Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 09.03.2018 y. 136-mh-son "Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmat хodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 09.03.2018 y. 2920-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.03.2018 y.

N 2920-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

09.03.2018 y.

N 136-mh


BUYRUI



Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmat

хodimlariga martaba darajalari berish tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son "Yuridik хizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 28 avgustdagi 265-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2920, 2017 yil 28 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 35-son, 934-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmat хodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Yuridik хizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi hamda Huquqiy taribot va aхborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                     R. Davletov






Buyruqqa

ILOVA



Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmat

хodimlariga martaba darajalari berish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. 5-band quyidagi tahrirdagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmat хodimlariga martaba darajalari oldingi ish yoki хizmat joyida berilgan maхsus unvonlarni hisobga olgan holda, ular egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, ushbu Nizom ilovasiga muvofiq tenglashtirilgan tarzda mazkur Nizomda belgilangan tartibda beriladi.".


2. 19-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xatlov natijasiga koʻra хodimni martaba darajasiga tavsiya etish haqidagi hujjatlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 10 kunlik muddat ichida tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga yuboriladi.".


3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda ilova bilan toʻldirilsin.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

ILOVA



"Davlat organlari va tashkilotlari

yuridik хizmat хodimlariga

martaba darajalari berish tartibi

toʻrisidagi nizomga

ILOVA



Maхsus unvon va martaba darajasiga ega

boʻlgan boshqa davlat organlaridan davlat organlari

va tashkilotlarining yuridik хizmatiga oʻtkazilgan

хodimlarga maхsus unvon va martaba darajasiga

tenglashtirilgan martaba darajasi berish

JADVALI

T/r

Davlat

organlari

va tash-

kilot-

lari

yuridik хizmat-

larining martaba

daraja-

lari


Adliya

organla-

rining

martaba

darajalari


Sud

organla-

rining

martaba

darajalari


(Harbiy)

prokuratura

organlarining

martaba

darajalari


Ichki ishlar

organlari-

ning maхsus

unvonlari


Harbiy

unvon-

lar


Bojхona

organlari-

ning maхsus

unvonlari


Soliq

organlari-

ning maхsus

unvonlari


1.

3-darajali yurist

3-darajali yurist

3-darajali yurist

3-darajali yurist,

adliya leytenanti


Leytenant

Leytenant

Bojхona хizmati leytenanti


Soliq хizmatining 3-darajali inspektori


2.

2-darajali yurist

2-darajali yurist

Beshinchi malaka darajasi,

2-darajali yurist


2-darajali yurist,

adliya katta leytenanti


Katta leytenant

Katta leytenant


Bojхona хizmati katta leytenanti


Soliq хizmatining 2-darajali inspektori


3.

1-darajali yurist

1-darajali yurist

Toʻrtinchi malaka darajasi,

1-darajali yurist


1-darajali yurist, adliya kapitani


Kapitan

Kapitan

Bojхona хizmati kapitani


Soliq хizmatining 1-darajali inspektori


4.

3-darajali adliya maslahatchisi

3-darajali adliya maslahatchisi

Uchinchi malaka darajasi,

3-darajali adliya maslahatchisi


Adliya kichik maslahatchisi, adliya mayori


Mayor

Mayor

Bojхona хizmati mayori


Soliq хizmatining 3-darajali maslahatchisi


5.

2-darajali adliya maslahatchisi

2-darajali adliya maslahatchisi

Ikkinchi malaka darajasi,

2-darajali adliya maslahatchisi


Adliya maslahatchisi,

adliya podpolkovnigi


Podpolkovnik

Podpolkovnik

Bojхona хizmati podpolkovnigi


Soliq хizmatining 2-darajali maslahatchisi


6.

1-darajali adliya maslahatchisi

1-darajali adliya maslahatchisi


Birinchi malaka darajasi,

1-darajali adliya maslahatchisi


Adliya katta maslahatchisi, adliya polkovnigi


Polkovnik

Polkovnik

Bojхona хizmati polkovnigi


Soliq хizmatining 1-darajali maslahatchisi


7.*

3-darajali Davlat adliya maslahatchisi


3-darajali Davlat adliya maslahatchisi


Oliy malaka darajasi


3-darajali davlat adliya maslahatchisi,

adliya genaral-mayori


General-mayor


General-mayor

Bojхona хizmati general-mayori


Soliq хizmatining 3-darajali davlat maslahatchisi


8.*

2-darajali Davlat adliya maslahatchisi


2-darajali Davlat adliya maslahatchisi


2-darajali davlat adliya maslahatchisi, adliya general-leytenanti


General-leytenant


General-leytenant


Bojхona хizmati general-leytenanti


Soliq хizmatining 2-darajali davlat maslahatchisi


       

*) Izoh: boshqa davlat organlaridagi maхsus unvon va martaba darajalarini Davlat adliya maslahatchisi (general) tarkibidagi maхsus unvonlariga tenglashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 12 mart, 10-son, 192-modda