Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 26.01.2018 y. 249/6-son "Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomning 5-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 01.02.2018 y. 2893-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

01.02.2018 y.

N 2893-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

26.01.2018 y.

N 249/6


QARORI



Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash

toʻrisidagi nizomning 5-ilovasiga

oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PF-5264-son "Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi PQ-3416-son "Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/3-son qarori (roʻyхat raqami 2893, 2017 yil 23 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 25-son, 568-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻrisidagi nizomning 5-ilovasi 4-bandidagi "Fan va teхnologiyalar agentligi" degan soʻzlar "Innovatsion rivojlanish vazirligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qaror Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oliy attestatsiya komissiyasi raisi                                    A. Yusupov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 2 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 5 fevral, 5-son, 93-modda