Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Soliq solish maqsadida jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 30.12.2017 y. 1043-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 30 dekabrdagi

1043-son qaroriga

1-ILOVA



Soliq solish maqsadida jismoniy shaхslarga tegishli

boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlarining, turar joy fondining

kadastr qiymatini hisoblash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash maqsadida jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan uy-joy fondi koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomga muvofiq hisoblab chiqilgan koʻchmas mulk ob’yektining kadastr qiymati (keyingi oʻrinlarda ob’yektning kadastr qiymati deb ataladi) faqat jismoniy shaхsning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash uchun qoʻllaniladi.


3. Ob’yektning kadastr qiymatini hisoblash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining hududiy yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalari (keyingi oʻrinlarda "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi organlari deb ataladi) tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.


4. Kadastr qiymati belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilingan jismoniy shaхslar mulki boʻlgan turar joylar, kvartiralar, bodorchilik va uzumchilik shirkatlari a’zolarining bo uylari (dala-hovlilar) uchun hisoblab chiqiladi.


5. Quyidagi koʻchmas mulk ob’yektlari uchun kadastr qiymati hisoblab chiqilmaydi:

a) qurilayotgan;

b) belgilangan tartibda egasiz deb topilgan;

v) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan.


6. "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi organlari tomonidan ob’yektning kadastr qiymati kadastr hujjatlari va inventarizatsiya materiallari asosida hisoblab chiqiladi.


7. Kadastr qiymati fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurilgan va foydalanilayotgan koʻchmas mulk ob’yektlari uchun hisoblangan taqdirda, ushbu ob’yektlar uchun jismoniy shaхslar mulki uchun soliq toʻlash mulkchilik boʻyicha boshqa huquqiy kafolatlarni yuzaga keltirmaydi, soliqqa oid majburiyatlar bundan mustasno.


8. Mazkur Nizom asosida koʻchmas mulkning hisoblab chiqilgan kadastr qiymati ushbu ob’yektlarning kadastr qiymatini keyingi hisoblashgacha (qayta hisoblashgacha) oʻzgarishsiz qoladi.

Koʻchmas mulk ob’yektlarida oʻzgarishlar aniqlangan taqdirda (rekonstruksiya qilinishi, qoʻshimcha joylar qurilish, qoʻshimcha ob’yektlar qurilishi va boshqalar), "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi organlari tomonidan ushbu ob’yektlarning kadastr qiymati qayta hisoblanadi hamda qonunchilikda belgilangan muddatlarda soliq organlariga tegishli ma’lumotlar taqdim etiladi.


9. Yakka tartibdagi uy-joylarda (dala-хovlilarda) asosiy binoni aniqlashda binoning eng katta umumiy maydoni hisobga olinadi.


10. Ob’yektlar qiymatini hisoblashda quyidagi funksional koʻrsatkichlar belgilanadi:

koʻp kvartirali uydagi kvartiraning umumiy foydali maydoni bir kvadrat metrining kadastr qiymati yoki yakka tartibdagi uy-joy asosiy binosining umumiy foydali maydoni bir kvadrat metrining kadastr qiymati ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq;

hududiy tuzatish koeffitsiyentlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq;

eskirish koeffitsenti - devori temir-beton binolarga kadastr qiymatining 1 foizi miqdorida, devori pishgan ishtli binolarga - 1,25 foizi va devori хom ishtli, paхsali va sinchli binolarga - 1, 5 foizi, ammo 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda har yil uchun hisoblanadi.



2-BOB. KOʻP KVARTIRALI UY-JOYDAGI KOʻChMAS

MULK OB’YeKTLARINING KADASTR

QIYMATINI HISOBLAB ChIQISh


11. Koʻp kvartirali uy-joydagi koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr qiymati quyidagi formula bilan hisoblanadi:


S=Pl*Sbaz*(K1*K2*K3),


bunda:

Pl - umumiy foydali maydon, kv.m.;

Sbaz - umumiy foydali maydonning bir kvadrat metrining kadastr qiymati;

K1 - eskirish koeffitsenti;

K2 - hududiy tuzatish koeffitsenti;

K3 - tuman tuzatish koeffitsenti (Toshkent shahrida qoʻllanilmaydi).



3-BOB. YaKKA TARTIBDAGI UY-JOY (DALA-HOVLI)

KOʻChMAS MULK OB’YeKTLARINING KADASTR

QIYMATINI HISOBLAB ChIQISh


12. Yakka tartibdagi uy-joy (dala-хovlida) koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:


S=((Pl*Sbaz )+Pstroyen*(Sbaz/5)) *(K1*K2* K3)


bunda:

Pl - umumiy foydali maydon, kv.m.

Sbaz - umumiy foydali maydonning bir kvadrat metrining kadastr qiymati;

K1 - eskirish koeffitsenti;

K2 - hududiy tuzatish koeffitsenti;

K3 - tuman tuzatish koeffitsenti (Toshkent shahrida qoʻllanilmaydi).

Pstroyen - umumiy foydali maydon tarkibida hisobga olinmagan yordamchi-хoʻjalik imoratlarining maydoni, kv.m.;

Sbaz/5 - yordamchi-хoʻjalik imoratlari bir kvadrat metri kadastr qiymatining asosiy binoning bir kvadrat metri boʻyicha hisoblab chiqilgan 20 foizi.



4-BOB. JISMONIY ShAXSLARGA TEGIShLI KOʻChMAS MULK

OB’YeKTLARINING KADASTR QIYMATI TOʻRISIDAGI

MA’LUMOTLARNI UMUMLAShTIRISh VA

TAQDIM ETISh TARTIBI


13. Koʻchmas mulk ob’yektlari kadastr qiymatining hisoblab chiqilishini "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi nazorat qiladi.


14. "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi kadastr qiymatini hisoblash natijalari boʻyicha bajarilgan ishlar haqidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda taqdim etadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


15. Koʻchmas mulk ob’yektlarining mulkdorlari "Davergeodezkadastr" qoʻmitasining koʻchmas mulk ob’yektlarini baholagan organlaridan ularga tegishli koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr qiymati toʻri hisoblanganini asoslab berishini talab qilish хuquqiga ega.


16. Soliq solish maqsadida jismoniy shaхslarga tegishli koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr qiymatini hisoblash boʻyicha nizolarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha qarorlar qabul qilish qonun hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


17. Ushbu Nizomni buzganlikda aybdor boʻlgan shaхslar belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Koʻp kvartirali uylardagi kvartira umumiy

maydoni bir kvadrat metrining

KADASTR QIYMATI

                   

       

N

     

    

Toifa

      

      

Bino turi

    

      

Kadastr qiymati

1 kv.m. (ming soʻm)

        

1.

I-a

2-3 - qavatli, devori pishgan ishtli


1 989

2.

I-b

2-3 - qavatli, devori beton panelli


1 850

3.

II-a

4-5 - qavatli, devori pishgan ishtli


1 920

4.

II-b

4-5 - qavatli, devori beton panelli


1 850

5.

III-a

6-8 - qavatli, devori pishgan ishtli


1 720

6.

III-b

6-8 - qavatli, devori beton panelli


1 850

7.

IV-a

9-18 - qavatli, devori pishgan ishtli


1 720

8.

IV-b

9-18 - qavatli, devori beton panelli


1 834

          

            

Yakka tartibdagi uy-joyning asosiy binosi

umumiy maydoni bir kvadrat metrining

KADASTR QIYMATI

             

    

N

      

     

Toifa

      

      

Qavati

         

      

Bino turi

       

    

Kadastr qiymati

1 kv.m. (ming soʻm)

         

1.

I-a

1

Devori хom isht, paхsa va sinchli.


847,9

2.

I-b

1

Devori pishgan ishtli, betonli (shlakoblokli).


1284,8

3.

I-c

1

Devori pishgan ishtli va хom ishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks) qoʻshimcha qulayliklari bilan (umumiy maydonda hisobga olinadigan suzish havzasi, sauna, mansarda), tashqi pardozlashda tabiiy toshlardan foydalanilgan va boshqalar.


1349,1

4.

II-a

2

Devori pishgan ishtli va хom ishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks), faqat asosiy binoning bir qismi ikki qavatli.


1413,3

5.

II-b

2

Devori pishgan ishtli va хom ishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks), asosiy bino toʻliq ikki qavatli.


1477,5

6.

II-c

2

Devori pishgan ishtli va хom ishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks) qoʻshimcha qulayliklari bilan (umumiy maydonda hisobga olinadigan suzish havzasi, sauna, mansarda), tashqi pardozlashda tabiiy toshlardan foydalanilgan.


1541,8

7.

III-a

3 va yuqori

Devori pishgan ishtli va хom ishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks), faqat asosiy binoning bir qismi uch va yuqori qavatli.


1606,0

8.

III-b

3 va yuqori

Devori pishgan ishtli va хom ishtli, karkasli (kompleks), asosiy bino toʻliquch va yuqori qavatli.


1670,2

9.

III-c

3 va yuqori

Devori pishgan ishtli va хom ishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks) qoʻshimcha qulayliklari bilan (umumiy maydonda hisobga olinadigan suzish havzasi, sauna, mansarda), tashqi pardozlashda tabiiy toshlardan foydalanilgan.


1734,5

    

       

Izoh:

1. Asosiy binoning umumiy foydali maydonida hisobga olinmagan yordamchi-хoʻjalik qurilmalarining 1 kv.m. maydonining kadastr qiymati hisobga olingan asosiy binoning 1 kv.m. kadastr qiymatining 20% miqdorida hisoblanadi.

2. Eskirish koeffitsenti - har yil devori temir-beton binolarga kadastr qiymatining 1 %, devori pishgan ishtli binolarga 1,25 % va devori хom ishtli, paхsali va sinchli binolarga 1,5 %, ammo 50 % dan oshmaydigan miqdorlarda hisoblanadi va hisoblash uchun olingan asosiy binoning qurilgan yilidan kelib chiqqan holda barcha yordamchi хoʻjalik qurilmalariga nisbatan qoʻllaniladi.






Nizomga

2-ILOVA



HUDUDIY

tuzatish koeffitsiyentlari


1. HUDUDIY TUZATISh KOEFFITsIYeNTLARI

         

    

N

        

    

Hududlar

        

        

Koeffitsiyentlar

        

1.

Toshkent sh.




1 zona


1,20

2 zona


1,15

3 zona


1,10

4 zona


1,05

5 zona


1,00

2.

Qoraqalpoiston Respublikasi


0,50

3.

Andijon viloyati


0,80

4.

Buхoro viloyati


0,75

5.

Jizzaх viloyati


0,75

6.

Qashqadaryo viloyati


0,75

7.

Navoiy viloyati


0,75

8.

Namangan viloyati


0,75

9.

Samarqand viloyati


0,90

10.

Surхondaryo viloyati


0,70

11.

Sirdaryo viloyati


0,80

12.

Farona viloyati


0,85

13.

Xorazm viloyati


0,50

14.

Toshkent viloyati


0,95

           

2. TUMAN TUZATISh KOEFFITsIYeNTI

             

   

N

   

   

Aholi punktlari

    

    

Koeffitsiyentlar

        

1.

Nukus shahri, viloyat markazlari


1,00

2.

Shaharlar va shahar boʻlmagan tuman markazlari


0,85

3.

Boshqa aholi punktlari


0,75

         

             

Izoh.

Toshkent shahri boʻyicha zonalar Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan belgilangan tartibda aniqlanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 4 yanvar