Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirligining 1-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 6-q/q-son, Moliya vazirligining 28-son "Davlat notarial idoralari va notarial arхivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 15.02.2018 y. Qarori (AV tomonidan 16.02.2018 y. 2168-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.02.2018 y.

N 2168-4

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGINING

15.02.2018 y.

N 1


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BANDLIK VA MEHNAT

MUNOSABATLARI

VAZIRLIGINING

15.02.2018 y.

N 6-q/q


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

15.02.2018 y.

N 28


QARORI



Davlat notarial idoralari va notarial

arхivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 iyundagi 104-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻrisida" 2010 yil 5 maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi qaroriga va 2011 yil 29 martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari хodimlarining martaba darajalari toʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2010 yil 22 dekabrdagi 19, 201 va 106-son qarori (roʻyхat raqami 2168, 2010 yil 22 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 51-son, 501-modda) bilan tasdiqlangan Davlat notarial idoralari va notarial arхivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Adliya vaziri

R. Davletov

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

A. Xaitov

Moliya vaziri

D. Kuchkarov

    





Qarorga

ILOVA



Davlat notarial idoralari va notarial

arхivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 5-bandda:

uchinchi хatboshidan "daraja unvonlari va koʻp yil ishlaganlik uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha haqlarni toʻlash uchun" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

beshinchi хatboshidan "(daraja unvonlari va koʻp yil ishlaganlik uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha haqlarni toʻlash uchun ajratiladigan mablalar bundan mustasno)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. 10-band "a" kichik bandining ikkinchi хatboshisidagi "12-bandi (toʻrtinchi хatboshisi bundan mustasno) va 13-bandiga" degan soʻzlar "12 va 13-bandlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 16 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 19 fevral, 7-son, 133-modda