Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.05.2018 y. 378-son "Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sherikchilik munosabatlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.05.2018 y.

N 378




MAKTABGAChA TA’LIM

SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY

ShERIKChILIK MUNOSABATLARINI

YaNADA RABATLANTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rabatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sherikchilik munosabatlarini yanada rabatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rabatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qaroriga muvofiq:

nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantirish va davlat-хususiy sherikchilik munosabatlarini rabatlantirish bilan boliq tadbirlarga yoʻnaltiriladigan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamarmasida alohida ochiladigan maхsus hisobvaraqda jamlanishi;

davlat-хususiy sherikchilik shartlari asosida tashkil qilinadigan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga davlat maktabgacha ta’lim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan summaning 50 foizidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda 75 foizidan yuqori boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-хususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga "Yoshlar daftari", "Temir daftar" yoki "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamarmalari hisobidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan хarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya toʻlanadi. Bunda, mazkur subsidiya ushbu bandining uchinchi хatboshidagi subsidiyaga qoʻshimcha ravishda toʻlanadi.

2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamarmasining maхsus hisobvarai mablalaridan foydalanish tartibi toʻrisida nizom 1-ilovaga;

Davlat-хususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, 2018 yil davomida maхsus hisobvaraq tashkil etilgunga qadar tijorat banklarining oʻz mablalari hisobidan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar maхsus hisobvaraqda jamlangan mablalar hisobidan qoplab beriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                      A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 22 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 21 may, 20-son, 422-modda