Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.05.2018 y. 395-son "Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga qoʻshimchalar qiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.05.2018 y.

N 395



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YuKLARNI

TAShISh QOIDALARIGA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA



Avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarini yanada takomillashtirish, shuningdek, yuklarni tashishda ekologik хavfsizlikni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 1 avgustdagi 213-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 8-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga quyidagi mazmundagi 88-1 va 88-2-bandlar qoʻshilsin:

"88-1. Qurilish materiallarini‚ qishloq hoʻjaligi mahsulotlarini sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, boshqa toʻkiladigan (issiq asfalt, yirik gabaritli va oir yuklardan tashqari) yuklarni ochiq avtotransport vositalarida tashish yukni majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan qoplagan holda amalga oshiriladi.

88-2. Avtotransport vositalarining qurilish ob’yektlaridan kuzovni va avtotransport vositalarining ildiraklarini yuvmasdan umumiy foydalaniladigan yoʻllarga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi".


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 29 may