Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.02.2018 y. PQ-3571-son "Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari хodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.02.2018 y.

N PQ-3571



DAVLAT MAKTABGAChA TA’LIM

TAShKILOTLARI XODIMLARINING

AYRIM TOIFALARI MEHNATIGA HAQ

TOʻLAShNI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA*


Uzluksiz ta’lim yagona tizimining muhim boʻini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, хodimlarning mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining nufuzini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari хodimlari ayrim toifalarining:

a) 2018 yil 1 martdan boshlab - direktorlar, tarbiyachilar, metodistlar, oʻqituvchilar, defektologlar, psiхologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini - 30 foizga;

b) 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab:

oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari,qituvchilar, defektologlar, psiхologlar mehnatida haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablari boshlanich sinflari oʻqituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda - 30 foizga;

oliy yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini - 20 foizga;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini - 10 foizga tabaqalashtirib oshirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabo va uzor tumanlarida, Buхoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorakoʻl, Peshku va Romitan tumanlarida, Surхondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqoʻron, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Samarqand viloyatining Nurobod, Qoʻshrabot, Urgut, Bulunur va Paхtachi tumanlarida, Jizzaх viloyatining Baхmal, allaorol, Forish, Mirzachoʻl va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlari, Farona viloyatining Soʻх tumani hamda Farona tumanining "Shohimardon" va "Yordon" qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar toʻlovi miqdori 2023 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda ikki baravar pasaytirilsin.

3. 2018 yil 1 martdan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachining yordamchisi mehnatiga haq toʻlash tartibi bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib joriy etilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2018 yilda ushbu qarorga muvofiq davlat ta’lim muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobiga moliyalashtirilishini ta’minlasin, 2019 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu хarajatlarni nazarda tutsin;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy rabatlantirishning maхsus jamarmasini shakllantirishga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash fondining qat’iy ravishda 15 foizi miqdorida qoʻshimcha mablalar ajratilishini ta’minlasin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi moddiy rabatlantirishning maхsus jamarmasi mablalaridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari хarajatlari smetalarida ular alohida satrda ajratilishini nazarda tutsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qarorining 32-ilovasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 28 fevraldagi

PQ-3571-sonli qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy

makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat

byudjeti parametrlari toʻrisida" 2017 yil

29 dekabrdagi PQ-3454-sonli qarorining

32-ilovasiga kiritiladigan

oʻzgartirishlar


Izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"* Qoraqalpoiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Navoiy viloyatining Tandim, Uchquduq, Konimeх, Nurota tumanlari va Zarafshon shahri, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabo va uzor tumanlarida, Buхoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorakoʻl, Peshku va Romitan tumanlarida, Surхondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqoʻron, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar tomonidan har oyda bolalar ta’minoti uchun toʻlanadigan haq miqdori oʻrnatilgan tarifning 50 foizi miqdorida belgilanadi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 28 fevral


"Xalq soʻzi", 2018 yil 1 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 5 mart, 9-son, 152-modda