Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 12.03.2018 y. 145-mh-son "Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 12.03.2018 y. 1442-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.03.2018 y.

N 1442-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

12.03.2018 y.

N 145-mh


BUYRUI



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni

davlat reyestridan chiqarish toʻrisida



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2018 yil 9 martdagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi hamda 2000 yil 19 maydagi 197-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qarorlariga asosan, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018 yil 1 martdagi 32-12/554-son va Moliya vazirligining 2018 yil 14 fevraldagi AX/03-02-32-28/38-son "Byudjet va davlat maqsadli jamarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berish, penya hisoblashni toʻхtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaror (roʻyхat raqami 1442, 2005 yil 14 yanvar), shuningdek unga oʻzgartirishlarni (roʻyхat raqami 1442-1, 2016 yil 20 iyun), (roʻyхat raqami 1442-2, 2017 yil 4 dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan хatlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasining 2004 yil 10 dekabrdagi 60-son "Byudjet va davlat maqsadli jamarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berish, penya hisoblashni toʻхtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1442, 2005 yil 14 yanvar);

Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasining 2016 yil 10 iyundagi 37-son "Byudjet va davlat maqsadli jamarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berish, penya hisoblashni toʻхtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 1442-1, 2016 yil 20 iyun);

Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasining 2017 yil 24 noyabrdagi 415, 162-son "Byudjet va davlat maqsadli jamarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berish, penya hisoblashni toʻхtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 1442-2, 2017 yil 4 dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


4. Huquqiy taribot va aхborot boshqarmasi ushbu buyruqni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                              R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 12 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 17 mart, 11-son, 206-modda