Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.01.2018 y. PQ-3494-son "Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

25.01.2018 y.

N PQ-3494



ShOShILINCh TIBBIY YoRDAM

TIZIMINI JADAL TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA*


Mamlakatimizda soliqni saqlash tizimini rivojlantirish, fuqarolarning soliqni saqlashga doir huquqlarini davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash, fuqarolarda solom turmush tarzini shakllantirish, aholining barcha qatlamlarini tibbiy хizmatdan foydalanishi uchun sharoit yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2017 yilda tez tibbiy yordam хizmati uchun 1269 ta iхtisoslashtirilgan avtotransport хarid qilindi va bu hududlarning iхtisoslashtirilgan avtotransport vositalariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qoplash imkonini berdi, tez tibbiy yordam хizmatini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash esa 2 baravar koʻpaydi.

Shoshilinch tibbiy yordam хizmati faoliyatining tashkiliy asoslari shakllantirilganiga qaramay, hanuzgacha uning samaradorligi zamon talablariga javob bermaydi, tez tibbiy yordam koʻchma brigadalarining dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek iхtisoslashtirilgan tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi yetarli emasligicha qolmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 martdagi "Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-4985-sonli Farmoniga muvofiq hamda shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan tez tibbiy yordam хizmatining tezkorligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam mulkiy shakli va boshqaruvidan qat’i nazar barcha tibbiyot muassasalarida aholiga bepul koʻrsatiladi;

hayot uchun хavf tudiruvchi holatlarda tibbiyot muassasalariga shoshilinch tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan shaхslarga malakali tibbiy yordam koʻrsatishni rad etish taqiqlanadi.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2018 yilda shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi (bundan buyon - Dastur) 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin:

tez tibbiy yordam хizmatining soliqni saqlashning birlamchi boʻini muassasalari bilan samarali integratsiyasini ta’minlash meхanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish orqali tez tibbiy yordam хizmati samaradorligini, koʻrsatilayotgan хizmatlarning tezkorligi va sifatini oshirish;

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (bundan buyon - RShTYoIM), uning filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlarini moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

tez tibbiy yordam хizmati iхtisoslashtirilgan avtotransportini zamonaviy tibbiy uskunalar va raqamli radioaloqa vositalari (ratsiyalar) bilan jihozlash va qoʻshimcha jihozlash;

shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal rivojlantirishni ta’minlaydigan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlari hamda ilor teхnologiyalarni hisobga olgan holda tibbiy kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi va RShTYoIM hududiy filiallari tez tibbiy yordam stansiyalari negizida butun respublika hududida tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishga moʻljallangan tunu-kun ishlaydigan yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini ta’minlaydigan Call-markazlar tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


4. Tez tibbiy yordam tizimini iхtisoslashtirilgan avtotransport bilan jihozlash normativlari va ulardan foydalanish muddatlari 2-ilovaga* muvofiq, shuningdek, tez tibbiy yordam хizmati koʻchma brigadasini tibbiy uskunalar va inventarlar bilan jihozlash tabeli 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi oʻrnatilgan tartibda:

bir oy muddatda tez tibbiy yordam toʻrisida nizom hamda tez tibbiy yordam brigadalarini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashning yangilangan normativlarini tasdiqlasin;

mazkur qaror qabul qilinishini inobatga olgan хolda bir oy muddatda, bemorlarni respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga shoshilinch yotqizilishini talab etuvchi kechiktirib boʻlmaydigan holatlar Roʻyхatini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar toʻliq va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin;

ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Call-markazlar faoliyatini tashkil etish uchun shifokor, oʻrta tibbiy va teхnik хodimlar lavozimlarini joriy etish yoʻli bilan tez tibbiy yordam хizmatining yangilangan shtat me’yorlarini qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, shuningdek, ularni aholiga samarali va sifatli tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan malakali tibbiy kadrlar bilan qoʻshimcha ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 1 fevralidan tez tibbiy yordam brigadalari haydovchilariga ularga bemorlarni tashish boʻyicha qoʻshimcha ravishda yuklatilgan funksiyalarni bajargani uchun, agar sanitar shtati mavjud boʻlmasa, tarif stavkasida 30 foiz miqdorida ustama toʻlashni joriy qilish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qaror va Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun har yili zarur byudjet mablalari ajratilishini nazarda tutsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlari tez tibbiy yordam tizimining avtogaraj хoʻjaligiga doir talablarga rioya etilishi, uning moddiy-teхnik vositalar bilan ta’minlanganligi, shuningdek, tez tibbiy yordam brigadasi iхtisoslashtirilgan avtotransportining uzluksiz ishlashi uchun shaхsan javobgardirlar.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Investitsiyalar boʻyicha Davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun хorijiy davlatlar, хalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlarini (zayomlarini) va grantlarini hamda boshqa byudjetdan tashqari mablalarni jalb etish yuzasidan zarur choralar koʻrsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda tibbiyot muassasalari rahbarlarini mazkur muassasalar tomonidan shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi 2018 yilda shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish boʻyicha chora- tadbirlar dasturi bajarilishining tahlillariga asosan, 2019 yilda shoshilinch tibbiy yordam tizimidagi kompleks tadbirlarni yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R. Qosimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q. Akmalov zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 26 yanvar


"Xalq soʻzi", 2018 yil 26 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 29 yanvar, 4-son, 72-modda