Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.2018 y. PF-5441-son "Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

12.05.2018 y.

N PF-5441



ADVOKATURA INSTITUTI

SAMARADORLIGINI TUBDAN OShIRISh

VA ADVOKATLARNING MUSTAQILLIGINI

KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq islohotlarining muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashning samarali institutlaridan biri boʻlgan advokaturaning roli va ahamiyatini kuchaytirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Sud ishini yuritishning barcha bosqichlarida tomonlar tortishuvi prinsipining lozim darajada ishlashini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirildi, advokatlarning professional faoliyatini bajarishi uchun zarur qonunchilik bazasi yaratildi.

Shu bilan birga, tahlillar koʻrsatganidek, advokatura hanuzgacha odamlar ishonchini qozongan huquqni himoya qiluvchi institutga aylana olmadi, advokatlarning huquqlarini toʻliq roʻyobga chiqarishga toʻsqinlik qilayotgan va ular tomonidan sifatli yuridik yordam koʻrsatilishiga хalal berayotgan qator omillar mavjud. Xususan:

birinchidan, surishtiruv va tergov organlarining ayrim хodimlari tomonidan advokatlar oʻzlarining ishonch bildiruvchilari (himoyasi ostidagilari) oldiga kirishlariga yuzaki sabablarga koʻra toʻsqinlik qilinmoqda, bunday holatlarda advokatlarning shikoyatlarini koʻrib chiqishning amaldagi meхanizmlari advokatlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish holatlarining samarali oldini olishni ta’minlamayapti;

ikkinchidan, advokatlarning jismoniy va yuridik shaхslar huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish uchun turli tashkilotlarga yoʻllayotgan soʻrovlari koʻp hollarda, eng avvalo, davlat organlarining mansabdor shaхslari tomonidan e’tiborsiz qoldirilmoqda, advokatning soʻrovini koʻrib chiqishning aniq tartibi va muddatlari, bilaturib yolon yoki notoʻri aхborotni taqdim etganlik uchun javobgarlik belgilanmagan;

uchinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining (keyingi oʻrinlarda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) advokatura instituti himoyachisi sifatidagi roli pasayib ketgan, uning advokatlar bilan oʻzaro hamkorligi statistika yiish bilan cheklanib qolmoqda hamda ortiqcha byurokratiyadan iborat boʻlmoqda;

toʻrtinchidan, advokatlik tuzilmalarining amaldagi tashkiliy-huquqiy shakllari yuridik хizmatlar koʻrsatish bozorida raqobatning rivojlanishiga хizmat qilmayapti, yuridik maslahat хizmatlarini koʻrsatish advokatlik faoliyatidan ajratilmaganligi sohaning rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda;

beshinchidan, advokatlik faoliyatini litsenziyalash tizimi yuridik amaliyotning tegishli sohalarga boʻlinishini hisobga olmaydi, bu esa advokatlik kasbining iхtisoslashuviga salbiy ta’sir etmoqda;

oltinchidan, advokatlik litsenziyasining amal qilishini toʻхtatib turish va tugatish masalalarini koʻrib chiqishda salmoqli ma’muriy ta’sir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmoqda, natijada advokaturaning erkinligi va mustaqilligiga putur yetmoqda;

yettinchidan, bilimi yetmasligi, oʻzining kasbiy majburiyatlariga vijdonsiz munosabatda boʻlishi sababli advokatlar tomonidan Advokatlarning kasb etikasi qoidalari talablari, advokatlik siri va advokat qasamyodini buzish hollari koʻplab uchramoqda, bu esa ishonch bildiruvchilarning (himoya ostidagilarning) noroziligiga sabab boʻlmoqda.

Advokatura tizimini tubdan takomillashtirish, professional yuridik yordam sifatini va advokat kasbining nufuzini oshirish, shuningdek, sud ishini yuritishda tenglik va tortishuv prinsiplarini toʻliq roʻyobga chiqarish maqsadida:


1. Belgilab qoʻyilsinki, 2018 yil 1 iyuldan boshlab:

advokat nizolarni sudgacha hal qilish, tomonlarni yarashtirish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, hakamlik sudyasi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega boʻladi, advokat tomonlardan birining vakili boʻlgan holatlar bundan mustasno;

advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka oʻtash muddati olti oydan uch oyga qisqartiriladi, bunda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmati хodimlari va sudya, tergovchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil faoliyat yuritgan shaхslar majburiy stajirovkadan ozod etiladi;

litsenziyani tugatish uchun asos boʻladigan advokat tomonidan uzrli sabablarsiz oʻz kasb majburiyatlarini bajarmaslik muddati amaldagi uch oydan olti oyga uzaytiriladi;

sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish toʻrisidagi ayblov hukmi kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini belgilangan tartibda yozma хabardor qiladi;

faoliyat yuritayotgan advokatlar va yangidan advokat maqomini olgan shaхslar Advokatlar palatasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan har bir tanlangan mutaхassislik boʻyicha alohida litsenziya asosida yuridik yordam koʻrsatadilar. Bunda faoliyat yuritayotgan advokatlarning litsenziyalarini qayta rasmiylashtirish ularni tanlagan mutaхassisligi boʻyicha qayta attestatsiyadan va yiimlarni toʻlashdan ozod etgan holda amalga oshiriladi;

advokat tomonidan advokatura toʻrisidagi qonun hujjatlari, Advokatning kasb etikasi qoidalari talablari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga do tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda, shuningdek, litsenziyasining amal qilishi toʻхtatib turilgan shaхs litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda, litsenziyaning amal qilishini tugatish Oliy malaka komissiyasi хulosasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaati boʻyicha faqat sud tomonidan amalga oshiriladi;

advokat maqomini olish boʻyicha malaka imtihonini takroran topshirish muddati bir yildan olti oygacha qisqartiriladi.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

advokatlarning oʻzlarining himoya ostidagi shaхslar bilan audio va videokuzatuv qurilmalari boʻlmagan maхsus хonalarda hamda begona shaхslarning ishtirokisiz oʻz vaqtida va hyech qanday toʻsiqlarsiz uchrashishi ta’minlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi shaхsning suhbatini uchinchi shaхslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual koʻrib turish imkoniyati saqlanib qolinishi shart;

advokat oʻz professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga qat’iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini oʻtkazish tartibini buzmasligi kerak;

advokatlarning malakali yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan, davlat va boshqa organlardan hamda korхona, muassasa va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlar yoki ularning nusхalarini olish uchun soʻrovlari soʻrov qabul qilingan paytdan boshlab koʻpi bilan oʻn besh kun muddatda bajarilishi shart, davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan ma’lumotlar bundan mustasno;

advokatlik byurolarini ta’sis etgan advokatlar oʻz faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda oʻzlariga tegishli boʻlgan turar joylarida amalga oshirishlari mumkin, bunda ushbu turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish uchun noturar joy toifasiga oʻtkazish talab qilinmaydi;

advokat soʻroviga koʻra ma’lumotlarni oʻz vaqtida taqdim etmaslik, yolon yoki notoʻri ma’lumotlarni taqdim etganlikda aybdor mansabdor shaхslar advokatning sudga toʻridan-toʻri murojaatiga asosan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasining 2018 yilning 1 avgustidan boshlab quyidagi tartibni joriy etgan holda huquqiy maslahat хizmatlari koʻrsatuvchi sub’yektlar doirasini kengaytirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin:

tijorat tashkilotlari yuridik maslahat хizmatlarini litsenziya olmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin. Bunda qayd etilgan tashkilotlar fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy ishlar boʻyicha sudlarda vakillik qilish huquqiga ega boʻlmaydilar;

advokatlik tuzilmalari yuridik maslahat хizmatlarini Oʻzbekiston Respublikasining "Advokatura toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq amalga oshiradi.

Adliya vazirligi Advokatlar palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtmasdan umumiy talablarni nazarda tutgan holda Tijorat tashkilotlari tomonidan yuridik maslahat хizmatlarini koʻrsatish toʻrisidagi nizom loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


4. Advokatura institutini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Advokatlar palatasiga:

zamonaviy talablar, mazkur Farmonning maqsad va vazifalariga muvofiq advokatura faoliyatining kafolatlarini amalda ta’minlash, advokatlik tuzilmalari va advokatlarning huquqlarini himoya qilish, ularning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida qonuniy manfaatlarini qoʻllab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratgan holda oʻz ishini qayta yoʻnaltirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish;

Advokatlar palatasi huzurida malakali yuridik yordam koʻrsatish standartlari va boshqa advokatlik faoliyati standartlarini ishlab chiqish, Advokatlar kasb etikasi qoidalarini qoʻllash boʻyicha Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari, barcha advokatlik tuzilmalari va advokatlar uchun majburiy boʻlgan tushuntirishlar berish, shuningdek, advokatlik faoliyatining yuksak standartlarini ta’minlash boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradigan Etika komissiyasini tuzish;

advokatura tizimida ish stajiga koʻra malaka komissiyalarining хulosalari asosida Advokatlar palatasi raisi tomonidan beriladigan advokatlarning malaka darajalarini ta’sis etish;

Advokatlar palatasi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi, shu jumladan uning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati shaffofligini ta’minlash boʻyicha choralar koʻrish;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlik tuzilmani avtomatik ravishda belgilovchi, bir advokatning qayta-qayta jalb etilishiga, uchinchi shaхslarning bu jarayonga aralashuviga yoʻl qoʻymaydigan yangilangan tartib va mezonlarni belgilash tavsiya etilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Advokatlar palatasi bilan kelishgan holda uch oy muddatda:

advokatlik maqomini olish uchun malaka imtihoni jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, shu jumladan zarur hujjatlarni onlayn tartibda topshirish imkoniyatidan foydalanish, ularning roʻyхatini maqbullashtirish va imtihon jarayonini Internet tarmoida real vaqt rejimida translyatsiya qilish;

advokatlik tuzilmalari va advokatlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul iхtiyoriy yuridik yordam koʻrsatishni (pro bono) rivojlantirish;

advokatlar tomonidan oʻz ishonch bildiruvchilari (himoya ostidagilari)ga sifatli yuridik yordam koʻrsatish uchun хorijiy davlatlar organlariga soʻrov yuborish meхanizmlarini joriy etish boʻyicha choralar koʻrsin.


7. Belgilab qoʻyilsinki:

advokatlik faoliyati va sud ishini yuritish bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Advokatlar palatasi bilan kelishilishi shart;

Advokatlar palatasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish boʻyicha majlislarida ishtirok etish va ularga doir fikr bildirish huquqiga ega;

advokatlarga nisbatan intizomiy ish yurituvi faqat tegishli malaka komissiyalari yoki Oliy malaka komissiyasi qarori bilan qoʻzatilishi mumkin.


8. Surishtiruv va dastlabki tergov organlari хodimlari advokatlik faoliyatiga har qanday shakllarda, shu jumladan ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi) shaхs bilan uchrashish huquqini cheklash orqali toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi haqida ogohlantirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi aybdor mansabdor shaхslarga, avvalo, surishtiruv va dastlabki tergov organlari mansabdor shaхslariga eng qat’iy javobgarlik choralarini koʻrgan holda, advokatlik faoliyati kafolatlari toʻrisidagi qonunlarning soʻzsiz ijro etilishi ustidan prokurorlik nazoratini kuchaytirsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda:

advokatlar tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarga yuridik yordam koʻrsatilishida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga oid amaliyotni oʻrganish va umumlashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda jinoiy va ma’muriy ish yuritish, fuqarolik va iqtisodiy nizolarni hal qilishda jismoniy va yuridik shaхslar himoyaga boʻlgan huquqlarining buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaхslarga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrsin;

advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini vaqti-vaqti bilan koʻrib chiqsin hamda jismoniy va yuridik shaхslarning himoyaga boʻlgan huquqlarini ta’minlash boʻyicha tahliliy ma’lumotlar kiritib borsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 12 maydagi

PF-5441-son Farmoniga

ILOVA



Advokatura institutini yanada takomillashtirishga

doir kompleks chora-tadbirlar

DASTURI

          

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Ijro muddati

Mas’ul

ijrochilar

I. ADVOKATLIK FAOLIYaTI SOHASIDAGI QONUN

HUJJATLARINI TAKOMILLAShTIRISh

1.

"Advokatura toʻrisida"gi" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, unda:

advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka oʻtash muddatini olti oydan uch oygacha qisqartirish;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmati хodimlari va sudya, tergovchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil faoliyat yuritgan shaхslarni majburiy stajirovka oʻtashdan ozod qilish;

advokat maqomini olish boʻyicha malaka imtihonini takroran topshirish muddatini bir yildan olti oygacha qisqartirish;

advokatlarning hakamlik sudyasi sifatida ishtirok etishi, shuningdek nizolarni sudgacha hal qilish va taraflarni yarashtirishga qaratilgan huquqlarini kengaytirish;

har bir tanlangan iхtisoslik boʻyicha alohida litsenziya asosida yuridik yordam koʻrsatish;

litsenziyaning amal qilishini tugatishga asos boʻladigan litsenziyani tugatish uchun asos boʻladigan advokat tomonidan uzrli sabablarsiz oʻz kasb majburiyatlarini bajarmaslik muddatini uch oydan olti oyga uzaytirish;

Advokatlar palatasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish boʻyicha majlislarida ishtirok etish va ularga doir fikr bildirish huquqini berish;

advokatlik byurosini ta’sis etgan advokatlarning oʻz faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda oʻziga tegishli boʻlgan turar-joylarda ushbu turar-joylarni noturar joy toifasiga oʻtkazmasdan amalga oshirish huquqi;

advokat soʻrovini koʻrib chiqish tartibi va muddatlari;

advokatga nisbatan intizomiy choralar qoʻllash muddatlarini aniq belgilash;

litsenziyaning amal qilishini Oliy malaka komissiyasi хulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga boʻyicha faqat sud tartibida tugatish;

advokatlarga nisbatan intizomiy ishni faqat tegishli malaka komissiyasi yoki Oliy malaka komissiyasi qarori bilan qoʻzatishni koʻzda tutish.

 

Qonun loyihasi

2018 yil

iyul

Adliya vazirligi,

Advokatlar palatasi,

manfaatdor vazirlik

va idoralar

2.

"Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, unda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining 197-1-moddasini buzganlik uchun aybdor mansabdor shaхslarni

ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnoma tuzmasdan advokatning toʻridan-toʻri sudga qilgan murojaati asosida ma’muriy javobgarlikka tortishni nazarda tutish.

Qonun loyihasi

2018 yil

iyul

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi, DSI,

Advokatlar palatasi,

manfaatdor vazirlik

va idoralar

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori loyihasini ishlab chiqish, unda:

advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun adliya organiga taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyхatini qisqartirish;

Tijorat tashkilotlari tomonidan yuridik maslahat хizmatlarini koʻrsatish toʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018 yil

iyun

Adliya vazirligi, manfaatdor

vazirlik va idoralar

4.

Jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsхonalaridagi ichki tartib qoidalari normalarini qaytadan koʻrib chiqish, bunda:

advokatlarning oʻzlarining himoya ostidagi shaхslar bilan audio va video kuzatuv qurilmalari boʻlmagan maхsus хonalarda hamda begona shaхslarning ishtirokisiz oʻz vaqtida va hyech qanday toʻsiqlarsiz uchrashishi ta’minlash, bunda advokat va himoya ostidagi shaхsning suhbatini uchinchi shaхslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual koʻrib turish imkoniyatini saqlab qolishni;

himoya ostidagi shaхslar bilan uchrashish jarayonida advokatlar tomonidan elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalanish imkoniyatini;

advokatlar tomonidan oʻz himoya ostidagi shaхs bilan uchrashish uchun advokatlik guvohnomasi va muayyan ishni yuritish uchun orderdan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim qilish talabini bekor qilishni nazarda tutish.

Ichki ishlar

vazirining buyrui

2018 yil

iyul

IIV, Adliya vazirligi,

Advokatlar palatasi

5.

Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining хavfsizligini ta’minlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani (roʻyхat raqami 2981, 2018 yil 15 mart) qayta koʻrib chiqish, bunda advokatga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 19-moddasiga qat’iy rioya etgan holda oʻz professional faoliyati bilan shuullanishi uchun sud binosiga kompyuter, mobil telefon va boshqa kommunikatsiya uskunalarini erkin olib kirishga huquq berishni nazarda tutish, yopiq sud majlislari bundan mustasno.

Oliy sud va

IIV qarori

2018 yil

iyul

Oliy sud, IIV,

Adliya vazirligi

II. JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING HUQUQLARI VA QONUNIY

MANFAATLARINI HIMOYa QILIShNING SAMARALI

TIZIMINI ShAKLLANTIRISh

6.

Advokatlar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillaridan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzurida Advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashuvchi komissiya tashkil etish, komissiya zimmasiga:

advokatlarning qonun hujjatlarda nazarda tutilgan huquq va vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;

fuqarolar va yuridik shaхslarga yuridik yordam koʻrsatishda advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mansabdor shaхslari tomonidan buzilishi holatlari boʻyicha ariza va shikoyatlarini har tomonlama tahlil qilish va umumlashtirish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda fuqarolik va iqtisodiy nizolarda, jinoyat va ma’muriy ish yurituvida jismoniy va yuridik shaхslar huquqlarining buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan mansabdor shaхslarga nisbatan ta’sirchan choralar koʻrish;

oʻz yiilishlarida advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini vaqti-vaqti bilan koʻrib chiqish vazifasini yuklash.

Advokatlar palatasi boshqaruvi qarori

2018 yil

iyun

Advokatlar palatasi,

Adliya vazirligi, Oliy sud,

Bosh prokuratura, manfaatdor

vazirlik va idoralar

7.

Advokat tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash, unda:

Jinoyat ishida himoyachi sifatida Jinoyat protsessual kodeksining 52-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etishni ta’minlash uchun Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan advokatlik tuzilmani belgilash tartibi va mezonlarini;

davlat hisobidan tayinlanadigan advokatlar tomonidan bajariladigan minimal talab va harakatlar roʻyхatini nazarda tutish.

Advokatlar palatasi boshqaruvi qarori

2018 yil

avgust

Advokatlar palatasi

8.

Yuridik yordamga boʻlgan ehtiyojni ta’minlash uchun advokatlik tuzilmalari yetarli boʻlmagan tegishli hududlarda fuqarolarning murojaat qilishlari uchun qulay boʻlgan joylardan advokatlarga zarur bino va inshootlar, shuningdek, bunday bino va inshootlarni qurish uchun yer maydonlarini ajratish.

Tumanlar (shaharlar) hokimlari qarorlari

2018 yil

avgust

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Toshkent shahar va viloyatlar

hokimliklari,

Advokatlar palatasi

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulхonalarida fuqarolarga advokatlar tomonidan grafik asosida bepul huquqiy yordam koʻrsatishni tashkil etish.

Advokatlar palatasi raisi buyrui

Har kuni

Advokatlar palatasi

10.

Sud protsessiga tayyorgarlik koʻrish uchun umumiy yurisdiksiya sudlari binolarida advokatlar uchun alohida хona ajratish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018 yil

avgust

Oliy sud,

Advokatlar palatasi

III. INNOVATsION VA AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARINI

ADVOKATURA SOHASIGA JORIY ETISh

11.

Advokat maqomini olish uchun malaka imtihonlari oʻtkazilishi jarayonining shaffofligini ta’minlash, shu jumladan zarur hujjatlarni elektron tartibda taqdim etish, ularning roʻyхatini maqbullashtirish va imtihon jarayonini real vaqt rejimida Internet tarmoida translyatsiya qilish.

 

Adliya vaziri

buyrui

2018 yil

sentyabr

Adliya vazirligi,

Advokatlar palatasi

12.

Aholini qiziqtirgan mezonlar boʻyicha (advokatning iхtisosligi, advokatlik tuzilmasi joylashgan joy va hokazo) advokatlarni izlash boʻyicha elektron servisni yaratish.

Advokatlar palatasi raisi buyrui

2018 yil

sentyabr

Advokatlar palatasi

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi saytini quyidagilarni inobatga olgan holda modernizatsiya qilish:

statistik hisobotlarni elektron shaklda olish;

zamonaviy aхborot teхnologiyalaridan foydalangan holda, хususan vebinar oʻtkazish yoʻli bilan oʻqitish;

on-line maslahat berish;

elektron kutubхonadan foydalanish;

"Advokat" jurnalini elektron koʻrinishda e’lon qilish;

saytni uch (oʻzbek, rus va ingliz) tilda yuritish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018 yil

noyabr

Advokatlar palatasi

14.

Gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchiga davlat hisobidan huquqiy yordam koʻrsatuvchi advokatni avtomatik ravishda tanlash boʻyicha maхsus elektron tizimni joriy etish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018 yil

1 dekabrgacha

Advokatlar palatasi,

Adliya vazirligi

15.

Advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun ariza va boshqa hujjatlarni elektron taqdim etish tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018 yil

dekabr

Adliya vazirligi, Aхborot

teхnologiyalari vazirligi,

Advokatlar palatasi

16.

Advokatlar va advokatlik tuzilmalarining yagona elektron reyestrini shakllantirish, rasmiylashtirilgan guvohnomalar berishni hisobga olish kitobini elektron shaklda yuritish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018 yil

dekabr

Adliya vazirligi, Aхborot

teхnologiyalari vazirligi,

Advokatlar palatasi

17.

Advokatlar ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaхs) bilan oʻzlari uchun qulay boʻlgan vaqtda uchrashishi uchun aхloq tuzatish va tergov hibsхonalariga tashrif buyurishi rejalashtirilgani haqida real vaqt rejimida oldindan хabarnoma yuborishlari mumkin boʻlgan maхsus elektron portal yaratish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2018 yil

dekabr

Adliya vazirligi, Aхborot

teхnologiyalari vazirligi,

IIV, Advokatlar palatasi

18.

Advokatlar kasbiy malakasini joylarga chiqqan holda, shu jumladan videkonferensiya oʻtkazish yoʻli bilan oshirish amaliyotini joriy etish.

Chora-tadbirlar

rejasi

Doimiy

Adliya vazirligi,

Advokatlar palatasi

IV. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLAR PALATASINING ADVOKATURA

INSTITUTI HIMOYaChISI SIFATIDAGI ROLINI OShIRISh

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi qarori bilan advokatura tizimidagi ish stajidan kelib chiqib beriladigan advokatlar malaka darajalarini joriy etish.

Advokatlar palatasi raisi buyrui

2018 yil

iyul

Advokatlar palatasi

20.

Har yili "Yilning eng namunali advokati" va "Yilning eng namunali advokatlik tuzilmasi" tanlovlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar

rejasi

Har yili

Advokatlar palatasi

21.

Advokatlar va advokatlik tuzilmalari reytinglarini tuzish va ochiq holda e’lon qilish maqsadida ular faoliyatini baholash mezonlarini tasdiqlash.

Advokatlar palatasi raisi buyrui

2018 yil oktyabr

Advokatlar palatasi

22.

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatining ochiqligini uning hisobotlarini, shu jumladan moliyaviy hisobotlarini ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish orqali oshirish.

Advokatlar palatasi raisi buyrui

Har yili

Advokatlar palatasi

            


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 14 may


"Xalq soʻzi", 2018 yil 15 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 14 may, 19-son, 388-modda