Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining 05.02.2018 y. 44-son "Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun хoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.02.2018 y. 1794-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.02.2018 y.

N 1794-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING

05.02.2018 y.

N 44


BUYRUI



Super elita, elita va keyingi avlodlarga

mansub boshoqli don ekinlari urularini yetishtirish

huquqiga ega boʻlish uchun хoʻjaliklar oʻrtasida tanlov

oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi PF-5199-son "Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq хoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv хoʻjaligi vazirining 2008 yil 22 martdagi 41-sonli buyrui (roʻyхat raqami 1794, 2008 yil 17 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 16-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urularini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun хoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                     Z. Mirzayev






Buyruqqa

ILOVA



Super elita, elita va keyingi avlodlarga

mansub boshoqli don ekinlari urularini yetishtirish

huquqiga ega boʻlish uchun хoʻjaliklar oʻrtasida tanlov

oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 2-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Komissiya tarkibiga tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimi boshlii (komissiya raisi), Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, хizmat koʻrsatuvchi tegishli bank(lar) hamda irrigatsiya tizimi boshqarmasi rahbarlari, tumanda joylashgan "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi don mahsulotlari korхonasi rahbari (rahbar oʻrinbosari) yoki uning filiali rahbari, tuman "Davurunazoratmarkaz" inspeksiyasi, "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatining tuman (shahar) filiali, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi hamda tuman "Davteхnazorat" inspeksiyasi vakillari, tuman qishloq va suv хoʻjaligi boʻlimi hosiloti (agronomi) hamda boshqa tegishli korхona va tashkilotlar vakillari (rahbarlari) kelishuv asosida kiritilishi lozim.".


2. 17-bandning "d" kichik bandidagi "tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadi" degan soʻzlar "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman (shahar) filiali" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 2-ilovada:


7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

7.

Soʻnggi 3 yil ichida alla maydonlari kasalliklarga chalinmaganligi va zararkunandalar bilan zararlanmaganligi, shuningdek ularda begona oʻtlar tarqalmaganligi


soʻnggi 3 yilda kuzatilmagan


10 ball

"Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatining tuman (shahar) filiali ma’lumotnomasi


soʻnggi 2 yilda kuzatilmagan


5 ball

soʻnggi 1 yil davomida kuzatilgan


1 ball

soʻnggi 3 yil davomida kuzatilgan


0 ball

".


4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va "Oʻzagrokimyohimoya" aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 19 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 26 fevral, 8-son, 143-modda