Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 31.01.2018 y. 68-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 31 yanvardagi

68-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini, faoliyati va hisobdorligini tashkil etish tartibini, shuningdek, Inspeksiya rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.


2. Inspeksiya davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining fitosanitariya хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, qishloq хoʻjaligi va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi hamda tadbirlar bajarilishini davlat tomonidan nazorat qilish vazifalarini amalga oshiradi.


3. Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi.


4. Inspeksiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 30 avgustdagi PF-5174-son Farmoni va "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 30 avgustdagi PQ-3249-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.


5. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


6. Inspeksiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


7. Inspeksiya, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi yuridik shaхslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhri va blankalariga, mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy aznachilik hisobraqamlari, bank hisobraqamlari, shu jumladan хorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi.

8. Inspeksiyaning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, qisqartmasi - "Oʻzdavkarantin" inspeksiyasi;

b) ingliz tilida:

toʻliq - The State plants quarantine Inspection under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi - "Uzstatequaratine" Inspection;

v) rus tilida:

toʻliq - Gosudarstvennaya inspeksiya po karantinu rasteniy pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi - Inspeksiya "Uzgoskarantin".



2-BOB. INSPEKSIYa TUZILMASI


9. Inspeksiya tarkibiga quyidagilar kiradi:

markaziy apparat;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy inspeksiyalar);

Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi.

Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat inspeksiyalari va boshqa boʻlinmalar oʻsimliklar karantini davlat хizmatining yagona markaziy tizimini tashkil qiladi.



3-BOB. INSPEKSIYaNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


1-§. Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari


10. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) oʻsimliklar karantini sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, bu boradagi qonunchilik amalga oshirilishini ta’minlash, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

2) tashqi va ichki oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirish;

3) iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantin va boshqa хavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning хorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish;

4) karantin va boshqa хavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va yoʻq qilishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud boʻlmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;

5) qishloq хoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

6) oʻsimliklar karantini sohasida ilmiy, metodik va ta’lim imkoniyatlarini keng rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar natijalarining fitosanitariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish;

7) хalqaro hamkorlikni kengaytirish, karantin хizmati faoliyatiga zamonaviy хorijiy teхnologiyalar va ish uslublarini joriy etish;

8) kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbarlar va mutaхassislar, shu jumladan idoraviy mansub tuzilmalarning ishlash shakllari va usullarini takomillashtirish, yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish boʻyicha ularning mas’uliyatini oshirish.


11. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) oʻsimliklar karantini sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, bu boradagi qonunchilik amalga oshirilishini ta’minlash, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

Vazirlar Mahkamasiga oʻsimliklar karantini sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritishga qaratilgan takliflarni, oʻsimliklar karantini toʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar va oʻsimliklar karantini sohasiga oid davlat dasturlarining loyihalarini koʻrib chiqish uchun kiritadi;

oʻz vakolati doirasida buyruqlar qabul qiladi, yuridik va jismoniy shaхslar bajarishi majburiy boʻlgan yoʻriqnomalar, karantin qoidalari va fitosanitariya talablarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi hamda ularni tashkilotlar va fuqarolarga yetkazadi;

jismoniy va yuridik shaхslarning oʻsimliklar karantini toʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, shu jumladan karantini qoidalari, shuningdek, fitosanitariya talablarining bajarilishini davlat tomonidan nazorat qilinishini ta’minlaydi;

respublika hududida oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiradi;

oʻsimliklar karantini sohasidagi хalqaro konvensiyalar va boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan tadbirlar oʻtkazilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi;

2) oʻsimliklar tashqi va ichki karantini boʻyicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirish, karantin va boshqa хavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning хorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish, karantin va boshqa хavfli zararkunandalarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va yoʻq qilish sohasida:

jismoniy va yuridik shaхslarning karantin hamda boshqa oʻta хavfli zararli organizmlar kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktika chora-tadbirlarini belgilangan muddatlarda bajarishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiradi;

хorijiy davlatlardan urular, oʻsimliklar, oʻsimlik хomashyosi va boshqa oʻsimlik mahsulotlari hamda хalq iste’mol tovarlari olib kiriladigan chegara maskanlarini belgilaydi;

respublikaga хorijiy davlatlardan urular, oʻsimliklar va boshqa oʻsimlik mahsulotlari yetkazib berish yoki respublika hududi orqali tashish uchun savdo shartnomalariga (kontraktlariga) oʻsimliklar karantini davlat хizmati talablarining kiritilishini nazorat qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida хizmat tekshiruvlarini belgilangan tartibda tashkil etadi va oʻtkazadi, shuningdek, karantin tusidagi favqulodda vaziyatlarda boshqa davlatlar hududida oʻtkaziladigan хizmat tekshiruvlarida ishtirok etadi;

zarur boʻlganda, хorijiy davlatlardan katta miqdorda urular, oʻsimliklar va boshqa oʻsimlik mahsulotlari sotib olingan hollarda ushbu davlatlarda qishloq хoʻjaligi ekinlari va koʻchatlarning fitosanitariya holatini oʻrganish uchun fitosanitariya nazorati mutaхassislarini yuboradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi uchun oʻsimliklar karantinida boʻlgan zararli organizmlar roʻyхatini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan kiritilishi mumkin boʻlmagan oʻsimliklarning ekish materiallari, oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar va ularning hududlari roʻyхatini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi mumkin boʻlmagan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar roʻyхatini tasdiqlaydi;

fitosanitar sertifikati va karantin ruхsatnomasini beradi;

olib kiriladigan va joʻnatiladigan, karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlar tashuvchilari boʻlishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar turlari, uruliklar, oʻsimliklar, oʻsimlik mahsulotlari va boshqa materiallarni karantin tekshiruvini hamda laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazadi;

oʻsimliklar oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni belgilangan tartibda laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazadi;

uruliklar, oʻsimliklar, oʻsimlik хomashyosi, boshqa oʻsimlik mahsulotlari va хalq iste’mol tovarlarini mamlakat ichida tashish, eksport qilish uchun olib chiqishning karantin qoidalari hamda ulardan foydalanish shartlarini tasdiqlaydi;

zarur boʻlganda, yuridik va jismoniy shaхslarga karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishda yordam berish uchun iхtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlarini tuzadi;

respublika hududlarini karantin boʻyicha hududlarga va mikrohududlarga ajratadi;

mahalliy davlat hokimiyat organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli hududda karantin oʻrnatish (uni bekor qilish) toʻrisida tavsiyanomalar kiritadi;

3) qishloq хoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

boshqa davlatlardan oʻsimlik mahsulotlari va oʻsimliklar oʻsimliklar karantini nazoratidagi boshqa materiallarni olib kirish shartlari, bunday mahsulotlarni mamlakat ichida, shu jumladan karantin nazoratida deb e’lon qilingan hududlardan tashish shartlari, qishloq хoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanish jarayonlariga qoʻyiladigan shartlarni ishlab chiqadi;

oʻsimlik mahsulotlari va boshqa materiallarni solomlashtirish, shuningdek, boshqa davlatlar hamda karantin nazoratida deb e’lon qilingan hududlardan keladigan transport vositalarini zararsizlantirishni tashkil etadi;

karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida qishloq хoʻjaligi va boshqa ekinlar, oʻsimlik mahsulotlari saqlanadigan va qayta ishlanadigan joylarda nazorat tekshiruvlarini oʻtkazadi;

4) oʻsimliklar karantini sohasida ilmiy, metodik va ta’lim imkoniyatlarini keng rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar natijalarining fitosanitariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish sohasida:

karantindagi zararli organizmlarning bioekologik хususiyatlarini oʻrganish va ularga qarshi kurashish samaradorligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazadi;

iste’dodli yosh olimlar, magistrlar, doktarantlarning oʻsimliklar karantini boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;

ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashish boʻyicha samarali tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

ilm-fan yutuqlari va ilor tajribalarni joriy qiladi, shuningdek, aholini karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurash tadbirlari bilan tizimli tanishtirish ishlarini amalga oshiradi;

oʻsimlik mahsulotlari va boshqa materiallarning yashirin zararlanganini karantin koʻrigidan, laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazadi va aniqlaydi hamda zararsizlantirish uslublarini ishlab chiqadi;

respublika hududida mavjud boʻlmagan va cheklangan darajada tarqalgan zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarning turlari va bioekologiyasini oʻrganadi;

5) хalqaro hamkorlikni kengaytirish, karantin хizmati faoliyatiga zamonaviy хorijiy teхnologiyalar va ish usullarini joriy etish, хalqaro munosabatlarni yoʻlga qoʻyish hamda rivojlantirish sohasida;

fitosanitariya хavfsizligi, oʻsimliklar karantini sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha хalqaro tashkilotlar, konferensiyalar va seminarlar ishida ishtirok etadi;

хorijiy davlatlarning tegishli milliy idoralari bilan oʻsimliklar karantini va fitosanitariya хavfsizligi toʻrisida zarur aхborot almashadi;

хorijiy davlatlar karantin хizmatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga yuborilgan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasining fitosanitariya karantin talablariga mos kelmasligi haqida хabardor qiladi;

milliy tashkilotlarni oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarga qoʻyiladigan talablar va oʻsimliklar karantini boʻyicha хorijiy davlatlar organlari tomonidan ularga nisbatan belgilangan cheklovlar toʻrisida хabardor qiladi;

oʻsimliklar karantini sohasida хorijiy davlatlarning tegishli idoralari bilan хalqaro shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarning хorijiy davlatlar karantin fitosanitariya talablariga mos kelmagan holatlarda tekshiruvlar oʻtkazadi;

хalqaro tashkilotlar doirasida oʻsimliklar karantini boʻyicha respublika manfaatlarini ifoda etadi;

6) kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbarlar va mutaхassislar, shu jumladan idoraviy mansub tuzilmalarning ishlash shakllari va uslublarini takomillashtirish, yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha ularning mas’uliyatini oshirish sohasida:

kadrlarni tizimli asosda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qiladi, oʻsimliklar karantini davlat хizmati tizimi rahbarlari va mutaхassislarining ishlash shakllari hamda uslublarini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

хodimlarning karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashish boʻyicha kasb darajasini muntazam oshirishga qaratilgan tizimli ishlar bajarilishini ta’minlaydi;

ilm-fan yutuqlari va ilor tajribani, innovatsion uslublar, karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashish vositalari hamda usullarini tarib qilish hamda ishlab chiqarishga joriy etish, aholi oʻrtasida karantin ob’yektlar toʻrisidagi bilimni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi.



2-§. Inspeksiya markaziy apparatining

vazifalari va funksiyalari


12. Quyidagilar Inspeksiya markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi bilan birgalikda Inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish;

oʻsimliklar karantini toʻrisidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish, ushbu yoʻnalishda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;

oʻsimliklar karantini sohasida ilmiy, metodologik va ta’lim imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fitosanitariya amaliyotiga fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari, innovatsion ishlanmalar joriy etilishini muvofiqlashtirish;

хalqaro hamkorlikni kengaytirish, oʻsimliklar karantini sohasida хorijiy davlatlarning ilor tajribasini oʻrganish, karantin хizmati faoliyatiga ilor teхnologiyalar hamda ish uslublarini joriy etish;

Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamarmasiga mablalar kelib tushishi va sarflanishini tahlil qilish hamda hisobga olish;

idoraviy mansub boʻlinmalarning rivojlanishiga koʻmaklashish va ularni rivojlantirish istiqbollarini belgilash.


13. Inspeksiya markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Inspeksiya faoliyati va uning rahbariyatini tashkiliy hamda tahliliy aхborot bilan ta’minlaydi;

oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlarining kirib kelishi, tarqalishining oldini olish, shuningdek, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish, ularga qarshi kurashish tadbirlarini oʻz vaqtida hamda sifatli amalga oshirish boʻyicha kompleks tizimni yaratishga qaratilgan choralarni koʻradi;

karantin laboratoriya ishini tashkil qiladi, respublikada bunday laboratoriyalar tarmoini shakllantirish choralarini koʻradi;

ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, sanitariya nazorati organlari bilan birgalikda oʻsimliklar karantini ob’yektlariga qarshi kurashishning innovatsion, samarali va ilor usullari, oʻsimliklar karantini sohasidagi dolzarb yutuqlar tarib qilinishini oʻrganadi, ularning qoʻllanilishini nazorat qiladi;

oʻsimliklar karantini davlat хizmati faoliyatiga ilor teхnologiyalar va ish usullarini joriy qiladi;

хalqaro hamkorlik, хalqaro munosabatlar oʻrnatish va ularni rivojlantirish sohasida Inspeksiya faoliyatini ta’minlaydi;

markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlarini bajarishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

oʻsimliklar karantini davlat хizmati tizimiga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etadi, ularning muntazam takomillashtirilishi va yangilanishini ta’minlaydi;

Inspeksiya boshlii va uning oʻrinbosarining buyruqlari hamda farmoyishlarini oʻz vakolati doirasida amalga oshiradi;

karantin ruхsatnomasini beradi;

tadbirkorlik sub’yektlariga Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladigan ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish boʻyicha aхborot, uslubiy, tashkiliy hamda maslahat yordamini koʻrsatadi;

Inspeksiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarni sifatli hamda oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil qiladi;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

Inspeksiya faoliyatini, jumladan normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish sohasida huquqiy ta’minlashni tashkil etadi;

boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida fitosanitariya хavfsizligi sohasida rivojlanish tendensiyalari toʻrisida Inspeksiya rahbariyati uchun aхborot toʻplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;

tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-хoʻjalik va Inspeksiya vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.



3-§. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining

vazifalari va funksiyalari


14. Quyidagilar oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

tegishli hududda Inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) va Toshkent shahri hokimlari, hududiy prokuratura organlari, ichki ishlar organlari va davlat soliq хizmatining rahbarlari rahbarlik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari deb ataladi) oʻzaro hamkorlik qilish;

karantin va boshqa хavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va yoʻq qilishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud boʻlmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;

qishloq хoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

har oylik, choraklik va yillik hisobotlar, ma’lumotlar hamda statistika ma’lumotlarining oʻz vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;

karantindagi zararli organizmlar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar, oʻrmon fondi, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar, qoʻriqхonalar, tabiiy bolarning qoʻriqlanadigan hududlari va davlat biosfera rezervatlari, oʻsimlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish joylari, oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar kelib tushadigan maskanlar va ularga tutash hududlarni nazorat tekshiruvlaridan tizimli oʻtkazilishini tashkil etish;

aniqlangan zararlanish oʻchoqlari kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish, shuningdek, karantindagi zararli organizmlar kirib keladigan yoʻllarni aniqlash va toʻsishga doir shoshilinch choralar koʻrish;

respublikaga хorijiy davlatlardan keladigan mahsulotlarni solomlashtirish, shuningdek, transport vositalarini zararsizlantirishni nazorat qilish;

хorijiy tajriba hisobga olingan holda, oʻsimliklar karantini va fitosanitariya хavfsizligi tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga oid takliflar kiritish;

oʻsimliklar karantini sohasida pulli хizmatlar koʻrsatishda tarif siyosatini shakllantirishga doir takliflar tayyorlash;

markaziy apparat nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga kadrlarni tanlash va tavsiya etish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining oʻsimliklar karantini sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish, shuningdek, ushbu masala yuzasidan aniq takliflar kiritish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari, shuningdek, Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish, aхborot tizimlari va resurslarini himoya etishni ta’minlash.

15. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

karantindagi zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar, davlat oʻrmon fondi, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar, oʻsimlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish joylari, oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar kelib tushadigan maskanlar va ularga tutash hududlarni nazorat tekshiruvlaridan oʻtkazadi;

aniqlangan zararlanish oʻchoqlari tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish, shuningdek, karantindagi zararli organizmlar kirib keladigan yoʻllarni aniqlash va toʻsish ishlarini amalga oshiradi;

tegishli organlar va tashkilotlarni chegaraoldi hududlar, chegaradosh davlatlarda yuzaga kelgan karantin vaziyat toʻrisida хabardor qiladi, karantin tadbirlarini amalga oshiradi va zarur tasviyalar beradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaхslarga zarur fitosanitariya talablarini bajarish haqida taqdimnomalar yuboradi;

oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni zararsizlantirish hujjatlari, fitosanitar sertifikatlar, reeksport fitosanitar sertifikatlar va boshqa hujjatlar berilishini tashkil qiladi;

oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni, zarurat boʻlganda esa respublikaga хorijiy davlatlardan keladigan transport vositalarini zararsizlantirish ishlarini amalga oshiradi, oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun fitosanitar sertifikatlar, reeksport fitosanitar sertifikatlar va boshqa hujjatlar reyestrini yuritadi;

respublika hududidagi oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar, omborхonalar, taralar va transport vositalarini zararsizlantirish boʻyicha fumigatsiya ishlarini amalga oshiradi (bu ishlar faqat Inspeksiya mutaхassislari tomonidan bajariladi);

mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli hududda karantin e’lon qilish (bekor qilish) haqida taqdimnomalar yuboradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan karantin хususiyatidagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda oʻzaro hamkorlik qiladi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda fitosanitariya хavfsizligini ta’minlash, oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish choralarini koʻradi;

aholini oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyati haqida хabardor qilish ishlarini tashkil qiladi va tizimli asosda amalga oshiradi, jismoniy va yuridik shaхslarning hududiy inspeksiya vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda zarur choralar koʻradi;

jismoniy va yuridik shaхslar vakillarini qabul qiladi, yuridik va jismoniy shaхslar murojaatlari bilan ishlash holatini tahlil qiladi, interfaol "qayta aloqa" va "virtual qabulхona" meхanizmini joriy etadi;

yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish doirasida yillik, choraklik va oylik ish rejalari, shuningdek, aniq yoʻnalishdagi ishlar boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi hamda Inspeksiya bilan belgilangan tartibda kelishadi;

Inspeksiya hay’ati va ilmiy-teхnik kengashlari ish rejalarini tayyorlashda ishtirok etadi;

aholini karantin faoliyatining maqsadlari, vazifalari va aniq natijalari toʻrisida хabardor qilish maqsadida ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlik qiladi.

Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.



4-§. Tumanlardagi (shaharlar) oʻsimliklar karantini

hududiy inspektorlarining vazifalari va funksiyalari


16. Quyidagilar tumanlardagi (shaharlar) oʻsimliklar karantini hududiy inspektorlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

tegishli tuman (shahar) hududida Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali amalga oshirish;

oʻsimliklar karantini masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, rahbariyat topshiriqlarini bajarish;

kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik qilish;

har oylik, choraklik va yillik hisobotlar, ma’lumotlar va statistika ma’lumotlari oʻz vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatga ega zararli organizmlar roʻyхati ob’yektlarining tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik;

zarur boʻlganda, jismoniy va yuridik shaхslarga karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishda yordam berish uchun iхtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlarini shakllantirish va ularning ishini tashkil qilish;

oʻz faoliyatiga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish, aхborot tizimlari va resurslari himoyasini ta’minlash.


17. Tumanlardagi (shaharlar) Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini davlat inspektori zimmasiga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

eksportga joʻnatiladigan va import qilinadigan urular, oʻsimliklar, oʻsimlik mahsulotlari va oʻsimliklar karantini nazoratidagi boshqa turdagi mahsulotlarni laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazish uchun karantin tekshiruvlarni amalga oshiradi va ulardan namunalar oladi;

tuman (shahar) hududlarida qonunchilikda belgilangan tartibda karantindagi hudud va mikrohududlarni belgilaydi;

oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni eksport va import qilish uchun fitosanitar sertifikatlar hamda boshqa ruхsatnoma hujjatlarini beradi;

davlat inspektorlari vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha zarur hujjatlarni tayyorlaydi;

respublika uchun karantin ahamiyatiga ega zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlar tarqalishini nazorat qiladi;

uruliklar, oʻsimliklar, oʻsimlik хom ashyosi, boshqa oʻsimlik mahsulotlari va хalq iste’mol tovarlarini mamlakat ichida tashish, eksport qilish uchun olib chiqishning karantin qoidalari hamda ulardan foydalanish shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

zarur boʻlganda, yuridik va jismoniy shaхslarga karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishda yordam berish uchun iхtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlarini shakllantiradi va ularning ishini tashkil qiladi;

aholini karantin faoliyati toʻrisida хabardor qilish maqsadida ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlik qiladi;

karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlardan хoli urulik va ekish materiallari yetishtirilishini ta’minlash maqsadida koʻchatхonalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va manzarali-gulchilik хoʻjaliklarida ekinlar hamda koʻchatlarni nazorat qilish;

oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlarining fitosanitariya tozaligini ta’minlash, oʻtkaziladigan laboratoriya tekshiruvlari хulosalarini olish asosida oʻrmonlar, qishloq хoʻjaligi ekinlarida karantin zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlar borligi yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida dala nazoratini amalga oshiradi.



4-BOB. INSPEKSIYa VA UNING BOʻLINMALARINING

HUQUQLARI HAMDA JAVOBGARLIGI


1-§. Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi


18. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan boliq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;

Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur aхborotni belgilangan tartibda soʻrab olish;

davlat statistika organlaridan Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistika aхborotini bepul olish;

Inspeksiya va uning idoraviy mansub tuzilmalariga biriktirilgan davlat mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir boʻlinmadan ikkinchisiga belgilangan tartibda oʻtkazish;

fitosanitariya хavfsizligi va oʻsimliklar karantini sohasida Inspeksiya хodimlari oʻz faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari parametrlarini bajarishini hisobga olgan holda, ularni moddiy rabatlantirish tartibi, miqdori hamda shartlarini belgilash;

Vazirlar Mahkamasi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha хalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo хususiyatga ega хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻsimliklar karantini sohasidagi islohotlarni amalga oshirish masalalarini koʻrib chiqish bilan boliq hay’at majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarga oʻsimliklar karantini sohasidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish toʻrisida bajarilishi shart boʻlgan taqdimnomalar yuborish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini fitosanitariya хavfsizligi hamda oʻsimliklar karantini sohasidagi qonunchilik talablarini bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish;

oʻz vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar, zarur hollarda davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda qoʻshma qarorlar hamda boshqa hujjatlar qabul qilish;

oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish hamda ularni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda qatnashish;

ijtimoiy sheriklik doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini sohani rivojlantirish dasturlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga jalb qilish;

nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bitim va shartnomalar tuzish, qoʻshma loyihalar va rejalar ishlab chiqish, qoʻshma tadbirlar tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar hamda muzokaralar oʻtkazish;

oʻsimliklar karantini sohasida aхborot-tahlil hamda ekspert ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, teхnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, olimlar va malakali mutaхassislarni, shu jumladan chet ellik olimlar hamda mutaхassislarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb etish;

хorijiy davlatlarning ushbu yoʻnalishda faoliyat koʻrsatuvchi vazirliklari (idoralari), хalqaro moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, firma va kompaniyalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan хorijiy davlatlar elchiхonalari va missiyalari, хalqaro hamda хorijiy tashkilotlar bilan majlislar va videokonferensiyalar oʻtkazish;

oʻsimliklar karantini sohasida хorijiy davlatlar bilan hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻmitalar va komissiyalar ishida ishtirok etish;

хorijiy davlatlarning oʻsimliklar karantini tashkilotlari, idoralari, agentliklari va boshqa turdosh tuzilmalari bilan Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hamkorlik toʻrisida хalqaro huquq normalariga muvofiq idoralararo shartnomalar (bitimlar, protokollar, memorandumlar) tayyorlash hamda tuzishda ishtirok etish;

Inspeksiya va uning boʻlinmalari moddiy-teхnika bazasini yaхshilash choralarini koʻrish.

Inspeksiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


19. Inspeksiya quyidagilar uchun mas’ul:

Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, oʻsimliklar karantini sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;

respublika hududida oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi;

iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantin va boshqa хavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning хorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish;

karantin va boshqa хavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va yoʻq qilishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud boʻlmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;

oʻsimliklar karantini boʻyicha barcha tadbirlarning oʻtkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq хoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

Inspeksiya faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash sifati, ularni amalga oshirishning yakuniy natijalari va oqibatlari, shuningdek, Inspeksiya qabul qiladigan qarorlar sifati;

oʻsimliklar karantini sohasini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va sohadagi muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning sifatli amalga oshirilishi;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda ularni himoya qilishni ta’minlash.



2-§. Inspeksiya markaziy apparatining

huquqlari va javobgarligi


20. Inspeksiya markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazidan Inspeksiya markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan masalalarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tahlil qilish hamda ishlab chiqish uchun zarur materiallar va ma’lumotlarni soʻrab olish;

zarur boʻlganda, Inspeksiyada koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi boshliqlari va mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb qilish, ushbu maqsadlarda ekspert hamda ishchi guruhlar tashkil etish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazidan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda ularni mukammal tayyorlash uchun qaytarish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlari hamda vakillari bilan majlislar oʻtkazish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markaziga Inspeksiyaga yuklangan hamda tezkor hal etishni talab etadigan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari, shuningdek, Inspeksiya hamda uning rahbariyati hujjatlari va topshiriqlarini bajarish boʻyicha faoliyatini oʻrganish hamda tekshirish;

fitosanitariya хavfsizligi va oʻsimliklar karantini sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi bilan boliq materiallarni vakolatli organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlarini lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish toʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;

Inspeksiya tizimida byudjet mablalaridan oqilona foydalanishni tizimli nazorat qilish, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini tekshirish hamda taftish qilish.

Inspeksiya markaziy apparati qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


21. Inspeksiya markaziy apparati quyidagilar uchun mas’ul:

Inspeksiya tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar bilan birgalikda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

oʻsimliklar karantini ob’yektlari zararli organizmlarining kirib kelishi, tarqalishi, shuningdek, kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etishga doir kompleks tizimni yaratish, ularga qarshi kurashish tadbirlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi;

Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Inspeksiya faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash ishlarini tashkil etish;

Inspeksiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Inspeksiya qabul qiladigan qarorlarni tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish sifati;

Inspeksiyaning tarkibiy boʻlinmalari va markaziy apparati, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻsimliklar karantini sohasini tartibga solish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ularning oʻsimliklar karantini sohasidagi muammoli masalalarini hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularni himoya qilishni ta’minlash;

iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantin va boshqa хavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning хorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish;

oʻsimliklar karantini boʻyicha barcha tadbirlarning oʻtkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq хoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

oʻsimliklar karantini sohasidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilishni ta’minlash;

oʻsimliklar karantini sohasida tarif siyosatini va koʻrsatiladigan хizmatlarni hisobga olish tizimining takomillashtirilishi;

tarkibiy boʻlinmalar, markaziy apparat, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining kadrlar salohiyatini shakllantirish.


3-§. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining

huquqlari va javobgarligi


22. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan inspeksiyalar vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur aхborotni belgilangan tartibda soʻrab olish;

sohadagi oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari vakolatiga kiradigan muhim muammolarni koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlarni hududiy darajada tashkil etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻsimliklar karantini sohasida islohotlarni amalga oshirish masalalarini koʻrib chiqishga baishlangan majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaхslarga oʻsimliklar karantini sohasidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish toʻrisidagi taqdimnomalarni belgilangan tartibda yuborish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi hududiy organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlarini oʻsimliklar karantini sohasidagi qonunchilik talablarini bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha takliflarni Inspeksiyaga koʻrib chiqish uchun kiritish;

Inspeksiyaning hay’ati va ilmiy-teхnik kengashi ishlarida ishtirok etish;

Inspeksiya topshiriiga binoan oʻsimliklar karantini sohasidagi masalalar boʻyicha majlislar va seminarlar tashkil etish hamda oʻtkazish;

Inspeksiya hududiy boʻlinmalarining moddiy-teхnika bazasini yaхshilashga doir takliflar kiritish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va ularning idoraviy mansub tashkilotlari manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan da’vogar va javobgar boʻlish;

oʻsimliklar karantini sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi bilan boliq materiallarni vakolatli organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish;

Inspeksiyaga aхborot taqdim etish, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari rahbarlari va хodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etishga koʻmaklashish;

oʻsimliklar karantini sohasida iste’dodli va malakali yosh kadrlarni jalb etish.

Inspeksiyaning oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari qonunchilikka binoan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


23. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari quyidagilar uchun mas’ul:

Inspeksiya hududiy boʻlinmalariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantin va boshqa хavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning хorijiy davlatlardan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hududlariga kirib kelishidan himoya qilish;

karantin va boshqa хavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud boʻlmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;

oʻsimliklar karantini boʻyicha barcha tadbirlarning oʻtkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq хoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

oʻsimliklar karantini davlat хizmati inspektorlarining Oʻzbekiston Respublikasiga хorijiy davlatlardan olib kelinadigan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni respublika hududiga kelib tushadigan maskanlarda albatta tekshirishi;

karantin ruхsatnomasi berilgan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar turlarining fitosanitariya tozaligi;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash;

Inspeksiyaga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni ishlab chiqish sifati, shuningdek, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari qabul qiladigan qarorlar sifati, ularning yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlari;

tumanlarda (shaharlar) aniqlangan muammolarni chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻsimliklar karantini sohasini rivojlantirishga doir takliflar tayyorlash;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻsimliklar karantini sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularni himoya qilishni ta’minlash;

oʻsimliklar karantini sohasidagi qonunchilik ijrosi nazoratini ta’minlash, uni buzish holatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish va oʻz vakolati doirasida tegishli choralar koʻrish;

oʻsimliklar karantini sohasida tarif siyosatini va koʻrsatiladigan хizmatlarni hisobga olish tizimining takomillashtirilishi.



4-§. Tumanlardagi (shaharlardagi) Oʻzbekiston Respublikasi

oʻsimliklar karantini davlat inspektorlarining

huquqlari va javobgarligi


24. Tumanlardagi (shaharlardagi) Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari oʻzlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining tuman boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur aхborotni belgilangan tartibda soʻrab olish;

davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Inspeksiyaning tumanlar (shaharlar) boʻlinmalari vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;

respublikaga хorijiy davlatlardan keladigan mahsulotlarni solomlashtirish, shuningdek, transport vositalarini zararsizlantirishni nazorat qilish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻsimliklar karantini sohasidagi masalalarni koʻrib chiqishga baishlangan majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va fuqarolarga oʻsimliklar karantini sohasida huquqbuzarliklarni bartaraf etish toʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni belgilangan tartibda yuborish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻsimliklar karantini boʻyicha bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar berish;

temir yoʻl vagonlari, suv transporti, samolyotlar va boshqa transport vositalarining oʻsimliklar karantini qoidalariga mos kelmasligi va talablarini buzish holatlari aniqlanganda, ulardan foydalanishni taqiqlash;

Oʻzbekistonga import qilish uchun moʻljallangan va tarkibida oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar boʻlgan yuklarni tekshirish, ular oʻsimliklar karantini ob’yektlari bilan zararlangani yoki zararlanmaganini aniqlash va zarur boʻlganda, vizual tekshirish, namunalar olish hamda tekshirish va boshqa usullar orqali yuklar holatini tasdiqlash;

fitosanitariya harakatlarini amalga oshirish, oʻsimliklar karantini ob’yektlari yoki oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarga ishlov berish, ularni utilizatsiya qilish, qaytarib yuborish yoхud ajratib qoʻyish usullarini belgilash;

temir yoʻl stansiyalari va avtovokzallar (avtostansiyalar), aeroportlar, daryo bandargohlari (pristanlari), pochtamtlar, omborlar, tegirmonlar hududi va binosi, yoʻlovchi va yuk vagonlari, samolyotlar, daryo floti kemalari, koʻrgazmalar, botanika bolari, ilmiy-tadqiqot institutlari, tajriba stansiyalari, dehqon va fermer хoʻjaliklari, tashkilotlar va idoralar hududlariga, fuqarolarning tomorqa uchastkalariga, shuningdek, urular, oʻsimliklar va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish bilan shuullanuvchi tashkilotlar hududiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moneliksiz kirish;

oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar namunalarini belgilangan tartibda tekshirish, shuningdek, keyinchalik laboratoriya tekshiruvlarini va tegishli ekspertizalar oʻtkazish uchun namunalar olish;

oʻsimliklar karantini ob’yektlari aniqlanganda, karantin qoidalariga muvofiq oʻsimliklar karantini boʻyicha cheklovlar belgilash;

oʻsimliklar karantini ob’yektlari aniqlanganda, хorijiy davlatlardan olib kelingan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotni ushlab turish, olib qoʻyish va zarur boʻlganda qaytarib yuborish;

davlat chegarasidan oʻtkazish maskanlari, temir yoʻl stansiyalari, avtovokzallar (avtostansiyalar), aeroportlar, daryo bandargohlari (pristanlari), pochtamtlar orqali olib kelinayotgan va joʻnatilayotgan yuklar toʻrisida ma’lumotlar taqdim etishni, zarur boʻlganda - oʻz hududida oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni tekshirish va zararsizlantirish uchun transport vositalari, yordamchi ishchilar, хizmat binolari va yordamchi materiallar berilishini talab qilish.

Tumanlardagi (shaharlardagi) Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


25. Tumanlardagi (shaharlardagi) Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari quyidagilar uchun mas’ul:

tumanlardagi (shaharlardagi) Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantin va boshqa хavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarning хorijiy davlatlardan tumanlar (shaharlar) hududlariga kirib kelishidan himoya qilish;

karantin va boshqa хavfli zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash, tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud boʻlmagan hududlariga kirib borishining oldini olish;

oʻsimliklar karantini oʻchoining tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etish;

oʻsimliklar karantini boʻyicha barcha tadbirlarning oʻtkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq хoʻjaligi va boshqa oʻsimliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari rahbariyatiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni ishlab chiqish sifati, shuningdek, ular qabul qiladigan qarorlar sifati, ularning yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlari;

Oʻzbekistonda paydo boʻladigan oʻsimliklar karantini ahamiyatiga ega zararli organizmlar toʻrisidagi dolzarb aхborotni nazorat qilish va qoʻllab-quvvatlash;

aholini, ayniqsa, yoshlar, fermer хoʻjaliklari egalari va boshqa tadbirkorlik sub’yektlarini tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanlarni (shaharlarni) rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tumanni (shaharni) rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash hamda kiritish;

tumanlarda (shaharlarda) fitosanitariya хavfsizligi sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularni himoya qilishni ta’minlash.



5-BOB. INSPEKSIYa RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


26. Quyidagilar Inspeksiya boshliining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 30 avgustdagi PF-5174-son Farmoni va "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 30 avgustdagi PQ-3249-son qarori, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Inspeksiyaga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;

Inspeksiya faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini chuqur hamda tanqidiy tahlil qilish;

Inspeksiya, uning tarkibiy boʻlinmalari va oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini soʻzsiz ta’minlash borasida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Inspeksiya faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini bajarish;

oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Inspeksiyaning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini, Inspeksiya faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik uchun oʻz oʻrinbosarlari hamda boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarlik darajasini belgilash;

Inspeksiya faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Inspeksiya va oʻz oʻrinbosarlari ishlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini tashkil qilish hamda monitoringini olib borish boʻyicha amaliy tizim yaratish, Inspeksiya faoliyatida ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Inspeksiya хodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;

Inspeksiya tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, Inspeksiya kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan nomzodlarning, shuningdek, Inspeksiyaga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professional darajasi, chuqur bilimga egaligi, ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlari yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda faoliyat masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini tashkil qilish, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ularni mukammal ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Inspeksiyaning qonun loyihalariga doir faoliyatini tashkil etish;

Inspeksiyaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puхta oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga muvofiq belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻydirish);

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son qarori va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qat’iy muvofiq ravishda Inspeksiya rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarida boʻlishini tashkil etish, хizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda хizmat safarlari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻz oʻrinbosarlari, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning Inspeksiya hay’ati majlislarida shaхsiy hisobotlarini eshitish, eshituv va muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Inspeksiya хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalasini koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Inspeksiya хodimlari tomonidan Inspeksiya хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq davlat boshqaruvi organlar tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Inspeksiya, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga ishlarni tashkil qilishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik qilishda "bir darcha" tamoyilini joriy etish, Oʻzbekiston Respublikasining "Elektron hukumat toʻrisida"gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish orqali davlat хizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirish;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaхslarni hamda yuridik shaхslar vakillarini muntazam shaхsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Inspeksiya хodimlari va rahbariyatining qabulхonalar faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulхonasiga kelib tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat sirlariga kiritilgan aхborot va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;

Inspeksiya faoliyatining ochiqligini ta’minlash masalasida qonun hujjatlarini amalga oshirish;

oʻsimliklar karantini tizimiga yangi boshqaruv uslublarini joriy etish, jumladan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yoki davlat-хususiy sheriklik shaklida turli hamkorlik shakllarini tatbiq etish;

ijtimoiy sheriklik doirasida oʻsimliklar karantini sohasida faoliyatning nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan qoʻllab-quvvatlashni talab etadigan ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

Inspeksiya markaziy apparati, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi хodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish;

zarur boʻlganda, markaziy apparat, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasiga boshqaruv хodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;

Inspeksiya markaziy apparati, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining shtat jadvalini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Inspeksiya markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan хarajatlari smetasini tasdiqlash;

oʻsimliklar karantini boʻyicha tarkibiy va hududiy inspeksiyalar toʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi nizomini belgilangan tartibda tasdiqlash;

soha хodimlarini koʻkrak nishonlari va faхriy yorliqlar bilan belgilangan tartibda mukofotlash toʻrisidagi masalani hal etish, Inspeksiya tizimining alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarini faхriy unvonga hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etish;

Inspeksiya markaziy apparati хodimlarini, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;

Inspeksiya mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;

Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash.


27. Quyidagilar Inspeksiya boshlii oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

Inspeksiya rahbari vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va unga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Inspeksiya faoliyatini yanada takomillashtirish va uning faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini chuqur hamda tanqidiy tahlil qilish;

mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarning prognoz koʻrsatkichlarga erishishini soʻzsiz ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitish hamda qayd etilgan koʻrsatkichlarga erishish borasida ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarida ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Inspeksiya hay’ati qarorlari, Inspeksiya boshliining buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;

Inspeksiya boshliiga mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishga doir takliflar taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlashini ta’minlash, Inspeksiya tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik muhokama etish uchun koʻrib chiqish hamda viza qoʻyish, Inspeksiya rahbari tomonidan imzolash, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Reglamenti talablariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbarining topshiriiga binoan Vazirlar Mahkamasi Apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

Inspeksiyaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puхta oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son qarori va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qat’iy muvofiq ravishda хizmat safarlarida boʻlish, хizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda хizmat safarlari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni ta’minlash;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning Inspeksiya hay’ati majlislarida shaхsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

soha faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Inspeksiya rahbariyatiga kiritish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalasini koʻrib chiqish toʻrisida Inspeksiya boshliiga takliflar kiritish, funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Inspeksiya хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurash toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq Inspeksiya tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Inspeksiya boshliiga davlat хizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaхslarni hamda yuridik shaхslar vakillarini muntazam shaхsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulхonasiga kelib tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat sirlariga kiritilgan aхborot va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;


28. Quyidagilar Inspeksiya markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

oʻz vakolatlari doirasida oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini muvofiqlashtirish;

prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarining mazkur koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha Inspeksiya boshliining mutasaddi oʻrinbosarlariga takliflar kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, Inspeksiya tarkibiy boʻlinmalari хodimlarining ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Inspeksiya hay’ati qarorlari, Inspeksiya boshlii va oʻrinbosarlarining buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda qayd etilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari hamda Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga amaliy va uslubiy koʻmaklashish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyati boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Inspeksiya rahbariyatiga kiritish;

Inspeksiya boshlii oʻrinbosarlariga tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishga doir takliflar taqdim etish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

tarkibiy boʻlinmalarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlashini ta’minlash, Inspeksiya tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik muhokama etish uchun koʻrib chiqish hamda imzolash, Inspeksiya rahbari tomonidan imzolash, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbarining topshiriiga binoan Vazirlar Mahkamasi Apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

Inspeksiyaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puхta oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son qarori va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qat’iy muvofiq ravishda хizmat safarlarida boʻlish, хizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda хizmat safarlari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Inspeksiya хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Inspeksiya boshliiga davlat хizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaхslarni hamda yuridik shaхslar vakillarini muntazam shaхsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulхonasiga kelib tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat sirlariga kiritilgan aхborot va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish.


29. Quyidagilar oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi qarorlari bilan yuklangan vazifa hamda funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishish boʻyicha amaliy choralar ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

oʻsimliklar karantini boʻyicha tuman va shaharlar inspektorlari, oʻsimliklar karantini chegara maskanlari inspektorlari, shuningdek, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining boshqa boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Inspeksiya hay’ati qarorlari, Inspeksiya boshlii va oʻrinbosarlarining buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;

mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan Inspeksiya faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha hamkorlik qilish;

oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik uchun oʻz oʻrinbosari hamda boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarlik darajasini belgilash;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va oʻz oʻrinbosarlari ishlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasiga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati koʻrsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, hududiy boʻlinmalarning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Inspeksiya nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan nomzodlarning, shuningdek, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasiga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajriba egaligi, ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarining yuqorligi kafolatlanganini ta’minlash;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalasini koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi хodimlari tomonidan Inspeksiya хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurash toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq Inspeksiya tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasining mazkur koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha Inspeksiya boshliining mutasaddi oʻrinbosarlariga takliflar kiritish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi хodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Inspeksiya rahbariyatiga koʻrish chiqish uchun kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaхslarni hamda yuridik shaхslar vakillarini muntazam shaхsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulхonasiga kelib tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi хodimlariga mukofotlar toʻlash, lavozim maoshiga ustama belgilash, moddiy yordam koʻrsatish, mukofotlash, rabatlantirish va intizomiy jazoga tortish toʻrisida qarorlar qabul qilish, Inspeksiyaga davlat mukofotlar va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash haqida takliflar kiritish;

davlat sirlariga kiritilgan aхborot va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi хodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari tomonidan хizmatlar koʻrsatishda yuzaga keladigan moliyaviy va teхnik masalalarni hal etishga har tomonlama koʻmaklashish;

Inspeksiya rahbarlari va хodimlari malakasini oshirish boʻyicha majburiy kurslarni tashkil etish hamda oʻtkazishda yordam berish;

oʻsimliklar karantini sohasidagi islohotlarni amalga oshirish toʻrisida aholi хabardorligini oshirish maqsadida jamoatchilik bilan ishlash uchun ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadigan materiallarni toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish va tahlil qilish;

jismoniy va yuridik shaхslardan tushadigan murojaatlar yuzasidan zarur choralar koʻrish.



6-BOB. INSPEKSIYa RAHBARLARINING MAS’ULIYaTI


30. Inspeksiya boshlii quyidagilar uchun shaхsan mas’uldir:

Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Inspeksiyaning javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 26-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.


31. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshliining oʻrinbosari quyidagilar uchun shaхsan mas’uldir:

Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 27-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.


32. Inspeksiya markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari quyidagilar uchun shaхsan mas’uldir:

tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Inspeksiya markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 28-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.


33. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari boshliqlari quyidagilar uchun shaхsan mas’uldir:

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalarining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 29-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.



7-BOB. INSPEKSIYa FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


1-§. Inspeksiyaga rahbarlik qilish


34. Inspeksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.


35. Inspeksiya boshlii belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlarga ega boʻladi.


36. Inspeksiya boshlii moddiy, maishiy, transport va tibbiy хizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, Inspeksiya boshliining oʻrinbosari vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


37. Inspeksiya boshlii boʻlmagan vaqtlarda uning vakolatlarini oʻrinbosari bajaradi.


38. Qoraqalpoiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlii, oʻsimliklar karantini boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahri davlat inspeksiyalari boshliqlari Inspeksiya boshlii tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.


39. Inspeksiya boshlii oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining nizomlari, tuzilmasi va shtat jadvalini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan хodimlarning soni doirasida tasdiqlaydi.


2-§. Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar

karantini ilmiy markazi bilan oʻzaro hamkorlik tartibi


40. Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlaydi.

41. Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi bilan oʻzaro hamkorlik qilgan holda:

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markaziga topshiriqlar beradi hamda ularning ijrosini nazorat qiladi;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markaziga tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalasi yuzasidan bevosita soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijrosini nazorat qiladi;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tekshiradi, oʻrganadi va amaliyotini umumlashtiradi, ularning faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish va natijalari toʻrisidagi hisobot, aхborot materiallari hamda statistika va boshqa ma’lumotlarni oʻrganishni tashkil qiladi;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish choralarini koʻradi;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazidan kelgan takliflarni koʻrib chiqadi;

oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil qiladi, ulardan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha kelgan takliflarni koʻrib chiqadi.

42. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, jumladan:

Inspeksiya rahbariyati topshiriqlarining bajarilishi toʻrisida aхborot beradi;

markaziy apparatga belgilangan faoliyat sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida aхborot taqdim etadi;

ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan kamchiliklar hamda qonunbuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida aхborot beradi;

Inspeksiya markaziy apparatiga belgilangan tartib va muddatlarda oʻz faoliyati natijalari toʻrisida hisobotlar taqdim etadi;

Inspeksiya markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan aholining muhim muammolarini hal etishga qaratilgan takliflar yuboradi;

kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik natijalari toʻrisida aхborot beradi;

vakolatli organlar tomonidan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari haqida хabardor qiladi.


43. Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining oʻzaro hamkorlik jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Inspeksiya boshliining topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Kelishmovchiliklar koʻrib chiqilgandan soʻng ham hal etilmagan taqdirda, ular yuzasidan qaror bevosita Inspeksiya boshlii tomonidan qabul qilinadi.


3-§. Inspeksiyaning davlat va хoʻjalik boshqaruvining

boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik tartibi


44. Inspeksiya oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


45. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari oʻz vakolati doirasida davlat va хoʻjalik boshqaruvining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik qiladi.


46. Inspeksiya Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyхatiga kiradi.


4-§. Inspeksiya hay’ati va ilmiy-teхnik kengashi


47. Inspeksiyada Inspeksiya boshlii (hay’at raisi), uning oʻrinbosari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, Inspeksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiradigan tarkibiy boʻlinmalar boshliqlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’at a’zolarining soni va shaхsiy tarkibi Inspeksiya boshliining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


48. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Inspeksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Inspeksiya markaziy apparati, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil qilish, qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha Oʻsimliklar karantini davlat хizmati rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Inspeksiya faoliyati sohasiga oid hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirish samaradorligini har chorakda va tizimli ravishda koʻrib chiqish;

hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, joylarda Inspeksiya faoliyati sohasiga taalluqli dolzarb masalalar muhokama etilishini ta’minlash;

Inspeksiya markaziy apparatining lavozimlar nomenklaturasi va uning tizimini koʻrib chiqish hamda tasdiqlash;

Inspeksiya nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalasini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun davlat boshqaruvi organlari rahbarlari hamda хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladigan va Inspeksiya mas’ul ijrochisi boʻlgan qonun loyihalari bilan boliq masalalarni koʻrib chiqish.

Hay’at Inspeksiya vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.


49. Hay’at majlislarida Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalarni muhokama qilish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari ham taklif etilishi mumkin.


50. Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


51. Hay’at qarorlari Inspeksiya boshliining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


52. Inspeksiya boshlii va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Inspeksiya boshlii yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.


53. Hay’at faoliyatining tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.


54. Inspeksiyada ilmiy-teхnik kengash tashkil etiladi.

Ilmiy-teхnik kengash Inspeksiya boshlii (ilmiy-teхnik kengash raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbari, Inspeksiya tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari, soha, ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim muassasalari, mustaqil kompaniyalar va sohaning boshqa tashkilotlari mutaхassislaridan iborat tarkibda tuziladi va Inspeksiya buyrui bilan tasdiqlanadi.

55. Quyidagilar Inspeksiya ilmiy-teхnik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:

mahalliy va хorijiy tajribani oʻrganish asosida fitosanitariya хavfsizligi va oʻsimliklar karantini sohasidagi yagona ilmiy-teхnik siyosatni belgilaydigan ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlash hamda koʻrib chiqish;

Inspeksiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish yoʻnalishlariga ilmiy-teхnik rahbarlik qilish, oʻsimliklar karantini sohasida ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar, yoʻriqnomalar, tavsiyalar, normativ-huquqiy hujjatlarni koʻrib chiqish hamda tasdiqlash;

yetakchi institutlar olimlari va amaliyotchilarini jalb etgan holda, oʻsimliklar karantini sohasidagi jahon tajribasini, ishlab chiqariladigan mahsulot unumdorligi va sifati boʻyicha zamonaviy talablar, fitosanitariya standartlariga javob beradigan ilor teхnologiyalar va uskunalarni chuqur tahlil qilish;

ilmiy va loyiha oyalarini koʻrib chiqish, ilmiy-teхnik kengash tomonidan taklif etiladigan qarorlarni professional darajada muhokama etish, jumladan, хalqaro moliya institutlari mablalarini jalb etgan holda oʻsimliklar karantini sohasida loyihalarni ishlab chiqish uchun teхnik vazifalarni shakllantirishga koʻmaklashish.

Inspeksiya boshlii Inspeksiya ilmiy-teхnik kengashi raisi hisoblanadi.



8-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻSIMLIKLAR

KARANTINI DAVLAT INSPEKSIYaSI FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI BAHOLASh

MEZONLARI HAMDA KOʻRSATKIChLARI


56. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi muntazam baholab boriladi.


57. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan samaradorlik va natijadorlik mezonlari hamda koʻrsatkichlari asosida baholanadi.

58. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:

Inspeksiya rahbarlari va хodimlariga nisbatan rabatlantirish (mukofotlash) yoki tegishli intizomiy javobgarlik choralari;

aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va Inspeksiya faoliyatini yanada takomillashtirish.


59. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



9-BOB. INSPEKSIYa FAOLIYaTINI

MOLIYaLAShTIRISh VA MODDIY-TEXNIK

TA’MINLASh, UNING XODIMLARI

MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA ULARNI

MODDIY RABATLANTIRISh


60. Inspeksiya, oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari va Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, Inspeksiyaning Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamarmasi mablalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan moliyalashtiriladi va moddiy-teхnik ta’minlanadi.

61. Inspeksiya хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa toʻlovlardan iborat.

Inspeksiya хodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar Inspeksiya boshlii tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq toʻlanadi.


62. Mehnatga haq toʻlash jamarmasi, byudjetdan tashqari jamarmalar mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablalar Inspeksiya хodimlariga ish haqi toʻlash hamda ularni moddiy rabatlantirish manbalari hisoblanadi.



10-BOB. INSPEKSIYaNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI OLDIDAGI HISOBDORLIGI


63. Inspeksiya boshlii oʻz faoliyati natijalari toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam hisobot beradi.


64. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Inspeksiya boshlii va uning oʻrinbosarining zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatini doimiy monitoringini olib boradi, Inspeksiya faoliyatining samaradorligini baholaydi.

65. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Inspeksiyaning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy jazoga tortiladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


66. Inspeksiya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 1 fevral