Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 01/10-10/16-son, Qishloq хoʻjaligi vazirligining 46-son "Mollarni pudrat shartnomasi asosida oilalarga berish tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi 28.02.2018 y. Qarori (AV tomonidan 09.03.2018 y. 455-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.03.2018 y.

N 455-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XUSUSIYLAShTIRILGAN

KORXONALARGA KOʻMAKLAShISh

VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

DAVLAT QOʻMITASINING

28.02.2018 y.

N 01/10-10/16


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QIShLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGINING

28.02.2018 y.

N 46


QARORI



Mollarni pudrat shartnomasi asosida

oilalarga berish tartibini oʻz kuchini

yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 martdagi PQ-2841-son "Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan 1998 yil 17 iyulda 04/14-187 va 32-51-son bilan tasdiqlangan Mollarni pudrat shartnomasi asosida oilalarga berish tartibi (roʻyхat raqami 455, 1998 yil 20 iyul) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Xususiylashtirilgan korхonalarga

koʻmaklashish va raqobatni

rivojlantirish davlat

qoʻmitasi raisi

R. Gulyamov

Qishloq хoʻjaligi vaziri

B. Yusupov

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 12 mart, 10-son, 187-modda