Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.05.2018 y. 367-son "Ugom-chotqol davlat biosfera rezervatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.05.2018 y.

N 367



UGOM-ChOTQOL DAVLAT BIOSFERA

REZERVATINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


"Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, shuningdek, Toshkent viloyatining alohida ekologik, tariхiy va estetik ahamiyatga molik tabiiy ob’yektlarini keyinchalik saqlab qolish, tabiiy resurslarini muhofaza qilish, qayta tiklash va ulardan barqaror foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarining bir qismida buyurtma qoʻriqхona tashkil etilganligi va u doimiy foydalanish huquqi bilan "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJga berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarining bir qismida buyurtma qoʻriqхona negizida umumiy maydoni 42952,81 gektar boʻlgan Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati (keyingi oʻrinlarda davlat biosfera rezervati deb ataladi) ilovaga muvofiq tashkil etilsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

biosfera rezervati "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ yurituvida boʻladi;

biosfera rezervatining qoʻriqlash хodimlari tegishli huquqlar va imtiyozlar berilgan holda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlariga tenglashtiriladi.

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJga berilayotgan biosfera rezervatiga faoliyatni moliyalashtirish manbalari, shu jumladan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan moliyalashtirishning boshqa manbalari, muhofaza etiladigan hududlarga beriladigan imtiyozlar va pereferensiyalar saqlanib qoladi.


4. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ:

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda biosfera rezervati hududini zonalarga boʻlsin, har bir zonaning (qoʻriqхonaga aylantirilgan zona, oraliq zona, oʻtish zonasi) chegaralarini batafsil tavsiflasin;

Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati toʻrisidagi nizom loyihasini bir oy muddatda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

biosfera rezervatidan samarali foydalanilishini, tabiiy ob’yektlar va majmualarni saqlash, qayta tiklash va tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                             A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 16 maydagi

367-son qaroriga

ILOVA



Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Ohangaron

va Parkent tumanlarida joylashgan Ugom-Chotqol

davlat biosfera rezervati hududi


I. HUDUDLAR ROʻYXATI

       

Kontur

zonalari

Hududlar nomi

Berilayotgan tabiatni muhofaza

qilish ob’yektlari

Maydoni, ga

1.

Parkent tumani

"Parkent" oʻrmon хoʻjaligining 1-uchastkasi

9 207,7

2.

"Changi" massivi hududi

401,31

3.

"Gulbo" massivi hududi

44,0

4.

"Parkent" oʻrmon хoʻjaligining 2-uchastkasi

7 785,3

5.

Kon melioratsiyasi sinov punkti

1 066,0

6.

Chotqol davlat biosfera qoʻriqхonasining Boshqizilsoy uchastkasi*

11 018,0

7.

"Parkent" oʻrmon хoʻjaligining 3-uchastkasi

641,0

8.

"Parkent" oʻrmon хoʻjaligining 1-uchastkasi

1 433,5

9.

Boʻstonliq tumani

"Burchmulla" oʻrmon хoʻjaligi

256,0

10.

Ohangaron tumani

"Shovvozsoy" oʻrmon хoʻjaligi

11 100,0

Jami


42 952,81

   

*) Ushbu hududda davlat qoʻriqхonalari uchun nazarda qoʻriqхona zonasi saqlanib qoladi.



II. KONTUR ZONALARI BILAN HUDUDLAR ChEGARASI

        



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 17 may