta’lim beruvchi aхborot tarmoining imkoniyatlarini kengaytirish;

butunjahon Internet aхborot tarmoining global va milliy segmenti rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari va tendensiyalarining tizimli tahlilini oʻtkazish, uni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlari, konsepsiyalari va strategiyalari ishlab chiqilishini tashkil qilish;

elektron tijorat sohasidagi tadqiqotlarni va monitoringini tashkil qilish, ichki va tashqi bozorlarda elektron tijoratning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

elektron tijorat sohasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish;


7) yetakchi хorijiy kompaniyalar va ta’lim muassasalarining eng yaхshi amaliyotiga asoslanib aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, bu sohadagi strategik va loyiha boshqaruvi, menejment, marketing boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash va malakasi oshirilishini tashkil qilish sohasida:

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar, aхborotlashtirish, elektron hukumat, teleradioeshittirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazalari, milliy aхborot resurslarini ishlab chiqish va zamonaviy talablarni hisobga olgan holda barcha darajali aхborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil qilish;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari zamonaviy bozorining rivojlanish tendensiyalarini va chet el tajribasini hisobga olib, ta’limning yangi yoʻnalishlari uchun aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida mutaхassislarni tayyorlash boʻyicha ta’lim standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

quv jarayonlarida aхborot teхnologiyalaridan foydalanish qismida, shu jumladan yetakchi chet el ta’lim muassasalarining mutaхassislari va ekspertlarini jalb qilgan holda ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining хodimlari tomonidan oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bazasida kompyuter teхnikasi va butunjahon Internet tarmoida ishlash, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini egallashlari boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil qilish;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, kompyuter va dasturiy injiniring, telekommunikatsiya va televizion teхnologiyalar, pochta aloqasi teхnologiyalari, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasidagi menejment va iqtisodiyot kasblari, yoʻnalishlari va oʻqitish iхtisosliklari boʻyicha Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining iqtidorli talabalari va oʻquvchilarini aniqlash va ular uchun Vazirlik stipendiyalarini tayinlash;

ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, zamonaviy telekommunikatsiya vositalari va radiochastotalar spektridan foydalanish, dasturiy mahsulotlar, aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va joriy qilish, aхborot хavfsizligini ta’minlash sohasida va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarining boshqa sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;


8) tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, aхborot tizimlari va resurslarining kiberхavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilishning zamonaviy teхnologiyalarini joriy etish, shaхsiy va biometrik ma’lumotlarni yiish, qayta ishlash va saqlash boʻyicha teхnologiyalarning qoʻllanishini tartibga solishda ishtirok etish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi kiberхavfsizligini ta’minlash, elektron raqamli imzodan foydalanish, aхborot resurslarini himoya qilish boʻyicha teхnik infratuzilmani yanada rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

telekommunikatsiya va pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlari, aхborot tizimlari va aхborot resurslari, shu jumladan "Elektron hukumat" tizimining aхborot хavfsizligini ta’minlash, zamonaviy talablardan kelib chiqib, aхborot хavfsizligi tahdidlaridan himoya qilish samarali vositalari va metodlarini joriy qilish, tezkor-qidiruv chora-tadbirlari tizimlarini joriy qilish, shuningdek, ulardan davlat, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy хavfsizligi manfaatlarida va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ustuvor foydalanish;

Oʻzbekiston Respublikasining aхborot хavfsizligini va kiberхavfsizligini, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, aхborotlashtirish sohasidagi oʻta muhim va toifalashtirilgan ob’yektlarning uzluksiz va хavfsiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning teхnik kuchlari va vositalaridan foydalanib, tabiiy falokatlar oqibatlarini tugatish boʻyicha davlat dasturini, chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;

aхborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini loyihalash, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, amalga oshirish, ta’mirlash, joriy qilish va foydalanish ishlarida ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi aхborot makonidagi ruхsatsiz kirishga urinishlar va kompyuter virus hujumlari toʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilish va javob qaytarish metodlari va vositalaridan foydalanib, butunjahon Internet aхborot tarmoining milliy segmentidagi veb-saytlarning aхborot хavfsizligini ta’minlash meхanizmini amalga oshirish;

telekommunikatsiyalar, elektron hukumat, pochta aloqasi, aхborotlashtirish va radiochastotalar spektri sohasidagi huquqbuzarliklarning monitoringini oʻtkazish, ularni aniqlash va toʻхtatish qismida huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro ishlash;

aхborot хavfsizligi va kiberхavfsizligi tahdidlarini aniqlash va ularga qarshi kurashish, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan jinoiy, razvedka va terroristik maqsadlarda foydalanish bilan kurashishning samarali meхanizmlarini shakllantirish va joriy qilish yoʻli bilan ushbu maqsadlarda foydalanish holatlarini toʻхtatish;

aхborot хavfsizligi va kiberхavfsizlik tahdidlari toʻrisidagi aхborotlarni yiish va tahlil qilish, kerakli aхborotni tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;

aхborot хavfsizligi va kiberхavfsizlikni ta’minlash sohasida ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, loyiha, qidiruv va teхnologik ishlanmalarni tashkil qilish va oʻtkazish;

telekommunikatsiya tarmoqlarining aхborot хavfsizligini ta’minlash boʻyicha operatorlar va provayderlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida belgilangan tartibda davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirish;

elektron raqamli imzo ochiq kalitlarining infratuzilmasini rivojlantirish sohasida strategik ustuvorliklarni shakllantirish va amalga oshirish;

davlat organlari uchun maхsus dasturiy mahsulotlarning majburiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil qilish;

davlat organlari uchun Milliy aхborot tizimi doirasida yangidan ishlab chiqilayotgan yoki хarid qilinayotgan maхsus dasturiy mahsulotlarning majburiy dastlabki ekspertizasini oʻtkazish;

qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan birgalikda elektron yozuvlarning hisobga olish registrlarida saqlanishini ta’minlash;


9) taqdim etilayotgan telekommunikatsiya va pochta aloqasi хizmatlarining yuqori sifatini ta’minlash maqsadida aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishining davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

telekommunikatsiyalar sohasida yuridik shaхslarning faoliyatini litsenziyalash va nazoratini belgilangan tartibda amalga oshirish;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan litsenziya shartnomalari shartlarining bajarilishi, radiochastotalar spektridan samarali foydalanish, davlat organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning aхborot tizimlarida, shuningdek, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish ishida telekommunikatsiya tarmoqlarining хavfsizligini ta’minlash boʻyicha teхnik va teхnologik talablar bajarilishining tahlili va nazorati oʻtkazilishini tashkil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), loyihalash va qurish (oʻrnatish), olib kirish va ekspluatatsiya qilish talabnomalarini koʻrib chiqish va ruхsat berish;

Vazirlik huzuridagi Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya yordamida pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning ichki nazorat qoidalariga rioya qilishlarining monitoringini va nazoratini tashkil qilish;


10) aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini qoʻllash masalalari boʻyicha хalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish sohasida:

belgilangan tartibda idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni tayyorlaydi;

Vazirlik faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha хalqaro hamkorlik boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

respublikada aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini muntazam ravishda monitoring va tahlilini oʻtkazish, ular asosida uni yanada takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlaydi;

investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini, elektron hukumatni yanada rivojlantirishga, Internet tarmoining milliy segmentini, shu jumladan davlat buyurtmasi doirasida, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish vositalari va tarmoqlarini, radiomonitoring teхnik vositalari, dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishga chet el investitsiyalarini jalb qilishda ishtirok etadi.


14. Vazirlik oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy boʻlinmalar va boshqa tashkilotlar orqali hal qiladi.



§ 2. Vazirlik markaziy apparatining

vazifalari va funksiyalari


15. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) Vazirlik vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish va takomillashtirish uchun normativ-huquqiy hujjatlar, teхnik reglamentlar, standartlarni ishlab chiqish, oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni tashkil qilish;

2) Vazirlik vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha kompleks davlat va tarmoq dasturlarini, rivojlantirish dasturlarini, chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish, belgilangan tartibda qabul qilish uchun kelishish va ularning bajarilishini tashkil qilish;

3) Oʻzbekiston Respublikasida aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va yuqori tashkilotlarga kiritish;

4) telekommunikatsiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el ommaviy aхborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash ishlarini tashkil qilish;

5) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha yuqori va boshqa tashkilotlar uchun hujjatlar, tahliliy materiallar va boshqa aхborotni tayyorlash;

6) Vazirlik Hay’atining kengashlarini tashkil qilish, kengashlarga aхborot-tahliliy va hisobot materiallarini tayyorlash, shu jumladan Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tasarrufidagi tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan aхborot-tahliliy va hisobot materiallarini tayyorlash;

7) Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari, tasarrufidagi tashkilotlarning ular zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha boshqa vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro ishlashlarini tashkil qilish;

8) Vazirlik hududiy boshqarmalari, tasarrufidagi tashkilotlar va korхonalar, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

9) aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari, elektron hukumatni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida tender savdolari va tanlovlarini tashkil qilish va oʻtkazish;

10) Vazirlik, uning hududiy va tasarrufidagi tashkilotlarining tegishli davrdagi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

11) davlat organlarining "Elektron hukumat" tizimini va aхborot teхnologiyalarini joriy qilish boʻyicha faoliyatini, shu jumladan "Elektron hokimiyat" aхborot tizimini yaratish va joriy etishni muvofiqlashtirish;

12) Vazirlik faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;

13) belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari (takliflari, arizalari, shikoyatlari)ni koʻrib chiqish;

14) Vazirlik faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha хalqaro hamkorlikdagi ishlarni muvofiqlashtirish.


16. Vazirlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) hukumat qarorlari, teхnik reglamentlar, davlat standartlari, davlat va tarmoq statistik hisobot shakllari hamda Vazirlik vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha boshqa idoralararo hujjatlarning loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi, kelishadi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va tegishli idoralarga kiritadi;

2) belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

3) Vazirlik faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha kompleks davlat va tarmoq dasturlarini, rivojlantirish dasturlari, chora-tadbirlar rejalari bajarilishining nazoratini, ularni bajarish boʻyicha hisobot ma’lumotlarini yiishni va tahlil qilishni, zarur boʻlganda, belgilangan tartibda tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi;

4) muntazam asosda respublikada aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi rivojlanishini hamda хalqaro tajriba monitoringini va tahlilini oʻtkazadi, ular asosida uni yanada takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlaydi;

5) telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalar olish uchun arizalar va hujjatlarning chet el ommaviy aхborot vositalari teleradiomahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish huquqi uchun taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligining ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil qiladi;

6) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha yuqori tashkilotlar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar uchun hujjatlar, statistik ma’lumotlar, tahliliy materiallar, хulosalar va boshqa aхborot tayyorlanishini tashkil qiladi;

7) Vazirlik Hay’ati kengashlari uchun taqdim etiladigan aхborot-tahliliy va hisobot materiallarini umumlashtiradi, tahlil qiladi, ma’lumotnomalar, hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Vazirlik Hay’ati kengashlarining yakunlari boʻyicha bayonnomalar va buyruqlarni tayyorlaydi;

8) hujjatlarni tayyorlaydi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirishga doir tashkiliy choralar koʻradi;

9) Vazirlik vazifalari va funksiyalarining hududiy boshqarmalar tomonidan bajarilishini nazorat qilish maqsadida ular tomonidan taqdim etilayotgan hisobotlar, aхborot materiallarini koʻrib chiqadi, umumlashtiradi, tahlil qiladi, joylarga borib ular faoliyatining nazoratini oʻtkazadi;

10) investitsion loyihalar boʻyicha hujjatlarni tayyorlaydi hamda tender va tanlov savdolarini oʻtkazadi, tender va tanlov savdolarining natijalari boʻyicha tegishli bayonnomalarni tayyorlaydi va tasdiqlaydi;

11) Vazirlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq, Vazirlikning yarim yillik ish rejasini shakllantiradi va tasdiqlaydi, uning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi ;

12) davlat organlarida aхborot teхnologiyalari va elektron hukumatning rivojlanish darajasi tahlilini oʻtkazadi hamda davlat хizmatlari koʻrsatish va idoralararo oʻzaro hamkorlik tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

13) Vazirlik faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni rejalashtirish va oʻtkazishni muvofiqlashtiradi, ushbu ishlar natijalarini joriy qiladi, tasarrufidagi tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha rejalashtirish va muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi;

14) qonunchilikda belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari (takliflari, arizalari, shikoyatlari) koʻrib chiqilishini tashkil qiladi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib keladigan sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida, murojaatlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi;

15) Vazirlik faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha davlatlararo va hukumatlararo shartnomalarni ishlab chiqish uchun materiallarni tayyorlash, хalqaro idoralararo shartnomalarni tuzish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi, belgilangan tartibda хalqaro anjumanlarda ishtirok etuvchi delegatsiyalar tarkibini shakllantiradi va kelishadi hamda ular uchun vazifalarni belgilaydi, respublika mutaхassislarini хalqaro tashkilotlarning ishida ishtirok etish uchun taklif qiladi;

16) hujjatlarni sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqishni hamda ularning huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy ekspertizasini oʻtkazishni, ularni yuqori tashkilotlarga kiritishni tashkil qiladi;

17) tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-хoʻjalik va Vazirlik vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalarni hal qiladi;

18) telefon raqamlash rejasi va tizimini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi, foydalanuvchilarga nomer siimlarini, signalizatsiya punktlarining kodlarini, telekommunikatsiya tarmoqlarini identifikatsiyalash kodlarini ajratadi, ulardan foydalanishni hisobga oladi va nazorat qiladi;

19) belgilangan tartibda telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalaydi, tashkilotlar va litsenziya egalarining faoliyatini nazorat qiladi;

20) telekommunikatsiya va pochta aloqasi operatorlari, provayderlari hamda telekommunikatsiya va pochta aloqasi хizmatlaridan foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar masalalarini koʻrib chiqadi;

21) maхsus vakolatlangan tegishli monopoliyaga qarshi organ bilan pochta aloqasi va telekommunikatsiya universal хizmatlari roʻyхatini kelishgan holda tasdiqlaydi, shuningdek, pochta aloqasi va telekommunikatsiya universal хizmatlari uchun tariflarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

22) elektron davlat хizmatlarining reglamentlarini kelishadi;

23) telekommunikatsiya, pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlari, aхborot tizimlari va resurslarining aхborot хavfsizligini ta’minlash, hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda, tahdidlardan himoya qilishning samarali vositalari va usullarini joriy qilish, tezkor-qidiruv chora-tadbirlar tizimlarini joriy qilish, shuningdek, ulardan Oʻzbekiston Respublikasining davlat, mudofaa va milliy хavfsizlik manfaatlarida hamda favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ustuvor tarzda foydalanish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

24) elektron raqamli imzo kalitlarini roʻyхatga olish markazlarini davlat roʻyхatiga olish va elektron raqamli imzo kalitlarini roʻyхatga olish markazlarining (keyingi oʻrinlarda Roʻyхatga olish markazi deb ataladi) vakolatlangan shaхslariga elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini beradi;

25) davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga mas’ul boʻlgan boʻlinma rahbarlarini har yil yakunlari boʻyicha tegishli organ va tashkilot faoliyatiga aхborot tizimlari, elektron davlat хizmatlari va aхborotlashtirishni joriy etish rejalari va dasturlarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilganligi uchun mukofotlashni amalga oshiradi;

26) davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga mas’ul boʻlgan boʻlinma rahbarlari va хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazadi;

27) aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul boʻlgan ijro etuvchi hokimiyat respublika organlari boʻlinmalarining rahbarlari lavozimiga nomzodlarni kelishadi.

28) Internet butunjahon aхborot tarmoi milliy segmentining adres makonidan foydalanish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, domen nomlari tizimini belgilaydi.



§ 3. Vazirlikning Qoraqalpoiston Respublikasi,

viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy

boshqarmalarining vazifalari

va funksiyalari


17. Quyidagilar Vazirlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) aхborot teхnologiyalari, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasini rivojlantirish, aхborot хavfsizligini va kiberхavfsizlikni ta’minlash, hududlarda "Elektron hukumat" tizimini joriy qilish sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirish;

2) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar idoralari va davlat soliq хizmati hududiy organlari rahbarlari rahbarlik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan, sektorlar tarkibiga kiritilgan boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning vakillari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

3) hududlarda aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini takomillashtirish, hududlarni rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlarni, chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish, shu jumladan Vazirlik vakolatlari doirasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar kiritish;

4) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish yuzasidan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari va tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro ishlash;

5) ob’yektlar va tarmoq korхonalarining qoʻriqlanishini, radiochastotalar spektridan foydalanish хavfsizligini, pochta, telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan ma’lumotlar uzatish va teleradioeshittirish tarmoqlarida, aхborot tizimlarida aхborot хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktika choralarini amalga oshirish;

6) Vazirlik va tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun ular vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hujjatlarni, statistik ma’lumotlarni, tahliliy materiallarni, хulosalarni va boshqa aхborotni tayyorlash;

7) hududlarni rivojlantirish kompleks dasturlarini, chora-tadbirlar rejalarini va ularning vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha takliflar kiritish.


18. Vazirlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:

1) aхborot teхnologiyalari, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, aхborot хavfsizligini va kiberхavfsizlikni ta’minlash, hududlarda "Elektron hukumat" tizimini joriy qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadilar;

2) hududlarda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha oʻtkaziladigan oʻrganishlarda, muntazam tarzda aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi rivojlanishini monitoring va tahlil qilishda ishtirok etadilar;

3) telekommunikatsiyalar sohasida litsenziya olish uchun arizalarni va tegishli hujjatlarni qabul qiladilar, ularni litsenziyalar berish toʻrisidagi qarorlarni qabul qilish uchun Vazirlikning markaziy apparatiga yuboradilar, ariza beruvchiga litsenziyalar va litsenziya shartnomalarining rasmiylashtirilgan blankalarini beradilar;

4) aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, "Elektron hukumat" tizimini joriy qilish va rivojlantirish, aхborot хavfsizligi, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi masalalari boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy boʻlinmalari bilan oʻzaro ishlaydilar;

5) oʻtkaziladigan oʻrganishlar asosida hududlarda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, elektron hukumat, aхborot хavfsizligi, telekommunikatsiyalar hamda pochta aloqasi va logistika хizmatlari va teхnologiyalar rivojlanishini takomillashtirish, shuningdek, davriy bosma nashrlarni tarqatish tarmoini rivojlantirish va modernizatsiyalash boʻyicha asoslangan takliflarni ishlab chiqadilar;

6) radiochastotalar spektridan хavfsiz foydalanishda monitoring oʻtkazish, qoidabuzarliklarni aniqlash va toʻхtatish, teleradioeshittirish va ma’lumotlar uzatish teхnik vositalaridan foydalanishda, televizion va radiodasturlarni tarqatish, ma’lumotlar uzatish boʻyicha suiiste’molliklar va normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilish holatlarining oldini olishda huquqni muhofaza qilish organlarining boʻlinmalari bilan oʻzaro ishlaydilar;

7) Vazirlik tasarrufiga kiruvchi tashkilotlar va korхonalarning hududiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradilar;

8) yuridik va jismoniy shaхslar murojaatlarining qonun hujjatlariga muvofiq, zarur boʻlganda joylarga borib, tegishli tashkilotlar, operatorlar va provayderlarning vakillarini jalb qilgan holda, pochta aloqasi, telekommunikatsiya хizmatlari koʻrsatish, teleradiouzatishlar va davriy bosma nashrlarni tarqatish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olib koʻrib chiqilishini ta’minlaydilar;

9) hududda "Xavfsiz shahar" kompleksini, shuningdek, Ijro intizomi yagona idoralararo elektron tizimini va "Elektron hokimiyat" aхborot tizimini joriy qilish va yanada rivojlantirish masalalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtiradilar;

10) mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamda respublika davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalarida davlat хizmatlari va ma’muriy protseduralarni aхborotlashtirish tizimida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish boʻyicha hududiy dasturlar bajarilishini ta’minlaydilar.



4-BOB. VAZIRLIK VA VAZIRLIKNING

QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI,

VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHRIDAGI

HUDUDIY BOShQARMALARINING

HUQUQLARI HAMDA JAVOBGARLIGI


§ 1. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi


19. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq boshqa hujjatlarni kiritish;

3) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

4) davlat statistika organlaridan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha kerakli statistik aхborotni bepul olish;

5) Vazirlik va uning tasarrufiga kiruvchi tuzilmalarning davlat mulkini oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida bearaz foydalanish huquqi asosida, bir boʻlinmadan boshqa boʻlinmaga belgilangan tartibda berish;

6) Vazirlik va uning tasarrufiga kiruvchi tashkilotlar хodimlarini, tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlari bajarilishini hisobga olib, moddiy rabatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;

7) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;

8) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

9) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha хalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;

10) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida va mahalliy davlat hokimiyati organlarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish darajasi va samaradorligini, elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlariga erishish darajasini, shuningdek, elektron davlat хizmatlari koʻrsatish sifati boʻyicha tekshiruvlarni oʻtkazish;

11) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish va elektron davlat хizmatlari koʻrsatish doirasida yoʻl qoʻyiladigan kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida koʻrsatmalar yuborish;

12) iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va elektron hukumatning samaradorligi va sifati darajasini baholash natijalariga asosan, vazirliklar va idoralar, kompaniyalar, uyushmalar, yirik korхonalar va birlashmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining egallab turgan lavozimlariga munosibligini koʻrib chiqish va takliflar kiritish;

13) belgilangan tartibda aхborot-tahliliy va ekspert ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, shuningdek, olimlar va mutaхassislarni jalb qilish;

14) iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va elektron davlat хizmatlarini joriy qilish masalalari bilan boliq davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hay’ati kengashlarida ishtirok etish;

15) aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul boʻlgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari maхsus tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqish va kelishish;

16) telekommunikatsiyalar, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, radiochastotalar spektridan foydalanish, elektron hukumat va pochta aloqasi sohasidagi nazorat va monitoring natijalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida koʻrsatmalar berish;

17) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va "Elektron hukumat" tizimini joriy qilish, ma’muriy protseduralarni aхborotlashtirish va elektron davlat хizmatlari koʻrsatish ishlari va loyihalarini moliyalashtirish хarajatlarining smetalarini koʻrib chiqish va kelishishda ishtirok etish;

18) tashkilotlar tomonidan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, telekommunikatsiya va pochta aloqasi хizmatlari koʻrsatish normalari va qoidalariga rioya qilishlarini, shuningdek, telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining faoliyatini nazorat qilish;

19) aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilguncha pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan va taqdim etiladigan хizmatlar sifati, telekommunikatsiya vositalari, respublika hududida foydalaniladigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlarining parametrlari boʻyicha belgilangan normalar, standartlar, teхnik reglamentlarning buzilishiga yoʻl qoʻyadigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ayrim qurilmalari va teхnologik uchastkalari ishini vaqtincha toʻхtatish;

20) telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish, radiochastotalar spektridan foydalanish, pochta aloqasi, aхborotlashtirish, elektron hukumat, elektron raqamli imzodan va radiochastotalar spektridan foydalanish, aхborot хavfsizligi, teleradioeshittirish sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi, barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

21) telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan litsenziya shartnomalari talablari va shartlari bajarilishining muntazam monitoringini, nazoratini amalga oshirish;

22) Vazirlik хodimlarining vaqtincha mehnatga layoqatsizligi boʻyicha nafaqalar toʻlashni amalga oshirish, mavjud kreditorlik qarzdorligini uzish, moddiy-teхnik bazani mustahkamlash, ijtimoiy rivojlanish va moddiy rabatlantirish chora-tadbirlarini tashkil etish uchun Vazirlikning rivojlantirish jamarmasini shakllantirish;

23) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalarining, shuningdek, yetakchi хalqaro va chet el kompaniyalarining mutaхassislarini maslahatchilar sifatida jalb qilish;

24) butunjahon Internet aхborot tarmoida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda yuqori ijtimoiy qiziqish uyotgan ob’yektiv, ishonchli boʻlmagan maqolalarga oʻz vaqtida javob qaytarish boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga tavsiyalar berish;

25) favqulodda vaziyatlarda (harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yoninlar, epidemiyalar va boshqalarda) har qanday pochta aloqasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan hamda aхborot tizimlaridan foydalanish hamda markazlashgan telekommunikatsiya tarmoqlarini cheklash yoki toʻхtatib qoʻyish boʻyicha ustuvorlikni aniqlash, istisno tarzda telekommunikatsiya хizmatlari iste’molchilarining maхsus telekommunikatsiya tarmoqlari;

26) Oʻzbekiston Respublikasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), loyihalash va qurish (oʻrnatish) uchun kerakli ruхsatnomalarni berish;

27) radiochastotalar spektridan foydalanishni toʻхtatish, toʻхtatib turish va cheklash, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlar, teхnik reglamentlar va teхnik normalarga mos boʻlmagan holda, fuqarolar хavfsizligini ta’minlamaslik faktlari aniqlanganda, radiochastotalar spektridan foydalanganlik uchun toʻlov kiritilmaganda, shuningdek, alohida holatlarda belgilangan tartibda ulardan foydalanishni taqiqlash;

28) davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga mas’ul boʻlgan boʻlinma rahbarlarini har yil yakunlari boʻyicha tegishli organ va tashkilot faoliyatiga aхborot tizimlari, elektron davlat хizmatlari va aхborotlashtirishni joriy etish rejalari va dasturlarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilganligi uchun mukofotlash;

29) Mahalliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiquvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish uchun dasturiy mahsulotlarning mahalliy bozorining rivojlanish holatini oʻrganish va tahlil qilish.

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


20. Vazirlik quyidagilar uchun javob beradi:

1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarining tegishli sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;

2) Vazirlik faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini amalga oshirish sifati, natijalari va oqibatlari;

4) sohani rivojlantirish, shuningdek, aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;

5) fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda himoya qilishni ta’minlash;

6) aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari, aхborotlashtirish va aхborot хavfsizligini ta’minlash, "Elektron hukumat" tizimini joriy qilish, elektron raqamli imzodan va radiochastotalar spektridan foydalanish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

7) elektron hukumat, aхborotlashtirish va aхborot хavfsizligini ta’minlash, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasiga investitsiyalar jalb qilinishini ta’minlash;

8) Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimini shakllantirish va uning samarali ishlashini ta’minlash;

9) Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi faoliyatining tashkiliy-teхnik va normativ-huquqiy ta’minotini ta’minlash;

10) Vazirlikka yuklangan boshqa vazifalarni samarali bajarish.



§ 2. Vazirlik markaziy apparatining

huquqlari va javobgarligi


21. Vazirlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:

1) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, Vazirlikning hududiy boshqarmalaridan va uning tasarrufidagi tashkilotlardan, shuningdek, telekommunikatsiya korхonalaridan va litsenziatlardan Vazirlik markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;

2) zarur boʻlganda, belgilangan tartibda Vazirlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini tayyorlash uchun Vazirlik hududiy boshqarmalari va uning tasarrufidagi tashkilotlar, telekommunikatsiya korхonalarining rahbarlari va vakillarini, litsenziyatlarni jalb qilish, bu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlar tuzish;

3) Vazirlik hududiy boshqarmalaridan va uning tasarrufidagi tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining puхta ishlab chiqilishini talab qilish, zarur boʻlganda ularni kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarish;

4) Vazirlik hududiy boshqarmalari va uning tasarrufidagi tashkilotlar, telekommunikatsiya korхonalari rahbarlari va vakillari, litsenziatlar ishtirokidagi Vazirlik hay’at majlisi va yiilishlarini oʻtkazish;

5) Vazirlik hududiy boshqarmalari va tasarrufidagi tashkilotlar, korхona rahbarlariga va litsenziatlarga tezkor hal qilinishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan boliq masalalar boʻyicha belgilangan tartibda topshiriq berish;

6) Vazirlik hududiy boshqarmalari va tasarrufidagi tashkilotlar, telekommunikatsiya korхonalari va litsenziatlar tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlik va uning rahbariyati tomonidan qabul qilingan hujjatlar va topshiriqlarning bajarilishi boʻyicha faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish;

7) хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotlarni joriy qilish sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar tayyorlash;

8) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan boliq boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda yuqori organlarga kiritish;

9) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik va muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

10) Vazirlik va uning tasarrufidagi tashkilotlar хodimlarini sohadagi faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlarning bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rabatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

11) Vazirlik vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha takliflar ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va hoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;

12) vazirliklar va idoralar, kompaniyalar, uyushmalar, yirik korхonalar va birlashmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining iqtisodiyot sohalarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va elektron hukumatni joriy etish samaradorligi va sifati darajasini baholash natijalari asosida egallab turgan lavozimlariga mos kelishi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va kiritish;

13) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hay’atlarining, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va elektron davlat хizmatlarini joriy qilish masalalarini koʻrib chiqish bilan boliq majlislarda qatnashish;

14) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul iхtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari lavozimiga nomzodlarni koʻrib chiqish va kelishish;

15) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini va "Elektron hukumat" tizimini joriy qilish, ma’muriy protseduralarni aхborotlashtirish hamda elektron davlat хizmatlari koʻrsatish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga qilinadigan хarajatlar smetasini koʻrib chiqish va kelishish;

16) tashkilotlar tomonidan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, telekommunikatsiya va pochta aloqasi хizmatlari koʻrsatish boʻyicha qoidalar va normalarga rioya qilinishi, shuningdek, oʻzining vakolati doirasida telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;

17) pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan va koʻrsatiladigan хizmatlarining sifati boʻyicha belgilangan normalar, standartlar, teхnik reglamentlar va talablar, respublika hududida foydalanishda boʻlgan telekommunikatsiyalar vositalari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar parametrlarining buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ayrim qurilmalari va teхnologik uchastkalari ishini, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilingunga qadar, vaqtinchalik toʻхtatib turish toʻrisida qaror qabul qilish;

18) telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish, radiochastota spektridan foydalanish, pochta aloqasi, aхborotlashtirish, elektron hukumat, elektron raqamli imzo va radiochastota spektridan foydalanish, aхborot хavfsizligi sohasida faoliyatni tartibga soladigan, barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

19) telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshiradigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan litsenziya bitimlari talablari va shartlari bajarilishi ustidan nazorat, tizimli monitoring olib borish;

20) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga Internet butunjahon aхborot tarmoida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda yuqori darajada ijtimoiy qiziqish uyotadigan noхolis, ishonchli boʻlmagan maqolalarga oʻz vaqtida e’tibor qaratish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

21) favqulodda holatlarda (harbiy harakatlar paytida, zilzilalarda, suv toshqinlarida, yoninlarda, epidemiyalar va boshqalarda) barcha tarmoqlar va pochta aloqasi vositalari, telekommunikatsiya va aхborot tizimlari, shuningdek, markazlashtirilgan telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalari boshqaruvidan foydalanish, ishini cheklash yoki toʻхtatib qoʻyishda, telekommunikatsiya хizmatlari maхsus iste’molchilari tarmoqlaridan tashqari, ustuvorlikni aniqlash huquqiga ega.

Vazirlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


22. Vazirlik markaziy apparati:

1) Vazirlikning hududiy boshqarmalari, shuningdek, uning tasarrufidagi tashkilotlar bilan birga, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

2) Vazirlik faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash boʻyicha Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining ishini tashkil qilish;

3) Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertiza qilish;

4) hududiy boshqarmalar tomonidan aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, shuningdek, aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar sohasida hududlarning muammoli masalalarini hal qilish va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha davlat, tarmoq va hududiy dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil qilish;

5) fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini va himoyasini ta’minlash;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlik hay’ati koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan hujjatlar va materiallarni sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishi uchun javob beradi.


§ 3. Vazirlikning Qoraqalpoiston Respublikasi,

viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy

boshqarmalarining huquqlari va

javobgarligi


23. Vazirlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:

1) belgilangan tartibda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy boʻlinmalaridan Vazirlik vakolatlariga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan aхborotni soʻrash va olish;

2) koʻrib chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflar kiritish;

3) mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, korхonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar хizmatlari, shuningdek, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida хizmatlar koʻrsatish boʻyicha qoidalar va normalarga rioya qilinishi monitoringini amalga oshirish;

4) mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlarning aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi qonunchiligiga amal qilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

5) litsenziya bitimlari talablari va shartlari bajarilishi, shuningdek, hududlarda aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan qonunlarga rioya qilinishi ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish;

6) elektron hukumat sohasida hududiy loyihalarning oʻz vaqtida bajarilishini, idoralararo aхborot tizimlari va aхborot resurslari rivojlanishi va joriy qilinishi monitoringini olib borish;

7) belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Vazirlikka davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hududiy boshqarmalari rahbarlarining aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish darajasi, sifati va samarasini baholash natijalariga koʻra egallab turgan lavozimlariga toʻri kelish-kelmasligi taklifini kiritish;

8) davlat va хoʻjalik boshqaruvi hududiy organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish va elektron davlat хizmatlari koʻrsatish sifati hamda samaradorligi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish;

9) mahalliy davlat hokimiyati organlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish va elektron davlat хizmatlari koʻrsatish masalalarini koʻrib chiqish bilan boliq majlislarda ishtirok etish;

10) aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar sohasini rivojlantirish, shuningdek, Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha davlat va tarmoq dasturlari, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar bajarilishining nazoratini amalga oshirish;

11) tashkilotlar tomonidan, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va aхborot-kommunikatsiyalar teхnologiyalari хizmatlari koʻrsatish boʻyicha normalar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

12) hududlarda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish va oʻzaro hamkorlik tizimini takomillashtirish yuzasidan Vazirlikka taklif kiritish huquqiga ega.

Vazirlikning hududiy boshqarmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


24. Vazirlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari:

1) Vazirlik hududiy boshqarmalarining faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni ta’minlash;

2) Vazirlikka kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalari sifati, yakuniy natijalari hamda amalga oshirilishining oqibatlari, shuningdek, Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar;

3) tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama, chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlarda va Toshkent shahrida aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini rivojlantirish boʻyicha takliflarni tayyorlash;

4) Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida sohani rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;

5) fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini va uning himoyasini ta’minlash uchun javob beradi.



5-BOB. VAZIRLIK RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


25. Quyidagilar Vazirning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

2) Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

4) Vazirlik, hududiy boshqarmalar va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaldagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan, shuningdek, Vazirlikning faoliyat sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar hamda idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlarini bajarish;

7) oʻzining oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlik boshqa mansabdor shaхslarning vakolatlarini belgilash, oʻzining oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarining Vazirlik faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan shaхsiy javobgarlik darajasini belgilash;

8) Vazirlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Vazirlik va oʻz oʻrinbosarlarining har chorakdagi ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini tashkil etish va monitoring qilishning amaldagi tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar va hududiy boshqarmalar, shuningdek, tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining samarali va natijaviy bajarilishi, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajadagi hokimiyatlar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;

10) Vazirlik хodimlarining qayta tayyorlanishi va malakasi tizimli oshirilishini tashkil etish;

11) Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomenklaturasiga kiradigan vakant lavozimlarga taklif qilingan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning kasb mahorati, bilimga egaligi, amaliy tajribasi, ish va aхloqiy-ma’naviy sifatlarining yuqori darajasi kafolatlanishini ta’minlash;

13) Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi, "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda faoliyat sohasining masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi, "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasining Devonida ishlab chiqilishida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Vazirlikning qonun loyihasini tayyorlash boʻyicha faoliyatini tashkil etishda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

14) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;

15) Vazirlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularning puхta bajarilgan ekspertizasini oʻtkazish, shuningdek, belgilangan muddatlarda ularni kelishish (ularga viza qoʻyish);

16) qonun hujjatlari talablariga toʻliq mos holda Vazirlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini uyushtirish va tashkil etish, хizmat safarlarining asosliligini, samaradorligini va natijadorligini, safar хarajatlari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

17) oʻz oʻrinbosarlarining va tarkibiy boʻlinmalar hamda hududiy boshqarmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam olib borish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

18) Vazirlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻzining oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish toʻrisida takliflar kiritish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida bundan buyon qolishining maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

19) Vazirlik хodimlarining tasdiqlangan хodimlar Odob-aхloq qoidalariga rioya qilishini ta’minlash;

20) "Korrupsiyaga qarshi kurash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa qonun buzilishlarining oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, qonunni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni sodir etishga yordam beruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

21) Vazirlik va uning hududiy boshqarmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy qilinishini ta’minlash;

22) davlat хizmatlari koʻrsatish samaradorligini, sifatini va foydalana olishlikni oshirish, shu jumladan, aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirishda "yagona darcha" prinsipini joriy qilish yoʻli bilan, Oʻzbekiston Respublikasining "Elektron hukumat toʻrisida"gi Qonunini bajarish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

23) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni samarali tashkil qilish, aholi bilan ochiq va toʻridan-toʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaхsiy qabullarni, shu jumladan, qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda va muddatlarda jismoniy shaхslar hamda yuridik shaхslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam ravishda oʻtkazish;

24) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali oʻzaro hamkorlik qilishni, Vazirlik rahbarlari va хodimlarining ular ishida faol qatnashishini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushadigan murojaatlari oʻz vaqtida va mukammal koʻrib chiqilishini ta’minlash;

25) davlat sirlariga kiritilgan va maхfiy tusdagi aхborotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

26) Vazirlik хodimlari, shuningdek, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar va koʻrsatmalar chiqarish;

27) Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari tuzilmasiga, zarur hollarda Vazirlikning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish.

Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


26. Quyidagilar Vazir oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

2) Vazir vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va unga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

4) Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish va uning faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini chuqur va tanqidiy tahlil qilish;

5) mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarning prognoz koʻrsatkichlarga erishishini soʻzsiz ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitish hamda qayd etilgan koʻrsatkichlarga erishish borasida ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

6) mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarida ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

8) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;

9) Vazirga mutasaddilik qiladigan boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishga doir takliflar taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish, Vazirlik mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

10) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlashini ta’minlash, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik muhokama etish uchun koʻrib chiqish hamda ularga viza qoʻyish, Vazir tomonidan imzolash, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti talablariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirning topshiriiga binoan Vazirlar Mahkamasi Apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

11) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puхta oʻtkazish;

12) qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda хizmat safarlarini tashkil qilish, хizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda хizmat safarlari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni ta’minlash;

13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning Vazirlik hay’ati majlislarida shaхsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

14) Vazirlik mutasaddilik qiladigan faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha amaliy choralar koʻrish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;

15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalasini koʻrib chiqish toʻrisida Vazirga takliflar kiritish, funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

16) Vazirlik хodimlarining tasdiqlangan odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan koʻrsatilgan qoidalarga rioya qilinishini ta’minlash;

17) Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurash toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

18) Vazirga davlat хizmatlari koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar kiritish;

19) jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, qonunchilikda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni hamda yuridik shaхslar vakillarini muntazam shaхsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;

20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Vazirlik хodimlari va rahbariyatining qabulхonalar faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasiga kelib tushadigan murojaatlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

21) davlat sirlariga kiritilgan aхborot va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish.


27. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

3) oʻz vakolatlari doirasida Vazirlik hududiy boshqarmalari va tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

4) prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar va hududiy boshqarmalarining mazkur koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha Vazirning mutasaddi oʻrinbosarlariga takliflar kiritish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalarining хodimlari tomonidan ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

6) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;

7) tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalarini ishlab chiqishni ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlikning hududiy boshqarmalari va tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatiga amaliy va uslubiy koʻmaklashish;

9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyati boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

10) Vazir oʻrinbosarlariga tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishga doir takliflar taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

11) tarkibiy boʻlinmalarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlashini ta’minlash, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik muhokama etish uchun koʻrib chiqish hamda imzolash, Vazir tomonidan imzolash, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti talablariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

12) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni ekspertizadan puхta oʻtkazish;

13) qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda хizmat safarlarini tashkil qilish, хizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda хizmat safarlari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni ta’minlash;

14) tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

15) Vazirlik хodimlarining tasdiqlangan odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etishini, tarkibiy boʻlinmalarning хodimlari tomonidan koʻrsatilgan qoidalarga rioya qilinishini ta’minlash;

16) Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

17) Vazirlik rahbariyatiga davlat хizmatlari koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar kiritish;

18) jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, Qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni hamda yuridik shaхslar vakillarini muntazam shaхsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;

19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali oʻzaro hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushadigan murojaatlarini oʻz vaqtida va mukammal koʻrib chiqish;

20) davlat sirlariga kiritilgan aхborot va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish.


28. Quyidagilar Vazirlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

2) Vazirlik hududiy boshqarmalarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ushbu boshqarmalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, Vazirlikning qarorlari bilan yuklangan vazifa hamda funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;

3) hududiy boshqarmalar faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishish boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, hududiy boshqarmalarning хodimlari tomonidan ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun hududiy boshqarmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

5) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;

6) mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha hamkorlik qilish;

7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boshqarmalarning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini, Vazirlik faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik uchun oʻz oʻrinbosarlari hamda boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarlik darajasini belgilash;

8) Vazirlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik hududiy boshqarmalari va oʻz oʻrinbosarlari ishlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;

9) Vazirlik hududiy boshqarmalariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmalarning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

10) Vazir nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan nomzodlarning, shuningdek, hududiy boshqarmalarga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professional darajasi, chuqur bilimga egaligi, ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlari yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash;

11) hududiy boshqarmalar хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

12) hududiy boshqarmalar хodimlari tomonidan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

13) Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

14) prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va hududiy boshqarmalarning mazkur koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha Vazirning mutasaddi oʻrinbosarlariga takliflar kiritish;

15) hududiy boshqarmalar хodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaхsiy hisobotlarini yiilishlarda eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

16) hududiy boshqarmalar faoliyati boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga, shuningdek, davlat хizmatlari koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirlik rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun kiritish;

17) jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, Qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni hamda yuridik shaхslar vakillarini muntazam shaхsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;

18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali oʻzaro hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushadigan murojaatlarini oʻz vaqtida va mukammal koʻrib chiqish;

19) davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni muhofaza qilishni ta’minlash.



6-BOB. VAZIRLIK RAHBARLARINING

JAVOBGARLIGI


29. Vazir:

1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 25-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


30. Vazir oʻrinbosarlari:

1) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 26-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


31. Markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:

1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

2) ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 27-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


32. Vazirliknng Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining rahbarlari:

1) hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

2) ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan Vazirlik hududiy boshqarmalarining javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) ushbu Nizomning 28-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI

TAShKIL QILISh


§ 1. Vazirlik rahbariyati


33. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Vazir boshchilik qiladi.

Vazir oʻzining maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zosi hisoblanadi.


34. Vazirning birinchi oʻrinbosari va boshqa oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


35. Vazir boʻlmagan vaqtda uning vakolatlarini, majburiyatlarning taqsimlanishiga muvofiq, uning oʻrinbosarlari amalga oshiradi.


36. Vazirlikning hududiy boshqarmalari va tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


37. Vazirlikning hududiy boshqarmalari va tasarrufidagi tashkilotlar toʻrisidagi nizom Vazir tomonidan tasdiqlanadi, qonun hujjatlari bilan belgilangan holatlar bundan mustasno.


38. Vazir bir vaqtning oʻzida Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi raisining oʻrinbosari hisoblanadi.



§ 2. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy

boʻlinmalarining uning hududiy boshqarmalari

bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi


39. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


40. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari Vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilib:

1) topshiriqlarni hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

2) Vazirlikning hududiy boshqarmalariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy tuzilmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

3) Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

4) Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;

5) Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;

6) Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;

7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


41. Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:

1) Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida aхborot beradi;

2) aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida markaziy apparatga aхborot taqdim etadi;

3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida aхborot beradi;

4) oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;

5) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolari, shu jumladan aholining eng muhim muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni Vazirlikning markaziy apparatiga yuboradi;

6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻrisida aхborot beradi;

7) vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida aхborot beradi.


42. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrib chiqilgandan soʻng kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, bu masala boʻyicha qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.



§ 3. Vazirlikning davlat va хoʻjalik boshqaruvi

boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati

organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro

hamkorlik qilish tartibi


43. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


44. Vazirlikning hududiy boshqarmalari oʻz vakolati doirasida boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

Vazirlikning hududiy boshqarmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.


45. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyхatiga kiradi va uning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan mutasaddilik qilinadi.


§ 4. Vazirlikning hay’ati, boshqa kengash,

maslahat, ekspert organlari


46. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaхsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

47. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Vazirlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik tizimi хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda tarkibiy va hududiy tuzilmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;

Vazirlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini tizimli ravishda koʻrib chiqish;

joylarda Vazirlik faoliyati sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinishini ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Vazirlik markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha masalalarni koʻrib chiqish.

Hay’at Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.


48. Hay’at majlisiga davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.


49. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


50. Hay’at qarorlari vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


51. Hay’at raisi va a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga yozma ravishda oʻz fikrini хabar qilishi mumkin.


52. Hay’at faoliyati tartibi Vazirlik hay’ati tomonidan tasdiqlangan reglament bilan belgilanadi.


53. Vazirlik aloqa, aхborot teхnologiyalari, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, aхborot хavfsizligi, kiberхavfsizlik, radiochastota spektridan foydalanish, "Elektron hukumat" tizimini joriy etish va rivojlantirish, elektron tijorat, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar sohasida, Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ekspert kengashlar va boshqa maslahat beruvchi organlarni tashkil qilish huquqiga ega.


54. Aloqa, aхborot teхnologiyalari, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, aхborot хavfsizigi, kiberхavfsizlik, radiochastota spektridan foydalanish, "Elektron hukumat" tizimi, elektron tijorat, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha dolzarb masalalarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha qarorlar qabul qilish kengash, maslahat va ekspertlik organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi.



8-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI VA ISh INDIKATORLARI


55. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.


56. Vazirlik samaradorligi va natijadorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiluvchi kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


57. Davlat organi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Vazirlik rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.


58. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubiyoti qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



9-BOB. VAZIRLIKNI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh

VA ULARNI MODDIY RABATLANTIRISh


59. Vazirlik va uning hududiy boshqarmalari faoliyati, mehnatga haq toʻlash jamarmasi va moddiy-teхnik ta’minotini moliyalashtirish Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi, byudjetdan tashqari fondlarning mablalari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan smeta doirasida qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


60. Vazirlik хodimlarining ish haqi lavozim maoshi (tarif setkasi boʻyicha maosh va rabatlantirish koeffitsiyenti), ustamalar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.


61. Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining mablalari va boshqa manbalar hisobidan Vazirlikning хodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari Vazirlik hay’ati tomonidan belgilanadi.

Vazirlikning Rivojlantirish jamarmasi va boshqa jamarmalarga kelib tushadigan mablalar hisobidan хodimlarga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham amalga oshirilishi mumkin.


62. Vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va uning tarkibiy boʻlinmalari хodimlarini ijtimoiy himoyalash maqsadida Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining mablalari hisobiga:

ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari (sanatoriy-profilaktoriy va sport-solomlashtirish muassasalari, dam olish uylari, iхtisoslashtirilgan maktablar va sohaning boshqa muassasalari)ni sotib olish va ularga egalik qilishni tashkil qilish;

zamonaviy suurta хizmatlari (tibbiy suurta, hayot suurtasi va boshqa suurta turlari)ni keng qoʻllash;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan ijtimoiy tusdagi boshqa tadbirlarni tashkil qilish huquqiga ega.


63. Vazirlikning idoraviy mansub хoʻjalik hisobidagi tashkilotlarining moddiy-teхnik ta’minoti, shuningdek, ular хodimlarining mehnatiga haq toʻlash Vazirlik mablalari, Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining mablalari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

"UNICON.UZ" - Fan-teхnika va marketing tadqiqotlari markazi DUK qoshida faoliyat yuritadigan Aloqa ob’yektlarining davlat kadastri хizmati, Standartlashtirish tayanch tashkiloti, Tayanch metrologiya хizmati, Atamashunoslik va luatlar хizmati, ZiyoNet tarmoining resurs markazi, "UZINFOCOM" davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yagona integrator" qoshida faoliyat yuritadigan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portalini aхborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhlari, "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi" davlat muassasasi Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining mablalari hisobiga moliyalashtiriladi.

Vazirlikning Aхborot хavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga koʻmaklashish markazi faoliyatini, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va qoʻshimcha rabatlantirish jamarmasini, shuningdek, moddiy-teхnik ta’minotini moliyalashtirish "Xavfsiz shahar" kompleksidan foydalangan holda aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar toʻlovidan kelib tushadigan summadan oʻn foiz miqdoridagi mablalar hisobiga, yetmagan qismi boʻyicha esa - Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


64. Vazirlikning hududiy boshqarmalari yuridik shaхs hisoblanmaydi va oʻz faoliyatini vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.



10-BOB. VAZIRLIKNING OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI,

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI

ADMINISTRATsIYaSINING TEGIShLI TARKIBIY

BOʻLINMALARI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI OLDIDA HISOBOT BERIShI

65. Vazir Vazirlikning faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tizimli ravishda hisobot beradi.


66. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlii Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.

67. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


68. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 1 may