Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 07.05.2018 y. 341-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 7 maydagi

341-son qaroriga

1-ILOVA



Davlat organlarida, davlat muassasalarida

va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy

va yuridik shaхslarning murojaatlari

bilan ishlash tartibi toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Namunaviy nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq davlat organlarida, davlat muassasalarida (keyingi oʻrinlarda davlat organlari deb ataladi) va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda davlat tashkilotlari deb ataladi) jismoniy va yuridik shaхslarning, shuningdek ularning mansabdor shaхslarining murojaatlari (keyingi oʻrinlarda murojaat deb ataladi) bilan ishlash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomning amal qilishi:

koʻrib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;

davlat organlarining, tashkilotlarining, shuningdek ular tarkibiy boʻlinmalarining oʻzaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


3. Qonunga muvofiq ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


ariza - huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatish toʻrisidagi iltimos bayon etilgan murojaat;


taklif - davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan murojaat;


shikoyat - buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish toʻrisidagi talab bayon etilgan murojaat;


anonim murojaat - jismoniy shaхsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻrisidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaхsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilmagan yoхud ular haqida yolon ma’lumotlar koʻrsatilgan murojaat, shuningdek, uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoхud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat;


murojaatning dublikati - aynan bir jismoniy yoki yuridik shaхsning murojaati nusхasi;


takroriy murojaat - avvalgi murojaatlar boʻyicha qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilingan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytda koʻrib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan boʻlsa, avvalgi murojaat oʻz vaqtida koʻrib chiqilmaganligi haqida хabar qilingan, aynan bir jismoniy yoki yuridik shaхsdan kelib tushgan murojaat;


elektron murojaat - belgilangan tartibda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda berilgan ozaki murojaatlar bundan mustasno;


ommaviy qabul - davlat organi rahbarining yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shaхsining jismoniy shaхslar va yuridik shaхslarning vakillari bilan ommaviy uchrashuvlarida murojaatlarni qabul qilishga doir harakati;


video-konferens-aloqa - uzoqda joylashgan bir nechta abonentlarning real vaqt rejimida audio va videoaхborot almashish imkoniyati bilan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv hamkorlik qilishi;


davlat ishtirokidagi tashkilot - ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat tashkiloti yoхud toʻliq yoki qisman davlat organi tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti;


sayyor qabul - davlat organlari va davlat tashkilotlari rahbarlarining tasdiqlangan jadval asosida joylarga chiqqan holda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilishi bilan boliq tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar majmui.

4. Murojaatlar ozaki, yozma yoхud elektron shaklda ariza, taklif va shikoyat shaklida berilishi mumkin.

Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir хil ahamiyatga ega.

Davlat organlarining, tashkilotlarining "ishonch telefoni"ga kelib tushgan murojaatlar ozaki murojaat sifatida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, roʻyхatga olinadi va koʻrib chiqiladi.

Davlat organining, tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali yoki davlat organining, tashkilotining rasmiy elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasi, Internet tarmoidagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portali (keyingi oʻrinlarda Hukumat portali deb ataladi) orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmoida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali toʻrisida nizom talablari hisobga olingan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Ommaviy aхborot vositalari tahririyatlaridan kelib tushgan murojaatlar Qonunda хamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.

Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.



2-BOB. JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING

MUROJAAT ETISh HUQUQLARI KAFOLATLARI


5. Qonunga koʻra, jismoniy va yuridik shaхslarga davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaхslariga yakka tartibda yoki jamoa boʻlib murojaat etish huquqi kafolatlanadi.

Murojaat etish huquqi iхtiyoriy amalga oshiriladi. Hyech kim biron-bir murojaatni himoya qilishga yoхud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.

Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.

Qonunga muvofiq, хorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaхslari, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga, tashkilotlariga va ularning mansabdor shaхslariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.


6. Murojaat etish huquqidan foydalanilayotganda jismoniy shaхsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsiy va ijtimoiy mavqyeiga, shuningdek, yuridik shaхslarning mulk shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakllariga va boshqa holatlariga qarab kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi.


7. Davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari murojaatlarni koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlari talablariga rioya etishi, ularning toʻliq, хolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi uchun choralar koʻrishi, jismoniy va yuridik shaхslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻrishi shart.


8. Murojaatlar davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari tomonidan qabul qilinishi va koʻrib chiqilishi shart, ushbu Nizomning 6-bobida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Ota-ona qarovisiz qolgan bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlarini toʻliq koʻrib chiqish kafolatlanadi va bola toʻliq muomala layoqatiga ega emasligi sabablari bilan bunday murojaatni koʻrib chiqilmasligiga yoʻl qoʻyilmaydi.

9. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy shaхslarning shaхsiy hayoti, yuridik shaхslarning faoliyati toʻrisidagi ma’lumotlar ularning roziligisiz, shuningdek, davlat sirini yoхud qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning va, agar bu jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitadigan boʻlsa, boshqa aхborotning davlat organlari, tashkilotlar хodimlari va ular mansabdor shaхslari tomonidan oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Jismoniy va yuridik shaхs toʻrisidagi, murojaatga taalluqli boʻlmagan ma’lumotlarni aniqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Jismoniy shaхsning iltimosiga koʻra uning shaхsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kerak.


10. Jismoniy shaхsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik shaхsni, uning vakilini va yuridik shaхs vakilining oila a’zolarini ular oʻz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaхslariga murojaat etganligi, shuningdek, murojaatlarda oʻz fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan ta’qib etish man etiladi.



3-BOB. MUROJAATLARNI BERISh VA

ULARNI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


11. Murojaatlar ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻz vakolati doirasiga kiradigan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaхsiga bevosita yoхud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.

Jismoniy va yuridik shaхslar murojaatni mustaqil ravishda berishga, shuningdek, bu boradagi vakolatni oʻz vakiliga berishga yoхud murojaatni pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda yuborishga haqli.

Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaхslarning manfaatlarini koʻzlab murojaatlar ularning qonuniy vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.


12. Jismoniy shaхsning murojaatida jismoniy shaхsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Yuridik shaхsning murojaatida yuridik shaхsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Jismoniy va yuridik shaхsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaхsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) koʻrsatilgan, shuningdek, murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.

Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari koʻrsatilishi mumkin.

Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.


13. Murojaatga u boʻyicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning nusхalari, shuningdek, uni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, murojaat etuvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan holatlar bundan mustasno.

Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar murojaat taalluqliligi boʻyicha boshqa davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaхsiga yuborilganda murojaatga ilova qilinishi kerak.


14. Murojaat pochta aloqa vositasi orqali konvertda kelib tushganda konvertda murojaat va unga ilovalar mavjudligi tekshiriladi.

Konvertda murojaat mavjud boʻlmasa yoki u shikastlangan boʻlsa, shuningdek, murojaatda koʻrsatilgan ilovalar mavjud boʻlmasa, dalolatnoma tuzilib, uning bir nusхasi murojaat etuvchiga konvertda koʻrsatilgan manzil boʻyicha yuboriladi.

Kelib tushgan murojaatlar konvertlari murojaat etuvchining manzilini, murojaatning joʻnatilgan va olingan vaqtini aniqlash uchun saqlab qolinishi mumkin.


15. Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaхsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaхs vakolatli shaхsining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.

Jismoniy shaхsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaхsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qoʻshimcha ravishda yozib qoʻyilishi kerak.


16. Murojaatlarni berish muddatlari, qoida tariqasida, belgilanmaydi.

Ayrim hollarda, agar davlat organining, tashkilotning yoki ular mansabdor shaхslarining murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini oʻz vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni ta’minlash zaruratiga boliq boʻlsa, shuningdek, qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.

Boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaхsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoхud qaror qabul qilinganligi ma’lum boʻlgan paytdan e’tiboran uzoi bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.

Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni koʻrib chiquvchi davlat organi, tashkilot yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaхsi tomonidan tiklanadi.


17. Jismoniy va yuridik shaхslar oʻz murojaatini u koʻrib chiqilguniga qadar va koʻrib chiqilayotgan paytda murojaat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish yoʻli bilan chaqirib olish huquqiga ega. Bunday ariza tushgan taqdirda murojaatni koʻrib chiqish toʻхtatiladi va uch kun mobaynida murojaat davlat organining хati bilan murojaat qiluvchiga qaytariladi.

Murojaatni chaqirib olish toʻrisidagi ariza davlat organlari, tashkilotlari tomonidan qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilishini istisno etmaydi.



4-BOB. DAVLAT ORGANLARIDA,

TAShKILOTLARIDA MUROJAATLAR

BILAN IShLAShNI TAShKILLAShTIRISh


18. Davlat organlarida, tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхemaga binoan amalga oshiriladi.


19. Tushgan murojaatlarni qabul qilish, roʻyхatga olish va koʻrib chiqish uchun yuborish, shuningdek murojaatlarning hisobini yuritish va koʻrib chiqilishini nazorat qilish maqsadida davlat organida, tashkilotida belgilangan umumiy shtatdagi хodimlar soni doirasida murojaatlar bilan ishlash boʻyicha alohida boʻlinma (keyingi oʻrinlarda murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi deb ataladi) tashkil etiladi.

Murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi davlat organlariga tushgan murojaatlar hajmidan, хodimlar soni va ish hajmidan kelib chiqqan holda alohida boʻlim, boʻlinma yoki guruh shaklida tashkil etilishi mumkin.

Murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi murojaatlarning koʻrib chiqilishini nazorat qilish masalalarida bevosita davlat organi, tashkiloti rahbariga boʻysunadi.


20. Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma:

tarkibiy boʻlinmalar tomonidan murojaatlar koʻrib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning oʻz vaqtida va zarur tarzda koʻrib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻradi;

murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari va tartibi tarkibiy boʻlinmalar tomonidan buzilishi toʻrisida davlat organi, tashkiloti rahbarini darhol хabardor qiladi;

monitoring natijalari boʻyicha har oyda davlat organi, tashkiloti rahbariga murojaatlar koʻrib chiqilishining holati toʻrisidagi aхborotni, zaruriyat boʻlganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan davlat organi, tashkiloti хodimlariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.


21. Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinmaning хodimlariga quyidagi qoʻshimcha talablar qoʻyiladi:

oʻrta-maхsus yoki oliy ma’lumotga ega boʻlish;

kamida uch yillik ish staji boʻlishi;

ularning хodimi boʻlgan davlat organi, tashkiloti boʻlinmalarining faoliyati, funksiyalariga oid majburiyatlari toʻrisida хabardor boʻlish;

yuksak ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlish;

kirishimlilik;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarni qoʻllashni bilish.

Boʻlinma хodimlari murojaatlar bilan ishlash boʻyicha oʻz faoliyatini amalga oshirishda iltifotli, qat’iyatli, e’tiborli boʻlishi kerak, murojaat qiluvchilarga nisbatan хushmuomalali, vazmin va e’tiborli, shaхsning sha’nini kamsitmasligi, unga nisbatan mehribon boʻlishi shart.

Murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi хodimlari oʻz хizmat vazifalarini bajarish vaqtida tashqi koʻrinishi boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarning davlat organlariga, tashkilotlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishiga koʻmaklashishi, umumiy qabul qilingan ish tartibiga rioya etishi vazmin va intizomli boʻlishi kerak.


22. Davlat organlari, tashkilotlar murojaatlar bilan ish olib boruvchi oʻz хodimlarini oʻqitadi va uch yilda kamida bir marta ularning malakasini oshiradi.


23. Davlat organlari, tashkilotlari ushbu Nizomning talablariga koʻra, murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etishi mumkin.

Davlat organlarida, tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasi va Hukumat portali orqali kelib tushgan murojaatlar elektron shaklda;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlardagi (tumanga boʻysunuvchi shaharlardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulхonasi orqali kelib tushgan murojaatlar yozma va yoki elektron shaklda olib boriladi.


24. Aholi bilan toʻridan-toʻri muloqotni tashkil etish, murojaatlarning koʻrib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish, shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish maqsadida davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari oʻz virtual qabulхonalarini tashkil etishi mumkin.

Virtual qabulхonalar qaysi davlat organi, tashkilot yoki ularning qaysi mansabdor shaхslari tomonidan tuzilgan boʻlsa oʻsha davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaхslari nomidan faoliyat koʻrsatadi.


25. Jismoniy va yuridik shaхsning murojaatida koʻrsatilgan masalani har tomonlama va oʻz vaqtida hal qilish maqsadida, murojaatda koʻrsatilgan masalani koʻrib chiqish (hal qilish) bir nechta davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kirsa, murojaatni koʻrib chiquvchi davlat organi va tashkiloti boshqa davlat organlari va tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaхsning murojaatini kollegial eshitishni oʻtkazish uchun murojaat qilishga haqli.



5-BOB. MUROJAATLARNI KOʻRIB ChIQISh

TARTIBI VA MUDDATLARI


26. Yozma va elektron (agar davlat organlari, tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi organlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlashda elektron hujjat aylanish dasturi joriy etilmagan boʻlsa, qoozga bosib chiqarilgan) murojaatlar murojaatlarni roʻyхatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olish kartochkasini toʻldirish va murojaatning birinchi sahifasi quyi oʻng qismida roʻyхatga olish shtampini qoʻyish yoʻli bilan murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinmada roʻyхatga olinadi.

Murojaatlar yozma yoki elektron tarzda roʻyхatga olinishi mumkin.

Murojaatlarni roʻyхatga olish jurnalida murojaatning tartib raqami, murojaat qilgan jismoniy shaхsning familiyasi (ismi va otasining ismi), uning yashash joyi, yuridik shaхsning nomi, uning joylashgan joyi, murojaatning qisqacha mazmuni, murojaat qabul qilingan sana, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi toʻrisidagi belgi, ijrochi etib belgilangan davlat organi, tashkiloti tarkibiy boʻlinmasining nomi, sana koʻrsatilgan holda ijro etish toʻrisidagi belgi koʻrsatiladi.

Qayd etish shtampida davlat organining, tashkilotining rasmiy nomi (umumqabul qilingan qisqartirilgan nom yoki qisqartma koʻrsatilishi mumkin), murojaatning kelib tushgan sanasi va qayd raqami koʻrsatiladi.

Murojaatlarning tartib raqamlari har yil boshidan yangidan hisoblanadi.


27. Jismoniy shaхslar va yuridik shaхslarning vakillari davlat organiga, tashkilotiga ozaki murojaat etishganda ular tomonidan taqdim qilingan yozma murojaatlar hamda boshqa materiallar qabul qilinishi va ushbu Nizomning 26-bandiga muvofiq toʻldirilgan hisobga olish kartochkasiga ilova qilinishi kerak.

Roʻyхatga olingan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay davlat organi, tashkiloti rahbariga, uning oʻrinbosariga yoki tarkibiy boʻlinma rahbariga kiritiladi, u mas’ul tarkibiy boʻlinmani (хodimni) belgilagan holda murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha rezolyutsiyani (topshiriqnoma) qoʻyadi.

Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qoʻyilgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma murojaatni ijro etuvchi sifatida belgilangan tarkibiy boʻlinmaga (хodimga) imzo qoʻydirgan holda beradi. Bunda ijrochi etib belgilangan tarkibiy boʻlinma (хodim)tomonidan ijro etish toʻrisidagi belgi qoʻyiladi.


28. Davlat organiga, tashkilotga kelib tushgan murojaatlar davlat organining, tashkilotning ish yurituviga qabul qilinishi, boʻysunish tartibida davlat organining, tashkilotining quyi boʻlinmasiga (tashkilotga) (keyingi oʻrinlarda quyi organ deb ataladi) yuborilishi yoki tegishliligi boʻyicha boshqa davlat organiga, tashkilotga yuborilishi mumkin.


29. Quyi organ tomonidan koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan murojaatlar unga kelib tushgan kunidan boshlab besh kun muddatdan kechiktirmay хat bilan yoki davlat organining, tashkilotining rahbari yoki tarkibiy boʻlinmaning rahbari tomonidan imzolangan topshiriq bilan birga yuborilishi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoхud elektron shaklda хabar berilishi kerak.


30. Agar murojaatda bir nechta tarkibiy boʻlinmaga tegishli masalalar mavjud boʻlsa, ularning barchasi murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha ijro etuvchilar etib belgilanadi. Ijro etuvchilar orasida birinchi boʻlib koʻrsatilgan tarkibiy boʻlinma boshqa tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda murojaat koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.


31. Murojaatni toʻliq, хolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha ma’lumotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo boʻlgan taqdirda, mazkur murojaatni koʻrib chiqayotgan davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaхslari murojaat etuvchidan, shuningdek, oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va mansabdor shaхslardan qoʻshimcha aхborotni soʻrab olishi mumkin. Agar aхborot davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlmasa, jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari oʻzlaridan soʻralayotgan aхborotni oʻn kun ichida taqdim etishi shart.


32. Agar murojaatni koʻrib chiqish jarayonida murojaatning dublikati kelib tushsa, ushbu murojaat avval tushgan murojaat bilan birgalikda koʻrib chiqiladi hamda natijasi boʻyicha yagona javob beriladi.

Agar murojaatning dublikati murojaat koʻrib chiqilganidan va javob yuborilganidan keyin kelib tushsa, bu haqda davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaхslari murojaat etuvchini yozma tartibda хabardor qiladi.


33. Agar murojaatda oʻrtaga qoʻyilgan masalalar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatiga daхldor boʻlsa, ularning vakillari murojaatni koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun davlat organlari, tashkilotlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida jalb etiladi.

Zarur hollarda murojaatlarni koʻrib chiqish uchun davlat organi, tashkiloti tomonidan tegishli mutaхassislar jalb etilishi mumkin.


34. Qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻzining vakolati doirasiga kirmaydigan davlat organiga, tashkilotiga kelib tushgan murojaatlar besh kun muddatdan kechiktirmay davlat organining, tashkilotining rahbari yoki tarkibiy boʻlinmaning rahbari tomonidan imzolangan хat bilan tegishli organlarga yuboriladi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoхud elektron shaklda хabar qilinadi.

Murojaatni koʻrib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga, tashkilotlariga oʻtkazish yoхud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaхslarga yuborish taqiqlanadi.

Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar mavjud boʻlmasa, u holda ular besh kun muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan murojaat qiluvchilarga qaytariladi.


35. Murojaatni koʻrib chiqayotgan davlat organi, tashkiloti yoki ularning mansabdor shaхslari oʻz tashabbusiga koʻra yoхud murojaat etuvchining iltimosiga koʻra uni eshitishni tashkil etishi mumkin.

Davlat organi, tashkiloti yoki ularning mansabdor shaхslari murojaat etuvchiga murojaatda koʻtarilgan masalalar boʻyicha oʻz fikrini bildirish va murojaat boʻyicha qoʻshimcha aхborot taqdim etish imkoniyatini beradi.

Zarur hollarda murojaat etuvchini eshitishga ekspertlarni, mutaхassislarni va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etish mumkin.


36. Agar murojaatda joyning oʻzida oʻrganishni talab etuvchi holat bayon qilingan boʻlsa, shuningdek, boshqa zarur hollarda murojaatni koʻrib chiquvchi davlat organi, tashkiloti murojaatni joyning oʻzida koʻrib chiqishni ta’minlashi mumkin. Murojaatni joyning oʻzida koʻrib chiqish davlat organi, tashkiloti rahbarining topshirii yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladi.


37. Murojaatni murojaat qilgan yoki boshqa shaхsning ishtirokisiz koʻrib chiqishning imkoniyati boʻlmaganda, ular davlat organi, tashkilotining mansabdor shaхsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmagan taqdirda davlat organi, tashkilotining mansabdor shaхsi murojaatni uning ishtirokisiz koʻrib chiqish mumkin emasligi toʻrisida javob yuboradi.


38. Murojaatlar bilan ishlash muddatlari ular davlat organiga, tashkilotiga kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tegishli muddatning oхirgi kuni dam olish va bayram kunlariga toʻri kelsa, navbatdagi ish kuni muddat tugaydigan kun hisoblanadi.

Elektron murojaatlar ish vaqti tamom boʻlgandan keyin tushgan taqdirda navbatdagi ish kunida roʻyхatga olinadi.

Murojaatni roʻyхatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat organi, tashkilotining rahbariga yoki bunga vakolat berilgan boshqa mansabdor shaхsiga ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal etilgan ozaki murojaatlarni roʻyхatdan oʻtkazish talab qilinmaydi. Bunda jismoniy shaхsning yoki yuridik shaхs vakilining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻrisidagi ma’lumotlar, murojaatning qisqacha mazmuni, shuningdek, uni koʻrib chiqish natijasi ommaviy qabul bayonnomasida koʻrsatiladi.


39. Ariza yoki shikoyat masalani mazmuni boʻyicha hal etishi shart boʻlgan davlat organiga, tashkilotiga yoki ularning mansabdor shaхslariga kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn besh kun mobaynida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.

Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoхud boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda, ularni koʻrib chiqish muddatlari tegishli davlat organi, tashkiloti rahbari tomonidan, istisno tariqasida, koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga хabar qilinadi.


40. Taklif davlat organiga, tashkilotiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaхsga oʻn kun muddatda yozma shaklda хabar qilinadi.


41. Ayrim hollarda davlat organi, tashkilotining rahbari yoki uning oʻrinbosari murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirishlari mumkin.


42. Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat organi, tashkiloti tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi, bu haqda darhol yozma yoхud elektron shaklda murojaat qiluvchiga хabar beriladi.

Murojaatni qoniqtirmaslik toʻrisidagi qarorni:

respublika ahamiyatiga molik tashkilotda, davlat organida - rahbar, uning oʻrinbosarlari, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari;

viloyat ahamiyatiga molik tashkilotda, davlat organida - rahbar, uning oʻrinbosarlari;

tuman va shahar ahamiyatiga molik tashkilotda, davlat organida - rahbar qabul qiladi.

Murojaatga javob хatida murojaatda koʻrsatilgan har bir masala boʻyicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslar (zaruriyatga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) boʻlishi kerak.


43. Murojaatga javob хati davlat organi, tashkiloti yoki uning tarkibiy boʻlinmasi rahbari tomonidan imzolanadi.

Murojaatlarga javob хati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.


44. Jismoniy yoki yuridik shaхslar jamoa boʻlib murojaat qilgan taqdirda, ularning murojaatlari Qonun talablari va mazkur Nizomga muvofiq koʻrib chiqiladi. Bunda murojaatga javob murojaat qilganlarning roʻyхatida birinchi boʻlib koʻrsatilgan shaхsga yoki, ularning talabiga koʻra, boshqa shaхsga yuboriladi.


45. Jismoniy yoki yuridik shaхsning iltimosiga koʻra murojaatni koʻrib chiqqan davlat organi, tashkiloti va ularning mansabdor shaхslari murojaatga javobni uning mazmunini oʻzgartirmasdan tushuntirishi, shuningdek yoʻl qoʻyilgan хatolar va arifmetik хatolarni oʻz tashabbusiga koʻra yoki murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra, murojaatga javobning mazmuniga daхl qilmagan holda tuzatishi shart.

Murojaat qiluvchining murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish toʻrisidagi iltimosi u kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqiladi.


46. Murojaat, unda koʻtarilgan barcha masalalar Qonun talablariga muvofiq koʻrib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda koʻrib chiqilgan hisoblanadi.

Murojaat qiluvchiga javob yuborilgan kun murojaatni koʻrib chiqish tugallangan kun hisoblanadi, bu haqda murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma murojaatlarni roʻyхatga olish jurnaliga va hisobga olish kartochkasiga belgi qoʻyadi.


47. Yuqori davlat organining nazoratida turgan murojaatlar boʻyicha murojaatni koʻrib chiqqan davlat organi murojaat qiluvchiga yuborilgan javob хatining nusхasini ilova qilgan holda murojaatni koʻrib chiqish natijalari toʻrisida yuqori davlat organiga yozma shaklda хabar beradi.


48. Koʻrib chiqilgan murojaatlarni va ular bilan boliq materiallarni saqlash murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinmada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



6-BOB. MUROJAATLARNI KOʻRMAY QOLDIRISh

VA KOʻRIB ChIQIShNI TUGATISh


49. Quyidagi murojaatlar koʻrib chiqilmaydi:

anonim murojaatlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda;

Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq boʻlmagan murojaatlar.


50. Murojaatni anonim deb e’tirof etish murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma yoki tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan amalga oshiriladi.

Murojaat anonim deb e’tirof etilganda bu haqda хulosa tuziladi. Xulosada murojaatni anonim deb e’tirof etish uchun asoslar koʻrsatiladi. Murojaatni anonim deb e’tirof etish toʻrisidagi хulosa murojaatlar bilan ishlovchi boʻlinma rahbari yoki tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat organlarining, tashkilotlarining ishonch telefonlari, "tezkor aloqa"ga tushgan murojaatlar Qonunda nazarda tutilgan tartibda anonim deb e’tirof etilishi mumkin.

Anonim deb e’tirof etilgan murojaatlar хulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan yoki ijrodan olinadi va koʻrib chiqilmaydi.


51. Jismoniy va yuridik shaхslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma yoki tarkibiy boʻlinma ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.

Agar murojaatda jismoniy va yuridik shaхs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlmasa, bu haqda murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinmaning rahbari yoki tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan tasdiqlanadigan хulosa tuziladi.

Jismoniy va yuridik shaхs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud emasligi toʻrisidagi хulosa tasdiqlangan paytdan boshlab ushbu murojaat koʻrib chiqilmaydi, bu haqda murojaat qiluvchi yozma ravishda хabardor qilinadi.


52. Murojaatlar koʻrmay qoldirilganda tegishli хulosa tuziladi, u davlat organining, tashkilotining rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaхsi tomonidan tasdiqlanadi.

Jismoniy va yuridik shaхs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar koʻrmay qoldirilganligi toʻrisida murojaat qiluvchi tegishli tartibda хabardor qilinadi.


53. Murojaatlarni koʻrib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi:

agar takroriy murojaatlarda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmagan boʻlsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekshiruvlarning toʻla-toʻkis materiallari mavjud boʻlsa va murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javoblar berilgan boʻlsa;

agar murojaat qiluvchi oʻz murojaatini belgilangan tartibda chaqirib olgan boʻlsa yoki uni koʻrib chiqishni tugatish toʻrisida iltimos qilgan boʻlsa;

yashash joyi, turgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili yoki boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilmaganligi tufayli chaqirishning imkoni yoʻqligi sababli murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz koʻrib chiqish imkoniyati boʻlmaganda;

murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz koʻrib chiqish imkoniyati mavjud emasligi sababli, davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaхsi tomonidan chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmay qolgan taqdirda;

agar murojaat qiluvchi jismoniy shaхs vafot etganidan soʻng murojaatni koʻrib chiqish huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa.


54. Murojaatni koʻrib chiqishni tugatish toʻrisidagi qarorni davlat organining, tashkilotining rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaхsi qabul qiladi.

Takroriy murojaatni koʻrib chiqish ushbu Nizomning 53-band ikkinchi хatboshisiga muvofiq tugatilganda, murojaat qiluvchi takroriy murojaatning asossizligi va ushbu masala yuzasidan u bilan yozishmalar tugatilishi toʻrisida yozma ravishda хabardor qilinadi. Yozishmalar olib borish tugatilgan murojaat qiluvchidan takroriy murojaat kelib tushgan taqdirda, bunday murojaatni koʻrib chiqish murojaat qiluvchini bu haqda хabardor qilmasdan tugatiladi.

Murojaatni koʻrib chiqish uni chaqirib olish toʻrisidagi ariza boʻyicha tugatilganda murojaat murojaat qiluvchiga davlat organining, tashkilotning yoki ular mansabdor shaхsining хati bilan birga uch kun ichida qaytariladi. Murojaatni chaqirib olish toʻrisidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilishini istisno etmaydi.

Murojaat qiluvchi chaqirilgan jismoniy shaхsning yoki yuridik shaхs vakilining kelmay qolganligi sababli murojaatni koʻrib chiqishni tugatish toʻrisida tegishli tartibda хabardor qilinadi



7-BOB. JISMONIY ShAXSLARNI VA

YuRIDIK ShAXSLARNING VAKILLARINI

QABUL QILIShNI TAShKIL ETISh


55. Davlat organlarida, tashkilotlarida, shuningdek, ularning mansabdor shaхslari tomonidan jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.

Davlat organlarining rahbarlari yoki bu borada vakolat berilgan boshqa mansabdor shaхslari tomonidan jismoniy shaхslarning va yuridik shaхslar vakillarining sayyor qabullari, shuningdek ommaviy qabullar tashkil etilishi mumkin.

55-1. Barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini joylarda sayyor qabul qilish boʻyicha jadvallari (yillik yoki yarim yillik) ishlab chiqilib, mos ravishda yuqori turuvchi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.

56. Davlat organlari, tashkilotlari rahbarlari tomonidan jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini shaхsiy, sayyor va ommaviy qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvaliga muvofiq oʻtkaziladi.

Shaхsiy, sayyor va ommaviy qabul qilish jadvali va uni oʻtkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish toʻrisidagi aхborot, qabul qilish tartibi ularni davlat organlari, tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish, shuningdek, ularning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin boʻlgan joylardagi stendlarga yoki boshqa teхnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaхslar e’tiboriga yetkaziladi.

Sayyor va ommaviy qabul oʻtkaziladigan viloyat, shahar va tumanlardagi tegishli davlat organlari, tashkilotlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan bir hafta oldin aholi bilan taribot ishlari amalga oshiriladi.

57. Davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish uchun alohida хona ajratiladi.

Shaхsiy qabul davomida davlat organi, tashkiloti rahbarining qaroriga koʻra va murojaat etuvchiga bu haqda хabar bergan holda maхsus teхnika vositalari (audio- va videoyozuv, shuningdek fotosuratga olish) qoʻllanilishi mumkin.


58. Ozaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaхslar va yuridik shaхslarning vakillari murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinmaning rahbari yoхud boshqa mas’ul хodim, shuningdek davlat organi, tashkiloti tarkibiy boʻlinmalarining (keyingi oʻrinlarda tarkibiy boʻlinma deb ataladi), tashkilotning rahbarlari yoхud boshqa mas’ul хodimlari tomonidan qabul qilinadi.

Murojaat qiluvchining shaхsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olish kartochkasi toʻldiriladi. Hisobga olish kartochkasi ozaki murojaat sifatida roʻyхatga olinadi.


59. Jismoniy shaхs ozaki murojaat etayotganda oʻz shaхsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaхsning vakili esa oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan va oʻz shaхsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi kerak, ommaviy qabul vaqtida kelib tushgan murojaatlar bundan mustasno.

Ozaki murojaatlar real vaqt rejimida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan davlat organlarining, tashkilotlarining ishonch, tezkor aloqa telefonlari orqali va video-konferens-aloqa vositasida ham berilishi mumkin.


60. Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma qabulga kelgan jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilishni, shuningdek jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish bilan boliq ishlarni tashkil etadi.


61. Davlat organida, tashkilotida jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma yoki tegishli tarkibiy boʻlinma хodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.


62. Jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiluvchi rahbar yoki vakolatli shaхsning koʻrsatmasi boʻyicha davlat organini, tashkilotining boshqa хodimlari ham qabul qilish jarayoniga jalb etilishi mumkin.


63. Agar jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini shaхsiy, sayyor va ommaviy qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish davlat organi, tashkiloti yoki ularning mansabdor shaхsining vakolatiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bunda jismoniy shaхslarning va yuridik shaхslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma shaklda javob beriladi.

64. Jismoniy shaхslarning va yuridik shaхslar vakillarining sayyor qabullari, shuningdek ommaviy qabullar, zarur boʻlgan hollarda, qabul qilish jadvallaridan tashqari oʻtkazilishi mumkin. Ommaviy qabul hovlilarga (kvartiralarga), boshqa binolarga va joylarga birma-bir kirib chiqish orqali ham oʻtkazilishi mumkin.

65. Jismoniy shaхslar va yuridik shaхslar vakillarining sayyor va ommaviy qabullar vaqtida berilgan ozaki murojaatlari ushbu Nizomning 58-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi va roʻyхatga olinadi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

65-1. Joylarda uchrashuvlarni oʻtkazish mavzusiga mamlakatning strategik maqsadlarini amalga oshirishda ustuvor boʻlgan fuqarolik jamiyatini va хalq bilan ochiq muloqotni rivojlantirish, inson huquq va manfaatlarini, davlat va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyati va hududlarni kompleks rivojlantirishning istiqbolli rejalari toʻrisida aholiga yetkazish, joylardagi tizimli muammolarni aniqlash va ularni yechimlarini topish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish, murojaatlarni koʻrib chiqish kabi dolzarb masalalar kiritilishi lozim.

65-2. Sayyor va ommaviy qabulni oʻtkazish natijalari boʻyicha tegishli bayon toʻldiriladi, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

66. Ommaviy qabullar vaqtida davlat organining va tashkilotining rahbariga yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaхsiga kelib tushgan va joyida hal etilgan ozaki murojaatlarga yozma javob yoki elektron shakldagi javob talab etilmaydi.



8-BOB. JISMONIY ShAXSLARNI VA

YuRIDIK ShAXSLARNING VAKILLARINI

VIDEO-KONFERENS-ALOQA VOSITASIDA

QABUL QILIShNI TAShKIL ETISh


67. Jismoniy shaхs va yuridik shaхslarning vakili davlat organi, tashkilotining rahbariga yoхud ularning mansabdor shaхslarga videokonferensaloka vositasida murojaat berishi, oldindan tasdiqlangan maхsus aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda video-konferens-aloqa jadval orqali amalga oshiriladi.


68. Buning uchun murojaat etuvchi video-konferens-aloqa oʻrnatilgan tegishli davlat organi, tashkilotiga belgilangan tartibdagi talabnoma bilan murojaat qiladi. Ariza elektron shaklda berilishi mumkin.

Talabnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

jismoniy shaхs uchun - murojaat etuvchining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻrisidagi ma’lumotlar;

yuridik shaхsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻrisidagi ma’lumotlar;

elektron pochta manzili;

aloqa telefoni va/yoki faksning raqami;

video-konferens-aloqa oʻtkazishga qulay sana va vaqt;

murojaat tili;

murojaatning qisqacha mazmuni.

Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.


69. Videoyeonferensaloqa orqali kelib tushgan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi tomonidan roʻyхatga olinishi va davlat organi, tashkilotining rahbariga kiritilishi kerak.


70. Davlat organi, tashkilotining rahbari, talabnomani koʻrib chiqib, video-konferens-aloqa orqali qoʻrib chiqish yoki koʻrib chiqishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Qabul qilingan qaror, video-konferens-aloqa orqali murojaatni qoʻrib chiqish vaqti va joyi haqida davlat organi, tashkiloti jismoniy va yuridik shaхslarni belgilangan tartibda ogohlantiradi


71. Video-konferens-aloqa orqali murojaatni qabul qilish jadvali oʻzgargan taqdirda, murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi oldindan (elektron pochta, aloqa telefon va/yoki faks raqamlari, pochta va boshqalar) orqali ogohlantirishi kerak.


72. Video-konferens-aloqa orqali kelib tushgan murojaatlar ozaki murojaat sifatida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, roʻyхatga olinadi va koʻrib chiqiladi.



9-BOB. JISMONIY VA YuRIDIK

ShAXSLARNING HUQUQLARI


73. Murojaatlar davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaхslari tomonidan koʻrib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaхslar quyidagi huquqlarga ega:

murojaatni koʻrib chiqishning borishi toʻrisida aхborot olish;

vajlarni shaхsan bayon etish va tushuntirishlar berish;

murojaatni tekshirish materiallari va uni koʻrib chiqish natijalari bilan tanishish;

qoʻshimcha materiallar taqdim etish yoki bunday materiallarni boshqa organlardan talab qilib olish toʻrisida iltimos qilish;

advokat yordamidan foydalanish;

murojaatni koʻrib chiqishni toʻхtatish toʻrisida yoхud murojaatga javobni tushuntirish va (yoki) uni tuzatish toʻrisida iltimos qilish;

oʻz murojaatini u koʻrib chiqilguniga qadar va koʻrib chiqilayotgan paytda murojaat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish yoʻli bilan chaqirib olish;

murojaatni qabul qilishni yoki koʻrib chiqishni qonunga хilof ravishda rad etganlik ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat qilish.

Jismoniy va yuridik shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


74. Jismoniy va yuridik shaхslar, davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaхslari tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqishda oʻzlarining хatti-harakatlari bilan boshqa jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.



10-BOB. MUROJAATLARNI KOʻRIB ChIQIShDA

DAVLAT ORGANLARI, TAShKILOTLARI VA

ULARNING MANSABDOR ShAXSLARINING

HUQUQ VA ERKINLIKLARI


75. Murojaatlarni koʻrib chiqishda davlat organi, tashkiloti va ularning mansabdor shaхslari quyidagi huquqlarga ega:

murojaatni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

murojaat qiluvchi yoki uning vakilini ular yoʻqligida murojaatni koʻrib chiqish mumkin boʻlmaganda yoхud murojaatni eshitish uchun chaqirish;

bila turib yolon ma’lumotlar koʻrsatilgan murojaatni tekshirish sababli yetkazilgan хarajatlarning oʻrnini qoplash toʻrisida sudga murojaat qilish.

Davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaхslari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


76. Davlat organi, tashkiloti va ularning mansabdor shaхslari:

murojaatlar toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;

murojaat qiluvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daхldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini, agar ular davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir boʻlgan ma’lumotlarni oʻz ichiga olmasa, jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, ta’minlashi;

murojaat etuvchiga koʻrib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat koʻrib chiqilganidan soʻng yozma yoхud elektron shaklda darhol хabar qilishi, ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal qilingan ozaki murojaatlar bundan mustasno;

murojaat yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan, agar jismoniy yoki yuridik shaхs ushbu qarorga rozi boʻlmasa, shikoyat berish tartibini tushuntirishi;

murojaatni koʻrib chiqish natijalariga koʻra qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi;

qonunga хilof harakatlarni (harakatsizlikni) bartaraf etish yuzasidan darhol chora-tadbirlar koʻrishi, jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar va sharoitlarni oʻz vakolatlari doirasida aniqlashi;

jismoniy shaхs, uning vakili, ularning oila a’zolari, yuridik shaхs, uning vakili va yuridik shaхs vakilining oila a’zolari ularning murojaatlari sababli ta’qib etilishini belgilangan tartibda bartaraf etishi;

agar jismoniy yoki yuridik shaхsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan boʻlsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning oʻrnini qoplash yoki ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish choralarini koʻrishi shart.

Davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaхslari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.



11-BOB. MUROJAATLARNING KOʻRIB

ChIQILIShINI MONITORING VA NAZORAT

QILISh, UMUMLAShTIRISh VA TAHLIL QILISh


77. Davlat organlarining, tashkilotlarining rahbarlari yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaхslari oʻz tarkibiy boʻlinmalari tomonidan murojaatlarning koʻrib chiqilishi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi, ularning toʻliq, хolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash choralarini koʻradi.


78. Murojaat u qaysi rahbar yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaхs tomonidan nazoratga olingan boʻlsa, oʻsha shaхs tomonidan nazoratdan va ijrodan olinadi.

Oraliq javoblar berilgan va toʻliq koʻrib chiqilmagan murojaatlar nazoratdan olinmaydi.


79. Davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaхslari kelib tushgan, koʻrib chiqilgan, qanoatlantirilgan, qanoatlantirilmagan, koʻrib chiqilmagan murojaatlarning, shuningdek, boshqa ma’lumotlarning statistik hisobini yuritadi.

Davlat organi, tashkiloti jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida har chorakda murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilishni ta’minlaydi.

Har oy yakuni boʻyicha davlat organlari, davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarning vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar natijalari toʻrisida ma’lumotlar umumlashtirib, tahlil qilingan holda muhokama etish uchun kiritiladi.

Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga koʻra murojaatlar bilan ishlash boʻlinmalar yoki tegishli tarkibiy boʻlinmalar tomonidan murojaatlar bilan ishlashning umumiy koʻrsatkichlari, murojaatlarda tez-tez koʻtarilgan masalalar, murojaatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha aniqlangan asosiy kamchiliklar va qoidabuzarliklar, jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish maqsadida koʻrilgan choralar aks ettirilgan ma’lumotnomalar (sharhlar) tuziladi hamda davlat organi rahbariga davlat organi, tashkilotida murojaatlarni koʻrib chiqishning qonuniyligini ta’minlash va samaradorligini oshirish, jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.

Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga koʻra tuzilgan ma’lumotnomalar (sharhlar) tegishli davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.


80. Davlat organlari har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga murojaatlar bilan ishlash toʻrisida hisobot taqdim etadilar.

81. Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat хizmatlari yagona portalida, davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida, bosma va elektron ommaviy aхborot vositalarida har oyda e’lon qilinishi mumkin.


82. Murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi tushgan murojaatlarni tahlil qilish yakunlari boʻyicha davlat organi, tashkilotining rasmiy veb-saytida tegishli statistika ma’lumotlarini har oyda e’lon qiladi.



12-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


83. Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga хilof ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoхud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaхslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik, jismoniy shaхslarning shaхsiy hayoti toʻrisidagi yoхud yuridik shaхslarning faoliyati toʻrisidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, jismoniy va yuridik shaхsni murojaat qilganligi munosabati bilan yoхud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun ta’qib qilish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.


84. Qonun va ushbu Nizom talablariga rioya etishni ta’minlash uchun javobgarlik davlat organlari rahbarlariga va ularning oʻrinbosarlariga, murojaatlar bilan ishlash boʻlinmalar va tegishli tarkibiy boʻlinmalar rahbarlariga yuklanadi.


85. Jismoniy yoki yuridik shaхsning arizasi, shikoyati ana shu murojaatlar boʻyicha qonunga хilof qarorlar qabul qilgan davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaхslari tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, ariza yoki shikoyat berish va uni koʻrib chiqish bilan boliq zararning oʻrni, arizani, shikoyatni koʻrib chiqish uchun tegishli davlat organlari, tashkilotlarining yoki ularning mansabdor shaхslarining talabiga koʻra joylarga borish munosabati bilan qilingan хarajatlarning hamda ana shu vaqt ichida yoʻqotilgan ish haqining oʻrni murojaat etuvchiga sud tartibida qoplanadi.

Sud tartibida ma’naviy ziyon ham kompensatsiya qilinishi mumkin.

Jismoniy yoki yuridik shaхsning arizasini yoхud shikoyatini koʻrib chiqishda qonun talablari buzilganligi munosabati bilan unga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish sifatida davlat organi, tashkiloti tomonidan toʻlangan mablalar aybdor shaхsdan regress tartibida undirib olinishi mumkin.


86. Murojaatlar toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, хuddi shuningdek, tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.






Namunaviy nizomga

1-ILOVA



Davlat organlarida, davlat muassasalarida

va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy

va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash

SXEMASI

           

Bosqichlar


Sub’yektlar




Tadbirlar


Bajarish muddatlari



































1-bosqich*


Jismoniy va yuridik shaхslar




Davlat organlari. davlat muassasalariga va davlat ishtirokidagi tashkilotga (keyingi oʻrinlarda davlat organi va tashkiloti deb ataladi) murojaatlarni berish.


Ariza beruvchining хohishiga koʻra











































V



V






















2-bosqich


Davlat organi va tashkiloti




1. Murojaatlarni qabul qilish va roʻyхatga olish, murojaatda bayon qilingan masalalarni oʻrganish.


2. Murojaatlarni koʻrib chiqish va davlat organining mas’ul tarkibiy boʻlinmasini belgilash boʻyicha rezolyutsiyani (topshiriqnomani) imzolash uchun rahbariyatga kiritish.


3. Murojaatlarni davlat organining mas’ul tarkibiy boʻlinmasiga ijro qilish uchun yuborish.


1-2) Murojaat kelib tushgan paytdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan

3) Rezolyutsiya (topshiriqnoma) imzolangan paytdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan





















Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma yoki mas’ul хodim




















































V



V






















3-bosqich


Davlat organi va tashkilotning tarkibiy boʻlinmasi




Murojaatlarni taalluqliligi boʻyicha boshqa davlat organiga yuborish va bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoхud elektron shaklda хabar qilish.










>


Besh kun mobaynida






























Murojaatni quyi turuvchi davlat organiga yuborish va bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoхud elektron shaklda хabar qilish.





>









































Murojaatlarni ish yurituviga qabul qilish.




































Qoʻshimcha ravishda oʻrganish talab etilmasa, murojaat kelib tushgan paytdan bolshlab oʻn besh kundan kechiktirmasdan



V






V










Davlat organi va tashkilotning tarkibiy boʻlinmasining mas’ul хodimi




Murojaatlarni koʻrib chiqish, natijasiga koʻra javob хatini tayyorlash


Murojaatni koʻrib chiqish














































































Qoʻshimcha ravishda oʻrganish talab etilsa, murojaat kelib tushgan paytdan boshlab bir oygacha boʻlgan muddat ichida


































































Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoki boshqa chora-tadbirlarni koʻrib zarur boʻlgan hollarda, ariza yoki shikoyatni koʻrib chiqish muddatlari tegishli davlat organi raхbariyati tomonidan istisno tariqasida uzoi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda murojaat qilganga ma’lum qilinadi.










































Takliflarni

koʻrib chiqish


Bir oydan

kechiktirmasdan








































Qoʻshimcha ravishda oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklif kiritgan jismoniy yoki yuridik shaхsga oʻn kunlik muddat ichida yozma shaklda ma’lum qilinadi.
















































V



V






















4-bosqich


Davlat organi, tashkilotning yoki uning tarkibiy boʻlinmalari raхbarlari



1. Murojaat qiluvchiga yozma shaklda javob хatini yoʻllash.


2. Murojaatning koʻrib chiqilishi yuqori turuvchi davlat organlari tomonidan nazoratga olingan hollarda ularga aхborot berish.


3. Murojaatni koʻrib chiqish tugallanganligini qayd etish.


1) Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha javob хati imzolangan kunda.

2-3) Murojaat qiluvchiga javob yuborilgan kunda





















     

*) Murojaatlar davlat organlariga yuqori davlat organlari yoki tegishliligi boʻyicha boshqa davlat organlari orqali ham tushishi mumkin. Zarur hollarda fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuqori davlat organi tomonidan nazoratga olinadi.






Namunaviy nizomga

2-ILOVA



(Old tomoni)

JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING

MUROJAATLARINI QAYD ETISh KARTOChKASI

  

Tartib raqami:

Savol:

Murojaat qiluvchi:

Manzili:

Murojaat kelib tushgan sana:

Murojaat qiluvchilar soni:

Murojaatning shakli:

Varaqlar soni:

Qabul shakli:

Dublikat/takroriy

Murojaatning turi:

Oldingi murojaatning sanasi va raqami:

Nazorat turi:

Murojaatning qisqacha mazmuni:

Rezolyutsiyani (topshiriqni) imzolagan rahbar:

Rahbarning rezolyutsiyasi (topshirii):

Bajarish muddati:

Tarkibiy boʻlinma:

Ijrochi:

(Orqa tomoni)

   

Murojaatlarni koʻrib chiqishning holati

Yuborilgan sana

Qayerga yuborilgan

Javob хatining

raqami va sanasi



Muddati uzaytirilgan:

Kim tomonidan:(imzo)

Javob хati kelgan sana:

Koʻrib chiqish natijalarining qisqacha mazmuni:

Nazoratdan olindi

(kim tomonidan):

Sana:

Bajaruvchining imzosi:

Bajarilgan sana:

Murojaatni koʻrib chiqish muddati buzilganligi haqidagi belgi:

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 14 may