Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.05.2018 y. PF-5436-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PF-5019-sonli "Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida"gi Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

07.05.2018 y.

N PF-5436



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 2017 YIL 18 APRELDAGI PF-5019-SONLI

"IJTIMOIY-IQTISODIY  ISLOHOTLARNI  AMALGA

OShIRISh, MAMLAKATNI MODERNIZATsIYa QILISh,

INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINING IShONChLI

HIMOYaSINI  TA’MINLAShDA  PROKURATURA

ORGANLARINING   ROLINI   KUChAYTIRISh

TOʻRISIDA"GI FARMONIGA OʻZGARTIRISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA



Qonunlar va qabul qilinayotgan qarorlarga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni yanada mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining "Prokuratura toʻrisida"gi Qonunida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PF-5019-sonli "Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻrisida"gi Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.R. Inoyatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 7 maydagi

PF-5436-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2017 yil 18 apreldagi PF-5019-sonli "Ijtimoiy-iqtisodiy

islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya

qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli

himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining

rolini kuchaytirish toʻrisida"gi Farmoniga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Quyidagi mazmundagi 6-2-band bilan toʻldirilsin:

"6-2. Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining bayroi va emblemasi namunalari 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi".


2. 10 va 11-bandlardagi "5-ilovaga" va "6-ilovaga" degan soʻzlar tegishincha "7-ilovaga" va "8-ilovaga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. Quyidagi mazmundagi 5 va 6-ilovalar bilan toʻldirilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 18 apreldagi

PF-5019-sonli Farmoniga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi bayroining

TAVSIFI

    

      


Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi bayroi (keyingi oʻrinlarda bayroq deb yuritiladi) barqarorlik, matonat, sodiqlik, fidoiylik va mardlikni ifoda etuvchi moviy rangli toʻri burchakli mato koʻrinishiga ega.

Bayroq markazida geraldik belgi - Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining emblemasi tasvirlangan.

Bayroq uzunligi - 250 sm, eni - 125 sm.

Bayroqning hajmi boshqacha ham boʻlishi mumkin, biroq barcha hollarda bayroqning eni uzunligiga nisbatan 1:2 boʻlishi lozim.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 18 apreldagi

PF-5019-sonli Farmoniga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi

emblemasi - geraldik belgi

TAVSIFI

    

    


Geraldik belgi - Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi emblemasi pastki qismi choʻzilgan, yuqori burchaklari kesilgan uchburchak qalqon koʻrinishiga ega boʻlib, davlat va jamiyatni himoya qilish ramzini anglatadi.

Qalqon ortida - ikkita diagonal kesishgan oʻtkir tilari pastga yoʻnaltirilgan qilichlar joylashgan. Qilichlar dastasi beshta halqadan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi faoliyatining asosiy prinsiplari - birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikni ifodalaydi.

Qalqon yuzasi va qilichlar kumush rangda. Qalqon markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbidan qalqonning kambar hoshiyalariga qadar quyosh nurlarini ifodalovchi boʻrtma toʻri chiziqlar tortilgan.

Qalqonning chap tomonida toʻq-koʻk rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida: "O'ZBEKISTON", oʻng tomonida: "PROKURATURASI" deb yozilgan.

Geraldik belgi qonun hujjatlariga muvofiq bir хil rangda (siluet tarzida) tasvirlanishi mumkin".


4. 5 va 6-ilovalardagi "5-ilova" va "6-ilova" degan soʻzlar tegishincha "7-ilova" va "8-ilova" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 8 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 7 may, 18-son, 362-modda