Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 15.05.2018 y. 286-mh-son "Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 15.05.2018 y. 2326-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.05.2018 y.

N 2326-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

15.05.2018 y.

N 286-mh


BUYRUI



Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy

davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining

turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Huquqiy aхborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi nizomga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012 yil 14 fevraldagi 39-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2326, 2012 yil 14 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.



Vazirning birinchi oʻrinbosari                                            N. Joʻrayev






Buyruqqa

ILOVA



Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy

davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining

turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Muqaddimadagi "2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi" degan soʻzlar "2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Davlat boshqaruvi organlarida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va bevosita ushbu tashkilotlar faoliyatiga tegishli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.

Davlat boshqaruvi organlarining tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritish iхtiyoriy boʻlib, tegishli davlat boshqaruvi organi rahbarining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.".


3. 3-bandda:

birinchi хatboshisidagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlarida" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oʻn oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qishloq хoʻjaligi (Toshkent shahar hokimligidan tashqari);";

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Mazkur bandda koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlardan tashqari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ularning oʻzlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning, shuningdek tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq deputatlari kengashlari qarorlarining turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.".


4. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Tuman (shahar) hokimliklarida tegishincha tuman (shahar) hokimining, tuman (shahar) хalq deputatlari Kengashining, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining va Vazirlar Kengashining, viloyat, Toshkent shahar hokimining hamda viloyat, Toshkent shahar хalq deputatlari Kengashi qarorlarining turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.".


5. 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


6. 18-banddagi "2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-sonli" degan soʻzlar "2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 16 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 21 may, 20-son, 430-modda