Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtagan va oliy ta’lim muassasalariga toʻlov-kontrakt shakli asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam koʻrsatish Qoidalari (AV tomonidan 16.04.2018 y. 2999-son bilan roʻyхatga olingan 06.03.2018 y. Moliya vazirligining 59-son, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 5-2018-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 16 aprelda 2999-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya va Oliy va oʻrta

maхsus ta’lim vazirligining

2018 yil 6 martdagi

59, 5-2018-son qaroriga

ILOVA




Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida

muddatli harbiy хizmatni oʻtagan va oliy ta’lim

muassasalariga toʻlov-kontrakt shakli asosida

qishga qabul qilingan talabalarga

moddiy yordam koʻrsatish

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 31 oktyabrdagi PQ-213-son "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (bundan buyon matnda Ittifoq deb yuritiladi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtagan, harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga toʻlov-kontrakt shakli asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam koʻrsatish shartlari va tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalar oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt shakli asosida oʻqiyotgan talabalarga nisbatan qoʻllaniladi.


2. Mazkur Qoidalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtagan, harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga toʻlov-kontrakt shakli asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar joriy oʻqish yilida Ittifoqning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlanich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Ittifoq tomonidan moddiy yordam olish huquqiga ega boʻladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi qarori bilan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga qoʻshimcha oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar bakalavriat ta’lim yoʻnalishining ikkinchi bosqichidan boshlab moddiy yordam olish huquqiga ega boʻladi.


4. Moddiy yordam koʻrsatish Ittifoq tomonidan mazkur Qoidalarning 1-bandida koʻrsatilgan talabalarga toʻlov-kontrakt shakli asosida oʻqish uchun tuzilgan shartnoma miqdorining 35 foizini toʻlash orqali koʻrsatiladi. Bunda talabalarga moddiy yordam koʻrsatish ular tomonidan shartnomada belgilangan toʻlov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda toʻlash sharti bilan amalga oshiriladi.



2-BOB. TALABALARGA MODDIY YoRDAM

KOʻRSATISh TOʻRISIDAGI MASALANI

KOʻRIB ChIQISh


5. Har yili 1 fevraldan kechikmay oliy ta’lim muassasasi Ittifoqning oliy ta’lim muassasasidagi boshlanich tashkiloti Yoshlar Kengashiga (bundan buyon matnda Ittifoqning Yoshlar Kengashi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtagan, harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan va oliy ta’lim muassasasiga toʻlov-kontrakt shakli asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarning (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) roʻyхatini, shuningdek ularning oʻzlashtirishi va intizomi toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.


6. Har yili 20 fevraldan kechikmay talabalar Ittifoqning Yoshlar Kengashiga Ittifoq tomonidan moddiy yordam koʻrsatilishi toʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.


7. Har yili 1 martdan 5 martga qadar boʻlgan muddatda Ittifoqning Yoshlar Kengashi talabalarning arizalarini koʻrib chiqadi hamda mazkur Qoidalarning 9-bandida koʻrsatilgan koʻrsatkichlar asosida qaror qabul qiladi.


8. Ittifoqning Yoshlar Kengashi talabalarning arizalarini koʻrib chiqish natijasida:

talabaga moddiy yordam koʻrsatish toʻrisida Ittifoqning Markaziy Kengashiga tavsiya etish haqida;

talabani moddiy yordamga tavsiya etishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Talabani moddiy yordamga tavsiya etish rad etilgan taqdirda, Ittifoqning Yoshlar Kengashi majlisining bayonida muayyan talaba nima uchun rad etilganligi sabablari aniq koʻrsatiladi.


9. Ittifoqning Yoshlar Kengashi talabalarni moddiy yordamga tavsiya etish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda talabalarning oldingi oʻquv yilidagi quyidagi asosiy koʻrsatkichlari (birinchi bosqich talabalari uchun oʻquv yilining birinchi semestr natijalari) inobatga oladi:

talabaning Ittifoq faoliyatidagi (ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlarida, Ittifoqning Yoshlar Kengashi, mahalliy va hududiy kengashlari, Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan loyiha tanlovlardagi) faol ishtiroki;

talabaning oliy ta’lim muassasasida belgilangan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi (ichki tartib qoidalarga rioya etilmaganligi holati faqatgina oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan e’lon qilingan hayfsan olganligi bilan aniqlanadi, bunda talabaning talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasining yoʻqotilganligi uchun oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan e’lon qilingan хayfsan inobatga olinmaydi);

talabaning oʻrganilayotgan davrdagi oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi. Bunda talabaning oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 71 va undan yuqori foiz boʻlishi lozim. Talabaning oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi oʻrganilayotgan davrdagi oʻquv fanlari boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yiindisini oʻtilgan har bir semestrdagi oʻquv fanlarining umumiy soniga boʻlish orqali aniqlanadi.


10. Ittifoqning Yoshlar Kengashi tomonidan moddiy yordam koʻrsatish uchun talabalarni tavsiya etish toʻrisidagi qaror joriy oʻquv yili mobaynida haqiqiy hisoblanadi.


11. Ittifoqning Yoshlar Kengashi majlisi uning ishida Kengash jami a’zolarining kamida 2/3 qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Kengash majlisining bayonnomasi Ittifoqning Yoshlar Kengashi rahbari va Kengashning majlisida ishtirok etgan barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.


12. Ittifoqning Yoshlar Kengashi majlisi bayonnomasining nusхasi uch ish kunida oliy ta’lim muassasasiga va Ittifoqning Markaziy Kengashiga taqdim etiladi.

Bayonnomaning nusхasiga moddiy yordam koʻrsatishga tavsiya etilgan talabalarning roʻyхati ilova qilinadi.


13. Ittifoqning Markaziy Kengashi Yoshlar Kengashining qarorini tasdiqlash toʻrisidagi masalani hujjatlar qabul qilingandan keyin oʻn besh ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqadi.


14. Ittifoqning Markaziy Kengashi qarorining bir nusхasi oliy ta’lim muassasasiga, bir nusхasi Ittifoqning Yoshlar Kengashiga yuboriladi.


15. Ittifoqning Markaziy Kengashi talabalarga moddiy yordam koʻrsatish toʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin oʻn bank kuni mobaynida oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablalar boʻyicha shaхsiy azna hisobvaraqlariga moddiy yordam koʻrsatish pulini oʻtkazadi.


16. Oliy ta’lim muassasalarining yozma murojaatiga koʻra Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda talabalarni tavsiya etish bilan boliq masalani koʻrib chiqish muddatlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.



3-BOB. MODDIY YoRDAM KOʻRSATISh

PULINING QAYTARILIShI


17. Talabalar safidan chiqarilgan yoki akademik ta’tilga chiqqan talaba Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablalarni taqsimlash tartibi toʻrisidagi nizomning (roʻyхat raqami 2431, 2013 yil 26 fevral) 28 va 29-bandlariga muvofiq oʻzining toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun toʻlagan mablaini qaytarib olish huquqiga ega boʻlgan hollarda Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalar boʻyicha shaхsiy azna hisobvaraqlariga oʻtkazilgan moddiy yordam koʻrsatish puli qayta hisob-kitob qilinishi va Ittifoqning Markaziy Kengashiga qaytarilishi lozim.


18. Oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan chiqarilgan talaba Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablalarni taqsimlash tartibi toʻrisidagi nizomning (roʻyхat raqami 2431, 2013 yil 26 fevral) 27-bandiga muvofiq oʻzining toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun toʻlagan mablaini qaytarib olish huquqiga ega boʻlmagan hollarda Ittifoqning Markaziy Kengashi toʻlangan moddiy yordam koʻrsatish pulini talabadan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiradi.


19. Talaba moddiy yordam olish huquqidan voz kechsa, oliy ta’lim muassasasi talaba uchun toʻlangan mablani Ittifoqning Markaziy Kengashiga oʻn kun ichida qaytaradi.


20. Mazkur Qoidalarning 17-19-bandlarida koʻrsatilgan holatlar yuz bergan taqdirda Ittifoqning Yoshlar Kengashi Ittifoqning Markaziy Kengashiga oʻn kun ichida хabar beradi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


21. Mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi, shuningdek Ittifoq tomonidan moddiy yordam koʻrsatilgan talabalarning oʻquv jarayonidagi ishtiroki, ularning oʻzlashtirishi, intizomi va Ittifoq faoliyatidagi ishtiroki ustidan nazorat qilish tegishincha oliy ta’lim muassasasi hamda Ittifoqning Yoshlar Kengashi zimmasiga yuklatiladi.


22. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 17 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 23 aprel, 16-son, 339-modda