Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat soliq qoʻmitasining 26.12.2017 y. 2017-75-son "Davlat soliq хizmati organlari tadbirkorlik sub’yektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 08.01.2018 y. 1500-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.01.2018 y.

N 1500-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

26.12.2017 y.

N 2017-75


QARORI



"Davlat soliq хizmati organlari tadbirkorlik

sub’yektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy

toʻlovlar va daromadlar toʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha

hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul

qilib olish hamda roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisida nizomni

tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar

kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi va 2017 yil 13 iyundagi OʻRQ-436-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2005 yil 10 iyuldagi 2005-42-son "Davlat soliq хizmati organlari tadbirkorlik sub’yektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 1500, 2005 yil 29 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 yil, 30-31-son, 238-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Davlat soliq qoʻmitasi raisi                                   B. Parpiyev






Qarorga

ILOVA



"Davlat soliq хizmati organlari tadbirkorlik

sub’yektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy

toʻlovlar va daromadlar toʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha

hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul

qilib olish hamda roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisida nizomni

tasdiqlash haqida"gi qarorga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Nomidan va 1-bandidan "yozma" degan soʻz chiqarib tashlansin.


2. Nizomda:


a) nomidan "yozma" degan soʻz chiqarib tashlansin.


b) 1-banddagi "yozma ariza va bildirishnomalarni" degan soʻzlar "yozma arizalar va bildirishnomalarni, shu jumladan soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali yuborilgan arizalar va bildirishnomalarni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


v) 6-bandning "s" kichik bandi uchinchi хatboshisidagi "yozma ariza va bildirishnomalarni" degan soʻzlar "yozma arizalar va bildirishnomalarni, shu jumladan soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali yuborilgan ariza va bildirishnomalarni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


g) 21-bandining beshinchi хatboshisidagi "yozma ariza" degan soʻz "yozma, shu jumladan soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali yuborilgan ariza" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


d) 1, 2 va 3-ilovalarning ilova belgisidan "yozma" degan soʻz chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 15 yanvar, 2-son, 31-modda