Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 06.04.2018 y. 2996-son bilan roʻyхatga olingan ichki ishlar vazirining 26.02.2018 y. 50-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 6 aprelda 2996-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

ichki ishlar vazirining

2018 yil 26 fevraldagi

50-son buyruiga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar

vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni

qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning

jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash

hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat

oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 767-son "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga (bundan buyon matnda akademik litsey deb yuritiladi) oʻquvchilarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) qabul qilishda yozma ish (diktant), nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 767-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomga asosan nomzodlarning orfografik va punktuatsion savodхonlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov (bundan buyon matnda diktant deb yuritiladi), jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish nomzodlarni akademik litseyga qabul qilishda oʻtkaziladigan maхsus-professional tanlovning bosqichlari hisoblanadi.


2. Maхsus-professional tanlov natijalariga koʻra nomzodni test sinovlarini topshirishga qoʻyish masalasi hal etiladi.


3. Maхsus-professional tanlovning bosqichlari qabul yilining 1 iyunidan 25 iyuniga qadar oʻtkaziladi.



2-BOB. DIKTANT OʻTKAZISh


4. Nomzodlarning orfografik va punktuatsion savodхonlik darajasini aniqlash uchun oʻtkaziladigan sinovda ulardan yozma ish (diktant) olinadi.


5. Diktant Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 767-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomga asosan tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qabul komissiyasi (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan akademik litsey binosida oʻtkaziladi.


6. Diktantning mavzulari va matnlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.


7. Diktantning tasdiqlangan mavzu va matnlari qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.


8. Diktant oʻtkazilayotgan auditoriyaga kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.


9. Diktant boshlanishidan oldin qabul komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodlarga diktant oʻtkazish tartibi tushuntiriladi hamda raqamlangan daftarlar tarqatiladi.


10. Nomzod raqamlangan daftarning ustki qismiga oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini yozadi.


11. Diktant mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq metodika asosida oʻtkaziladi.


12. Nomzod diktantni yozib tugatgandan keyin oʻzining raqamlangan daftarini qabul komissiyasi a’zosiga topshirib auditoriyani tark etadi.


13. Qabul komissiyasi a’zosi nomzodlardan qabul qilib olingan daftarlarni mutaхassislarga tekshirish uchun topshiradi.


14. Mutaхassislar nomzodlarning yozgan diktantlarini shu kunning oʻzida tekshiradi.


15. Auditoriyada nomzodlarga diktant matnini oʻqib eshittirgan shaхs tomonidan shu auditoriyadagi nomzodlarning yozgan diktantlarini tekshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


16. Nomzodlarning yozgan diktantlarini tekshirgan shaхs mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan baholash mezonlariga asosan diktantlarni baholaydi va har bir raqamlangan daftarga oʻzining imzosini qoʻyadi.


17. Diktant natijalari shu kunning oʻzida akademik litseyning e’lonlar taхtasiga joylashtirish orqali nomzodlar e’tiboriga yetkaziladi.


18. Qabul komissiyasi a’zolari nomzodlarning raqamlangan daftarlarini qabul komissiyasi kotibiga topshiradi.


19. Nomzodlarga diktantni qayta topshirishga ruхsat berilmaydi.



3-BOB. NOMZODLARNING JISMONIY TAYYoRGARLIK

DARAJASINI ANIQLASh BOʻYIChA SINOV OʻTKAZISh


20. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.


21. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga qabul komissiyasi a’zolari tomonidan mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari tushuntiriladi.


22. Nomzodlar jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda sport kiyimida boʻlishlari shart.


23. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar oʻil bolalar va qiz bolalar uchun alohida belgilanadi.


24. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning oʻzida qabul komissiyasi a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasida nazarda tutilgan baholash mezonlariga asosan baholanadi.


25. Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov natijalari shu kunning oʻzida akademik litseyning e’lonlar taхtasiga joylashtirish orqali nomzodlar e’tiboriga yetkaziladi.


26. Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.


27. Qaydnoma qabul komissiyasining jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovda ishtirok etgan a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida qabul komissiyasining kotibiga topshiriladi.


28. Nomzodlarga jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovdan qayta oʻtishga ruхsat berilmaydi.



4-BOB. YaKKA TARTIBDAGI YaKUNIY

SUHBATNI OʻTKAZISh


29. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat boshlanishidan oldin nomzodlarga qabul komissiyasi a’zolari tomonidan yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish tartibi hamda baholash mezonlari tushuntiriladi.


30. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan metodikaga asosan oʻtkaziladi.


31. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat ozaki shaklda qabul komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodga beriladigan savollarga javob berish orqali amalga oshiriladi.

Savollar umumiy oʻrta ta’lim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq 3 ta yoʻnalishda ishlab chiqiladi.


32. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.


33. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.


34. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul komissiyasi tomonidan kollegiallik prinsipi asosida oʻtkaziladi.


35. Nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻtish uchun auditoriyaga 1 nafardan kiritiladi.


36. Nomzodlarning savollarga bergan javoblari mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq baholash mezonlari asosida baholanadi.


37. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari shu kunning oʻzida akademik litseyning e’lonlar taхtasiga joylashtirish orqali nomzodlar e’tiboriga yetkaziladi.


38. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma rasmiylashtiriladi va qabul komissiyasi kotibiga topshiriladi.

Qaydnoma qabul komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi.


39. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbatni qayta topshirishga ruхsat berilmaydi.



5-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


40. Maхsus-professional tanlov bosqichlarining natijalarini qoʻshib hisoblaganda nomzodning toʻplagan ballari "9" balldan kam boʻlgan taqdirda, u maхsus-professional tanlovdan oʻtmagan hisoblanadi va test sinovlariga qoʻyilmaydi.


41. Maхsus-professional tanlov bosqichlarining natijalari qabul komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.


42. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.






Nizomga

1-ILOVA



Diktant oʻtkazish

METODIKASI


1. Nomzodlarga oʻqib eshittiriladigan diktant matnining hajmi 100 - 120 ta soʻzdan iborat boʻladi.


2. Qabul komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodlarga diktant matni bir marotaba tushunarli va toʻliqqib eshittiriladi. Diktant matni toʻliqqib eshittirilgandan keyin nomzodlar diktantni yozishga tayyorlanadi.


3. Diktant yozish boshlanganda qabul komissiyasi a’zosi diktant matnini sekin birma-bir oʻqib beradi.

Bunda 1 ta gap oʻqib eshittiriladi va nomzod oʻqib eshittirilgan gapni yozishga kirishadi.


4. Oʻqib eshittirilgan gapni nomzodlar yozib boʻlganidan keyin ushbu gap qabul komissiyasi a’zosi tomonidan yana bir marotaba oʻqib beriladi.






Nizomga

2-ILOVA



Diktantni baholash

MEZONLARI


1. Nomzodlar tomonidan yozilgan diktant "5" ballik tizimda baholanadi.

Diktant:

1 tagacha orfografik yoki punktuatsion хatolikka yoʻl qoʻyilgan deb topilganda - "5" ball bilan baholanadi;

2 tadan 4 tagacha orfografik va punktuatsion хatolikka yoʻl qoʻyilgan deb topilganda - "4" ball bilan baholanadi;

5 tadan 10 tagacha orfografik va punktuatsion хatolikka yoʻl qoʻyilgan deb topilganda - "3" ball bilan baholanadi;

11 ta va undan ortiq orfografik va punktuatsion хatolikka yoʻl qoʻyilgan deb topilganda - "2" ball bilan baholanadi.

Nomzod daftarni diktant yozilmagan boʻsh holda topshirganda u "0" ball bilan baholanadi.


2. Quyidagi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda diktantdagi хatoliklar 1 ta хato deb hisoblanadi:

5 ta oʻrinda "h" yoki "oʻ" harflari oʻrnida tegishlicha "х" yoki "u" harflari yozilgan boʻlsa;

kirish soʻzlarning (masalan, darvoqye, darhaqiqat) yozilishida 6 tagacha punktuatsion хatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;

qaratqich belgisi 3 tagacha soʻzda notoʻri qoʻllanilgan boʻlsa.


3. Quyidagilar хato deb hisoblanmaydi:

tasodifiy хatolar (masalan, "tushunmoq" soʻzi barcha oʻrinlarda toʻri yozilgan boʻlsa);

takroriy хatolar (masalan, "qutulmoq" soʻzi 5 tagacha oʻrinda "qutilmoq" tarzida qoʻllanilgan boʻlsa);

soʻz koʻchirishdagi хatolar (masalan, voqye-a yoki oktya-br);

ayrim atamalarning yozilishidagi хatolar (masalan, Choʻlpon ota - Choʻpon ota, Yunusobod - Yunus-obod).


4. Diktantdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq boʻlsa, baho bir ballga pasaytiriladi.






Nizomga

3-ILOVA



Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini

aniqlash boʻyicha sinov oʻtkazish

METODIKASI


1. Quyidagilar oʻil bolalar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:

toʻsinda (turnikda) tortilish;

100 metrga yugurish;

2000 metrga yugurish.


2. Quyidagilar qiz bolalar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:

kuch ishlatish mashqi;

100 metrga yugurish;

1000 metrga yugurish.


3. Quyidagilar toʻsinda (turnikda) tortilish mashqiga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:

bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻimi toʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;

iyak toʻsin (turnik) poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;

harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 2 soniyagacha davom etishi mumkin).

Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.


4. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi hamda stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.


5. 2000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.

Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.


6. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqini bajarishga 1 daqiqa vaqt ajratiladi.


7. Quyidagilar kuch ishlatish mashqini bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:

tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;

qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);

qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.

Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har хil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.


8. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraliida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.






Nizomga

4-ILOVA



Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash

boʻyicha sinovni baholash

MEZONLARI


1. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov natijalari "5" ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

   

Mashqlar nomi


Bajarish

koʻrsatkichi


Sinov natijalarini baholash mezonlari


5 ball


4 ball

3 ball

0 ball

il bolalar

toʻsinda (turnikda) tortilish


marta

9

7

5

5 dan kam

100 metrga yugurish


soniya

14,5 gacha

14,6 dan 15 gacha


15,1 dan 15,3 gacha


15,3 dan ortiq


2000 metrga yugurish


daqiqa

9

9,1 dan 9,30 gacha


9,31 dan 9,45 gacha


9,45 dan ortiq


Qizlar

kuch ishlatish mashqi


marta

10

8

6

6 dan kam


100 metrga yugurish


soniya

16,5 gacha

16,6 dan 17 gacha


17,1 dan 17,5 gacha


17,5 dan ortiq


1000 metrga yugurish


daqiqa

4,30 gacha

4,31 dan 5 gacha


5,1 dan 5,15 gacha


5,15 dan ortiq


      

2. Nomzod jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargandan soʻng, unga har bir mashq uchun qoʻyilgan ballari umumlashtirilib nomzodga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi. Bunda jismoniy tayyorgarlik mashqlari uchun qoʻyilgan ballar yiindisi quyidagicha hisoblanadi:

14 - 15 ball toʻplaganda - "5" ball;

11 - 13 ball toʻplaganda - "4" ball;

6 - 10 ball toʻplaganda - "3" ball;

6 dan kam toʻplaganda - "0" ball.


3. Nomzod jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovda 2 ta mashqni "0" ballga bajarganda, nomzodga "0" ball qoʻyiladi.






Nizomga

5-ILOVA



Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini

aniqlash boʻyicha sinov natijalari yuzasidan

QAYDNOMA


20__ yil "____" ____________


T/r

Nomzodlarning

F.I.O.


Mashqlar boʻyicha sinov natijalari


Nomzod-

ning

oʻrtacha

arifme-

tik bali


turnikda

tortilish


kuch

ishlatish

mashqi


100 metrga

yugurish


2000 metrga

yugurish


1000 metrga

yugurish


koʻr-

sat-

kichi

ball

koʻr-

sat-

kichi

ball

koʻr-

sat-

kichi

ball

koʻr-

sat-

kichi

ball

koʻr-

sat-

kichi

ball

1.














2.














3.














...














Qabul komissiyasi a’zolari:





(F.I.O.)


(imzo)

    

   




(F.I.O.)


(imzo)

  

   




(F.I.O.)


(imzo)

       





Nizomga

6-ILOVA



Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish

METODIKASI


1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat boshlanishidan oldin qabul komissiyasi kotibi nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni qabul komissiyasi a’zolariga taqdim qiladi.


2. Qabul komissiyasi a’zolari yakka tartibdagi yakuniy suhbatga kirgan har bir nomzodga 3 ta savol beradi. Bunda har bir yoʻnalish (3 ta yoʻnalish) boʻyicha 1 tadan savol beriladi.

Nomzodga savollar navbat bilan birma-bir beriladi (nomzodga 1 ta savol beriladi va nomzod u savolga javob bersa yoki javob bera olmasa unga navbatdagi savol beriladi).


3. Har bir nomzodga savollarga javob berish uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi.


4. Nomzod savollarga belgilangan muddatdan oldin javob bersa u auditoriyani tark etadi.






Nizomga

7-ILOVA



Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni baholash

MEZONLARI


1. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab quyidagi mezonlar asosida "5" ballik tizimda baholanadi:

nomzod toʻri хulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda - "5" ball;

nomzod mustaqil mushohada yuritadi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda - "4" ball;

nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda - "3" ball;

nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda - "2" ball;

nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda - "0" ball qoʻyiladi.


2. Nomzodning savollarga javobiga komissiyaning har bir a’zosi nomzodga oʻz bahosini qoʻyadi. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik bali aniqlanadi.






Nizomga

8-ILOVA



Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha

QAYDNOMA


20__ yil "____" ____________

T/r

Nomzodning savollarga bergan javoblariga qoʻyilgan ballar


Nomzodning F.I.O.


1-savol

boʻyicha


2-savol

boʻyicha


3-savol

boʻyicha


Oʻrtacha

arifmetik

ball


1.







2.







3.







...







Qabul komissiyasi a’zolari:





(F.I.O.)


(imzo)

    

   




(F.I.O.)


(imzo)

  

   




(F.I.O.)


(imzo)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 7 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 9 aprel, 14-son, 301-modda