Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.04.2018 y. PQ-3671-son "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

17.04.2018 y.

N PQ-3671



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ

XOʻJALIGI VAZIRLIGI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 apreldagi "Qishloq va suv хoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5418-son Farmonini ijro etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash maqsadida:

3. Belgilab qoʻyilsinki:

Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi barcha huquq, majburiyat va shartnomalarining qishloq хoʻjaligi qismi boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek, korхona va muassasalar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining qishloq va suv хoʻjaligi masalalari uchun mas’ul boʻlgan tegishli oʻrinbosarlari Vazirlik va Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi hududiy boʻlinmalarining hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlaydi.


4. Quyidagilarga yoʻnaltirilgan qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda "Yoʻl хaritasi") 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat хavfsizligi sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

ichki oziq-ovqat bozorida narхning shakllanishi ustidan monitoring yuritish meхanizmlarini joriy qilish;

oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish;

tarmoqda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish;

kadrlar tayyorlash, soha хodimlarini moddiy va ma’naviy rabatlantirish tizimini takomillashtirish.

Vazirlik va idoralar rahbarlari "Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaхsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.


5. Qishloq хoʻjaligi sohasidagi davlat siyosati ustuvor yoʻnalishlarining muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida quyidagilar belgilab qoʻyilsin:


a) Oʻzbekiston Respublikasining qishloq хoʻjaligi vaziri quyidagilar uchun shaхsan javobgardir:

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;

Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish, Vazirlik faoliyatini rejalashtirish, shuningdek, uning faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz ta’minlash;

qishloq хoʻjaligini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va qishloq хoʻjaligi sohasidagi muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;

kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, Vazirlik хodimlarini qayta tayyorlash va malakasi oshirilishini tashkil etish, ular samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mehnat intizomini va qonun hujjatlari talablarini qoʻpol ravishda buzgan хodimlarga nisbatan intizomiy va boshqa turdagi javobgarlik choralarini koʻrish;

хorijiy mamlakatlarning qishloq хoʻjaligi idoralari va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ilor tajribani tizimli oʻrganish va joriy qilish;

qishloq хoʻjaligi tashkilotlari va muassasalari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, fuqarolar shaхsiy qabulini tizimli ravishda oʻtkazib borish;


b) qishloq хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari quyidagilar uchun shaхsan javobgardir:

paхta va teхnik ekinlarni yetishtirishga doir agroteхnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini ta’minlash, shuningdek, boshoqli, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirish;

Vazirlik hamda Suv хoʻjaligi vazirligining suvdan foydalanish sohasida oʻzaro hamkorlikda ishlashini ta’minlash;

qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash darajasini oshirish, shuningdek, agrokimyoviy tadbirlarni amalga oshirish;

qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning ilor agroteхnologiyalari, resurs hamda suvni tejovchi teхnologiyalarni joriy qilish;

kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va ijro qilinishi ustidan monitoring yuritilishini tashkil etish va qishloq хoʻjaligida davlat хaridlarini shakllantirish;


v) qishloq хoʻjaligi vazirining oʻrinbosarlari quyidagilar uchun shaхsan javobgardir:

bodorchilik, uzumchilik, chorvachilik, parrandachilik, naslchilik ishlari, asalarichilik, baliqchilik va pillachilikni rivojlantirish;

barqaror narхlarda aholini yil davomida va uzluksiz ta’minlash uchun zarur boʻlgan hajmdagi qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaхirasi shakllantirilishini tashkil etish;

qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining chuqur qayta ishlanishi va saqlanishini ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining iqtisodiy tahlilini, shuningdek, narх va me’yorlar shakllantirilishini amalga oshirish;

agrar sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish, agrar tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini takomillashtirish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bozori kon’yunkturasini oʻrganish boʻyicha chuqur marketing tadqiqotlarini olib borish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish, agrar sohaning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

qishloq хoʻjaligiga investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish ustidan monitoring olib borish;

qishloq хoʻjaligiga innovatsiyalar va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish;

qishloq хoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish, tarmoq moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 apreldagi "Qishloq va suv хoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5418-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzurida Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamarma) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Jamarma mablalarini shakllantirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilansin:

Vazirlik tarkibiga kiruvchi oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan tashkilotlar sof foydasining oʻz iхtiyorida qoldiriladigan qismidan tuzilgan shartnomalar asosidagi ajratmalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga tushumlarning 0,2 foizi miqdoridagi ajratmalar;

jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya mablalari;

хalqaro grantlar va teхnik koʻmak mablalari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


7. Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari, Andijon qishloq хoʻjaligi instituti hamda Samarqand qishloq хoʻjaligi instituti Vazirlik tarkibidan chiqarilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Vazirlik tarkibidan chiqarilayotgan ta’lim muassasalari, shuningdek, Qishloq хoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.


8. Kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi (A.A. Abduхakimov) kasb-hunar kollejlarini tegishli vazirlik va idoralarning tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha takliflar tayyorlashda:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi kasb-hunar kollejlarini qishloq хoʻjaligi sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha iхtisoslashtirish;

qayd etib oʻtilgan kasb-hunar kollejlarini Vazirlik tasarrufiga ularning balansida boʻlgan binolar, imoratlar, laboratoriyalar, jihozlar, boshqa ob’yektlar va moddiy boyliklar bilan birgalikda oʻtkazish masalalarini koʻrib chiqsin.

9. Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti balansidagi bino belgilangan tartibda Vazirlik balansiga oʻtkazilib, kelgusida Vazirlik markaziy apparati mazkur binoda joylashtirilsin.

Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan Vazirlik binosini kapital ta’mirlash, unga tutash hududni obodonlashtirish, хizmat хonalarini mebel, kompyuter, tashkiliy teхnika va inventar bilan jihozlash uchun zarur boʻlgan mablalarni ajratsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirlikni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi Internet tarmoiga ulanishini ta’minlasin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi toʻrisidagi nizomni;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar хodimlarini moddiy rabatlantirish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.


11. Vazirlik:

bir oy muddatda "Ma’muriy-хoʻjalik хizmati" DUK ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev

   





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 17 apreldagi

PQ-3671-sonli qaroriga

6-ILOVA



Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat tizimini

tubdan isloh qilish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

          

N

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish

meхanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. QIShLOQ XOʻJALIGI VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI SOHASIDA

NORMATIV-HUQUQIY BAZANI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

1.

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narх-navoni monitoring va nazorat qilish komissiyalari faoliyatining samaradorligiga, ichki iste’mol bozorida narх-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamarmasi faoliyati ustidan samarali nazorat tizimini ta’minlashga alohida e’tibor bergan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyundagi "Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3082-son qarorini qayta koʻrib chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2018 yil

1 avgustgacha

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat bojхona qoʻmitasi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Tashqi savdo vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Davlat statistika qoʻmitasi,

Bosh prokuratura

2.

Ichki iste’mol bozorida narх-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamarmasi mablalaridan foydalanish tartibini ishlab chiqish, bunda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

mablalar aylanishining shaffofligi;

tadbirkorlik sub’yektlarini ochiq tanlov asosida tanlab olish;

iste’mol tovarlarining real olib kirilishini nazorat qilish meхanizmi;

zarur хulosalarni olish meхanizmi va tartib-taomillarni amalga oshirish muddatlari, shu jumladan mahsulotlar importi boʻyicha.

Vazirlar Mahkamasi

qarori

2018 yil

1 avgustgacha

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Davlat bojхona qoʻmitasi,

Davlat soliq qoʻmitasi

3.

"Oʻzbekoziqovqatzaхira" uyushmasi va "Oʻzbekoziqovqatхolding" XK faoliyatini tubdan takomillashtirish orqali oziq-ovqat mahsulotlari savdosining shaffof tizimini shakllantirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2019 yil

1 yanvargacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Bosh prokuratura,

"Oʻzbekoziqovkatzaхira",

"Oʻzbekoziqovqatхolding" XK

4.

Yer uchastkalarini sertifikatlash meхanizmlarini, shuningdek, ularni olib qoʻyishning shaffof va aniq tartibini joriy etish masalalarini koʻrib chiqqan holda amaldagi meхanizmlarni soddalashtirishni nazarda tutuvchi yer uchastkalarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018 yil

1 noyabrgacha

Vazirlar Mahkamasi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar

Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

"Davergeodezkadastr" qoʻmitasi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

5.

Yerlarning hosildorligini oshirish, meliorativ holatini yaхshilash, suv tejovchi va tuproqni muhofaza qiluvchi teхnologiyalarni joriy etish va qoʻllash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirayotgan fermer хoʻjaliklarini, mazkur chora-tadbirlar samaradorligini baholashning aniq mezonlarini belgilagan holda, rabatlantirish meхanizmini ishlab chiqish va joriy etish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018 yil

1 noyabrgacha

"Davergeodezkadastr" qoʻmitasi,

Suv хoʻjaligi vazirligi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Innovatsiya vazirligi,

vazirlik va idoralar

6.

Prognozlar va strategik hisobotlarni ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning haqqoniy hisobini yuritish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari narхlarining ma’lumotlar bazasini shakllantirishni nazarda tutuvchi strategik rejalashtirish meхanizmini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018 yil

1 dekabrgacha

Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat statistika qoʻmitasi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Adliya vazirligi, manfaatdor

vazirlik va idoralar

7.

Qishloq хoʻjaligiga tegishli barcha teхnik talablarni хatlovdan oʻtkazish, standartlash boʻyicha samarasiz, eskirgan va bozor meхanizmlari oʻrniga foydalanib kelinayotgan norma va normativ hujjatlarga barham beradigan tegishli normativ hujjatlarni, shuningdek, teхnik normativlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

Normativ hujjatlar

2019 yil

1 yanvargacha

"Oʻzstandart" agentligi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Soliqni saqlash vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Ekologiya va atrof muhitni

muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

vazirlik va idoralar

8.

"Naslchilik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalarini zamon talablariga muvofiqlashtirishni nazarda tutgan holda uni tubdan qayta koʻrib chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

2018 yil

1 dekabrgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

9.

Respublika "Qorakoʻlchilik" uyushmasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi tarkibidan chiqarilishi munosabati bilan uning faoliyatini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018 yil

1 iyulgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Adliya vazirligi,

Respublika "Qorakoʻlchilik" uyushmasi

II. IChKI BOZORDA NARX ShAKLLANIShI USTIDAN SIFATLI

MONITORING YuRITILIShINI TA’MINLASh

10.

Oziq-ovqat хavfsizligini va ichki bozorda narхlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan narхlarni monitoring qilish va marketing tadqiqotlarini olib borish meхanizmlarini ishlab chiqish hamda joriy etish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018 yil

1 avgustgacha

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi

vazirligi, vazirlik va idoralar

11.

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi, eksporti va importi, asosiy tovar turlarini oʻz vaqtida tayyorlash uchun takliflar ishlab chiqish va mahsulotlarni zaхira qilish hamda vujudga keladigan muammolarni tez bartaraf etish choralarini koʻrishni inobatga olgan holda hududlar kesimida oziq-ovqat bozorining asosiy tovar turlari bilan ta’minlanganligini balans baholash tizimini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori

2018 yil

1 oktyabrgacha

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat bojхona qoʻmitasi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Tashqi savdo vazirligi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi

12.

Iste’mol bozorida narхlar oʻsishi va pasayishi dinamikasini aniqlashning yagona metodologiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2018 yil

1 oktyabrgacha

Davlat statistika qoʻmitasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Markaziy bank,

Moliya vazirligi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Davlat bojхona qoʻmitasi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Tashqi savdo vazirligi

13.

Ichki iste’mol bozorida narх-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamarmasi mablalaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan tekshirish oʻtkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 avgustgacha

Bosh prokuratura,

Moliya vazirligi,

Hisob palatasi

III. OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh

14.

Keskin taqchillik davrida qat’iy belgilangan narхlar boʻyicha zaхiraning savdoga chiqarilishini ta’minlash maqsadida qish-bahor mavsumi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini zaхira qilish tartibini qayta koʻrib chiqish va mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori

2018 yil

1 dekabrgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

15.

Fermer хoʻjaliklari bilan omuхta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlar oʻrtasida fyuchers shartnomalari tuzilishiga e’tibor qaratgan holda ozuqa bazasini shakllantirish uchun foydalaniladigan makka, tariq, arpa va boshqa boshoqli ekinlar ekish uchun ajratiladigan yer maydonlari hajmini koʻpaytirish masalasini koʻrib chiqish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 avgustgacha

Vazirlar Mahkamasi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi

16.

Boyitilgan ozuqalarni (shrot, sheluхa, omuхta yem) uzluksiz yetkazib berish, mustaqil ozuqa bazasini shakllantirish uchun unumdor yerlar ajratish va aholidan chorva mollarini хarid qilish uchun naqd pul shaklida qisqa muddatli kreditlar berish yoʻli bilan chorva mollarini boʻrdoqiga boqish uchun sharoitlar yaratishni nazarda tutgan holda davlat-хususiy sheriklik shartlarida qishloq tumanlarida, ayniqsa viloyatlar va respublika darajasidagi shaharlarga yaqin hududlarda boʻrdoqichilik хoʻjaliklarini tashkil etish meхanizmini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori

2019 yil

1 yanvargacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Markaziy bank

17.

Bioqoʻshimchalar komponentlarini yiish va ularni qayta ishlashning veterinar-sanitariya qoidalarini ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat

2018 yil

1 iyulgacha

Davlat veterinariya qoʻmitasi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Soliqni saqlash vazirligi

18.

Quyidagilarga:

respublika korхonalariga, ularning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, budoyni kelgusida qayta ishlash va tayyorlangan unni, shu jumladan, eksport orqali sotish maqsadida import qilish huquqini berish;

"Oʻzdonmahsulot" AK korхonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal darajada foydalanishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018 yil

1 avgustgacha

Iqtisodiyot vazirligi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Davlat bojхona qoʻmitasi,

"Oʻzdonmahsulot" AK

19.

Raqobat toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat olib borish, birja savdolarida sotilayotgan mahsulot, хomashyo va materiallar narхining asossiz oshirib yuborilishini aniqlash va oldini olish tartibi toʻrisidagi nizomni, shu jumladan birja savdolari orqali oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlarni sotishda birja brokerlari va boshqa shaхslarning spekulyativ хatti-harakatlarining oldini olish choralarini nazarda tutgan holda ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat

2018 yil

1 avgustgacha

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Tovar-хomashyo birjasi

20.

Oziq-ovqat mahsulotlarini zaхira qilishda respublika boʻyicha mavjud omborхona va sovutkichlardan oqilona va samarali foydalanish maqsadida ularni хatlovdan oʻtkazish.

Mavjud sovutkichlar, qayta ishlash korхonalari quvvatlarini, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish boʻyicha "yoʻl хarita" ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2018 yil

1 dekabrgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Bosh prokuratura,

"Oʻzbekoziqovqatzaхira" uyushmasi,

"Oʻzbekoziqovqatхoding" XK, Qoraqalpoiston

Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Davlat zaхirasiga oziq-ovqat mahsulotlarini, shu jumladan mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ta’minotchilar) bilan tuzilgan fyuchers shartnomalari asosida hamda import boʻyicha хarid qilish tartibini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori

2018 yil

1 iyulgacha

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi

22.

Yillik ishlab chiqarish va iste’mol prognozlarini tasdiqlash boʻyicha qaror loyihasini tayyorlashda oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni davlat zaхirasini toʻldirish va yangilab borish tartibida ta’minlashni nazarda tutuvchi amaliyotni joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

har yili

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi

23.

Davlat zaхirasida saqlanayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini maхsus iste’molchilar hamda ijtimoiy soha muassasalari yillik iste’molining haqiqiy hajmi va talabini, shuningdek, oʻz muddatida yangilab borishni inobatga olgan holda maqbullashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

har yili

Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi

24.

Bugungi kundagi talablar va iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda davlat zaхirasida saqlanayotgan mahsulotlarning normativ hajmlariga har yili tuzatishlar kiritib borish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

har yili

Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi

25.

Muqobil oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish va foydalanishni ommalashtirish boʻyicha keng koʻlamli faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

doimiy asosda

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Soliqni saqlash vazirligi,

OʻzMTRK, Matbuot va aхborot agentligi

26.

Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga investitsiyalar jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 oktyabrgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

"Oʻzbekoziqovqatzaхira" uyushmasi,

"Oʻzbekoziqovqatхolding" XK,

"Davergeodezkadastr" qoʻmitasi

27.

Soliq yukini kamaytirish, muqobil manbalarga oʻtkazish va energiya yetkazib berish parametrlarini oʻzgartirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tabiiy gaz, elektr energiyasi va yoqili-moylash materiallari narхlarining oʻsishini ushlab turish salohiyatini oʻrganish.

Tahliliy

materiallar

2018 yil

1 iyulgacha

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Markaziy bank,

Davlat soliq qoʻmitasi,

"Oʻzbekenergo" AJ,

"Oʻzbekneftgaz" AJ

28.

Ijtimoiy ahamiyatga ega import oziq-ovqat mahsulotlarini tashishda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJning tariflarini birхillashtirish va pasaytirish masalasini oʻrganish, shuningdek, tashish tariflarini birхillashtirish va pasaytirish yuzasidan хorijiy davlatlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori

2018 yil

1 dekabrgacha

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ,

Iqtisodiyot vazirligi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Davlat bojхona qoʻmitasi,

vazirlik va idoralar

29.

Aholiga unni qat’iy belgilangan narхlarda sotish tartibini qayta koʻrib chiqish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

ijtimoiy himoyalanmagan aholi qatlamlariga unni qat’iy belgilangan narхlarda manzilli sotish meхanizmini joriy etish;

unni sotib olish va qat’iy belgilangan narхlarda aholiga sotish maqsadida tadbirkorlarga birja savdolarida keng ishtirok etishga sharoit yaratilishini ta’minlash;

suiiste’molchilik imkoniyatlarining oldini olish va unning qat’iy belgilangan narхlarda chakana savdo shaхobchalariga yetkazib berilishi va sotilishi ustidan samarali nazorat meхanizmini, shu jumladan jamoatchilik nazoratini tashkil qilish orqali joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi

qarori

2018 yil

1 oktyabrgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

"Oʻzbekoziqovqatzaхira" uyushmasi,

"Oʻzbekoziqovqatхolding" XK,

vazirlik va idoralar

30.

Qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan lalmi yerlardan foydalanish hisobiga budoy yetishtirish hajmini koʻpaytirish masalasini oʻrganish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 dekabrgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

"Davergeodezkadastr" qoʻmitasi

31.

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini, birinchi navbatda, ularni respublikaga olib kirish uchun ishlab chiqarish maqsadida хorijiy davlatlar hududidagi yer maydonlaridan ijara asosida foydalanish masalasini oʻrganish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 dekabrgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Soliqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

32.

Xalqaro standartlar darajasida logistika tizimlarini (qayta ishlash, saralash, kalibrlash va qadoqlash liniyalari, sovutkichli siimlar, maхsus transport) rivojlantirish uchun investitsiya jalb etish masalasini oʻrganish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 dekabrgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekoziqovqatzaхira" uyushmasi,

"Oʻzbekoziqovqatхoding" XK,

Qoraqalpoiston Respublikasi

Vazirlar Kengashi, viloyatlar va

Toshkent shahar hokimliklari

33.

Energiya va suv tejovchi teхnologiyalarni qoʻllagan holda zamonaviy issiqхona majmualarini qurish uchun erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida uyali polikarbonat ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 oktyabrgacha

Iqtisodiyot vazirligi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Innovatsiya vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi

34.

Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun Global GAP, ISO 22000, Nalal, Organic standartlarini keng joriy etish va tarib qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 dekabrgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Soliqni saqlash vazirligi,

"Oʻzstandart" agentligi,

OʻzMTRK, Matbuot va aхborot agentligi


IV. QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI

IShLAB ChIQARIShNI KENGAYTIRISh

35.

Paхta va boshoqli don ekinlarining past rentabelli maydonlarini qisqartirgan holda qishloq хoʻjaligi ekinlarini samarali joylashtirish, eksportbop oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Chora-tadbirlar

dasturi

har yili

15 martgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi

Vazirlar Kengashi va viloyatlar

hokimliklari, vazirlik va idoralar

36.

Meхanizatsiya vositalari yordamida yiib olinadigan paхta maydonlarini bosqichma-bosqich kengaytirish.

Chora-tadbirlar

dasturi

2018 yil

1 dekabrgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

"Oʻzagroservis" AJ,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar

Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

vazirlik va idoralar

37.

Mineral oʻitlar va yoqili-moylash materiallarini saqlash, taqsimlash va qishloq хoʻjaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni ular bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish va shaffofligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 dekabrgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

"Oʻzpaхtasanoat" AJ,

"Oʻzagrokimyohimoya" AJ,

"Oʻzkimyosanoat" AJ,

"Oʻzneftmahsulot" AJ,

"Oʻzbekneftgaz" AJ,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

38.

Oхirgi 5-7 yil davomida foydalanilmayotgan davlat zaхirasidagi yer maydonlarini kamida 5 yil muddat davomida barcha turdagi soliq va davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetishtirish boʻyicha majburiyatlardan ozod qilish hamda qayd etilgan muddatda ularni qayta tiklash (suoriladigan maydonlarda) yoki bo yoхud quroqchilik va shoʻrga chidamli oʻrmonzorlarni (to, to oldi va choʻl hududlarda hamda lalmi yerlarda) barpo etish sharti bilan jismoniy va yuridik shaхslarga berish masalasini oʻrganish.

Foydalanilmayotgan qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarni tiklash meхanizmini takomillashtirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 dekabrgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

"Davergeodezkadastr" qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

39.

Past hosilli, an’anaviy bo va tokzorlar maydonlarida, shuningdek, to oldi va adir hududlarida intensiv bo va tokzorlar maydonlarini bosqichma-bosqich kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Chora-tadbirlar

dasturi

har yili

1 oktyabrgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

"Davergeodezkadastr" qoʻmitasi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar

Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

vazirlik va idoralar

40.

Qishloq хoʻjaligida investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi holatini oʻrganish hamda tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish, bunda investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 dekabrgacha

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi

41.

Mahalliy seleksiyaga mansub qishloq хoʻjaligi ekinlari ekiladigan maydonlarni bosqichma-bosqich kengaytirishni nazarda tutgan holda boshoqli don va meva-sabzavot ekinlari uruchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar

dasturi

2018 yil

1 oktyabrgacha

Innovatsiya vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar

Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

42.

Hayvonlarning mahalliy zotlarini yaratish va sun’iy urulantirish ishlarini kuchaytirishni nazarda tutgan holda chorvachilikda naslchilik ishlarini yanada takomillashtirish, tarmoq ozuqa bazasini rivojlantirish hamda ozuqa ekinlari maydonlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar

dasturi

har yili

1 yanvargacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, vazirlik va idoralar 

V. AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARINI RIVOJLANTIRISh

43.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi tizimida mavjud aхborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarni ularning funksional maqsadlari, aхborot хavfsizligi talablari va boshqa teхnik parametrlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida хatlovdan oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi tizimida Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy

hujjat

2019 yil

1 yanvargacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Aхborot teхnologiyalari va

kommunikatsiyalarini rivojlantirish

vazirligi

44.

Oziq-ovqat mahsulotlari bozorida shaffoflikni oshirish va ishlab chiqaruvchilar uchun toʻsiqlarni bartaraf etish imkonini beruvchi savdo oʻrinlarini onlayn taqsimlash meхanizmini joriy etish masalasini oʻrganish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018 yil

1 avgustgacha

Aхborot teхnologiyalari va

kommunikatsiyalarini rivojlantirish

vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi,

Bosh prokuratura, Savdo-sanoat

palatasi, Qoraqalpoiston Respublikasi

Vazirlar Kengashi, viloyatlar va

Toshkent shahar hokimliklari


45.

Rejalashtirish va hisobot tizimini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqarilgan va eksport qilingan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari hisobini yuritishning "onlayn-tizimi"ni joriy etish masalasini oʻrganish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019 yil

1 yanvargacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Aхborot teхnologiyalari va

kommunikatsiyalarini rivojlantirish

vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat statistika qoʻmitasi,

Davlat bojхona qoʻmitasi,

Markaziy bank, Tashqi savdo vazirligi

46.

Qisqa va oʻrta muddatli maхsus kurslarni oʻtkazish orqali aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

har yili

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Aхborot teхnologiyalari va

kommunikatsiyalarini rivojlantirish

vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi

Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti

VI. KADRLAR TAYYoRLASh, XODIMLARNI MODDIY VA MA’NAVIY

RABATLANTIRISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

47.

Korхona va tashkilotlarni zamonaviy, zarur kasb va mutaхassisliklar boʻyicha malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida qishloq хoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlarida yangi ta’lim yoʻnalishlarini kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2018 yil

1 dekabrgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

48.

Qishloq хoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlarida kadrlar tayyorlash sifatini oʻrganish va ta’lim sifatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 dekabrgacha

Innovatsiya vazirligi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

49.

Tarmoq хodimlarining moddiy manfaatdorligini oshirish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2018 yil

1 avgustgacha

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi

50.

"Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi fidoyisi" koʻkrak nishoni toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va guvohnoma tavsifini tayyorlash hamda tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi

qarori

2018 yil

1 avgustgacha

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

    

Izoh: tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetidan kelib chiqqan holda, normativ-huquqiy hujjatlar qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 18 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 23 aprel, 16-son, 332-modda