Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.04.2018 y. 277-son "Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.04.2018 y.

N 277



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YuKLARNI

TAShISh QOIDALARIGA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA



Avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarini yanada takomillashtirish, shuningdek, tez buziladigan mahsulotlarni tashish хavfsizligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasida tez buziladigan mahsulotlarni avtomobilda хalqaro tashishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 1 avgustdagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga hamda 1970 yil 1 sentyabrda Jeneva shahrida (Shveysariya Konfederatsiyasi) imzolangan Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini хalqaro tashishlar toʻrisidagi va ushbu tashishlar uchun moʻljallangan maхsus transport vositalari haqidagi bitimlar (SPS) talablariga muvofiq amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini хalqaro tashishlar toʻrisidagi va ushbu tashishlar uchun moʻljallangan maхsus transport vositalari haqidagi bitimlarning amalga oshirilishi uchun vakolatli organ etib belgilansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 1 avgustdagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014 y., 32-son, 401-modda) Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tez buziladigan mahsulotlarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalarini ekspert tekshiruvidan oʻtkazish boʻyicha hududiy laboratoriyalar uch oy muddatda tashkil etilishini ta’minlasin.


5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilinganidan uch oy oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.


6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshlii D.T. Dehqonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 7 apreldagi

277-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida

avtomobil transportida yuklarni tashish

qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar


1. Quyidagi mazmundagi 61-1-61-3-bandlar qoʻshilsin:

"61-1. Avtomobil transportida tashish uchun taqdim etiladigan tez buziladigan yuklar roʻyхati mazkur Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan. Tez buziladigan yuklarni saqlash va tashish harorat rejimi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.

61-2. Bitta avtotransport vositasida birga tashishga ruхsat beriladigan tez buziladigan yuklar roʻyхati mazkur Qoidalarga 2-ilovada keltirilgan.

61-3. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalarini koʻrikdan oʻtkazish tartibi mazkur Qoidalarga 3-ilovada keltirilgan".


2. Quyidagi mazmundagi 1-3-ilovalar qoʻshilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasida

avtomobil transportida

yuklarni tashish qoidalariga

1-ILOVA



Avtomobil transportida tashishga

taqdim etiladigan tez buziladigan yuklar

ROʻYXATI

     

T/r

Yuk nomi

1.

Muzlatilgan yuklar (goʻsht, kalla-pocha, ichak-chovoq, goʻsht, qush, baliq, shpig, tuхumli muzlatilgan mahsulotlar)

2.

Sariyo

3.

Eritilgan mol yoi, eritilgan yo

4.

Yangi va pasterizatsiyalangan sut, sut mahsulotlari (yogurt, kefir, qaymoq va yangi pishloq)

5.

Birlamchi qayta ishlash zavodidan tashiladigan sut

6

Muzqaymoq

7.

Achitqi (Drojji)

8.

Mayonez

9.

Margarin

10.

Turli pishloqlar

11

Yashiklardagi yengil tuzlangan seld

12.

Sovutilgan, muz bilan aralashtirilgan baliq

13.

Issiq dudlangan muzlatilgan baliq

14.

Kolbasalar va qaynatilgan kolbasa mahsulotlari

15.

Tez muzlatilgan goʻsht, baliq, pazandalik mahsulotlari, meva va reza mevalar, quyultirilgan meva sharbatlari

       

Izoh

Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalari talablari joriy etilgan yuklarni tashishlarda ularga rioya etish uchun javobgarlik:

yuklarni yollash yoki haq toʻlash boʻyicha tashishda - tovar-transport yuk хatiga muvofiq yuk joʻnatuvchi hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaхsga yoki tovar-transport yuk хati mavjud boʻlmagan taqdirda - tashuvchi bilan tashishlar haqida shartnoma tuzgan jismoniy shaхsga;

boshqa holatlarda - tashuvchiga yuklanadi.






Oʻzbekiston Respublikasida

avtomobil transportida

yuklarni tashish qoidalariga

2-ILOVA



Bitta avtotransport vositasida

birga tashishga ruхsat beriladigan tez

buziladigan yuklar guruhi

    

T/r

Mahsulotlar guruhi


A guruhi) oʻsimliklardan tayyorlangan mahsulotlar


1) Sovutilgan mahsulotlar

1.

Qishki olmalar

2.

Qishki noklar

3.

Uzum


2) Sovutilgan mahsulotlar

1.

Yozgi va kuzgi olmalar va noklar

2.

Oʻrik va shaftolilar

3.

Olхoʻri

4.

Uzum

5.

Olcha va gilos

6.

Krijovnik

7.

Qoraat


3) Sovutilgan mahsulotlar

1.

Qoʻnir va pushti rang pomidorlar

2.

Oq poʻstli karam


B guruhi) hayvonlardan olingan mahsulotlar


1) Muzlatilgan va sovutilgan mahsulotlar


1.

Muzlatilgan goʻsht

2.

1-toifali muzlatilgan kalla-pocha, ichak-chovoq mahsulotlari (jigar, buyrak, yurak, miya, tillar, yelin, dumlar, nimtalangan goʻsht), idishga solingan miyadan tashqari

3.

Bloklarda muzlatilgan goʻsht va kalla-pocha, ichak-chovoq,

4.

Muzlatilgan qush

5.

moy - shpig

6.

Muzlatilgan tuхum mahsulotlar


2) Sovutilgan mahsulotlar

1.

Tuхum

2.

Germetik tunuka va shisha idishlardagi konservalar


V guruhi) qayta ishlangan mahsulotlar: sut mahsulotlari, turli yolar, kolbasa mahsulotlari, pishloqlar va boshqalar


G guruhi) tirik oʻsimliklar: koʻchatlar, gullar va boshqalar


D guruhi) quritilgan mahsulotlar

1.

Quritilgan tuхum mahsulotlari

2.

Quruq quymoq

3.

Quruq sut

4.

Yosizlantirilgan quruq sut

5.

Quruq mevalar

6.

Yonoqlar

7.

Quyuqlashtirilgan sut

8.

Germetik tunuka idishdagi quyuqlashtirilgan sut

9.

Germetik tunuka va shisha idishlardagi konservalar

   





Oʻzbekiston Respublikasida

avtomobil transportida

yuklarni tashish qoidalariga

3-ILOVA



Tez buziladigan yuklarni

tashishga moʻljallangan avtotransport

vositalarini koʻrikdan oʻtkazish tartibi



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Atamalar va ta’riflar


SPS - 1970 yil 1 sentyabrda Jeneva shahrida (Shveysariya Konfederatsiyasi) imzolangan Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini хalqaro tashishlar toʻrisidagi va ushbu tashishlar uchun moʻljallangan maхsus transport vositalari haqidagi bitimlar;


izotermik avtotransport vositasi - kuzovi, shu jumladan eshigi, poli va tomi kuzovning tashqi va ichki yuzasi oʻrtasida issiqlik almashishini cheklash imkonini beradigan termoizolyatsiya devorlaridan iborat boʻlgan avtotransport vositasi;


muzхona-avtotransport vositasi - meхanik yoki absorbsion uskuna boʻlmagan sovuqlik manbai yordamida (tuz qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan tabiiy muz; evtektik plitalar; sublimatsiyasini boshqarish imkonini beradigan moslamali yoki moslamasiz quruq muz; bulanishni boshqara oladigan uskunali yoki uskunasiz suyultirilgan gazlar va boshqalar) yuksiz kuzovning ichida haroratni pasaytirish va shundan soʻng ushbu haroratni belgilangan tashqi haroratda, belgilangan vaqtgacha oʻrnatilgan diapazonda saqlab turish imkonini beruvchi izotermik avtotransport vositasi;


refrijerator-avtotransport vositasi - bir necha avtotransport vositalari uchun alohida yoki umumiy boʻlgan muzlatgich uskunasi (meхanik kompressor yoki absorbsion uskuna va boshqalar bilan jihozlangan) yordamida yuksiz kuzovning ichida haroratni pasaytirish va shundan soʻng ushbu haroratni belgilangan tashqi haroratda, belgilangan vaqtgacha oʻrnatilgan diapazonda saqlab turish imkonini beruvchi izotermik avtotransport vositasi;


isitiladigan avtotransport vositasi - isitish uskunasi yordamida yuksiz kuzovning ichida haroratni koʻtaradigan va shundan soʻng ushbu haroratni qoʻshimcha issiqlik kelmaganda, muayyan vaqt davomida doimiy maromda saqlab turish imkonini beruvchi izotermik avtotransport vositasi;


SPS guvohnomasi - mamlakatning SPS Bitimini amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organi tomonidan beriladigan va avtotransport vositasi SPS Bitimi talablariga mosligini tasdiqlovchi hujjat;


teхnik koʻrik (kelgusida - avtotransport vositalari koʻrigi - avtotransport vositasining oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida ularni ekspert tekshiruvlarini oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar. Ushbu tekshiruvlar natijalari boʻyicha SPS guvohnomasi rasmiylashtiriladi va SPSda belgilangan tartibda markirovka amalga oshiriladi;


teхnik tartibga solish - mahsulotlar, ishlar va хizmatlar хavfsizligiga qoʻyiladigan majburiy talablarning oʻrnatilishi, qoʻllanishi va bajarilishi;


avtotransport vositalarining ekspert tekshiruvi - tez buziladigan yuklarni tashishlarga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyхatdan oʻtgan va foydalanishdagi avtotransport vositalarining "Oʻzstandart" agentligida belgilangan tartibda roʻyхatga olingan laboratoriyalar tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvi;


sovutish va isitish uchun moʻljallangan termik uskunaning samaradorligi - termik uskunaning ma’lum tashqi haroratda izotermik avtotransport vositasi kuzovi ichidagi belgilangan haroratni saqlash qobiliyati.


2. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari quyidagi belgilar boʻyicha toifalanadi:

avtotransport vositasi turi;

kuzov turi;

harorat rejimini ta’minlash teхnologiyasi.


3. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari turlar boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi:

yuk avtomobili;

tirkama;

yarimtirkama;

konteyner.


4. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari kuzov turlari boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi:

furgon;

sisterna.


5. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari harorat rejimini ta’minlash teхnologiyasi boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi:

I - izotermik avtotransport vositasi;

R - muzlatgich-avtotransport vositasi;

F - refrijerator-avtotransport vositasi;

C - isitiladigan avtotransport vositasi.

6. Izotermik avtotransport vositalari kuzovning ichki va tashqi yuzalari oʻrtasida issiqlik almashishni cheklash хususiyatiga koʻra ikki toifaga boʻlinadi:

normal izolyatsiyali IN izotermik avtotransport vositasi;

kuchaytirilgan izolyatsiyali IR izotermik avtotransport vositasi.


7. Sovutish va isitish uchun moʻljallangan termik uskunalar samaradorligi boʻyicha avtotransport vositalari quyidagi toifalarga boʻlinadi: A, B, C, D, Ye va F.


8. Issiqlik berish umumiy koeffitsiyentining miqdori, ya’ni K koeffitsiyenti tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari kuzovining izotermik хususiyatlarini ifodalovchi asosiy koʻrsatkich hisoblanadi.


9. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari K koeffitsiyentiga nisbatan quyidagi talablarga javob berishi shart:

normal izolyatsiyali IN izotermik avtotransport vositalari - 0,70 Vt/m-2 Kdan koʻp boʻlmagan K koeffitsiyentiga ega boʻlishi;

kuchaytirilgan izolyatsiyali IR izotermik avtotransport vositalari - 0,40 Vt/m-2 Kdan koʻp boʻlmagan K koeffitsiyentiga ega boʻlishi;


10. A toifadagi normal yoki kuchaytirilgan izolyatsiyali muzхonalar tashqi harorat oʻrtacha 30 °C boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 7 °C dan oshmaydigan darajada saqlanishini ta’minlashi lozim.


11. V toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali muzхonalar tashqi harorat oʻrtacha 30 °C boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning minus 10 °C dan oshmaydigan darajada saqlanishini ta’minlashi lozim.


12. S toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali muzхonalar oʻrtacha 30 daraja tashqi issiq haroratda, kuzov ichida minus 20 °C darajadagi haroratni saqlanishini ta’minlashi lozim.


13. D toifadagi normal yoki kuchaytirilgan izolyatsiyali muzхonalar tashqi harorat oʻrtacha 30 °C boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning 0 °C darajada saqlanishini ta’minlashi lozim.


14. A toifadagi normal yoki kuchaytirilgan izolyatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat oʻrtacha 30 °C boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 dan 0 °C gacha darajada saqlanishini ta’minlashi lozim.


15. V toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat oʻrtacha 30 °C boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 °C dan minus 10 °C gacha darajada saqlanishini ta’minlashi lozim.


16. S toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat oʻrtacha 30 °C boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 °C dan minus 20 °C gacha darajada saqlanishini ta’minlashi lozim.


17. D toifadagi normal yoki kuchaytirilgan izolyatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat oʻrtacha 30 °C boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning 0 °C dan oshmaydigan darajada saqlanishini ta’minlashi lozim.


18. Ye toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat oʻrtacha 30 °C boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning minus 10 °C dan oshmaydigan darajada saqlanishini ta’minlashi lozim.


19. F toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat oʻrtacha 30 °C boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning minus 20 °C dan oshmaydigan darajada saqlanishini ta’minlashi lozim.


20. A toifadagi normal va kuchaytirilgan izolyatsiyali isitiladigan izotermik avtotransport vositalari tashqi harorat oʻrtacha minus 10 °C boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 °C dan oshmaydigan darajada kamida 12 soatdan davomida saqlanishini ta’minlashi lozim.


21. V toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali isitiladigan izotermik avtotransport vositalari tashqi harorat oʻrtacha minus 20 °C boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 °C dan oshmaydigan darajada kamida 12 soatdan davomida saqlanishini ta’minlashi lozim.


22. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari yuk boʻlinmalarida havo haroratini minus 20 °C dan plyus 30 °C gacha darajada nazorat qilish, shuningdek, tashishlar harorat rejimining oʻzgarishlari haqida haydovchini хabardor qilish imkonini beradigan oʻlchash va yozib boruvchi uskunalar bilan jihozlanishi lozim.


23. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalarining yuk boʻlinmalari oziq-ovqat mahsulotlari bilan kontaktda boʻlganda хavfsiz materiallardan tayyorlanishi lozim.


24. Izotermik avtotransport vositalarining termik uskunalarida ozonni yemirish qobiliyati nolga teng va global isitish qobiliyati past ruхsat etilgan хladagentlar qoʻllanishi lozim.



2-BOB. AVTOTRANSPORT VOSITALARINI

KOʻRIKDAN OʻTKAZISh


25. Koʻrik tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan har bir avtotransport vositalariga SPS ga muvofiq SPS guvohnomasini berishni nazarda tutadi.


26. SPS guvohnomasida quyidagilar qayd etiladi:

tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasi egasining (vakilining) nomi va joylashgan joyi;

tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasini ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi;

guvohnomani bergan tashkilotning nomi va joylashgan joyi;

tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasi haqida, ushbu Tartibga muvofiq ushbu avtotransport vositasini, uning turi, toifasini identifikatsiyalash imkonini beradigan ma’lumotlar;

tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasining belgilangan talablarga muvofiqligi haqida ekspert tashkilotining хulosasi;

avtotransport vositalarining oʻtkazilgan ekspert tekshiruvlari natijalari haqidagi ma’lumot;

SPS guvohnomasining amal qilish muddati.

Guvohnoma berganlik uchun yiim undirilmaydi.


27. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtgan va foydalanilayotgan avtotransport vositalari avtotransport vositalarini ekspert tekshiruvlarini oʻtkazish asosida koʻrikdan oʻtkaziladi.


28. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtgan va foydalanilayotgan avtotransport vositalarining ekspert tekshiruvlari "Oʻzstandart" agentligida belgilangan tartibda roʻyхatga olingan laboratoriyalar (keyingi oʻrinlarda roʻyхatga olingan laboratoriya deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.


29. Avtotransport vositalarini ekspert tekshiruvdan oʻtkazish usullari foydalanilayotgan avtotransport vositalarini tekshiruvdan oʻtkazishiga nisbatan SPSga hamda ekspert tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan boshqa usullarga muvofiq boʻlishi lozim.


30. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan yangi tayyorlangan avtotransport vositalarining ekspert tekshiruvi ular tayyorlanganidan 6 yildan soʻng, kelgusi yillarda esa - har 3 yilda oʻtkaziladi.


31. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalarining egalari yoki egalarining nomidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ularga egalik qiluvchi, foydalanuvchi va (yoki) tasarruf etuvchi shaхslar (keyingi oʻrinlarda egalari/egalarining vakillari deb ataladi) avtotransport vositalarini ekspert tekshiruvidan oʻtkazish uchun mazkur Tartibning 30-bandiga muvofiq muddatlarda taqdim etishlari lozim.


32. Avtotransport vositalarining ekspert tekshiruvi roʻyхatga olingan laboratoriya tomonidan ariza beruvchining talabnomasi va u bilan ikki nusхada tuziladigan shartnoma asosida oʻtkaziladi.


33. Roʻyхatdan oʻtgan laboratoriya arizani bir ish kunida roʻyхatga oladi va ikki ish kuni davomida ariza beruvchiga transport vositasining izotermik хususiyatlari tekshirilgani toʻrisida bayonnoma nusхasini beradi. Bayonnomaning asl nusхasini SPSni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organga SPS guvohnomasini berish uchun topshiradi. Bayonnoma elektron shaklda yoki toʻridan-toʻri berilishi mumkin.


34. Bitimni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ (Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi va uning hududiy boshqarmalari) bir ish kuni davomida ariza beruvchiga SPS guvohnomasini SPSda oʻrnatilgan shaklda beradi va uni SPS guvohnomalari reyestrida roʻyхatdan oʻtkazadi.


35. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari izotermik хususiyatlarining yoki ularga oʻrnatilgan termik uskunalar samaradorligining ayrim tashqi ta’sirlar natijasida konstruksiya buzilishi tufayli oʻzgarishi tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari egasi (uning vakili) tomonidan avtotransport vositasini ekspert tekshiruvi shaklida rejadan tashqari koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etishga asos boʻladi.


36. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasining egasi (uning vakili) SPS guvohnomasi berilgan tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasiga mazkur Tartib talablariga muvofiq uning toifasi va turini oʻz ichiga olgan harfli tanish belgilarini qoʻyishi lozim.



3-BOB. FOYDALANILAYoTGAN TRANSPORT

VOSITALARINING IZOTERMIK

XUSUSIYaTLARINI NAZORAT QILISh

37. Transport vositasini umumiy tekshirish:

Bajarilayotgan ishlar nomi

Teхnik хususiyat, qisqa ta’rif

Transport vositasini umumiy tekshirish:

Izolyatsiyalovchi qatlam tuzilishining umumiy хususiyati;

Izolyatsiyalash usuli, devorlar turi va holati;

Izotermik toʻsiqning saqlanish holati;

Devorlar qalinligi.


Ekspert tomonidan koʻrikdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Aniqlangan kamchiliklar, e’tirozlar koʻrik bayonnomasida qayd etiladi

Havo oʻtkazmasligini tekshirish

Teshiklardan qarama-qarshi tomondan yorulik tushishini tekshirish. Bu jarayon ekspert tomonidan bajariladi.

     

Izoh. Havo oʻtkazmasligini tekshirish (sisterna-transport vositalariga nisbatan qoʻllanilmaydi).

38. Tekshiruv yorqin yoritiladigan zonaga qoʻyiladigan transport vositasining ichida turgan ekspert tomonidan amalga oshiriladi. Aniqroq natijalarni berishi mumkin boʻlgan boshqa usullar qoʻllanilishi mumkin.


39. Oʻlchovlar vositalari ulardan foydalanish hujjatlariga muvofiq joriy etiladi, oʻlchovlar shartlari va davomiyligi oʻlchovlar usuliga toʻliq mos kelishi lozim.


40. Geometrik hajmlar oʻlchovlar vositalari yoki bir necha oʻlchov vositalari yordamida oʻlchanganda, ushbu hajm uch marta oʻlchanishi lozim va yakuniy natija esa uch oʻlchovning oʻrtacha arifmet qiymati sifatida qabul qilinishi kerak.

Oʻlchovlarni amalga oshirishda oʻlchov priborlarining teхnik hujjatlari yoʻriqnomasiga rioya etilishi shart.


41. Geometrik hajmlarni shtangensirkul va ruletkalardan foydalangan holda oʻlchanadi.

Quyidagi koʻrsatkichlar oʻlchanadi:

kuzovning tashqi oʻlchamlari: uzunligi, eni, balandligi;

kuzovning ichki oʻlchamlari: uzunligi, eni, balandligi;

Hisob-kitob yoʻli bilan quyidagilar aniqlanadi:

kuzovning umumiy maydoni;

kuzovning ichki foydali hajmi;

kuzovning umumiy ichki yuzasi;

kuzovning umumiy tashqi yuzasi;

kuzovning oʻrtacha yuzasi;

issiqlik almashish yuzasining oʻrtacha kattaligi;

devorlarning umumiy qalinligi;


42. Ekspert transport vositasining umumiy holati boʻyicha хulosa qiladi. Kuzovning umumiy holatiga tegishli хulosa ijobiy boʻlgan taqdirda, transport vositasini uni ishlab chiqargan zavod tomonidan dastlab belgilangan toifa boʻyicha uch yil muddatga baholash tavsiya etiladi va avtotransport vositasi uning izotermik хususiyatlarini aniqlash oʻtkazish uchun yuboriladi.


43. Xulosa salbiy boʻlgan taqdirda, avtotransport vositasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun yuboriladi. Kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng avtotransport vositasi qayta tekshiruvga taqdim etilishi mumkin.



4-BOB. FOYDALANILAYoTGAN TRANSPORT

VOSITALARI TERMIK USKUNALARINING

SAMARADORLIGINI TEKShIRISh


44. Foydalanilayotgan har bir refrijerator-transport vositasi termik uskunalarining samaradorligini tekshirish uchun uning izotermik хususiyatlari tekshiriladi.


45. 2012 yil 2 yanvardan keyin ishlab chiqarilgan transport vositalari uchun:

tashqi harorat plyus 15 S° dan kam boʻlmaganda, yuksiz transport vositasining ichki harorati maksimal davrda (daqiqalarda) ushbu toifadagi transport vositasi uchun quyidagi jadvalda nazarda tutilgan haroratgacha yetkazilishi mumkinligini aniqlash maqsadida tekshirish amalga oshiriladi:

   

Tashqi harorat

30

29

28

27

26

25

24

23

22

21

20

19

18

17

16

15

°C

C,F toifalar

360

350

340

330

320

310

300

290

280

270

260

250

240

230

220

210

daqiqa

B,E toifalar

270

262

253

245

236

228

219

211

202

194

185

177

168

160

151

143

daqiqa

A,D toifalar

180

173

166

159

152

145

138

131

124

117

110

103

96

89

82

75

daqiqa

         

Yuksiz transport vositasining ichki harorati dastlab tashqi haroratgacha yetkazilishi shart.


46. Foydalanilayotgan transport vositalariga nisbatan qoʻllaniladigan qoʻshimcha qoidalar.

Mazkur Tartibning 45-bandida koʻrsatilgan muddatgacha ishlab chiqarilgan transport vositalariga nisbatan quyidagi qoidalar qoʻllaniladi:

tashqi harorat plyus 15 °S dan kam boʻlmaganda, yuksiz transport vositasining dastlab tashqi haroratgacha yetkazilgan ichki harorati davomiyligi olti soatdan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida:

A, V va S toifadagi transport vositalari uchun - ushbu toifadagi transport vositalariga moʻljallangan minimal haroratgacha;

D, E va F toifadagi transport vositalari uchun - ushbu toifadagi transport vositalariga moʻljallangan haroratgacha yetkazilishi mumkinligini aniqlash uchun tekshiruv oʻtkaziladi.


47. Natijalar qoniqarli boʻlgan taqdirda, ushbu transport vositalari dastlab belgilangan toifadagi izotermik transport vositalari sifatida uch yil muddatgacha boʻlgan yangi davrda foydalanishda qolishi mumkin.



5-BOB. IZOTERMIK AVTOTRANSPORT

VOSITALARINING HARFLI TANISh

BELGILARIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


48. Izotermik avtotransport vositalari quyidagi harfli tanish belgilari bilan belgilanishi lozim:

IN - normal izolyatsiyali izotermik avtotransport vositalari;

IR - kuchaytirilgan izolyatsiyali izotermik avtotransport vositalari;

RNA - A toifadagi normal izolyatsiyali muzхona;

RRA - A toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali muzхona;

RRB - B toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali muzхona;

RRC - C toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali muzхona;

RND - D toifadagi normal izolyatsiyali muzхona;

RRD - D toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali muzхona;

FNA - A toifadagi normal izolyatsiyali refrijerator;

FRA - A toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali refrijerator;

FRB - B toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali refrijerator;

FRC - C toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali refrijerator;

FND - D toifadagi normal izolyatsiyali refrijerator;

FRD - D toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali refrijerator;

FRE - E toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali refrijerator;

FRF - F toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali refrijerator;

CNA - A toifadagi normal izolyatsiyali isitiladigan izotermik avtotransport vositasi;

CRA - A toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali isitiladigan izotermik avtotransport vositasi;

CRB - V toifadagi kuchaytirilgan izolyatsiyali isitiladigan izotermik avtotransport vositasi;


49. Izotermik avtotransport vositalarining harfli tanish belgilari kuzov har ikki tashqi tarafining old tomoniga yaqin yuqori burchakda oq fonga koʻk rangda lotin alifbosining bosh harflari bilan yozilishi va harflar balandligi 100 mm dan kam boʻlmasligi lozim.


50. Maksimal vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlmagan izotermik avtotransport vositalari uchun harflar balandligi 50 mm ni tashkil etishi mumkin.


51. Izotermik avtotransport vositalarining harfli tanish belgilari tagida SPS guvohnomasi amal qilishining tugash muddati (yil, oy) oq fonga koʻk rangda arab raqamlari bilan yozilishi lozim. Raqamlar balandligi izotermik avtotransport vositalarining harfli tanish belgilari balandligining yarmiga teng boʻlishi shart.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 aprel