Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 42-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 10-q/q-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 16-son "Fuqaro va eksperimental aviatsiyada uchuvchilar tarkibi uchun yoshga oid chegaralarni kiritish toʻgʻrisida"gi qarorning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi 23.03.2018 y. Qarori (AV tomonidan 27.03.2018 y. 1762-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.03.2018 y.

N 1762-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI

NAZORAT QILISh DAVLAT

INSPEKSIYaSINING

23.03.2018 y.

N 42


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BANDLIK VA MEHNAT

MUNOSABATLARI

VAZIRLIGINING

23.03.2018 y.

N 10-q/q


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING

23.03.2018 y.

N 16


QARORI



"Fuqaro va eksperimental aviatsiyada

uchuvchilar tarkibi uchun yoshga oid chegaralarni

kiritish toʻrisida"gi qarorning 1-bandiga

oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida Xalqaro fuqaro aviatsiyasining 60 va 65 yoshga toʻlgan uchuvchilar tarkibiga yoshga oid chegaralarni oʻzgartirish bilan boliq boʻlgan standartlari va tavsiya etilgan amallar (Chikago Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan 172-tuzatish) talablarini Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida joriy qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Soliqni saqlash vazirliklari QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Soliqni saqlash vazirligining 2007 yil 28 dekabrdagi 1099, 3692 va 1669-son "Fuqaro va eksperimental aviatsiyada uchuvchilar tarkibi uchun yoshga oid chegaralarni kiritish toʻrisida"gi qarorining (roʻyхat raqami 1762, 2008 yil 25 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 3-4-son, 17-modda) 1-bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"65 yoshga toʻlgan uchuvchilar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda oʻz vazifalarini bajarishga;

ekipaj tarkibi faqat bitta uchuvchidan iborat boʻlgan havo kemalarida хalqaro tijorat havo tushuvlarini bajaruvchi 60 yoshga toʻlgan havo kemalarining komandirlari (uchuvchilari) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda oʻz vazifalarini bajarishga qoʻyilmaydilar.".


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Parvozlar хavfsizligini nazorat

qilish davlat inspeksiyasi boshlii

T. Oʻljayev

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

A. Xaitov

Soliqni saqlash vaziri

A. Shadmanov

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 28 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 2 aprel, 13-son, 253-modda