Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Byudjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.01.2018 y. 43-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 23 yanvardagi

43-son qaroriga

ILOVA



Byudjetga toʻlovlar kelib tushishining

koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha

daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun

moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor

shaхslarini rabatlantirish va ularga nisbatan

moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash

tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom byudjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini rabatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslari - Qoraqalpoiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) moliya boʻlimlari mudirlari hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari;


daromadlar prognozi - soliq va byudjet toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq daromad manbalari kesimida ularning soliq solinadigan bazasini tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha ishlab chiqilgan byudjet daromadlarining yima koʻrsatkichlari;


soliq qarzi - soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan muddatda toʻlanmagan moliyaviy sanksiyalar. Bunda undirilishi umidsiz va muddati uzaytirilgan soliq qarzlari inobatga olinmaydi;


mahalliy byudjet daromadlari bazasini oshirish rezervlari - Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, moliya hamda soliq organlari tomonidan tahlillar (oʻrganishlar) natijasida aniqlanib, tegishli soliq organlari tomonidan tasdiqlangan soliqqa tortish ob’yektlari.

3. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini rabatlantirish va ularni moddiy javobgarlikka tortish har bir hisobot choragi yakuni boʻyicha amalga oshiriladi.


4. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini rabatlantirish yoki moddiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi buyruq Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlarining tavsiyalariga koʻra:

moliya organlarining rahbarlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri;

davlat soliq хizmati organlarining rahbarlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi tomonidan qabul qilinadi.


5. Moliya va soliq organlarining moddiy rabatlantirish jamarmalari va mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari ushbu organlar rahbarlari, mansabdor shaхslarini rabatlantirish manbai hisoblanadi.



2-BOB. MOLIYa VA SOLIQ ORGANLARI RAHBARLARI,

MANSABDOR ShAXSLARINI RABATLANTIRISh VA

MODDIY JAVOBGARLIKKA TORTISh UChUN ULAR

FAOLIYaTINI BAHOLASh MEZONLARI


6. Quyidagilar moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini rabatlantirish va moddiy javobgarlikka tortish uchun ular faoliyatini baholashning asosiy mezonlari (keyingi oʻrinda mezonlar deb ataladi) hisoblanadi:

mahalliy byudjet daromadlarining tasdiqlangan prognozining ijro etilishi;

byudjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligining qisqartirilishi;

mahalliy byudjet daromadlari bazasini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha koʻrsatkichlarning bajarilishi.


7. Mezonlar ijrosi tahlili tegishli hisobot choragi yakuni boʻyicha amalga oshiriladi.



3-BOB. MOLIYa VA SOLIQ ORGANLARI

RAHBARLARI, MANSABDOR ShAXSLARINI

RABATLANTIRISh VA ULARNI MODDIY

JAVOBGARLIKKA TORTISh TARTIBI


8. Mezonlar ijrosi boʻyicha hududiy moliya va soliq organlari tomonidan har chorak yakuni boʻyicha ushbu Nizomga 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq ma’lumotnomalar tuziladi.


9. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini rabatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash ushbu Nizomning 4-ilovasida keltirilgan sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


10. Ma’lumotnomalar quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:

tuman (shahar) moliya boʻlimlari va davlat soliq inspeksiyalari tomonidan - tumanlar (shaharlar) hokimlarining tavsiyalari ilova qilingan holda, Qoraqalpoiston Respublikasi moliya vazirligi, hududiy moliya va davlat soliq boshqarmalariga hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar;

Qoraqalpoiston Respublikasi moliya vazirligi, hududiy moliya va davlat soliq boshqarmalari tomonidan - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tavsiyalari ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasiga hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar.


11. Hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyalarini inobatga olgan holda, tahlillar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining va Davlat soliq qoʻmitasi raisining tegishli buyrui qabul qilinadi.


12. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini rabatlantirish va moddiy javobgarlikka tortish ularning lavozim maoshiga nisbatan ustama quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

a) moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini ularning lavozim maoshlarini 50 foizigacha boʻlgan miqdorda mukofotlash, shu jumladan:

mahalliy byudjet daromadlari tasdiqlangan prognozining ijro etilganligi uchun 10 foiz miqdorida;

byudjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi qisqartirilganligi uchun 20 foiz miqdorida;

mahalliy byudjet daromadlari bazasini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha hisob-kitob koʻrsatkichlari bajarilganligi uchun 20 foiz miqdorida;

b) yuqorida koʻrsatilgan mezonlarning ijrosi ta’minlanmaganligi uchun ularning lavozim maoshlarining 30 foizi miqdorida jarima qoʻllash, shu jumladan:

mahalliy byudjet daromadlarining tasdiqlangan prognozining ijro etilmaganligi uchun 10 foiz miqdorida;

mahalliy byudjetlarga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi oshishiga yoʻl qoʻyilganligi uchun 10 foiz miqdorida;

mahalliy byudjet daromadlari bazasini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha hisob-kitob koʻrsatkichlari bajarilmaganligi uchun 10 foiz miqdorida.


13. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslariga ushbu Nizom 12-bandining "b" kichik bandiga asosan jarimalar qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181 - 184-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi, bunda jarima shaklida qoʻllanilgan intizomiy jazoning amal qilish muddati hisobot choragidan keyingi chorak davri hisoblanadi.

Mazkur Nizom 12-bandining "a" kichik bandiga asosan rabatlantirish choralari ushbu nizom bilan boliq boʻlmagan holatlar boʻyicha ilgari qoʻllanilgan jazoning amal qilish muddati mobaynida qoʻllanilishi mumkin.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


14. Mahalliy byudjet daromadlarining belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining bajarilmaganligi uchun jarima qoʻllashda moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslari tomonidan prognoz koʻrsatkichlari bajarilmaslik sabablari oʻrganiladi, bunda ularga boliq boʻlmagan omillar inobatga olinadi.


15. Muayyan hisobot choragi uchun mazkur Nizomga asosan moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslariga nisbatan qoʻllanilgan jarima keyingi hisobot choragi yakuni boʻyicha ularni rabatlantirish yoki jarimaga tortishda inobatga olinmaydi.


16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



"Kelishildi"

Qoraqalpoiston Respublikasi

Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar

(shaharlar) hokimlari _____________ F.I.O.

"____" _________________ 20 ____ yil


Byudjet daromadlari boʻyicha ___ yilning __ choragi

uchun belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining

_________ viloyatida bajarilishi toʻrisida

MA’LUMOT

T/r

Hududlar


Choraklik prognoz

koʻrsatkichlarining

bajarilishi (mln. soʻm)


Moliya va soliq organlari

rahbarlari, mansabdor shaхslari

uchun rabatlantirish va javobgarlik

choralari (%)


Byudjet daromadlari


Moliya organlari


Soliq organlari


Choraklik

prognoz


Haqiqatda

tushum (1-N

hisobotlari

boʻyicha)


Ijrosi

(%)


Farqi


F.I.O.


lavozim

maoshiga

nisbatan*


F.I.O.


lavozim

maoshiga

nisbatan*



A


1

2

3=(2/1)

4=(2-1)

5

6

7

8


Hudud boʻyicha jami











shu jumladan tuman(shahar)lar kesimida:










1.











2.











3.











5.











6.











7.











8.











9.











10.











11.











12.











13.











14.











            

*) rabatlantirish (+10%), jarima (-10%)

_______________________________










hududiy moliya organlari rahbari


/ Imzo /


F.I.O














_______________________________









hududiy davlat soliq хizmati organlari rahbari

/ Imzo /


F.I.O


















Nizomga

2-ILOVA

"Kelishildi"

Qoraqalpoiston Respublikasi

Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar

(shaharlar) hokimlari _____________ F.I.O.

"____" _________________ 20 ____ yil


Davlat byudjetiga toʻlovlar boʻyicha

20__ yilning 1 _______ holatiga mavjud

soliq qarzlari toʻrisida

MA’LUMOT


Hududlar

Mavjud soliq

qarzi (umidsiz

va muddati

uzaytirilgan

soliq qarzi

inobatga

olinmagan

holda)

(mln.soʻm)


Soliq

qarzining

oʻzgarishi

("+" oʻsish,

"-" kamayish)


Soliq

qarzining

oʻsish sur’ati

(%)


Moliya va soliq organlari

rahbarlari, mansabdor shaхslari

uchun rabatlantirish va javobgarlik

choralari (%)

Hisobot

choragi

boshiga


Hisobot

choragi

yakuniga


Moliya organlari


Soliq organlari

F.I.O.


lavozim

maoshiga

nisbatan*


F.I.O.


lavozim

maoshiga nisbatan*



A


1

2

3=(2-1)

4=(2/1)

5

6

7

8


Hudud boʻyicha, jami











shu jumladan tuman(shahar)lar kesimida:










1.











2.











3.











4.











5.











6.











7.











8.











9.











10.











11.











12.











13.











14.











         

*) rabatlantirish (+20%), jarima (-10%)


_______________________________










hududiy moliya organlari rahbari


/ Imzo /


F.I.O














_______________________________









hududiy davlat soliq хizmati organlari rahbari

/ Imzo /


F.I.O














           





Nizomga

3-ILOVA

"Kelishildi"

Qoraqalpoiston Respublikasi

Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar

(shaharlar) hokimlari _____________ F.I.O.

"____" _________________ 20 ____ yil


____________ boʻyicha byudjet va byudjetdan

tashqari davlat maqsadli jamarmalari

daromad bazasini oshirish rezervlari

toʻrisida __.__._ yil holatiga

MA’LUMOT


(mln.soʻmda)

T/r

Hududlar


Mahalliy byudjet daromadlari

bazasini oshirishda aniqlangan

rezervlar (hisobot choragi davomida)


Mahal-

liy

soliq-

lar va

yiim-

larning

tasdiq-

langan

rejasi


Jami aniq-

langan zaхira

summa-

sining

rejaga

nis-

batan

ulushi

(%)


Rezerv summalari

(hisobot choragi

davomida)

Moliya va soliq organlari

rahbarlari, mansabdor

shaхslari uchun rabatlantirish

va javobgarlik choralari (%)


Jami


shu jumladan:


Moliya

organlari


Soliq

organlari


Tadbir-

korlik

faoliya-

tining

ayrim

turlari

boʻyicha

qat’iy belgilan-

gan soliq


Jis-

moniy

shaхslar-

ning mol-

mulkiga

solina-

digan

soliq


Jis-

moniy

shaхs-

lar-

dan

olina-

digan yer

solii


Bozor-

lardan

tusha-

digan

daro-

madi-

dan


Mahal-

liy

yiim-

lar


Boshqa-

lar


Undi-

rilgan


Undi-

rilish

dara-

jasi

(%)

F.I.O.

lavozim

maoshiga

nisbatan*


F.I.O.


lavozim

maoshiga

nisbatan*



A

1=(2+3+4

+5+6+7)


2

3

4

5

6

7

8

9=(1/8)

10

11=(10/1)

12

13

14

15


Hudud boʻyicha, jami


















shu jumladan tuman(shahar)lar kesimida:

















1.


















2.


















3.


















4.


















5.


















6.


















7.


















8.


















9.


















10.


















11.


















12.


















13.


















14.


















          

*) rabatlantirish (+20%), jarima (-10%) qoʻllaniladi


ESLATMA: Daromadlari bazasini oshirish rezervlari - moliya hamda soliq organlari tomonidan tahlillar (oʻrganishlar) natijasida qoʻshimcha aniqlangan soliq solish ob’yektlari.


_______________________________










hududiy moliya organlari rahbari


/ Imzo /


F.I.O














_______________________________









hududiy davlat soliq хizmati organlari rahbari

/ Imzo /


F.I.O














       





Nizomga

4-ILOVA



Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor

shaхslarini rabatlantirish va ularga nisbatan

moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash

SXEMASI

Sub’yektlar

Tadbir


Muddati

Tuman (shahar) moliya boʻlimlari va davlat soliq inspeksiyalari

      

Har chorak yakuni bilan mezonlar ijrosi yuzasidan 1 - 3-ilovalarga asosan tegishli ma’lumotnomalarni hokim bilan kelishish. Kelishilgan ma’lumotnomalarga hokim tavsiyasini ilova qilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga taqdim etish.

        


Hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar

































V






















      

Qoraqalpoiston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari hamda Qorakalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari

       

      

Taqdim etilgan ma’lumotnomalarni umumlashtirish va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar hokimi bilan kelishish. Kelishilgan ma’lumotnomalarga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar hoqimi tavsiyasi ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish.

        


Hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar

































V






















Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi

         

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyalari asosida, tasdiqlangan daromadlar prognoz koʻrsatkichlari ijrosi, soliq qarzdorligining oʻzgarishi va byudjetga qoʻshimcha rezervlar anmqlanishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning tanqidiy tahlili natijasida Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri va Davlat soliq qoʻmitasi raisining tegishli buyruini qabul qilish va joylarga yetkazish.

           


Hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar

































V






















   

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

       

    

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri va Davlat soliq qoʻmitasi raisining tegishli buyrui ijrosini ta’minlash va tuman (shahar) hokimliklariga yetkazish.

       


Shu kunning oʻzida































V






















Tuman (shahar) hokimlari

      

Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaхslarini rabatlantirish yoki ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash.

      



























Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 24 yanvar